(bulbus venae jugularis inferior)
joylashgan. Ichki bo'yinturuq vena oqimlari ikki guruhga: l.Bosh suyagi
ichidagi venalar, 2. Bosh suyagi tashqarisidagi venalarga bo'linadi. Bosh suyagi
ichidagi venalarga quyidagilar kiradi:
1. Miya qattiq pardasidagi kovaklar (sinuslar). Ular tuzilishi jihatidan
venalarga o'xshamasa ham, qon tomir vazifasini o'taydi. Ulaming devori elastik
tolalaiga boy fibroz to'qimadan iborat. Miya qattiq pardasi sinuslari quyidagi
venalardan iborat: 1) yuqori sagittal vena
(sinus sagittalis superior): 2
)
pastki sagittal vena
(sinus sagittalis inferior); 3)
to'gri vena
(sinus rectus); 4)
ko'ndalang vena
(sinus transversus); 5)
ensa venasi
(sinus occipitalis); 6)
sigmasimon vena
(sinus sigmoideus);
7) g'ovak vena
(sinus cavemosus); 8
)
yuqorigi va pastki toshsimon venalar
(sinus petrosus superior et inferior).
Bu
venalarga bosh miyadan qon yig'uvchi yuza va chuqur venalar, kalla suyaklarining
g'ovakmoddasidan qon yig'uvchi diploikvenalar
(w . diploicae),
yuqorigi va
pastki ko'z venalari (w.
ophtalmicae superior et inferior)
va labirint venalari
(v. labyrinthi)
quyiladi. Vena sinuslari emissar venalar (w.
emissaria)
orqali
boshning tashqi venalari bilan qo'shilib turadi.
2. Diploik venalar
(w . diploicae)
ning klapanlari bo'lmaydi, ular
orqali kalla suyaklarining g'ovak moddasidan qon vena sinuslariga oqadi.
3.
Yuqorigi va pastki ko'z venalari
(w.ophthalmicae superior et inferior)
ning klapanlari yo‘q. Yuqorigi ko'z venasi burun, peshona, yuqori va pastki
qovoqlar, g'alvirsimon suyak, ko'z yoshi bezi, ko'z olmasi pardalari va
mushaklari venalaridan hosil bo'ladi. Yuqorigi ko'z venasi ko'zning ichki
chekkasida yuz venasi oqimlari bilan anastomozlashadi.
Pastki ko'z venasi pastki qovoq, shu atrofdagi ko'z mushaklari venalaridan
hosil bo'lib, ko'ruv nervi ostida yotadi va yuqorigi ko'z venasiga qo'shiladi.
Yuqorigi ko'z venasi ko'z kosasining yuqorigi tirqishi orqali kalla ichiga kirib
sinus cavernosus
ga qo'shiladi.
4.
Labirint venasi
(v.labyrinthi)
labirintdan boshlanib ichki eshituv
yo'li orqali o'tadi va pastki toshsimon sinusga quyiladi.
Ichki bo'yinturuq venaning bosh suyagi tashqarisidagi oqimlariga quyidagilar
kiradi: halqum venalari
(w . pharyngeae)
klapansiz, halqum chigalidan
(plexus
pharyngeae)
qonni olib ketadi. Unga halqum, eshituv nayi, yumshoq tanglay
va bosh miya qattiq pardasining orqa qismi venalari quyiladi.
1. Til venasi
(v.lingualis)
til orqasi venasi, tilning chuqur venasi va til
osti venalaridan hosil bo'ladi.
2. Yuqori qalqonsimon vena
(v. thyroidea superior)
hiqildoqning ustki,
to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon venasidan hosil bo'ladi.
3. Yuz venasi
(v. facialis)
yuzning yumshoq to'qimasidan hosil bo'luvchi
burchak venasi, ko'z kosasining yuqori venasi, yuqori va pastki qovoq venalari,
yuqori va pastki lab venalari, tanglay venasi, engak osti venasi va yuzning
chuqur venasi quyilishidan hosil bo'ladi.
4. Jag orqasi venasi
(v. retromandibularis)
ancha katta bo'lib, quloq
suprasi oldidan, quloq oldi bezi ichidan, pastki jag' suyagi shoxi orqasidan
o'tib ichki bo'yinturuq venaga quyiladi. Bu vena quloq suprasi, boshning
chakka va tepa sohalari, chakka pastki jag' bo'g'imi venalari va qanotsimon
vena chigalidan qon yig'adi.
Tashqi bo'yinturuq vena
(v. jugularis extern a)
to 'sh -o 'm rov -
so'rg'ichsimon mushakning oldingi chekkasida ensa va quloq orqa venasining
qo'shilishidan hosil bo'ladi. U to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushakning
oldingi yuzasi bo'ylab o'mrov suyagigacha tushadi va ichki bo'yinturuq venani
o'mrov osti venasiga qo'shilgan burchakka yoki o'mrov osti venasiga quyiladi.
Tashqi bo'yinturuq venaga yo' l-yo'lakay kurak osti venasi
(v. subscapularis),
oldingi bo'yinturuq vena
(v. jugularis anterior)
va bo'yinning ko'ndalang
venasi
(v. transversa coli)
quyiladi.
Oldingi bo'yinturuq vena
(v. jugularis anterior)
engak osti sohasi
mayda venalaridan hosil bo'ladi. U pastga tomon tushib, bo'yin fassiyalari
o'rtasidagi oraliqda o'ng va chap oldingi bo'yinturuq venalari o'zaro ko'ndalang
anastomoz bilan qo'shilib bo'yinturuq vena ravog'ini
(arcus venosus juguli)
hosil qiladi. Bu ravoq o'ng va chap tomonda tashqi bo'yinturuq venaga quyiladi.
O'mrov osti venasi
(v. subclavia)
toq, qo'ltiq osti venasining davomi
bo'lib, oldingi narvonsimon mushakning oldida joylashadi. To'sh-o'mrov
bo'g'imi orqasida ichki bo'yinturuq vena bilan qo'shilib, yelka-bosh venasini
hosil qiladi. Unga ko'krak venalari
(w.pectorales)
va kurak orqa venasi
(▼.scapulae dorsalis)
quyiladi. O'mrov osti venasining boshlanish joyida va
oxirida klapanlari bor.
Q o 'l venalari
Qo'l venalari yuza va chuqur venalarga bo'linadi. Bu venalar o'zaro ko'plab
anastomozlar hosil qilib qo'shiladi. Qo'lda yuza venalar yaxshi bilinadi.
Qo'lning asosiy yuza venalari: lateral va medial teri osti venalari bo'lib, ular
barmoqlaming orqa tomonidagi vena chigallaridan boshlanadi.
Kaftning dorsal venalari (to'rtta)
(w . metacarpeae dorsales)
va ular
o'rtasidagi anastomozlar barmoq, kaft va kaft usti sohalarida qo'l kaftining
orqa to'rini
(rete venosum dorsales manus)
hosil qiladi. Qo'lning kaft
tomonidagi yuza venalar ingichka bo'lib, barmoqlaming kaft venalaridan
(w . digitales palmares)
boshlanadi. Ulardan qon barmoqlaming yon tomonida
joylashgan anastomozlar orqali kaftning orqa to'riga quyiladi.
Qo'lning lateral teri osti venasi yoki bosh vena
(v. cephalica)
kaftning
orqa vena to'rining bilak tomonidan birinchi dorsal kaft venasidan boshlanadi.
U bilak oldingi yuzasining lateral tomoni bo'ylab ko'tarilib, ko'plab teri
osti venalarini qabul qilib tiisak chuqurchasiga yo'naladi. Bu yerda medial teri
osti venasi bilan anastomoz hosil qilganidan so'ng yelkaga yo'nalib, qo'ltiq
osti venasiga quyiladi.
Qo'lning medial teri osti yoki asosiy venasi
(v. basilica)
to'rtinchi
dorsal kaft venasining davomi bo'lib, bilakning medial tomonidan yuqoriga
ko'tariladi. Tirsak chuqurchasida anastomoz hosil qilganidan so'ng yelkaning
pastki qismida yelka venasiga quyiladi.
Tirsakning oraliq venasi
(v. intermedia cubiti)
qopqoqlari bo'lm ay, u
tirsakning oldingi sohasida teri ostida bosh venadan asosiy venaga qarab qiya
yo'nalgan. Bulardan tashqari, bilakning oldingi yuzasida bilakning oraliq
venasi
(v. intermedia antibrachii)
joylashadi. Bu vena tirsakning oraliq venasiga
quyiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq qo'lida teri osti vena chigallari bo'lib, yirik
venalar yaxshi bilinmaydi.
2 yoshdan so'ng bu chigallardan qo'lning bosh
va asosiy venalari yaqqol ko'rinadi. Kaftning chuqur vena ravog'iga juft kaft
venalari
(w . metacarpeae palmares)
quyiladi. Bu ikkala vena ravoqlaridan
juft bilak va tiisak venalari
(w.radialis et w . ulnaris)
hosil bo'ladi. Ular
o'z nomidagi arteriyalar bilan yo'nalib o'zaro qo'shiladi vajuft yelka venasini
(v.bracbialis)
hosil qiladi. Bu venalar qo'ltiq osti chuqurchasiga yetmasdan
qo'shilib toq q o 'ltiq osti venasini hosil qiladi. Q o'ltiq osti venasi I
qovurg'aning tashqi qirrasigacha davom etib, o'mrov osti venasiga o'tadi.
Qo'lning chuqur venalarining oqimlari o'z nomidagi arteriya tarmoqlariga
mos ravishda joylashadi va ular tarqalgan sohalardan qon yig'adi.
P astk i kovak vena tizimi
Pastki kovak vena
(v. cava inferior)
odam tanasidagi eng katta vena bo'lib,
klapanlari bo'lmaydi. Uning uzunligi qorin bo'shlig'ida 18—20 sm, ko'krak
bo'shlig'ida 1—4 sm. Kengligi boshlanish qismida 20 mm, quyish joyida
32—33 mm. Pastki kovak vena IV— V bel umurtqalari o'rtasidagi tog'ay disk
sohasida o'ng va chap umumiy yonbosh venaning
(vena iliaca communis
dextra
et
sinistra)
qo'shilishidan hosil bo'ladi. Dastlab pastki kovak vena
o'ng katta bel mushagining oldingi yuzasida joylashadi. U qorin aortasining
o'ng tom onida yuqoriga ko'tarilib, o 'n ikki barmoq ichakning gorizontal
qismi, m e’da osti bezining boshi va ichaktutqich ildizining orqasidan o'tadi.
Jigarda o 'z nomidagi egatda joylashib, jigar venalarini qabul qiladi. So'ngra
diafragmadan o'z nomidagi teshik orqali orqa ko'ks oralig'iga o'tib, perikard
ichiga kiradi va o'ng bo'lmachaga quyiladi. Qorin bo'shlig'ida pastki kovak vena
qorinparda bilan faqat old tomondan o'ralgan.
Pastki kovak vena tizimi oyoq, chanoq devori va unda joylashgan a’zolardan,
qorin bo'shlig'i devori va unda joylashgan juft a’zolardan, shuningdek, jigardan
qon yig'adi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda pastki kovak vena III—IV bel umurtqalari
sohasida hosil bo'ladi. Bu soha yoshga qarab pastga suriladi va balog'at davrida
IV—V bel umurtqalari sohasiga tushadi. Pastki kovak venaning hosil bo'lish
burchagi yangi tug'ilgan chaqaloqda 63° bo'lsa, kattalarda 93°. Pastki kovak
vena yangi tug'ilgan chaqaloqda qisqa va nisbatan keng (
6mm) bo'ladi. Bola
hayotining birinchi yilida uning diametri o'zgaradi, so'ng yuqori kovak
venaga nisbatan tezroq o'sadi. Pastki kovak vena oqimlarining devori, yuqori
kovak venaga nisbatan qalin. Ularda elastik membrana yaxshi bilingan bo'lib,
pardalami bir-biridan ajratadi. O'rta qavatida yaxshi bilinadigan aylanma va
bo'ylama yo'nalishdagi mushaklar bor. O'spirinlik davrida pastki kovak vena
diametri 23— 26 mm bo'ladi.
Pastki kovak venaning oqimlari ikki: pariyetal va visseral guruhlarga
bo'linadi. Pastki kovak venaning pariyetal oqimlariga:
1. Bel venalari (w .
lumbales)
odatda 4 juft bo'lib, shu nomdagi arteriya
tarqalgan sohadan qon yig'adi. Ular o'zaro ko'tariluvchi bel venasi
(v. lumbales
ascendens)
vositasida anastomoz hosil qiladi. Bel venalariga orqa miya irmoqlari
(r. spinalis)
orqali umurtqa pog'onasi chigallaridan qon oqadi.
2. Diafragmaning pastki venalari (w .
phrenicae inferiores)
o'ng va
chap shu nomli arteriyaning ikki tomonida joylashib, pastki kovak vena
jigardan chiqqanidan so'ng quyiladi.
Pastki kovak venaning visseral oqimlari quyidagilar:
1. M oyak (tuxum don) venasi
(v. testicu laris) (o v a r ic a ),
juft,
moyakning orqa qirrasidan (tuxumdon darvozasidan) ko'p sonli vena bo'lib
boshlanadi. U moyak arteriyasi atrofmi o'rab uzum shingiliga o'xshagan
chigal
(plexus pampiniformis)
hosil qilib erkaklarda urug' tizimchasi tarkibiga
kiradi. Mayda venalar o'zaro birikib har tomondan bittadan vena hosil qiladi.
O'ng moyak (tuxumdon) venasi pastki kovak venaga, chap vena esa buyrak
venasiga quyiladi.
2. Buyrak venasi
(v.renalis)
juft, buyrak darvozasidan gorizontal
yo'nalib, I —II bel um urtqalariaro tog'ay sohasida pastki kovak venaga
quyiladi. C hap buyrak venasi o'ngiga nisbatan uzu n b o 'lib , qorin
aortasining oldidan o'tadi.
3.Виугак usti bezi venasi
(v. suprarenalis)
buyrak usti bezi darvozasidan
chiqadi. Chap vena buyrak venasiga, o'ng vena esa pastki kovak venaga quyiladi.
4.
Jigar venalari
(w . hepaticae) 3—4
ta bo'lib, jigar parenximasida
joylashgan. Ular pastki kovak venaning jigaiga tegib turgan qismiga quyiladi.
O'ng jigar venasi quyilishdan oldin jigaming venoz boylami bilan birikkan.
Umumiy yonbosh vena
(v. iliaca communis)
toq, yirik vena. U dumg'aza-
yonbosh bo'g'im i sohasida ichki va tashqi yonbosh venalaming qo'shilishidan
hosil bo'ladi. O'ng umumiy yonbosh vena shu nomdagi arteriyaning orqasida,
chap vena esa medial tomonida joylashadi.
Ichki yonbosh vena
(v. iliaca interna)
kichik chanoq bo'shlig'ining
yon devorida shu nomdagi arteriyaning orqasida yotadi va uning tarmoqlari
qon bilan ta ’minlovchi sohalardan qon yig'adi. Uning oqimlari pariyetal va
visseral guruhlarga bo'linadi. Ichki yonbosh venaning pariyetal oqimlariga
dum baning yuqorigi va pastki venalari
(w. gluteae superior et inferior),
yopqich vena
(v. obturatoriae),
dumg'azaning lateral venasi
(v. sacralis
lateralis)
(juft) va yonbosh-bel venasi
(v. iliolumbalis)
kiradi. Bu venalar
shu nomdagi arteriyalar bilan birga yo'nalib, ular tarmoqlangan sohalardan
qon yig'adi. Ularda klapanlar bor.
Ichki yonbosh venaning visseral oqimlari kichik chanoq bo'shlig'i a’zolari
atrofini o'ragan quyidagi vena chigallaridan boshlanadi:
1. To'g'ri ichak vena chigali
(plexus venosus rectalis)
to'g'ri ichakning
orqa va yon tomonlarida joylashgan bo'lib, ichki va tashqi guruhlarga bo'linadi.
Ichki chigal to'g'ri ichakning shilliq osti asosida va tashqi chiqaruv teshigi
terisi ostida joylashsa, tashqi chigal mushak qavat ustida yotadi. Bu chigallaidan
qon toq to'g'ri ichakning yuqori venasi orqali pastki ichaktutqich venasiga,
juft to 'g 'ri ichakning o 'rta venasi
(v. rectales mediae)
orqali ichki yonbosh
venaga va juft to'g'ri ichakning pastki venasi
(v. rectales inferior)
orqali ichki
uyatli venaga quyiladi.
2. Qovuq vena chigali
(plexus venosus vesicalis)
qovuqni yon tomoni
va tubi sohasini o'rab turadi. Bu chigalga erkaklarda prostata bezi venalari va
v.dorsalis penis,
ayollarda
v.dorsalis clitoridis
quyiladi. Bu chigaldan
qon qovuq venalari
( w . vesicales)
orqali ichki yonbosh venaga quyiladi.
3. Erkaklarda prostata vena chigali
(plexus venosus proctaticus)
prostata
bezi va urug' pufakchalarini o'ragan. Unga
v. dorsalis penis, w . profundae
penis
va
w . scrotalis posteriores
quyiladi. Ayollarda siydik chiqaruv nayini
o'ragan vena chigali orqa tom onga qin vena chigali
(plexus venosus
vaginalis)
hosil qilib o 'tsa , yuqori tomonga bachadon bo'yn ini o'ragan
bachadon vena chigalini
(plexus venosus uterinus)
hosil qilib o'tadi. Bu
chigallardan qon bachadon venalari
(w . uterinae)
orqali ichki yonbosh
venaga quyiladi.
Tashqi yonbosh vena
(v. iliaca externa)
ning klapanlari yo‘q. O'z nomidagi
arteriya bilan yo'nalib, dumg'aza yonbosh bo'g'im i sohasida ichki yonbosh
vena bilan qo'shilib umumiy yonbosh venani hosil qiladi. Chov boylamining
ustida tashqi yonbosh venaga qorin ustining pastki venasi
(v.epigastrica
inferior)
va yonbosh suyagini aylanib, o'tuvchi chuqur vena
(v.circumflexa
ilium profunda)
quyiladi.
Oyoq venalari
Oyoq venalari chuqur va yuza venalarga bo'linadi. Chuqur venalaming
qopqoqlari bo'lib, o'z nomidagi arteriyalar bilan yo'nalib, shu arteriyalar
tarmoqlangan sohalardan qon yig'adi. Yuza venalar teri ostida joylashadi.
Oyoq panjasi venalari: oyoq panjasining orqa (dorsal) venalari
(w.digjtales
dorsales pedis)
barmoqlaming vena chigallaridan boshlanib, oyoq panjasining
orqa (dorsal) ravog'iga
(arcus venosus dorsalis pedis)
quyiladi. Bu ravoqning
medial chekkasidan oyoqning katta teri osti venasi, lateral chekkasidan esa
oyoqning kichik teri osti venasi boshlanadi. Oyoq panjasining kaft tomonida
kaft vena to 'ri
(rete venosum plantare)
ko'p sonli teri osti venalaridan qon
yig'adi. Ular chuqur anastomozlar hosil qiladi. Oyoq panjasining teri osti
venalaridan qon oyoqning katta va kichik teri osti venalari orqali oqadi.
1.
Oyoqning katta teri osti venasi
(v. saphena magna)
klapanlari ko‘p
bo'lib, medial to'piqning old tomonidan boshlanadi. U oyoq panjasining
kaft tomonidan keluvchi irmoqlami qabul qilganidan so‘ng boldirning medial
yuzasi bo'ylab teri osti nervi bilan yuqoriga ko'tariladi. Son suyagini medial
do'ngsimon o'simtalari ustini aylanib, sonning oldingi yuzasiga o'tadi. Bu
yerda vena
(hiatus saphenus
) dan kirib son venasiga quyiladi. Yo'l —
yo'lakay oyoqning katta teri osti venasiga boldir va sonning medial va oldingi
yuzalaridan qon yig'uvchi teri osti venalari quyiladi. Oyoqning katta teri osti
venasi son venasiga quyilishdan oldin unga tashqi tanosil a’zolari va qorinning
oldingi devoridan qon yig'uvchi teri osti venalaridan tashqi uyatli vena
(v.pudendae externae),
yonbosh suyagini aylanib o'tuvchi yuza vena
(v .c ir c u m fle x a ilium s u p e r f i c i a l )
, q o rin u stin in g yuza venasi
(v.epigastrica superficialis)
quyiladi.
Oyoqning kichik teri osti venasi
(v. saphena parva)
ning klapanlari
ko'p bo'lib, oyoq panjasining lateral chetidan boshlanadi. U oyoq panjasining
kaft yuzasi va tovon sohasi teri osti venalaridan boshlanib, lateral to'piqning
orqasidan yuqoriga ko'tarilib. boldirning orqa lateral yuzasidan keluvchi
irmoqlami qabul qiladi.
Boldirning orqa yuzasida boldir mushagining ichki va tashqi boshchalari
o'rtasidagi egatda n. saphenus shoxlari yonida joylashib, taqim osti chuqurchasiga
kiradi va taqim osti venasiga quyiladi.
Oyoq panjasining chuqur venasi ikkita bo'lib, chuqur arteriya bilan birga
yo'naladi. Oyoq panjasining kaft tomonidagi chuqur vena
v. digitales plantares
bo'lib boshlanib,
v. metatarseae plantares
lar orqali kaftning chuqur ravog'iga
(arcus venosus plantaris)
quyiladi. Bu ravoqdan hosil bo'lgan medial va lateral
kaft venalari orqali qon orqa katta boldir venasiga oqadi.
Oyoq panjasining dorsal venalari (w.
metatarseae dorsalis pedis)
shu
tomondagi chuqur ravoqqa quyadi. Bu ravoq esa oldingi katta boldir venasiga
(v. tibialis anterior)
davom etadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq oyog'ida teri osti vena chigallari bo'lib, yirik
venalar yaxshi bilinmaydi. Ikki yoshlardan so'ng bu chigallardan oyoqning
katta va kichik yashirin venalari yaqqol ko'rina boshlaydi. Ulaming diametri 2
yoshgacha tez o'sadi, katta yashirin vena 2 marta, kichigi esa 2,5 marta
kattalashadi.
Darvoza vena tizimi
Darvoza venasi
(v. portae)
qorin bo'shlig'idagi toq hazm a’zolaridan
(me’da, ingichka va yo'g'on ichak, to'g'ri ichakning yuqori qismi, taloq,
me’da osti bezi) qon yig'uvchi yirik vena. Uning uzunligi 5—6 sm, ko'ndalang
o'lcham i 11 — 18 mm. Darvoza venasi jigar o ‘n ikki barmoq ichak boylami
ichida xususiy jigar arteriyasi va umumiy o 't yo'lining orqasida joylashadi.
Jigar darvozasiga kiigach, darvoza venasi o ‘ng
(r. dexter)
va chap
(r.sinister)
shoxlaiga bo'linadi. Ular, o ‘z navbatida, sektor va segmentlaiga shoxlanadi.
Bunday bo'linish davom etib, oxiri bo'lakchalararo venalarga aylanadilar.
Bo'lakcha ichida bu venalar keng kapillarlaiga (sinusoid tomirlar) bo'linadi.
Bo'lakchaiardan chiquvchi venalar o'zaro qo'shilib, 3—4 jigar venalarini
hosil qiladi. Darvoza vena tizimi venalarida ikkita kapillar tori mavjud Ulaming
birinchisi hazm a ’zolari devorida, ikkinchisi esa jigar bo'lakchalari ichida
joylashgan. Shuning uchun hazm a’zolari devoridan yig'ilgan vena qoni
jigardan o'tish vaqtida zararli va yot moddalardan tozalanib, so'ngra pastki
kovak venaga quyiladi.
Darvoza venasi me’da osti bezi boshining orqasida ichak tutqichning yuqori
va taloq venasining o'zaro qo'shilishidan hosil bo'ladi. Bundan tashqari darvoza
venasining hosil bo'lishida ichak tutqichning pastki venasi va chap m e’da
venasi ham ishtirok etadi.
Darvoza venasiga jigar o'n ikki barmoq ichak boylami ichida o 't pufagi
venasi (v.
cystica),
m e’daning kichik egriligidan qon yig'uvchi o'ng va
chap m e’da venalari
( w . gastrica dextra et sinistra),
o'n ikki barmoq
ichak me’da osti bezi ustki orqa venalari
(w . pancreaticoduodenalis posterior
Dostları ilə paylaş: |