superior)
quyiladi. O'ng va chap m e’da venalari m e’da kichik egriligida
anastomoz hosil qilib, ravoq shaklida yotadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda darvoza venasining uzunligi 16—44 mm,
kengligi 2—3 mm. U ning kengligi bolalikning birinchi davrida 3 marta,
bolalikning ikkinchi davrida 4 marta (10—12 mm), o'smirlik davrida 5 m aita
o'sadi. Devorining qalinligi 16 yoshda 1,5— 2 marta kattalashadi.
1. Yuqori ichaktutqich venasi
(v. mesenterica superior)
m e’daning katta
egriligi va katta charvining o'ng tomoni, o 'n ikki barmoq ichak, m e’da osti
bezining bosh qismi, och va yonbosh ichak, ulaming ichaktutqichi, ko'richak
va chuvalchangsimon o'simta, ko'tariluvchi va ko'ndalang chambar ichakdan
qon yig'adi. Unga m e’daning katta egriligi va katta charvidan qon yig'uvchi
m e’da-katta charvi venasi (v.
gastroomentalis dextra),
me’da osti bezi va o 'n
ikki barmoq ichakning oldingi yuqorigi venasi
(v. pancreaticoduodenalis
anterior superior),
och va yonbosh ichak venalari
(w . jejunales e t ileales),
yonbosh-ko'richak venasi
(v. Oiocolica)
va chuvalchangsimon o'simta venasi
(v. appendicularis),
ko'tariluvchi va ko'ndalang chambar ichak venalari
(v.
colica dextra et media)
quyiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda yuqori ichaktutqich venasining uzunligi 4
—6
sm, kengligi 3,6 mm bo'ladi. Uning o'lcham lari erta bolalik, bolalikning
birinchi davri va balog'at davrlarida tez o'sadi.
2. Taloq venasi
(v. Iienalis)
me’da osti bezining yuqori qirrasi bo'ylab
shu nomdagi arteriya ostida chapdan o'ngga yo'naladi va qorin aortasining
oldidan o'tib, m e’da osti bezi boshining orqasida yuqorigi ichaktutqich venasi
bilan qo'shiladi. Taloq venasi taloqdan, me’da katta egriligi va katta charvining
chap tom onidan, m e’da osti bezidan qon yig'adi. Unga m e’daning katta
egriligi va katta charvidan qon yig'uvchi chap m e’da charvi venasi
(v.
gastromentalis sinistra),
qisqa m e’da venalari
(v.gastrica brevis 3 —
7ta) va
me’da osti bezi venalari (w .
pancreaticae)
quyiladi. O'ng va chap m e’da
charvi venalari o'zaro anastomoz hosil qiladi va m e’daning katta egriligi
bo'ylab ravoq shaklida yotadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda taloq venasining uzunligi o'rtacha 2,6 sm, kengligi
boshlanish qismida o'rtacha 2,4 mm, quyilish qismida 2,8 mm. Uning uzunligi
emizikli, bolalikning birinchi va o'smirlik davrlarida tez o'sib balog'at davrida
o'rtacha 10 sm bo'ladi Kengligi boshlanish qismida emizikli, bolalikning birinchi
va balog'at davrlarida sezilarli o'sib, o'smirlik davrida 8,1 mm bo'ladi. Taloq
venasining quyilish yerida kengligi yangi tug'ilgan chaqaloqda, emizikli va balog'at
davrlarida tez o'sib, o'smirlik davrida 9,2 mm ga ye tad i.
3.
Pastki ichaktutqich venasi
(v. mesenterica inferior)
chambar uchakning
chap arteriyasi yonida joylashib, yuqoriga ko'tariladi. Bu vena m e’da osti bezi
ostidan o'tib ko'pincha taloq venasiga, kamroq hollarda yuqori ichaktutqich
venasiga, goho yuqori ichaktutqich venasi bilan taloq venasining qo'shilish
burchagiga quyiladi. Pastki ichaktutqich venasi yo'g'on ichakning chap
qismidan, ya’ni chap chambar ichakning burilish burcha-gidan boshlab
tushuvchi chambar ichak, sigmasimon ichak va to 'g'ri ichakning yuqori
qismidan qon yig'adi. Unga chap chambar ichak venasi
(v. colica sinistra),
sigmasimon ichak venasi (w .
sigmoidea
2—5 ta) va yuqori to'g'ri ichak
venasi (v. rectalis
superior)
quyiladi.
Vena tizimi anastomozlari.
Tana venalari ko'p sonli anastomozlar
vositasida o'zaro bog'lanadi. Anastomozlar tizimlararo va tizim ichi guruhlariga
bo'linadi. Tizimlararo anastomozlar vositasida yuqori va pastki kovak hamda
darvoza vena tizimlari o'zaro bog'lansa, tizim ichi anastomozlari vositasida
ayrim tizim venalari o'zaro bog'lanadi. Tizimlararo anastomozlar ikki guruhga;
1.Yuqori va pastki kovak vena oqimlari o'rtasidagi kava-kaval; 2.Yuqori,
pastki kovak va darvoza vena oqimlari o'rtasidagi porta-kaval anastomozlaiga
bo'linadi. Porta-kaval anastomozlar qorin bo'shlig'ining turli tomonlarida
joylashadi. Ulaming eng asosiylari quyidagilar:
1. Yuqorida qizilo'ngachning qorin qismidan darvoza venasiga quyiluvchi
chap m e’da venasi
(v.gastrica sinistra)
oqimlari bilan toq va yarim toq
venalar orqali yuqori kovak venaga quyiluvchi qizilo'ngach venalari
(v.v.
oesophageae)
o'rtasida.
2. Pastda darvoza venasi oqimi bo'lgan yuqori to'g'ri ichak venasi
(v.
rectalis superior)
bilan ichki yonbosh venasi orqali pastki kovak venaga
quyiluvchi o'rta va pastki to'g'ri ichak venalari
(w . rectalis media et inferior)
o'rtasida.
3. Oldinda, kindik atrofida, jigaming yumaloq boylami ichidagi darvoza
venasining oqimi
w . paraumbilicales,
yuqori kovak vena oqimi yuqori qorin
usti venasi
(v. epigastrica superior),
hamda pastki kovak vena oqimi pastki
qorin usti venasi
(v. epigastrica inferior)
o‘rtasidagi uch tomonlama anastomoz.
Bu anastomoz bolada jigar kasalliklarida katta ahamiyatga ega. Bunda kindik
atrofi venalari kengayib, o'ziga xos shaklni
(meduza boshi)
oladi.
4. Orqada bel sohasida darvoza vena oqimlari yo‘g‘on ichakning
mezoperitoneal qismi venalari va pastki kovak venaning pariyetal oqimlari
bel venalari
(v. lumbales)
o'rtasida.
5. Qorin bo'shlig'ining orqa devorida yuqori kovak vena oqimlari o'ng va
chap ko'tariluvchi bel venalari
(v. lumbales ascendens)
va pastki kovak vena
oqimi bel venalari
(v. lumbales)
o'rtasida kava-kaval anastomoz joylashadi.
6. Yuqori kovak vena oqimi bo'lgan orqa qovuig'alararo venalaming
гг.
spinalis
lari va pastki kovak vena oqimi bo'lgan bel venalarining shu nomli
oqimlari o'rtasidagi kava-kaval anastomoz. Ular orqali ichki va tashqi umurtqa
pog'onasi vena chigallaridan
(plexus venosi vertebrates intend et externi)
qon oqadi.
Homilada qon aylanishi
Homila taraqqiyoti davrida o'sish uchun kerakli bo'lgan ozuqa moddalar
va kislorodni ona qonidan oladi. Qon bachadon arteriyasidan yo'ldoshga o'tadi,
shuning uchun homilaning qon aylanishi (
100-rasm) yo'ldosh qon aylanishi
deyiladi. Yo'ldoshda ona
qoni bilan hom ila qoni
o'rtasida gaz almashibgina
qolmay, homila qoni ozuqa
m o d d alam i ham qabul
qiladi. Yo'ldoshdan homila
q o n i k in d ik v e n a sig a
(v .u m b ilic a lis )
o 't ib ,
kindik tizimchasi tarkibida
jigaming pastki qirrasiga
yo'naladi va kindik venasi
egatida joylashadi. Jigar
darvozasi sohasida kindik
venasi ikki shoxga bo'linadi.
100-rasm. Homilada qon ay-
lanishi. 1-v.cava superior; 2-ar
cus aortae; 3-ductus arteriosus;
4-a.pulmonalis sinistra; 5-pars
acsendens aortae; 6-atrium sin-
istrum ; 7-ventriculis sinister;
8-ventriculis dexter; 9-pars ab-
dom inalis aortae; 10-a.renalis
sinistra; 11-v.renalis sinistra;
12-v.portae; 13-aorta; 14-a.il-
liaca communis sinistra; 15-a.um-
bilicalis sinistra; 16-v.umbilicalis;
17-placenta; 18-ductus venosus;
19-for. ovale; 20-truncus pulmo
nalis.
Uning bittasi darvoza venasiga quyilsa, ikkinchisi vena
(aransiy)
nayi
(ductus
venosus)
nomi bilan pastki kovak venaga quyiladi. Darvoza venasi orqali
arterial qon homilaning qon ishlab chiqamvchi a’zosi jigarga kiradi va undan
jigar venalari orqali chiqib, pastki kovak venaga quyiladi va tananing pastki
qismidan: kelayotgan venoz qon bilan aralashadi. Pastki kovak venadagi
aralash qon o'ng bo'lmachaga, undan oval teshik orqali chap bo'lmachaga
o'tadi. Bunda homilada yaxshi rivojlangan pastki kovak vena burmasining
ahamiyati katta. Chap bo'lmachadan qon chap qorinchaga, so'ngra aorta
bo'ylab organizmga tarqaladi.
Homila tanasining yuqori qismidan kelayotgan venoz qon yuqori kovak
vena orqali o'ng bo'lmachaga quyiladi. Undan o'ng atrioventrikular teshik
orqali o'ng qorinchaga o'tadi. O'ng qorinchadan o'pka poyasiga chiqqan qon
o'pka arteriyalari va o'pka yaxshi taraqqiy etmagani uchun yirik arteriya (Batal)
nayi
(ductus arteriosus)
orqali aortaga o'tadi. Buning natijasida aortadagi
aralash qonga venoz qonning yangi qismi qo'shiladi. Bu ikki marotaba
aralashgan qon tana devorlari, a’zolaiga va oyoqlaiga boradi. Tananing yuqori
qismiga boruvchi qon tomirlar aorta ravog'idan chiqqani uchun ularga kislorod
va ozuqa moddalaiga boyroq qon boradi, shuning uchun bu sohalar homilada
nisbatan yaxshi rivojlanadi. Aortadagi aralash qon ichki yonbosh arteriyalar
orqali kindik arteriyasiga
(a.umbilicalis)
o'tadi va yo'ldoshga yo'naladi.
Bola tug'ilganidan so'ng birinchi chinqiriq bilan uning o'pkasi kengayib,
kichik qon aylanish doirasi faoliyat ko'rsata boshlaydi. Boylangan kindik venasi
bo'^hab jigaming yumaloq boylamiga
(lig. teres hepatis),
kindik arteriyasining
ko'p qismi medial kindik boylamiga
(ligg. umbilicales mediates),
venoz
nay venoz boylamga
(lig. venosum)
aylanadi. O'pka poyasini aorta bilan
qo'shib turuvchi arteriya nayining ikki uchida bosim kichik qon aylanish ishga
tushganidan keyin tenglashadi va unda qon oqishi to'xtaydi. Yangi tug'ilgan
chaqaloqda nay teshigi torayib bekiladi. Bu jarayon nay o'rtasidan boshlanib,
awail o'pka poyasi tomoniga keyin esa aortaga qarab yuradi. Nay 8—10 kun
davomida butunlay puchayib, arteriya boylamiga
(lig. arteriosum)
aylanadi.
Agar arteriya nayi bekilmay qolsa, bolada tug'ma nuqson paydo bo'ladi.
O 'ng va chap bo'lmachalardagi bosimning tenglashishi natijasida ular
o'rtasidagi to'siqda joylashgan oval teshik ham asta-sekin bekiladi. Ba’zan bu
teshikning bekilishi uzoq vaqt (
6—8 oy) davom etishi mumkin. Bu teshik
bir yilgacha bekilmasa, bola yuragida tug'ma nuqson paydo bo'ladi.
Limfa tizimi
Limfa tizimi
(systema lymphaticum)
qon tomirlar tizimining asosiy
qismidan biri bo'lib, u to'qim a suyuqligini so'rib limfa hosil qilish va uni
vena tizimiga olib borish vazifasini bajaradi. U vena tizimining yordamchi
qismi bo'lib, tuzilishi jihatidan unga o'xshaydi.
Limfa
(lympha
— toza suv) bu rangsiz suyuqlik bo'lib, tarkibi plazmaga
o'xshash oqsillaming kolloid eritmalari, hujayra elementlari (limfotsitlar,
eozinofillar) bilan birga to'qim ada modda almashinuvida hosil bo'lgan har
xil yot moddalar, mikroorganizmlar, o'lik hujayralardan iborat bo'ladi. Limfa
tizimi organizmda quyidagi vazifalami bajaradi:
1. To'qim a suyuqligi tarkibi va hajmining doimiyligini ta’minlaydi.
2. T o'qim a suyuqligi, limfoid elementlar va qon o'rtasidagi gumoral
aloqani ta ’minlaydi.
3. Ichakda parchalanib hosil bo'lgan ozuqa moddalami (yog'lar) ichaklardan
venalarga olib boradi.
4. Seroz bo'shliqlardan suyuqliklami so'rilishini.
5. Organizmga tushgan mikrooiganizmlami zararsizlantirish (himoya,
baryer vazifa).
6. Limfositlami ishlab (limfopoez) qonga chiqarish.
7. Imm unokompetent hujayralar (T va В Umfositlar) va makrofaglar
ishlab chiqarish. Bu hujayralar oiganizmning mikroblaiga va ba’zi moddalaiga
qarshi faoliyatini kuchaytirib beradi (immun faoliyati).
Yuqoridagi vazifalami bajaruvchi limfa tizimi tarkibiga:
1. Limfani o'tkazuvchi yo'llar: limfakapillar tomirlar, limfa tomirlari,
poyalari va yo'llari kiradi.
2. Limfositlar rivojlanadigan joylar:
1. Suyak iligi, ayrisimon bez.
2. Shilliq pardalardagi limfoid hosilalar:
a) yakka holdagi follikulalar
(folliculi lymphatici solitarii);
b) limfatik follikulalar to'plami
(folliculi lymphatici solitarii aggregati);
c) murtaklaming limfoid to'qimasi.
3. Chuvalchangsimon o'simta limfoid to'qimasi.
4. Taloq pulpasi.
5. Limfa tuguni kiradi.
Limfa tizimi vcnadan quyidagilar bilan farq qiladi:
1. Vena tizimi arteriyalar bilan qo'shiladi, limfa tizimining boshlanish
qismi yopiq limfa kapillarlari bo'lib, markaziy qismi venaga quyiladi.
2. Limfa tomirlari o'rtasida limfa tugunlari bo'ladi.
Limfa kapillarlari bosh va orqa miya, ulaming pardalarida, tog'aylar,
ko'zning shox pardasi va gavhari, ichki quloq, ten va shilliq pardalar epiteliyasi,
taloq parenximasi, suyak iligida bo'lmaydi.
Limfa tizimi tarkibiga limfani o'tkazuvchi yo'llar (limfa kapillarlar, limfa
tomirlari, poyalari va yo'llari) va limfositlar rivojlanadigan joylar (suyak
iligi, ayrisimon bez, limfoid follikulalar, murtaklar, taloq pulpasi va limfa
tuguni kiradi.
Limfa kapillarlari
(vasa lymphacapillaria)
qon tom ir kapillarlariga
nisbatan keng va tekis emas. U lar o'zaro birikib, limfokapillar to'rlarini
(rete lymphocapillare)
hosil qiladi. Limfa kapillarlaming devori bir qavat
endoteliy hujayralaridan tuzilgan. Ular o'zaro qo'shilib, limfa tomirlarini
hosil qiladi.
Limfa tomirlari
(vasa lymphatica)
ichida klapanlari
(valvulae lymphaticae)
bo'lib, limfani bir yo'nalishda o'tkazadi. Limfa tomirlari joylashishiga qarab
a ’zo ichi va a ’zo sirti tomirlariga bo'linadi. A’zo sirti limfa tomirlari limfani
a’zolardan to limfa tugunigacha olib boruvchi (olib keluvchi) va limfa tugunidan
chiqqan (olib ketuvchi) tomirlaiga bo'linadi. Ular yig'ilib, limfa poyalarini
hosil qiladi. A’zo sirti limfa tomiiiari joylashishiga qarab chuqur
(vasa lymphatica
profunda)
(qon tomir va nervlar bilan yo'naluvchi) va yuza
(vasa lymphatica
superfidalia)
(teri osti venalari va nervlari bilan yo'naluvchi) guruhlarga bo'linadi.
Tananing harakatchan sohalarida limfa tomirlari limfani beto'xtov oqishini
ta’minlovchi aylanma limfa yo'llarini hosil qiladi.
Limfa tuguni
(nodi lymphatici)
bu — a’zo bo'lib, a’zo va to'qimalardan
limfa poyalari va limfa yo'llariga kelayotgan limfa tomirlari yo'lida joylashadi.
Limfa tugunlari, odatda, ikki va undan ko'p holatda guruh bo'lib joylashadi.
Har bir limfa tuguniga uning qabariq tomonidan 4—6 olib keluvchi limfa
tomirlari
(vasa afferentia)
kiradi. Limfa tugunlaridan chiqqan 2—4 ta olib
ketuvchi limfa tomirlari keyingi guruh limfa tugunlariga yoki yirik limfa poyalariga
quyiladi. Unga kelayotgan olib keluvchi tomirlar ko'p va ingichka bo'lsa, olib
ketuvchi tomirlar kam va keng bo'ladi. Limfa tugunlari (101-rasm) oval,
yumaloq, loviyasimon, bo'laklarga bo'lingan shakllarda uchraydi. Ulaming
uzunligi 10— 15 m m bo'lib, umumiy og'irligi 500—1000 g yoki tana
og'irligining 1% ini tashkil qiladi. Limfa tugunining botiq tomonida darvozasi
bo'lib, unga arteriya va nervlar kiradi, vena va olib ketuvchi limfa tomirlari (vasa
efferentia) chiqadi. Tugunning qavariq tomonidan esa olib keluvchi limfa
tomirlari kiradi. Limfa tugunini o'ragan biriktiruvchi to'qimali kapsuladan
uning darvozasi sohasida tugun ichiga to'siqlar kirib, uni bo'laklarga bo'ladi.
Limfa tuguni parenximasi po'stloq va mag'iz moddalarga bo'linadi. Po'stloq
qismi kapsulaga yaqin joylashib, tugunning periferik qismini egallaydi. Unda
o'lchamlari 0,5—1 mm bo'lgan limfoid tugunchalar bo'lib, ularda B-limfositlar
to'plangan, Limfoid tugunchalardan ichkarida mag'iz qismi chegarasida joylashgan
limfoid to'qima qatlami timusga bog'liq bo'lgan parakortikal zona deyilib, unda
T-limfositlar bo'ladi. Mag'iz qismi po'stloq qismining ichki chekkasidan
limfa tuguni darvozasigacha cho'zilgan limfoid to'qima zanjiridan iborat. Limfa
lim fa tuguni
tugunlari tananing ayrim qismlarida yuza va
chuqur guruhga bo'linadi. Tana bo'shliqlarida
esa tugunlar bo'shliqlar devorida pariyetal va
a’zolar oldida visseral guruhlarga bo'linadi.
101-rasm. Limfa tngnni shakllari.
A-loviyasimon;B-yumaloq;D-oval-
sim on; E -b o ‘laklarga bo'lingan;
F-lentasimon.
Limfa poyalari va yo'llari
Limfa poyalari
(trunci lymphatici)
va limfa
yo'llari
(ductus lym phatici)
yirik lim fa
tomirlari bo‘lib, tananing ayrim sohalaridan limfani vena burchagiga yoki
venalarga olib boradi. Odam tanasida juft: o‘ng va chap bo‘yinturuq, o'mrov
osti, bronxomediastinal va bel poyalari; toq ichak poyasi tafovut qilinadi.
Bu poyalaming qo'shilishidan ko'krak va o'ng limfa yo'llari hosil bo'ladi.
Ko'krak limfa yo'liga
(ductus thoracicus)
oyoqdan, chanoq, qorin
bo'shlig'i devori va a’zolaridan ko'krak qafasining chap tom onidan limfa
quyiladi. U qorin bo'shlig'ida XII ko'krak, II bel umurtqalari sohasida o'ng va
chap bel poyasining
(truncus lumbalis dexter et truncus lumbalis
sinister)
qo'shilishidan hosil boiadi. 25% holatda ko'krak limfa yo'lining
boshlanish qismiga ichak poyasi
(trunci intestinalis)
ham quyiladi. Ko'krak
limfa yo'lining uzunligi 30—41 sm bo'lib, boshlanish joyida ko'krak limfa
yo'li kengaymasini
(cisterna chyli)
hosil qiladi. Qorin bo'shlig'idan ko'krak
limfa yo'li diafragmaning aorta teshigi orqali ko'krak qafasiga chiqadi va orqa
ko'ks oralig'ida ko'krak aortasi bilan toq vena o'rtasida joylashadi. VI—VII
ko'krak umurtqalari sohasida u chap tomonga og'adi. V—VI bo'yin umurtqalari
sohasida plevra cho'qqisi ustida ravoq hosil qilib, chap vena burchagiga quyiladi.
Ko'krak limfa yo'lining quyilish joyida uning ichki qavatidan hosil bo'lgan
qonni venadan limfa yo'liga o'tishiga to'sqinlik qiluvchi juft klapan bor. Bundan
tashqari, ko'krak limfa yo'lining bor bo'yicha 7—9 ta klapanlari bo'lib, ular
limfani orqaga qaytishiga to'sqinlik qiladi.
O'ng limfa yo'li
(dnctus lymphaticus dexter)
uzunligi 10—12 mm bo'lib
(18,8% holatda) o'ng o'mrov osti
(truncus subclavius dexter),
o'ng bo'yinturuq
(tru n cu s ju gu la ris d e x te r )
va o 'n g b ro n x o m e d iastin a l
(tru n cu s
bronchomediastinalis dexter)
poya-laming qo'shilishidan hosil bo'ladi. O'ng
limfa yo'li o'ng ichki bo'yinturuq va o'mrov osti venalarining birikish burchagiga
yoki ichki bo'yinturuq venaga quyiladi. Ko'pincha (81,2% holatda) o'ng limfa
yo'li bo'lmasdan, uni hosil qiluvchi poyalar alohida-alohida o'ng vena burchagiga,
o'ng ichki bo'yinturuq yoki o'ng o'mrov osti venasiga quyiladi.
Oyoq limfa tomirlari va tugunlari
Oyoq sohasida yuza va chuqur joylashgan limfa tomirlari tafovut qilinadi.
Yuza limfa tomirlar teri va ten osti yog' kletchatkasi, limfa kapillarlaridan
hosil bo'lib uch guruhga bo'linadi. Medial guruh tomirlari I—III barmoqning
ustki yuzasi va oyoq kaftining ichki yuzasi, boldirning ichki va orqa medial
yuzalaridan boshlanib, katta yashirin vena bilan yuza chov tugunlariga yo'naladi.
Lateral guruh tomirlari IV—V barmoq oyoq kaftining tashqi qismi va
boldirning lateral yuzasidan boshlanib, tizza bo'g'imiga yetmasdan medial
tomirlarga qo'shiladi. Orqa guruh tomirlari oyoq kaftining ostki yuzasining
tashqi chekkasi va tovon sohasidan boshlanib, kichik yashirin vena bilan
birga taqim osti limfa tugunlariga boradi.
Oyoqning chuqur limfa tomirlari — mushaklar, bo'g'im lar va suyaklar
limfakapillarlaridan hosil bo'lib, boldir va sonning chuqur arteriya va venalari
bilan biiga yo'nalib, chuqur chov limfa tugunlariga quyiladi.
Oyoqda limfa tugunlari taqim osti va chov sohasida joylashadi. Taqim osti
limfa tugunlari
(nodi lymphatici poplitei)
1—3 ta bo'lib, taqim osti arteriyasi
yonida joylashadi. Chov limfa tugunlari son ucnburchagi sohasida chov boylami
ostida joylashgan. Ular yuza va chuqur gumhlaiga bo'linadi. Yuza chov tugunlari
(4—20 ta)
(nodi lymphatici inguinales superficiales)
sonning keng
fastsiyasining yuza varag'i ustida, chuqur chov tugunlari (1-7 ta)
(nodi
lymphatici inguinales profundus)
son arteriyasi va venasi yonida joylashgan.
Bu limfa tugunlaridan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari tomirli lakuna
orqali tashqi yonbosh tugunlariga boradi.
Chanoq limfa tomirlari va tugunlari
Chanoq limfa tugunlari visseral va pariyetal guruhlaiga bo'linib joylashadi.
Visseral limfa tugunlari
(nodi lymphatici viscerales)
kichik chanoq
bo'shlig'i a’zolari yonida joylashadi. Bularga qovuq yoni
Dostları ilə paylaş: |