Katta qon aylanish doirasi qon tomirlari
Katta qon aylanish doirasi qon tomirlariga yurakning chap qorinchasidan
boshlanuvchi aorta, undan chiqqan bosh, bo'yin, tana, qo'l va oyoq
arteriyalari, ulaming tarmoqlari, a’zolaming mikrosirkulator tomirlari,
mayda va yirik venalar, o'ng bo'lmachaga quyiluvchi yuqori va pastki kovak
venalar kiradi.
Aorta
Aorta
(aorta)
katta qon aylanish doirasining eng katta toq arteriya tomiridir.
Unda uch: aortaning yuqoriga ko'tariluvchi qismi, aorta ravog'i va pastga
tushuvchi qismi tafovut qilinadi.
Aortaning ko'tariluvchi qismi (pais
ascendens aortae)
chap qorinchadan
to'sh suyagining chap chekkasida uchinchi qovuig'a oralig'ida chiqadi.
Boshlangan yerda u piyozga o'xshab kengayib, 25-30 mm kenglikdagi aorta
piyozchasi
(bulbus aortae)
ni hosil qiladi. Bu sohada aorta devori bilan
yarimoysimon qopqoqlar o'rtasida aortaning uchta sinusi bo'ladi. Aortaning
ko'tariluvchi qismining boshlanish joyidan yurakning o'ng va chap tojsimon
arteriyalari boshlanadi. Aortaning ko'tariluvchi qismi o'pka poyasining orqa
qismidan ktarilib, II o'ng qovuig'a tog'ayini to'sh suyagiga qo'shilgan joyida
aorta ravog'iga o'tib ketadi. Bu sohada uning kengligi 21-22 mm gacha kamayadi.
Bolalarda yurakning yuqori joylashishi munosabati bilan ko'tariluvchi
aorta II qovurg'a tog'ayi sohasida aorta ravog'iga o'tadi. Bu soha yoshga
qarab o ‘zgarib 17—20 yoshda II, 25—30 yoshda III ko'krak umurtqasi
sohasiga tushadi.
Aorta ravog'i
(arcus aortae)
II qovuig'a tog'ayi orqa yuzasidan chapga va
orqa tomonga yo'nalib, IV ko'krak umurtqasi sohasida pastga tushuvchi aortaga
o'tib ketadi. Shu yerda biroz toraygan qism aorta bo'yinchasi
(isthmus
aortae)
bor. Aorta ravog'ining ko'tarilgan yuzasidan uchta yirik arteriya:
yelka-bosh poyasi, chap umumiy uyqu va chap o'mrov osti arteriyalari
boshlanadi. Uning botiq yuzasidan kekirdak, bronx va qalqonsimon bezga
bir nechta mayda arteriyalar chiqadi.
Aortaning pastga tushuvchi qismi
(pars desendens aortae)
IV ko'krak
umurtqasi sohasidan boshlanib, IV bel umurtqasi sohasida o'ng va chap
umumiy yonbosh arteriyalariga bo'linadi. Bo'lingan joyi
bifurcatio aortica
deb ataladi. Aortaning davomi esa ingichka dumg'azaning o'rta arteriyasiga
(a.
sacralus mediana)
aylanib, dumg'azaning chanoq yuzasidan pastga tomon
yo'naladi. Aortaning pastga tushuvchi qismi, o'z navbatida, ko'krak va qorin
qismlariga ajratiladi.
Aortaning ko'krak qismi
(pars thoracica aortae)
ko'krak qafasida orqa
ko'ks oralig'ida joylashadi. Dastlab u qizilo'ngachning old va chap tomonida
yotadi. VIII—IX ko'krak umurtqalari sohasida qizilo'ngachni chap tomonidan
aylanib uning orqa tomoniga o'tadi.
Aortaning qorin qismi
(pars abdominalis aortae)
diafragmaning aorta
teshigidan o'tgan joyda XII ko'krak umurtqasi sohasidan boshlanib, bel
umurtqalarining old tomonida yotadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda aortaning diametri 18-20 mm, kengligi 15-
16 yoshlarda 4 sm bo'ladi. Pastga tushuvchi aorta 50 yoshgacha 4 marta uzayadi.
Bu davrda uning ko'krak qismi qorin qismiga nisbatan tezroq o'sadi.
Aorta ravog'i tarmoqlari
Yelka-bosh poyasi
(truncus brachiocepalicus)
aorta ravog'idan o'ng II
qovuig'a tog'ayi sohasida chiqadi. Yelka-bosh poyasi yuqoriga va o'ng tomonga
yo'nalib, o'ng to'sh-o'mrov bo'g'imi sohasida o'ng umumiy uyqu va o'ng
o'mrov osti arteriyasiga bo'linadi.
Umumiy uyqu arteriyasi
(a. carotis communs)
o'ng tomonda yelka-
bosh poyasidan chap tomonda bevosita aoita ravog'idan boshlanadi. Shuning
uchun chap umumiy uyqu arteriyasi o'ngiga nisbatan 2—2,5 sm uzun.
Umumiy uyqu arteriyasi to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon va kurak-til osti
mushaklaming orqasida bo'yin umurtqalari ko'ndalang o'simtalari oldida
vertikal yo'nalib yuqoriga ko'tariladi. Bo'yinda uning lateral tomonida ichki
bo'yinturuq venasi, orqa tomonida adashgan nerv joylashgan bo'lib, bo'yin
fassiyasi bilan o'raladi va bo'yinning tomirli-nervli dastasini hosil qiladi.
Qalqonsimon tog'ayning yuqori chekkasi sohasida har bir umumiy uyqu
arteriyasi
bffircatio carotidis
hosil qilib tashqi va ichki uyqu arteriyalariga
bo'linadi. Ular bo'lingan joyda quyuq kapillarlar to'ri va nerv uchlaridan
iborat uyqu koptokchasi
(glomus caroticum)
joylashgan. Aorta ravog'idan
boshlanuvchi umumiy uyqu arteriyasining kengligi bir yoshgacha 3—6 mm
bo'lsa, 15—16 yoshda 6—7 mm, kattalarda 9—14 mm bo'ladi.
Tashqi uyqu arteriyasi
Tashqi uyqu arteriyasi
(a. carotis externa)
umumiy uyqu arteriyasidan
chiqqandan so'ng, ichki uyqu arteriyasining medial tomonidan yuqoriga
ko'tarilib, uyqu uchburchagiga boradi. Bigizsimon-til osti va ikki qorinli
mushakning medial tomonidan ko'tarilib, pastki jag suyagi bo'yni sohasida
o'zining oxiigi tarmoqlari: chakkaning yuza arteriyasi va yuqori jag£ arteriyasiga
bo'linadi. Tashqi uyqu arteriyasidan 9 ta tarmoq uch guruh bo'lib chiqadi.
Uning oldingi guruh tarmoqlariga yuqori qalqonsimon arteriya, til va yuz
arteriyalari kiradi.
1. Yuqori qalqonsimon arteriya
(a. thyroidea superior)
tashqi uyqu
arteriyasining boshlanish sohasidan chiqib, oldinga va pastga yo'naladi.
Qalqonsimon bez boiaklari yuqori uchida oldingi va orqa tarmoqlarga
(гг.
anterior et posterior)
shoxlanadi. Uning tarmoqlari bez to'qimasiga kirib
tarqaladi va pastki qalqonsimon arteriya tarmoqlari bilan anastomozlashadi.
Yuqori qalqonsimon arteriyadan yo'nalishi davomida quyidagi yon shoxlar
chiqadi: yuqori hiqildoq arteriyasi
(a. laryngea superior)
shu nomdagi
nerv bilan qalqonsimon-til osti pardasini teshib o'tib, hiqildoq mushaklari
va shilliq pardasini qon bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari yuqorigi
qalqonsimon arteriyadan til osti suyagiga til osti suyagi ostidagi shox
(r.infirahyoideus),
to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon
(r. sternoceeidomastoidea)
va uzuksimon-qalqonsimon mushak shoxi
(r.cricothyroideus)
chiqadi.
2. Til arteriyasi
(a. lingualis)
tashqi uyqu arteriyasidan til osti suyagi
katta shoxlari sohasida boshlanib, pastga tilga tomon yo'naladi. U ikkiga: til
orqasi shoxi
(r. dorsalis linguae)
va tilning chuqur arteriyasiga
(a. profunda
linguae)
bo'linib til mushaklari va shilliq pardasini qon bilan ta’minlaydi.
Bundan tashqari til arteriyasi til osti suyagiga
(r. suprahyoideus)
va til osti
so'lak beziga r. sublingualis tarmoqlarini beradi.
3. Yuz arteriyasi
(a. facialis)
til arteriyasidan 3—5 mm yuqoriroq,
pastki jag' burchagi sohasidan boshlanadi. Jag' osti uchburchagi sohasida bu
arteriya jag' osti beziga tegib o'tib unga bez tarmoqlarini
(r.glandularis)
beradi. So'ngra pastki jag' qirrasini aylanib o'tib yuzga chiqadi, yuqori va
oldinga yo'nalib og'iz burchagiga boradi. Bo'yin sohasida yuz arteriyasidan
yumshoq tanglayga ko'tariluvchi tanglay arteriyasi
(a.palatina ascendens),
tanglay murtagiga murtak shoxi
(r.tonsillaris),
engak va bo'yin mushaklariga
engak osti arteriyalari
(a. submentalis)
chiqadi. Og'iz burchagida pastki va
ustki lab arteriyalarini
(aa. labiates superior et inferior)
bergach, yuz
arteriyasi ko'zning medial burchagiga ko'tarilib, burchak arteriyasi
(a.angularis)
nomi bilan ko'z arteriyasining tarmog'i burunning dorsal
arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi.
Tasbqi uyqu arteriyasining orqa guruh tarmoqlari
1. Ensa arteriyasi
(a. occipitalis)
yuz arteriyasi bilan bir sohadan
boshlanadi. Orqa tomonga chakka suyagining o'z nomidagi egatida yo'nalib,
ensa terisiga
rr.occipitales
lami beradi va qarama-qarshi tomondagi arteriya
bilan anastomoz hosil qiladi. Bundan tashqari, ensa arteriyasidan
so'rg'ichsimon o'simtaga
(r. mastoidus),
to'sh-o'm rov-so'rg'ichsim on
mushakka
(rr. sternocleidom astoidea),
quloq suprasiga
(r.auricularis),
orqa mushaklarining yuqori qismiga
r.desendens
ni beradi. So'rg'ichsimon
teshik orqali o'tgan
(r.meningeus)
bosh miya qattiq pardasini qon bilan
ta’minlaydi.
2. Quloqning orqa arteriyasi
(a. auricularis posterior)
tashqi uyqu
arteriyasidan ikki qorinli mushakning orqa qoiinchasini ustki chekkasi sohasida
boshlanadi. U orqa tomonga qiya yo'nalib, quloq suprasi, ensa va so'rg'ichsimon
o'simta sohasi terisiga
rr.auricularis et occipitalis
lami beradi. Uning
bigizsimon-so'rg'ichsimon tarmog'i
(a. stylomastoidea)
shu nomli teshik
orqali yuz nervi kanaliga o'tib nog'ora bo'shlig'i va so'rg'ichsimon katakchaiar
shilliq pardasiga orqa nog'ora tarmog'ini
(a.tympanica posterior)
beradi.
A.
stylomastoidea
ning oxirgi tarmoqlari miyaning qattiq pardasiga tarqaladi.
3. To'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon tarmoq
(r.sternocleidomastoideus)
shu
nomli mushakni qon bilan ta’minlaydi.
Tashqi uyqu arteriyasining o'rta guruh tarmoqlari
1. Halqumning ko'tariluvchi arteriyasi
(a. pharyngea ascendens)
tashqi uyqu arteriyasining boshlanish sohasidan chiqib, halqumning
yon devori bo'ylab yuqoriga ko'tariladi. U halqum mushaklari va bo'yinning
chuqur mushaklariga halqum tarmoqlarini
(rr.pharyngeales),
eshituv
nayi va nog'ora bo'shlig'i shilliq pardasiga pastki nog'ora arteriyasini
(a.tympanica inferior)
beradi. Uning orqa meningeal tarmog'i
(a. meningea
posterior)
bo'yinturuq teshigi orqali kirib miya qattiq pardasini qon
bilan ta ’minlaydi.
2. Chakkaning yuza arteriyasi
(a. temporalis superficialis)
tashqi
uyqu arteriyasining bevosita davomi bo'lib, tashqi eshituv yo'lining oldidan
yuqoriga ko'tariladi. Ko'z kosasi usti qirrasi sohasida chakkaning yuza
arteriyasi kalla usti mushagi, peshona va tepa terisiga peshona va tepa tarmoqlari
(rr frontalis et parietalis)
bo'lib tarqaladi. O'z yo'nalishida chakkaning
yuza arteriyasidan yonoq ravog'i ostida quloq oldi beziga quloq oldi bezi
tarmoqlari
(rr. parotidei),
yonoq, ko'z kosasi osti sohasi terisi va mimika
mushaklariga yuzning ko'ndalang arteriyasi
(a. transversa faciei),
quloq
suprasi, tashqi eshituv yoii terisiga oldingi quloq tarmoqlarini
(rr.
auriculares anterior)
beradi. Yonoq ravog'i ustida undan chiqqan yonoq-
ko'z kosasi arteriyasi
(a.zygom aticoorbitalis)
ko'z kosasining lateral
burchagiga yo'nalib ko'zning aylanma mushagini qon bilan ta ’minlasa,
chakkaning o‘rta arteriyasi
(a.temporalis media)
chakka mushagini qon
bilan ta ’minlaydi.
3.
Yuqori jag‘ arteriyasi
(a. maxillaris)
tashqi uyqu arteriyasining
chakkaning yuza arteriyasiga nisbatan katta tarmog'idir. Uning qisqa poyasi
pastki jag* suyagi shoxining orqasidan o'tib, chakka osti va qanot-tanglay
chuqurchalarida yotgani uchun uch sohaga bo'lib o'rganiladi. Uning pastki
jag‘ sohasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 1. Chakka-pastki jag‘ bo'g'imi,
tashqi eshituv yo'li va nog'ora pardani qon bilan ta ’minlovchi chuqur
quloq arteriyasi
(a.auricularis profunda);
2. Toshsimon-nog'ora tirqishi
orqali o'tib nog'ora bo'shlig'i shilliq pardasini qon bilan ta’minlovchi
nog'ora bo'shlig'ining oldingi arteriyasi
(a. tympanica anterior);
3.
Pastki jag' kanaliga kiruvchi pastki jag' tishlarini qon bilan ta’minlaydigan
arteriya
a. alveolaris inferior.
U tishlarga
rr. dentalis
berganidan keyin
engak teshigi orqali chiqib, engak arteriyasi (a.
mentalis)
nomi bilan
mimika mushaklari va engak terisini qon bilan ta’minlaydi. Kanalga
kirgunicha bu arteriyadan pastki jag'-til osti mushagi va ikki qorinli
mushakning oldingi qorinchasiga
a.mylohyoidea
chiqadi.
4.
O'rta meningeal
arteriya
(a.m eningea media)
qirrali teshik orqali kirib, miyaning qattiq
pardasini qon bilan ta ’minlaydi.
Yuqori jag‘ arteriyasining chakka osti chuqurchasi sohasidan chaynov
mushaldarini qon bilan ta’minlovchi chaynov arteriyasi
(a.m asseterica),
chakkaning oldingi va orqa chuqur arteriyalari
(a.temporalis profimda anteriot
et posterior),
qanotsimon tarmoqlar
(rr.pterygoidei)
chiqadi. Shuningdek,
lunj mushagiga va lunjning shilliq pardasiga lunj arteriyasi
(a.buccalis),
yuqori
jag' bo'shlig'i shilliq pardasi, yuqori jag' tishlari va milkini qon bilan
ta’minlovchi yuqori jag' katakchalarining orqa arteriyasi
(a.alveolaris superior
posterior)
chiqadi.
Yuqori jag‘ arteriyasining qanot-tanglay chuqurchasi sohasidan 3 ta
tarmoq chiqadi.
1.Uning oxirgi tarmog'i bo'lgan ko'z kosasining pastki
devori bo'ylab yo'naladigan arteriya
(a.infraorbitalis)
ko'z kosasining
pastki tirqishi orqali ko'z kosasiga kiradi. U pastki to'g'ri va qiyshiq
mushaklarga tarmoqlar berganidan keyin o'z nomidagi teshik orqali yuzga
chiqadi va mimika mushaklarini, ustki lab, burun, pastki qovoq terisini
qon bilan ta’minlaydi. Ko'z kosasi osti kanalida undan yuqori jag' tishlariga
oldingi yuqorigi katakchalar arteriyasi
(a. alveolaris superiors anteriores)
chiqadi.
2. Tanglayning tushuvchi arteriyasi
(a.palatina desendens)
katta tanglay
kanali orqali qattiq va yumshoq tanglayga boradi. Uning boshlanish sohasidan
chiqqan qanotsimon kanal arteriyasi
(a.canalis pterygoidei)
halqumning
burun qismi va eshituv nayini qon bilan ta’minlaydi.
3. Ponasimon-tanglay arteriyasi
(a.sphenophalatina)
o'z nomidagi teshik
orqali o'tib, burun bo'shlig'ining shilliq pardasini qon bilan ta’minlaydi.
Uning oxirgi tarmog'i kesuvchi kanal orqali o'tib, qattiq tanglayni qon
bilan ta’minlaydi.
Ichki uyqu arteriyasi
Ichki uyqu arteriyasining
(a.carotis interna)
boshlang'ich qismi tashqi
uyqu arteriyasining lateral va orqa tomonida, so‘ngra medial tomonida yotadi.
Bu arteriya halqum va ichki bo'yinturuq venaning o'rtasidan tikka ko'tarilib,
uyqu kanalining tashqi tirqishi orqali kanalga keyin kalla bo'shlig'iga kiradi.
Unda bo'yin qismi
(pars cervicalis),
chakka suyagining toshsimon qismi
(pars petrosa),
so'g'on qismi
(pars cavernosa)
va miya qismi
(pars cerebralis)
tafovut qilinadi. Bo'yin qismidan tarmoqlar chiqmaydi. Toshsimon qismida
uyqi kanali ichida ichki uyqu arteriyasidan chiqqan uyqu-nog'ora arteriyasi
(a. carotico-tympanica)
nog'ora bo'shlig'ini qon bilan ta’minlaydi.
A.canalis
pterygoidei
qanotsimon kanal ichidan o'tib qanot-tanglay chuqurchasiga
chiqadi va u yerdagi hosilalami qon bilan ta’minlaydi. Kanaldan chiqqanidan
keyin ichki uyqu arteriyasi yuqoriga qarab bukilib o'z nomidagi egatda yotadi.
Ichki uyqu arteriyasining so'g'on qismidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: a)
r.basalis tentorii
— miya qattiq parda chodiri asosini qon bilan ta’minlaydi;
b)
r.marginalis tentori
— miya qattiq pardasi chekkasini qon bilan
ta’minlaydi; d)
r.memingeus
— miya qattiq pardasiga. e)
a.hypophysialis
inferior
— hypofisning pastki arteriyasi. f)
rr.ganglionares trigeminals —
uch shoxli nerv tuguni tarmoqlari. Arteriya ko'ruv kanali sohasida bukilib,
ko'z arteriyasini beradi va yuqoriga ko'tarilib bosh miyaning qattiq va to'r
pardasini teshib o'tib oxirgi tarmoqlarga bo'linadi.
Ko'z arteriyasi
(a. ophthalmica)
ichki uyqu arteriyasidan ko'ruv kanali
sohasida chiqib, ko'ruv nervi bilan ko'z kosasiga kiradi. Ko'z kosasining
medial devori bo'ylab yo'nalgan arteriya ko'z kosasining medial burchagida
o'zining oxirgi tarmoqlari: medial qovoq arteriyasi va burunning dorsal
arteriyasiga bo'linadi. Ko'z kosasida undan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 1.
Ko'z yoshi bezi arteriyasi
(a.lacnimalis)
ko'zning yuqorigi va lateral to'g'ri
mushaklari o'rtasidan yo'nalib, shu mushaklami va ko'z yoshi bezini qon
bilan ta’minlaydi. Undan chiqqan ingichka qovoqning lateral arteriyalari
(aa.palpebrals laterales)
qovoqlaming lateral chekkasini qon bilan
ta’minlaydi.2.Uzun vakaltaorqakiprikli arteriyalar
(a. ciliaris posteriores
longae et breves)
sklerani teshib o'tib ko'zning tomirli pardasiga tarqaladi.
З.То’г pardaning markaziy arteriyasi
(a.centralis retinae)
ko'ruv nervi
bilan to 'r pardaga boradi. 4. Mushak arteriyasi
(a. muscularis)
ko'z olma-
sining yuqorigi to'g'ri va qiyshiq mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. 5. Orqa
g'alvirsimon arteriya
(a. ethmoidales posterior)
g'alvirsimon suyakning orqa
katakchalari shilliq pardasiga boradi.
6.01dingi g'alvirsimon arteriya
(a.
ethmoidales anterior)
g'alvirsimon suyakning oldingi katakchalari, burun
bo'shlig'i va burun to'sig'ining oldingi qismi shilliq pardasiga boradi. Uning
tarmog'i oldingi meningeal arteriya
(a. menengea anterior)
kalla bo'shlig'iga
kirib, oldingi kalla chuqurchasidagi miya qattiq pardasini qon bilan ta’minlaydi.
7.01dingi kiprikli arteriyalar
(a. ciliares anteriores)
tarmoqlarining bir
qismi sklerani, ikkinchi qismi esa konyunktivani qon bilan ta’minlaydi.
8.
G'altak usti arteriyasi
(a. supratrochlearis)
ko‘z kosasidan chiqib peshona
mushagi va terisiga tarqaladi. 9. Ko‘z arteriyasining oxirgi tarmoqlaridan medial
qovoq arteriyasi
(a. palpebralis medialis)
ko‘zning medial burchagi sohasi
terisini. 10. Burunning dorsal arteriyasi
(a. dorsalis nasi)
ko
‘
z
burchagida
burchak arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi.
Bosh miyaning asosida ichki uyqu arteriyasidan quyidagi tarmoqlar
chiqadi.
1. Bosh miyaning oldingi arteriyasi
(a. cerebri anterior)
ichki uyqu
arteriyadan, ko‘z arteriyasidan yuqoriroqdan chiqib, qisqa oldingi qo'shuvchi
arteriya
(a. communcans anterior)
vositasida qarama-qarshi tomondagi arteriya
bilan birikadi. So‘ng miyaning oldingi arteriyasi qadoq tana egati bo‘ylab
bosh miyaning ensa bo‘lagiga qarab yo'naladi va peshona, tepa bo'laklari,
ensa bo‘lagining ichki yuzasini, hidlov piyozchasi va traktini, targ'il tanani
qon bilan ta’minlaydi.
2. Bosh miyaning o'rta arteriyasi
(a. cerebri media)
ichki uyqu
arteriyasining eng yirik tarmog'i hisoblanadi. U yuqori tomonga yo'nalib
bosh miyaning yon egatiga kirib, orolchani yonlab o'tadi va miya yarim
sharlarining ustki lateral yuzasiga tarqaladi.
3. Tomirli chigal arteriyasi
(a.choroidea)
ichki uyqu arteriyasidan chiqib,
yon qorinchalaming pastki shoxiga, so'ngra III qorinchaga kiradi. Uning
tarmoqlari qorinchalar tomirli chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.
Shuningdek, uning tarmoqlari ko'ruv trakti, tashqi tizzachali tana, bazal
o'zaklar va gipotalamus o'zaklarini qon bilan ta’minlaydi.Orqaqo'shuvchi
arteriya
(a.commimicans posterior)
orqaga ko'prik
tomonga yo'nalib, uning oldingi chekkasida
o'mrov osti arteriyasining tarmog'i bo'lgan
miyaning orqa arteriyasi bilan anastomozlashadi.
Buning natijasida bosh miyaning asosida ichki
uyqu arteriyasi va o'mrov osti arteriyasining
tarmoqlarini o'zaro anastomozlashuvidan bosh
miyaning arterial halqasi (Villiziy qon aylanish
doirasi) (90-rasm)
Dostları ilə paylaş: |