(a. sigmoidea)
2—3 ta, chap va pastga
sigmasimon ichakka qarab yo'nalib uni qon bilan ta’minlaydi.
3.Yuqori to'g'ri ichak arteriyasi (a. rectalis
superior)
pastki tutqich
arteriyasining davomi bo'lib, pastga yo'naladi va kichik chanoqqa tushib,
to'g'ri ichakning yuqori hamda o'rta qismlarini qon bilan ta’minlaydi va o'rta
to'g'ri ichak arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi. Pastki tutqich arteriyasining
diametri yangi tug'ilgan chaqaloqda 1,5 - 2 mm, uzunligi 1 - 2 sm. Erta
bolalik davrida ichak arteriyalari kengligi bir xil bo'lib, asosiy arteriya va
ikkinchi yoki uchinchi tartibdagi tarmoqlar kengligi o'rtasidagi farq uncha
katta bo'lmaydi. Ammo bola katta bo'lgani sari bu farq kattalashib boradi.
Umumiy yonbosh arteriyasi
Umumiy yonbosh arteriya pastga va tashqariga yo'nalib, dumg'aza-yonbosh
bo'g'imi sohasida ichki va tashqi yonbosh arteriyasiga bo'linadi. Bola balog'atga
yetgunicha umumiy yonbosh arteriyaining diametri o'mrov osti arteriyasi
diametridan kichik, balog'at va o'smirlik davrlarida u tez o'sadi va kattaligi
jihatidan o'mrov osti va umumiy uyqu arteriyasidan katta bo'ladi.
Ichki yonbosh arteriyasi
Ichki yonbosh arteriyasi
(a.iliaca interna)
katta bel mushagining medial
tomonidan kichik chanoq bo'shlig'iga tushib, katta o'tirg'ich teshigining
yuqori chekkasida kichik chanoq devori va a’zolarini qon bilan ta’minlovchi
orqa va oldingi poyaga bo'linadi. Uning orqa poyasidan chanoq devoriga quyidagi
tarmoqlar chiqadi:
1. Yonbosh-bel arteriyasi
(a.ifiolumbalis)
katta bel mushagining orqasidan
lateral tomonga va orqaga yo'nalib ikki tarmoqqa bo'linadi:
1) bel tarmog'i
(r.lumbalis)
katta bel, belning kvadrat mushagini qon bilan ta’minlaydi.
Undan chiqqan orqa miya tarmog'i
(r.spinalis)
dumg'aza kanaliga kiradi; 2)
yonbosh tarmog'i
(r.iliacus)
yonbosh mushagini va yonbosh suyagini qon
bilan ta’minlab, yonbosh suyagini aylanib o'tuvchi chuqur arteriya bilan
anastomoz hosil qiladi.
2. Lateral dumg'aza arteriyasi
(a.sacralis lateralis)
dumg'aza suyagi va
uning atrofidagi noksimon, orqa teshikni ko'taruvchi mushaklami qon bilan
ta’minlaydi. Uning orqa miya tarmoqlari
(r. spinales)
oldingi dumg'aza
teshiklari orqali kirib, orqa miya pardalarini va dumg'aza chigalini qon bilan
ta’minlaydi.
3. Dumbaning yuqori arteriyasi
(a.glutea superior)
chanoq bo'shlig'idan
noksimon usti teshigi orqali chiqib yuza va chuqur shoxga bo'linadi. Yuza shoxi
(r.superficialis)
dumba mushaklari va terini, chuqur shoxi
(r.profimdus)
o'rta,
kichik dumba va ulaming yonida joylashgan mushaklarini, chanoq-son bo'g'imini
qon bilan ta’minlaydi. Yopqich arteriya
(a.obturatoria)
shu nomli nerv bilan
biiga yopqich kanal orqali songa chiqib ikki tarmoqqa bo'linadi. Oldingi tarmog'i
(r.anterior)
tashqi yopqich, sonning yaqinlashtiruvchi mushaklarini va tashqi
tanosil a’zolar terisini qon bilan ta’minlaydi. Orqa tarmog'i
(r.posterior)
tashqi yopqich mushakni qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi. Undan chanoq-
son bo'g'imi va son suyagi boshchasini qon bilan ta’minlovchi sirka kosachasi
shoxi
(r. acetabularis)
chiqadi. Bu shox son suyagi boshi boylami ichidan
o'tadi. Chanoq bo'shlig'ida yopqich arteriyadan chiqqan qov tarmog'i
(r.pubicus)
son kanali halqasining medial qismida pastki qorin osti arteriyasining
yopqich tarmog'i
(r.obturatorius)
bilan anastomoz hosil qiladi. 30% holatda
bu anastomoz kuchli rivojlangan bo'lib, yopqich tarmoq kattalashadi va churrada
jarrohlik aralashuvida jarohatlanishi mumkin. Shuning uchun uni o'lim toji
(corona mortis)
deb ataladi.
4.
Pastki dumba arteriyasi
(a.glutea inferior)
noksimon mushak osti
teshigidan ichki uyatli arteriya va o‘tirg‘ich nervi bilan birga chiqib, katta
dumba mushagini qon bilan ta’minlaydi. Undan o'tirg'ich nervini kuzatuvchi
arteriya
(a. comitans n. ishiadici)
chiqadi.
Ichki yonbosh arteriyaning oldingi poyasidan quyidagi tarmoqlar
chiqadi:
1. Kindik arteriyasi
(a.umbilicalis)
homila davrida qorin devorining orqa
yuzasi bo'ylab kindikkacha borib, qonning oiganizmdan chiqib ketishini
ta’minlaydi. Katta odamda u medial kindik boylamiga
(lig. umhilicale mediale)
aylanib ketadi. Uning boshlang'ich qismi arteriya holida qolib, undan siydik
qopining yuqorigi arteriyasi
(a. vesicates superiores)
chiqib qovuqning
yuqori qismini qon bilan ta’minlaydi. Undan siydik yo'lining pastki qismiga
siydik yo'li tarmoqlari
(rr. uretrici)
va urug' olib ketuvchi nay arteriyasi
(a.
ductus defferens)
chiqadi.
2. Qovuqning pastki arteriyasi
(a. vesicalis inferior)
qovuq tubini,
erkaklarda urug' pufakchalari va prostata bezini
(rr.prostatici),
ayollarda qinni
qon bilan ta’minlaydi.
3. Bachadon arteriyasi
(a. uterina)
kichik chanoq bo'shlig'iga tushib,
siydik yo'li bilan kesishadi va bachadonning keng boylami ichida bachadon
bo'ynigacha boradi. Undan qinga
(a. vaginalis)
bachadon nayiga
(r.tubarius),
tuxumdonga
(r.ovaricus)
tarmoqlar chiqadi. Tuxumdon tarmog'i qorin
aortasidan chiquvchi tuxumdon arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi.
Qinning xususiy arteriyasi
(a.vaginalis)
qinni qon bilan ta’minlaydi.
4. O'rta to'g'ri ichak arteriyasi
(a.rectalis media)
to'g'ri ichakning ampula
qismini, orqa teshikni ko'taruvchi mushakni, erkaklarda urug' pufakchalari
va prostata bezini
(rr.prostatici),
ayollarda esa qinni
(rr.vaginalis)
qon bilan
ta’minlaydi. Yuqori va pastki to'g'ri ichak arteriyalari bilan anastomoz hosil
qiladi.
5. Ichki tanosil arteriyasi (a.pudenda
interna)
chanoq bo'shlig'idan
noksimon mushak osti teshigidan chiqib, o'tirg'ich o'simtasini aylanib
o'tib, kichik o'tirg'ich teshigi orqali o'tirg'ich-to'g'ri ichak chuqurchasiga
kiradi. Bu yerda undan to'g'ri ichakning pastki qismiga va tashqi teshikka
pastki to'g'ri ichak arteriyasi
(a.rectalis inferior)
chiqadi. Keyin u oraliqqa
(r. perinealis)
erkaklarda erlik olati piyozchasiga
(a.bulbi penis),
olat, g'ovak
tanasini erlik olatining dorsal va chuqur arteriyalari
(aa. profunda et dorsalis
penis)
bo'lib qon bilan ta’minlaydi. Ayollarda
a.bulbi vestibuli
bo'lib qin
dahlizi piyozchasini, oxirgi shoxi esa
a. profunda et dorsalis clitoridis
bo'lib, klitomi qon bilan ta’minlaydi.
Tasbqi yonbosh arteriyasi
Tashqi yonbosh arteriyasi
(a. iliaca externa)
umumiy yonbosh
arferiyaning bevosita davomi. U tomirli lakuna orqali songa chiqadi va son
arteriyasi nomini oladi. Undan quyidagi shoxlar chiqadi:
1. Qorin ustining pastki arteriyasi
(a. epigastrica inferior)
qorin old
devori orqa yuzasi bo'ylab qorin to'g'ri mushagiga qarab ko'tariladi. Qorin
to'g'ri mushagi qinini teshib o'tib qorin ustining ustki arteriyasi bilan
anastomozlashadi. Uning boshlang'ich qismidan qov suyagiga
r.pubicus
chiqadi. Undan erkaklarda chov kanalining ichki halqasi sohasida chiqqan
a.cremasterica
urug' tizimchasi, moyak pardalari va moyakni ko'taruvchi
mushakni qon bilan ta’minlaydi. Ayollarda bachadonning yumaloq boylami
arteriyasi
(a.lig. teretis uteri)
shu boylam tarkibida yo'nalib, tashqi tanosil
a’zoiari terisini qon bilan ta’minlaydi.
2. Yonbosh suyagini aylanib o'tuvchi chuqur arteriya
(a. circumflexa
ilium profunda)
yonbosh suyagi qirrasi bo'ylab orqa tomonga yo'nalib, chanoq
va qorin mushaklarini, ko'tariluvchi shoxi
(r.ascendens)
esa qorin mushaklarini
qon bilan ta’minlaydi. Uning shoxlari yonbosh-bel arteriyasi shoxlari bilan
anastomozlashadi.
Son arteriyasi
Son arteriyasi
(a. femoralis)
tashqi yonbosh arteriyaning (98-rasm)
davomi. U chov boylami ostidan son venasining lateral tomoniga o'tganidan
so'ng, son uchburchagi sohasida bevosita teri va fassiya
ostida yotadi. Arteriya son uchburchagining pastki
uchidan yaqinlashtiruvchi kanalga kirib, uning pastki
teshigi orqali taqim osti chuqurchasiga chiqadi. Son
arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1. Qorin ustining yuza arteriyasi
(a.epigastrica
superficialis)
sonning oldingi yuzasidan yuqoriga,
qorinning oldingi devoriga yo'nalib, tashqi qiyshiq
mushak aponevrozining pastki qismini, teri osti yog'
kletchatkasini va qorin terisini qon bilan ta’minlaydi.
2. Yonbosh suyagini aylanib o'tuvchi yuza arteriya
(a.circumflexa ilium superficialis)
chov boylami
bo'ylab tashqi tomonga yonbosh suyagining oldingi
yuqorigi o'simtasiga qarab yo'nalib, shu soha terisini
va mushaklarini qon bilan ta’minlaydi.
3. Tashqi tanosil arteriyalari
(aa. pudenda
externae)
2 — 3 ta,
hiatus saphenus
orqali chiqib
erkaklarda yorg'oq terisiga —
rr scrotalis anterior
bo'lib, ayollarda katta uyatli lablar terisiga —
rr.
labialis anterior
bo'lib tarqaladi.
98-rasm. Son arteriyasi. 1-a. femoralis; 2-a.circumflexa femoris medialis; 3-rr. musculares;
4-n.saphenus; 5-a. genus descendens; 6-a. genus superior medialis; 7-rr. aiticulares a. genus
descendentis; 8-rete ariculare genus; 9-a. perforatens; 10-r. muscularis; 11-a.profunda femoris;
12-a. circumflexa ileum superficialis; 13-a. epigastrica superficialis.
4. Sonning chuqur arteriyasi
(a.profonda femoris)
eng yirik tarmoq
bo'lib, son arteriyasining orqa yuzasidan chov boylamidan 3—4 sm pastroqdan
chiqadi va sonni qon bilan ta’minlaydi. Undan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
a) sonni medial tarafdan aylanib o'tuvchi arteriya
(a.circnmflexa femoris
medialis)
son suyagi bo'ynini aylanib medial tomonga yo'naladi. U yuza,
ko'tariluvchi, chuqur va ko'ndalang tarmoqlarga
(гг.superficialis,
ascendens, profundus et transversus)
bo'linib, yonbosh-bel, taroqsimon,
tashqi yopqich, noksimon, sonning kvadrat mushaklarini qon bilan
ta’minlaydi.
Son suyagini o'rovchi medial arteriyaning sirka kosachasi tarmog'i
(r.
acetabularis)
chanoq-son bo'g'imini qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi;
b) sonni lateral tarafdan aylanib o'tuvchi arteriya
(a.circumflexa lateralis)
ko'tariluvchi, tushuvchi va ko'ndalang tarmoqlarga
(
it
. ascendens, desendens,
transversus)
bo'linadi. Uning ko'tariluvchi tarmog'i
(r.ascendens)
katta
dumba va serbar fassiyani taranglovchi mushaklami qon bilan ta’minlaydi va
dumba arteriyalari bilan anastomoz hosil qiladi. Pastga tushuvchi va ko'ndalang
tarmoqlari
(rr. desendens et transversus)
sonning to'rt boshli va tikuvchilar
mushagini qon bilan ta’minlaydi. Pastga tushuvchi shoxi son mushaklari
o'rtasidan tizza bo'g'imigacha tushib taqim osti arteriyasi tarmoqlari bilan
anastomoz-lashadi; d) teshib o'tuvchi arteriyalar
(aa. perforantes)
uchta.
Birinchi teshib o'tuvchi arteriya taroqsimon mushakdan pastroqda, ikkinchisi
kalta yaqinlashtiruvchi mushakdan pastda, uchinchisi esa uzun yaqinlashtiruvchi
mushakdan pastroqda sonning orqa yuzasiga yo'nalib ikki boshli, yanmpay va
yarimparda mushaklami qon bilan ta’minlaydi. Teshib o'tuvchi arteriyalar
taqim osti arteriyasi tarmoqlari bilan anastomoz hosil qiladi.
5. R.muscularis son arteriyasi yo'nalishida atrofdagi mushaklami qon
bilan ta’minlaydi.
6. Tizza bo'g'imi sohasiga tushuvchi arteriya (a. genus desendens) son
arteriyasida yaqinlashtiruvchi kanalda boshlanib, yashirin nerv bilan uning
oldingi devori orqali sonning oldingi yuzasiga chiqadi. Pastga tomon yo'nalib,
tizza bo'g'imiga keladi va tizza arterial to'rini hosil qilishda ishtirok etadi.
Taqim osti arteriyasi
Taqim osti arteriyasi
(a.poplitea)
son arteriyasining bevosita davomi
bo'lib, taqim osti chuqurchasining boshlanish joyida son suyagini orqa tomonida
yotadi. Uning qolgan qismi taqim osti mushagi ustida yotib, shu mushakning
pastki chekkasida oldingi va orqa katta boldir arteriyalariga bo'linadi. Taqim
osti arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1.
Tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan yuqori lateral arteriya
(a.
superior lateralis genus)
son suyagining tashqi do'ngsimon o'shnta usti
sohasidan boshlanadi. Uni aylanib o'tib sonning lateral keng va ikki boshli
mushagini qon bilan ta’minlaydi. U tizzaning boshqa arteriyalari bilan
anastomozlashib, tizza bo'g'imi to'rini hosil qilishda ishtirok etadi.
2. Tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan yuqorigi medial arteriya
(a.
superior medialis genus)
son suyagining ichki do'ngsimon o'simta usti sohasidan
boshlanadi. Uni aylanib o'tib, sonning medial keng mushagini qon bilan
ta’minlaydi va tizza bo'g'imi arterial to'rini hosil qilishda ishtirok etadi.
3. Tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan o'rta arteriya
(a. genus
media)
tizza bo'g'imi xaltasini orqa devoridan o'tib, xochsimon boylamlar,
menisklar va sinovial burmalami qon bilan ta’minlaydi.
4. Tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan pastki lateral arteriya'
(a.
inferior lateralis genus)
ustki arteriyadan 3-4 sm pastroqdan boshlanib,
katta boldir suyagi tashqi do'ngsimon o'simtasini aylanib o'tib, boldir
mushagining lateral boshini va tovon mushagini qon bilan ta’minlab, tizza
bo'g'imi arterial to'rini hosil qilishda ishtirok etadi.
5. Tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan pastki medial arteriya
(a.
inferior medialis genus)
katta boldir suyagi ichki do'ngsimon osimtasini
aylanib o'tib, boldir mushagini medial boshini qon bilan ta’minlab, boshqa
arteriyalar bilan birga tizza bo'g'imi to'rini
(rete articularis genus)
hosil
qilishda ishtirok etadi.
Boldir va oyoq panjasi arteriyalari
Boldimi qon bilan ta’minlashda oldingi va orqa katta boldir arteriyalari
ishtirok etadi.
Oldingi katta boldir arteriyasi
(a.tib ialis anterior)
taqim osti
chuqurchasidan boshlanib, suyaklararo pardani teshib boldirning oldingi
yuzasiga o'tadi. Suyaklararo pardaning oldingi yuzasi bo'ylab oyoq kaftiga
borib, oyoq kafti usti arteriyasiga davom etadi. Oldingi katta boldir arteriyasining
tarmoqlari quyidagilar:
1
. Tizza bo'g'imi sohasiga qaytuvchi orqa katta boldir arteriyasi
(a. i ecurrens
tibialis posterior)
taqim osti chuqurchasi sohasidan boshlanib, tizza bo'g'imi
va taqim osti mushagini qon bilan ta’minlaydi. Tizzaning medial pastki arteriyasi
bilan anastomozlashib, tizza bo'g'imi to'rini hosil qilishda ishtirok etadi.
2. Tizza bo'g'imi sohasiga qaytuvchi oldingi katta boldir arteriyasi
(a.
recurrens tibialis anterior)
oldingi katta boldir arteriyasidan suyaklararo
pardadan o'tgan sohada boshlanib, yuqoriga ko'tariladi. Tizza bo'g'imi to'rini
hosil qiluvchi arteriyalar bilan anastomozlashib, tizza bo'g'imi to'rini hosil
qilishda ishtirok etadi. Tizza bo'g'imi, boldir suyaklariaro bo'g'im, oldingi
katta boldir va barmoqlami yozuvchi uzun mushaklami qon bilan ta’minlaydi.
3. Oldingi lateral to'piq sohasini qon bilan ta’minlovchi arteriya
(a.
malleolaris anterior lateralis)
lateral to'piq ustidan boshlanib, uning boldir-
oshiq bo'g'imini, kaft oldi suyaklarini qon bilan ta’minlab. lateral to'piq
to'rini
(rete malleolare laterale)
hosil qilishda ishtirok etadi.
4. Oldingi medial to'piq sohasini qon bilan ta’minlovchi arteriya
(a.
malleolaris anterior medialis)
medial to'piq sohasidan boshlanib boldir-
oshiq bo'g'imini qon bilan ta’minlaydi va orqa katta boldir arteriyasining
medial to'piq tarmoqlari bilan anastomozlashib, medial to'piq to‘rini
(rete
maHeolare mediale)
hosil qilishda ishtirok etadi. Oldingi katta boldir arteriyasi
oyoq panjasining dorsal yuzasida oyoq panjasining orqa arteriyasiga
(&.dorsalis
pedis)
davom etadi. Undan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
1. Oyoq kaftining birinchi dorsal arteriyasi
(a. metatarsea dorsalis I)
uchta shoxga bo'linib, bosh barmoqning ikki tomoni va II barmoqning
medial tomonini qon bilan ta’minlaydi.
2. Oyoq kaftining chuqur tarmog'i
(r. plantaris profundus)
I suyak
oralig'idan oyoq kaftiga o'tib kaft ravog'i bilan anastomozlashadi.
Oyoq panjasining orqa arteriyasidan yana kaftning lateral va medial
chekkalariga boruvchi lateral va medial kaft oldi arteriyalari chiqadi
3. Lateral kaft oldi arteriyasi
(a . tarsea lateralis)
ravoqsimon
arteriya bilan anastomoz hosil qiladi. Medial kaft oldi arteriyasi
(a. tarsea
medialis)
oyoq panjasining medial chekkasiga boradi.
4. Ravoqsimon arteriya
(a. arcuata)
kaft-barmoq falangalari o'rtasidagi
bo'g'im bo'ylab yo'nalib, lateral kaft oldi arteriyasi bilan ravoq hosil qiladi.
Bu ravoqdan I—IV kaft usti arteriyalari
(I—IV a.metatarseae dorsales)
boshlanib, И—V barmoq suyaklari oralig'ida har biri ikkitadan barmoq usti
arteriyasiga (a.
digitales dorsales)
bo'linadi va II—V barmoqlaming bir-biriga
qaragan yuzalariga boradi. Ulardan chiqqan teshib o'tuvchi tarmoqlar
(r.
perforantes)
kaft tomonga o'tib
a.metatarsea plantares
bilan qo'shiladi.
Orqa katta boldir arteriyasi
(a. tibialis posterior)
taqim osti arteriyasining
bevosita davomi. U boldir-taqim osti kanalidan pastga yo'nalib, undan
kambalasimon mushakning medial chekkasiga chiqadi. Keyin arteriya medial
tomonga og'ib medial to'piqning orqa tomonidagj fibroz kanaldan o'tadi va
oyoq kaftiga tushadi. Shu sohada orqa katta boldir arteriyasi fassiya va teri bilan
qoplangan. Oyoq kaftida u medial va lateral kaft arteriyasiga bo'linadi. Orqa
katta boldir arteriyasi tarmoqlari:
1. Kichik boldir suyagini aylanib o'tuvchi shox (r.
circumflexa fibulae)
orqa katta boldir arteriyasining boshlanish qismidan chiqib, kichik boldir
suyagi boshchasiga yo'naladi. Kichik boldir suyagi boshchasi atrofidagi
mushaklami qon bilan ta’minlaydi va tizza arteriyalari bilan anastomozlashadi.
2. Kichik boldir arteriyasi
(a. peronea)
tashqariga va past tomonga bosh
barmoqni bukuvchi mushak ostida yo'nalib, pastki mushak-kichik boldir
kanaliga kiradi. Suyaklararo pardaning orqa tomonidan o'tib uzun, kalta kichik
boldir va boldirning uch boshli mushagiga tarmoqlar beradi.
Lateral to'piq sohasida u oxirgi tarmoqlarga: lateral to'piq sohasini qon
bilan ta’minlovchi shoxlar
(rr.malleolares laterales)
va tovon tarmoqlariga
(rr.calcanei)
bo'linib, tovon to'rini
(rete calcaneum)
hosil qiladi. Kichik
boldir arteriyasining teshib o'tuvchi tarmog'i
(r.perforantes)
oldingi lateral
to 'p iq arteriyasi bilan anastomozlashadi. Uning qo'shuvchi shoxi
(r.communicans)
kichik boldir arteriyasini katta boldir arteriyasi bilan qo'shadi.
Oyoq kaftida orqa katta boldir arteriyasi tarmoqlari ichki va tashqi oyoq
kafti arteriyalari (99-iasm) yotadi. Medial kaft arteriyasi
(a. plantaris medialis)
o'z nomidagi egatda yotib atrofdagi mushaklami
qon bilan ta’minlaydi va lateral oyoq kafti
arteriyasi hamda oyoq kaftining birinchi dorsal
arteriyasi bilan anastomozlashadi.
1.
Lateral kaft arteriyasi
(a. plantaris lateralis)
o'z nomidagi egat bo'ylab V kaft suyagi asosiga
qarab yo'naladi va medial tomonga bukiladi.
Kaftining lateral arteriyasi atrofidagi mushaklar
va bo'g'imlarga tarmoqlar beradi. Uning uchi 1
kaft suyagi sohasida kaftining medial arteriyasi va
oyoq panjasining orqa arteriyasi chuqur tarmoqlari
bilan anastomozlashib kaft yoyini
Dostları ilə paylaş: |