0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63

A yrisim on   bez

Ayrisimon bez 



(thymus) 

limfoid a’zo bo'lib, bolada yaxshi rivojlangan 

bo'ladi. Ayrisimon bezda T-limfotsitlar hosil bo'lishidan tashqari, ulaming 

takomillashuviga ta’sir qiluvchi timik omillami ham ishlab chiqaradi.  Uning 

gormoni  timozin  limfopoezni  faollashtirib  T-limfositlari  hosil  bo'lishida 

ishtirok  etadi,  im m un  jarayonlam i  kuchaytiradi,  uglevod  va  kaltsiy 

moddalarining almashinuvini boshqaradi.

Ayrisimon bez oldingi ko‘ks oralig‘ining yuqori qismida joylashadi.  U 

kattaligi  bir  xil  bo'lmagan,  o‘zaro  o‘rta  qismida  birikkan  o‘ng  va  chap 

bo‘laklardan iborat.  Bo'laklaming yuqori qismi toraygan, pastki qismi esa 

keng.  Chap bo'lagi o ‘ngiga nisbatan uzun.  Bezni tashqi tom onidan yupqa 

biriktiruvchi to'qim ali kapsula o'ragan bo'lib, undan bez ichiga bo'laklararo 

to'siqlar 

(septa  interlobularis) 

kirib,  bez  to'qim asini  o'lcham lari 

1  —

10  mm  bo'lgan  bez  bo'laklariga 



(lobuli  thymi) 

ajratadi.  Bez  parenximasi 

bo'laklar chekkasida joylashgan to 'q  rangli po'stloq modda 

(cortex thymi) 

va bo'lak markazida joylashgan och rangli mag'iz moddadan 



(medulla thymi) 

iborat.  M ag'iz qismida timus 



(gassal) 

tanachalari bor.  Po'stloq va mag'iz 

modda o'rtasidagi chegara har doim aniq emas.

Taraqqiyoti va yoshga qarab o'zgarishi. 

Ayrisimon bez homila hayotining

1-oyi  oxiri  va  2-oyi  boshida  III—IV jabra  cho'ntaklari  epiteliyidan  hosil 

bo'lgan  juft  o'sim talar  shaklida  taraqqiy  etadi.  Ayrisimon  bez  kurtaklari 

kaudal tomonga qarab o'sib, qalinlashadi va bir-biriga yaqinlashadi.  Homila 

hayotining 

8-haftasida uning halqumga qo'shilgan yuqori uchi asta-sekin 

yo'qoladi va pastki qismi o'zaro qo'shilib, bez bo'laklarini hosil qiladi. Homila 

hayotining  5-oyida  ayrisimon  bez  tuzilishi  jihatidan  bo'laklardan  iborat 

bo'lib, ularda po'stloq va mag'iz modda yaxshi ko'rinadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda bez og'irligi nisbatan katta bo'lib, o'rtacha 

13,3 g bo'ladi,  bu davrda ayrisimon bez o'ng bo'lagining uzunligi 5,2—7,4 

sm,  kengligi  1,7—2,3  sm,  chap  bo'lagi  uzunligi  5,0—5,5  sm,  kengligi 

1,5—3,2 sm bo'ladi.  Uning yuqori chegarasi to'sh suyagi dastasidan  1,0— 

2,5 sm yuqori,  o'ng bo'lagi chapiga nisbatan yuqori turadi.  O'ng bo'lakning 

pastki uchi  IV—V qovurg'a tog'aylari o'rtasida tursa,  chap bo'lakniki II—

IV qovurg'a tog'aylari o'rtasida turadi.  Bola hayotining birinchi uch yilida 

ayrisimon  bez juda  tez  o'sadi.  Keyingi  davrlarda uning  o'sishi  bir  tekis 

bo'lib, balog'at davrida eng katta og'irlikka (37g) ega bo'ladi.  10 yoshgacha 

po'stloq moddasi m ag'iz moddasidan ko'p bo'lsa, 

10 yoshlarda ulaming 

miqdori teng bo'ladi. Keyinchalik esa mag'iz modda miqdori ko'paya boshlaydi. 

Balog'at davridan so'ng ayrisimon bez og'irligi kamaya boradi va 70—75 

yoshlarda 

6 g bo'ladi. Ayrisimon bez yoshga qarab o'zgaigan vaqtda butunlay


yo'qolib ketmay,  to 'sh  suyagi orqasida yog'  to'qim asi bilan o'ralgan bez 

orolchalari shaklida qoladi.

Mabodo bolada bez erta yo'qola boshlasa, bolaning psixikasi va taraqqiyoti 

buzilib, miasteniya va ataksiya belgilari paydo bo'ladi. Agar bez kattalashib 

ketsa,  limfa tugunlari ham  kattalashib,  bolada immunitet pasayadi, jinsiy 

taraqqiyoti sekinlashadi. Unda ayrisimon bez yaxshi taraqqiy etmagan bo'lsa, 

limfopeniya bo'lib, immun tanalami hosil bo'lishi kamayadi.

Chuvalchangsimon  o'simtaning  limfatik  follikula  to'plam lari 



(nodnli 

lym phatici  a ggregati  appendicis  verm iform is) 

chuvalchangsim on 

o'simtaning shilliq qavati va shilliq osti asosida a’zoning bor bo'yicha joylashadi. 

U larn in g   um um iy  soni  b ola  va  o 'sm irla rd a   600—800  ta  b o 'lib , 

chuvalchangsimon o'simtaning shilliq pardasining  I  sm yuzasiga o'rtacha 

10—15 follikula to'plami to'g'ri keladi. Bitta follikula to'plamining o'lchami

1—1,5 mm bo'lib, ular o'rtasida silliq mushak hujayralari, retikula va kollagen 

tolalari  joylashgan.  Tugunchalaming  o'tkir  uchlari  chuvalchangsimon 

o'simtaning epiteliyiga qaragan.  Follikulalar to'plami bir qator joylashmay,

2—3  qator,  turli  chuqurlikda joylashadi.  Ular  yumaloq,  oval,  noksimon 

shakllarda  uchraydi.  Yuza  joylashgan  to'plam lar  nisbatan  yirik  bo'ladi. 

Follikulalaming limfoid to'qimasi retikula to'qimasi hamda unda joylashgan 

o'rta va kichik limfositlar, makrofaglardan iborat.

Chuvalchangsimon  o'simtaning  limfoid  to'qimasini  immunoglobulin 

(antitela) ishlab chiqaruvchi B-limfositlar hosil bo'ladigan joy deb hisoblash 

m um kin.  C hunki  bu  tizim   butunlay  yoki  qism an  shikastlanganda 

organizmning antitela ishlab chiqarish xususiyati yo'qoladi.

Chuvalchangsimon  o'simtaning devorida  follikulalar to'plam i  homila 

hayotining 4-oyida dastlab shilliq pardada, so'ngra shilliq osti asosida paydo 

bo'ladi.  5 oylik homilada to'plam  yumaloq shaklda bo'lib, limfoid to'qim a 

yig'indisidan iborat.  Bola tug'ilishidan oldin va tug'ilganidan keyin ularda 

ko'payish markazi paydo bo'ladi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  chuvalchangsimon  o'sim ta  devoridagi 

follikulalar  to'plam i  soni  150—200  ta,  ko'ndalang  o'lchamlari  esa  0,5—

1,25  mm  bo'ladi.  Bola  10  yoshdan  oshganidan  so'ng  chuvalchangsimon 

o'simtaning shilliq osti asosida yog' hujayralari guruhi paydo bo'lib, kollagen 

va elastik tolalar ko'payadi.  16—18 yoshlarda follikulalar soni kamayib, yog' 

to'qimasining hajmi ortadi.

Yonbosh  ichakning  limfatik  follikula  to'plam lari 

(noduli  lymphatici 

aggregati ilei) 

yonbosh ichakning oxirgi qismi shilliq qavati va shilliq osti 

asosida joylashadi.  Ular oval yoki yumaloq shakldagi yassi hosilalar shaklida 

ichakning ichaktutqich chekkasiga qarama-qarshi tomonda ichak bo'shlig'iga 

chiqib turadi.  Bu  sohada  shilliq pardaning mushak  qatlami  uzilgan  yoki 

butunlay  bo'lmaydi.  Limfatik  follikulalar  o'zining  uzun  o'lcham i  bilan 

ichakning  bo'yiga  yo'nalib,  goho  qiya  yoki  ko'ndalang joylashishi  ham 

m um kin.  Limfoid  tugunchalar  joylashgan  yerda  ingichka  ichakning 

halqasimon burmalari uzilgan bo'ladi.  Limfatik follikulalaming uzunligi


0,5—1,5 sm,  kengligi 0,2—1,5 sm, ba’zan 3—5 sm gacha yetadi.  Limfatik 

follikulalar  to'plam larining  soni  ulaming  eng  ko‘p  rivojlangan  vaqtida 

(o'smirlik davrida) 33-80 ta. Limfatik follikulalar to'plami homila hayotining

4-oyida  ingichka  ichakning  oxirgi  qismida  yosh  limfoid  hujayralaming 

yumaloq shakldagi to'plam i holida ko'rinadi.  5  oylik hom ilada tugunlar 

aylana va  ovalsimon shaklga ega bo'iib,  ulaming o'lcham lari uzunligi 

2, 

kengligi  0,2  sm,  soni  5—21  ta.



Yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  limfatik  follikulalar  to'plam i  hali  shilliq 

parda ustiga turtib chiqmagan bo'iib, soni 30 ga yaqin bo'ladi. Emizikli davrda 

ular shilliq parda yuzasiga turtib chiqadi.

Immun  tizim in ing  periferik  a ’zolari

M urtaklar 



(tonsilla) 

til ildizi, tomoq va halqumning burun qismlarida 

halqa shaklida joylashib, ulaiga juft tanglay va nay, toq til va halqum muitaklari 

kiradi.  Murtaklar tuzilishi jihatidan yetilgan limfoid to'qim a yig'indisidan 

iborat  bo'iib,  uncha  katta  bo'lmagan  zich  hujayra  massalari  —  limfoid 

tugunchalari bor.

Til  m urtagi 

(tonsilla  lingualis) 

toq,  til  ildizining  shilliq  pardasini 

qoplagan k o'p  qavatli  yassi  epiteliy ostida joylashgan  limfoid  to'qim adan 

iborat. Til ildizining til murtagi joylashgan soha g'adir-budir bo'iib ko'rinadi. 

Kattaligi 3—4 mm keladigan do'mboqchalar o'rtasidagi chuqurchalaiga shilliq 

bezlarining naychalari ochiladi.

Til  murtagi  homila  hayotining 

6—7-oylarida  limfoid  to'qimaning  til 

ildizi yon qismlarida alohida-alohida to'plamlar holida paydo bo'ladi.  8 - 9 -  

oylarda esa limfoid to'qim a limfoid tugunchalarga aylanadi. Yangi tug'ilgan 

chaqaloqning til murtagida limfoid tugunchalaming soni homila hayotining 

oxirgi  oylariga nisbatan ko'payadi.  Bola hayotining birinchi oyida limfoid 

tugunlarda o'lcham lari I  mm bo'lgan ko'payish markazlari paydo bo'ladi. 

Keyinchalik to o'smirlik davrigacha ulaming soni ko'payib boradi.

Tanglay murtagi 

(tonsilla palatina) 

juft, tanglay-til va tanglay-yutqin 

ravoqlari o'rtasidagi murtak chuqurchasida joylashgan.  Uning shakli biroz 

cho'zilgan bo'lib bodomga o'xshaydi. Tanglay murtagining eng katta uzunligi 

13—28  m m ,  kengligi  14—22 m m.  M urtakning ichki yuzasi k o 'p  qavatli 

yassi epiteliy bilan qoplangan bo 'iib, tom oqning yon chegaralarini hosil 

qiladi.  Bu  yuzada  20  ga  yaqin  chuqurchalar  bo'lib,  ularga  m urtak 

kriptalari  ochiladi. M urtakning  tashqi  yuzasini  qoplagan  biriktiruvchi 

to'qim ali m urtak kapsulasidan uning ichiga trabekulalar kirib bo'laklarga 

bo'ladi.  Murtakning ichida limfoid to'qimaning zich to'plam lari — limfoid 

tuguniar  (follikulalar)  joylashadi.

Tanglay murtagi homila  hayotining  12—  14-haftasida ikkinchi yutqin 

cho'ntagi epiteliyi ostida mezenximaning quyuqlashuvi holida hosil bo'ladi. 

Besh  oylik  homilada  limfoid  to'qim a  aniq  bilinib.  o'lcham lari  2—3  mm 

bo'lgan to'plamlar shaklida bo'ladi. Bola tug'ilishidan oldin tanglay murtagida


limfoid to'qima ko'payib, limfoid tugunchalar hosil bo'ladi. Bola tug'ilganidan 

so'ng ularda ko'payish markazi hosil bo'ladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda tanglay murtagi uncha katta bo'lmasa ham, 

og'iz bo'shlig'i ochilganida yaxshi ko'rinadi. Bola hayotining birinchi yilida 

uning o'lcham lari ikki marta kattalashib, bo'yiga  15 mm, eniga  12 mm ga 

yetadi.  8—13 yoshlarda o'zining eng katta hajmiga ega bo'ladi.

Yutqin  murtagi 

(tonsilla  pharyngealis) 

toq bo'lib,  yutqin gumbazi va 

orqa  devori  sohasida  chap  va  o'ng  eshituv  naylarining  yutqin  teshiklari 

o'rtasida joylashgan.  Bu sohada 4—6 ta ko'ndalang burmalar bo'lib, ulaming 

ichida yutqin murtagining limfoid to'qimasi joylashadi.  G oho bu burmalar 

pastga tomon osilib, burun to'sig'iga boradi va yutqin bilan bum n o'rtasini 

berkitib qo'yadi. Burmalaming erkin yuzalari ko'p  qatorli kiprikli epiteliy 

bilan qoplangan.  Ular ostida yutqun murtagining diametri  0,8  mm gacha 

bo'lgan limfoid tugunlari joylashgan.

Yutqin murtagi homila hayotining 3—4-oylarida yutqinni bumn qismining 

hosil bo'layotgan shilliq pardasi ichida paydo bo'ladi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqda yutqun  murtagi  yaxshi  bilinib,  birinchi  2 

oyda uning uzunligi 5—7 mm, kengligi 5—6 mm, qalinligi 3—4 mm bo'ladi. 

Emizikli davrda murtak tez o'sib, bir yoshda uzunligi  12 mm,  kengligi 

6—

10  mm, qalinligi 3—6 mm ga yetadi va unda limfoid tuguniar hosil bo'ladi. 



8—13 yoshlarda murtak uzunligi  14—19 mm, kengligi  10—15 mm, qalinligi

5— 14 mm ga yetadi.

Nay  murtagi 

(tonsilla  tubaria) 

juft  bo'lib,  eshituv  nayining  yutqin 

teshigi sohasida joylashgan shilliq parda ostida to'plangan limfoid to'qimadan 

iborat.Uning shilliq pardasi ko'p  qatorli kiprikli epiteliy bilan qoplangan. 

Nay munagining kurtaklari homila hayotining 7—

8-oylarida eshituv nayining 

yutqin teshigi atrofida joylashgan shilliq parda ichida paydo bo'ladi.

Nay  murtagi yangi  tug'ilgan  chaqaloqda yaxshi  bilinib,  uzunligi  7—7.5 

mm, kengligi 3—3,5 mm. Bola hayotining birinchi yilida unda limfoid tuguniar 

va ko'payish markazlari paydo bo'ladi. Bu murtak bolalikning birinchi davrida 

eng katta hajmga ega bo'lib, balog'at va o'smMik davrlarida kichraya boradi.

H azm  va  nafas  a’zolari  devoridagi yakka holdagi  follikulalar 



(noduli 

lym p h atici  so lita r i). 

Bu  lim foid  tu gu n iar  hazm   a ’zolari  (yutqin, 

qizilo'ngach, m e’da,  ingichka va yo'g'on ichak,  o 't pufagi), ham da nafas 

a ’zolari  (hiqildoq,  kekirdak,  bosh,  bo'lak  va  segment  bronxlari)  shilliq 

pardasi va shilliq osti  asosida bo'ladi.  Ular bir-biridan  turli  masofada va 

chuqurlikda  joylashadi.  Goho  ular  shilliq  pardani  qoplagan  epiteliyga 

shunchalik yaqin joylashadiki, ular ustida shilliq parda tepacha hosil qiladi. 

Yuqorida  ko'rsatilgan  a ’zolar  shilliq  pardasidagi  limfoid  tugunchalar 

miqdori juda ko'p.  Bola va o'smirlar ingichka ichagi shilliq pardasida 15000 

ga yaqin yakka holdagi follikulalar bo'ladi. O 'n  ikki barm oq ichak va och 

ichakning proksimal qismida shilliq pardaning 

1  sm2 yuzasiga kattalarda 

30—35  ta  yakka  holdagi  follikulalar to 'g 'ri  keladi.  Och  ichakning  distal 

qismida ulam ing soni 41—45 bo'lsa, yonbosh ichakda 35—40 ta.



Hiqildoqning shilliq pardasi ichida limfoid to'qima halqa shakiida joylashgan 

limfoid follikulalar shakiida bo'ladi.  Limfoid to'qim a hiqildoq usti tog'ayi 

orqa yuzasi, hiqildoq dahlizi, hiqildoq qorinchalari va cho'michsimon-hiqildoq 

usti burmalari shilliq pardasida yoyilgan shaklda joylashadi.

Hazm  va  nafas  a ’zolari  devoridagi  yakka  holdagi  follikulalar  homila 

hayotining  5—6  oylarida  hosil  bo'layotgan  limfoid  to'qim aning  mayda- 

mayda to'plamlari holida paydo bo'lib, taraqqiyotning 

6-oyida ular yumaloq 

yoki konus shaklida aniq chegaraga ega bo'ladi. Yakka holdagi follikulalar 

yangi tug'ilgan chaqaloqda ancha zich joylashadi. Och ichakning boshlang'ich 

qismida  1  sm

2 maydonda  13—14 ta yakka limfoid tugunchalar bo'lsa, uning 

oxirida  18—19  ta.  Ulaming  o'lcham lari  0,2—0,3  mm.  Bir  yoshli  bolada 

ingichka ichak shilliq pardasida ulaming soni 20 taga, o'lchamlari esa 0,3—1 

mm ga yetadi.  15 yoshda ulaming soni yangi tug'ilgan chaqaloqqa nisbatan 

2—3  marta  ko'payadi.  Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  yo'g'on  ichagi  shilliq 

pardasining  4  sm

2  maydonida  3  dan  28  gacha  yakka  holdagi  follikulalar 

bo'lsa,  2—3 yosh bolada ulaming soni 60 taga yetadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqning hiqildog'i shilliq pardasida (dahliz va hiqildoq 

qorinchalari  sohasida)  limfoid  tuguniar  yaxshi  rivojlangan  bo'lib,  uning 

pastki  qismida  (boylam  osti  sohasida)  bir  yoshdan  keyin  vujudga  keladi. 

Cho'm ichsimon-hiqildoq usti burmasida  limfoid tugunchalar erta bolalik 

davrida paydo bo'ladi. Bola hayoti davomida limfoid tugunlaming soni sezilarli 

darajada ko'payadi va 

10— 11 yoshlarda ulaming soni yangi tug'ilgan chaqaloqqa 

nisbatan  1,5—2 marta ko'p bo'ladi.

Taloq

Taloq 


(lien seu  splen) 

immun tizimining periferik a’zosi bo'lib,  qonni 

katta qon aylanish doirasi magistral qon tomiri 

(aorta) 

dan jigaiga boradigan 

yo'lida joylashadi. Taloq qon shakliy elementlarini hosil qilishda va modda 

almashinuvida  ishtirok  etadi.  U  toq  a ’zo 

bo'lib,  qorin  bo'shlig'ida  chap  IX—XI 

qovuig'a sohasida joylashadi. Uning uzunligi 

katta odamlarda 10—14 sm, kengligi 6—10 

sm,  qalinligi  3—4  sm,  og'irligi  o'rtacha 

erkaklarda  192  g,  ayollarda  153  g.  U 

cho'zinchoq oval shaklida bo'lib, rangi to 'q  

qizil.  ushlab ko'iganda yumshoq. Taloqda 

(

102-rasm) ikki: yuqori va tashqi tomonga 



qaragan  silliq  diafragma  yuzasi 

(facies 

diapbragmatica) 

oldinga va ichki tomonga 

qaragan vistseral yuzasi 

(facies visceralis) 

tafovut  qilinadi.  Vistseral  yuzasida  taloq 

darvozasi 

(hilus lienalis) 

joylashgan.  Uning 

vistseral yuzasida qo'shni ichki a’zolar tegib

102-rasm.Taloq.  1-extrem itas  ante­

rior;  2-margo  inferior;  3-facies  dia- 

phragmatica;  4-extremitas  posterior; 

5-margo  superior.


turadigan qismlari bor. Taloq darvozasi oldida ko‘ringan me’da yuzasi 

(fades 

gastrica) 

m e’dani tubiga tegib turadi.  Taloq darvozasi orqasida joylashgan 

buyrak yuzasi 

(facies renalis) 

chap buyrakning yuqori uchi va chap buyrak 

usti beziga, taloq darvozasidan pastda uning oldingi uchiga yaqin joylashgan 

chambar ichak yuzasi 



(facies colica) 

chap chambar ichak burilish burchagiga 

tegib turadi.

Taloqning diafragma yuzasini me’da yuzasidan ajmtadigan yuqori chekkasi 



(margo  superior) 

o'tkir qirrali bo'lib,  unda  2—  3  ta ko‘ndalang o'ymalar 

bor.  Pastki chekkasi 

(margo inferior) 

esa to'mtoqroq. Taloqning orqa qutbi 



(extremitas posterior) 

yumaloq, yuqoriga va orqaga qaragan.  Oldingi qutbi 



(extremitas anterior) 

o'tkir, oldinga yo'nalib, ko'ndalang chambar ichakdan 

yuqorida  yotadi.  Taloq  qorinparda  bilan  har  tom ondan  o'ralgan  bo'lib, 

boylamlar vositasida m e’da katta egriligi 



(lig.  gastrolienale), 

chap byurak 



(lig. lienorenale) 

va diafragma 



(lig. pbrenicolienale) 

bilan birlashadi.  Seroz 

pardaning ostida fibroz parda 

(tunica fibrosa) 

yotadi. Fibroz pardadan taloqning 

ichiga tarkibida kollagen,  retikular va elastik tolalari bo'lgan birik-tiruvchi 

to'qimali to'siqlar, taloq trabekulalari 



(trabeculae lienalis) 

kiradi. Trabekulalar 

o'rtasida parenxima, taloq pulpasi 

(pulpa lienis) 

joylashgan. Taloqda oq va 

qizil pulpa tafovut qilinadi. Qizil pulpa 

(pulpa rubra) 

venoz sinuslar oralig'ida 

joylashib  eritrotsit,  leykotsit,  limfotsit  va  makrofaglar bilan  to 'la   retikula 

to'qima to'riaridan iborat. Oq pulpa 



(pulpa alba) 

taloqning limfoid tugunlaridan 



(noduli  lymphoidei  splenici) 

va  limfotsitlar,  hamda  limfoid  to'qim aning 

boshqa hujayralaridan tashkil topgan periarterial qinlardan iborat. Limfoid 

tuguniar yumaloq shaklda bo'lib, ulaming ichidan markaziy arteriya o'tadi. 

Limfoid tuguniar retikula to'qimasi to'ri ichida joylashgan limfotsitlardan 

iborat. Periarterial limfoid qinlar pulpada arteriyalar va taloqning markaziy 

arteriyalarining boshlanish qismi atroftni o'rab oladi. Taloqning oq pulpasi 

massasi taloq umumiy massasining  18,5—21% ini tashkil qilsa,  qizil pulpa 

82—85%  ini tashkil qiladi.

Taloq kurtagi homila hayotining 5—

6-haftasida, me’daning dorsal tutqichi 

ichida joylashgan mezenxima hujayralari to'plam i shaklida paydo bo'ladi. 

Homila  taraqqiyotining  2—4-oylarida  vena  sinuslari,  qon  tom irlar  va 

trabekulalar,  bo'lajak  limfoid  tugunlarni  hosil  qiluvchi  lim fotsitlar 

to'planishidan hosil bo'ladi. 4—5-oylarda arteriyalar atrofida periarterial limfoid 

qinlar paydo bo'la boshlaydi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda taloq yumaloq shakldagi bo'laklardan iborat. 

Uning o'rtacha  og'irligi  9,5 g bo'lsa,  bir yoshda  24—28 g, 

6 yoshda taloq 

og'irligi bir yoshga nisbatan 2 marta kattalashib,  10 yoshda 

66 — 70 g,  16 —

17 yoshda  165 -   171 g bo'ladi.



U m um iy  m a ’lu m otlar

I.P.  Pavlov  ta’limoti  bo'yicha  organizm  ayrim  a’zolar  yoki  tizimlar 

yig'indisi  bo'lm ay,  tashqi  m uhit  bilan  uzluksiz  aloqada  bo'lgan  tirik 

umumlashgan tizimdir.  Har tirik mavjudot  tashqi m uhitdan m a’lum ta’sir 

oladi va unga mos javob qaytaradi. Bundan tashqari, oiganizmda bo'layotgan 

m odda almashinish jarayonlari ham , o ‘z navbatida, unga m a’lum  bir ta ’sir 

qiladi va oiganizm bunga javob qaytaradi. Ta’sir tushayotgan soha bilan a ’zo 

o'rtasidagi aloqa organizmda nerv tizimi  vositasida bog'lanadi.  Nerv tizimi 

tana  qismlari  va  a ’zolaming  faoliyatini  bir-biri  bilan  bog'lab,  bir butun 

tizimni  hosil  qiladi.  Ikkinchi  tom ondan  nerv  tizimi  organizm  faoliyatini 

tashqi m uhit bilan munosabatini boshqaradi.

Nerv  tizimining  vazifaviy-tarkibiy  birligi  -   nerv  hujayrasi  bo'lib,  u 

o'zidan chiqayotgan o'simtalari bilan birga neyron deb ataladi.

Neyronlar  o'lcham i,  shakli,  o'simtalarining  soni  va  uzunligiga  qarab 

turli xil bo'ladi.  O'simtalari tuzilishi va vazifasiga qarab aksonlar yoki neyrit 

va dendritlaiga bo'linadi.  Neyronlaming dendritlari ko'p sonli,  shoxlangan 

bo'ladi.  Ular  tashqi  va  ichki  m uhit  ta’sirini  yoki  boshqa  neyronlardan 

kelayotgan  impulsni  nerv  hujayrasi  tanasiga  o'tkazib  beradi.  Akson  yoki 

neyritlar bitta bo'lib, nerv impulsini hujayra tanasidan boshqa neyronga yoki 

ish bajaruvchi a’zoga o'tkazib beradi. Tuzilishi, vazifasi va aloqasiga qarab 

neyronlar sezuvchi yoki retseptor, oraliq yoki assotsiativ va harakatlantiruvchi 

yoki effektor neyronlaiga bo'linadi.

I.  Sezuvchi neyronlami dendritlarining uchlarida qabul qiluvchi apparat

-  retseptor joylashgan.  Retseptor ta ’simi  qabul  qilib,  uni  nerv  impulsiga 

aylantiradi.  Retseptorlar  m a’lum  bir  ta’simi  qabul  qilishga  moslashgan 

(m e x a n ik ,  h a ro ra t,  kim yoviy)  b o 'lib ,  tu z ilish i  h a r  xil  b o 'la d i. 

Retseptorlaming joylashishiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:

1.  Ekstrotseptorlar  tashqi m uhit ta ’sirini qabul qiladi.  Ular teri, shilliq 

pardalar va sezgi a’zolarida joylashgan.

2.  Introtseptorlar  organizmning  ichki  muhitida  bo'ladigan  kimyoviy 

o'zgarishlar, shuningdek, to'qima va a’zolardagi bosim o'zgarishlari ta’sirlarini 

qabul qiladi.

3.  Propriotseptorlar mushak, pay, boylam, fassiya,  bo'g'im  xaltasidagi 

ta ’sirlami qabul qiladi.

II. 

Oraliq  yoki  assotsiativ  neyron  qo'zg'alishini  sezuvchi  neyrondan 



harakat  neyroniga  o'tkazib  beradi.  Bu  neyronlar  markaziy  nerv  tizimida 

joylashadi.



III. 

Effektor yoki harakatlantiruvchi neyronlaming tanalari markaziy 

nerv tizimida yoki vegetativ tugunlarda joylashgan.  Ulaming aksonlari ish 

bajaruvchi  a ’zolarga  (ko'ndalang targ'il va  silliq  m ushaklar va bezlarga) 

boradi.

Odamning  nerv  tizimi  neyronlar  yig'indisidan  tashkil  topgan  bo'lib, 



ular o'zaro sinapslar vositasida qo'shiladi.  Bitta neyronning oxirgi  tolalari 

juda ko'p (10.000) neyron bilan qo'shilishi mumkin.  Shu  sababli bir joyda 

hosil bo'lgan nerv qo'zg'alishi juda ko'p neyronlaiga o'tishi mumkin.

I.M.  Sechenov ta ’biricha, nerv tizimining faoliyati reflektorxarakteriga 

ega.  Refleks asosida reflektor yoyi yotadi.  Reflektor yoyi nerv hujayralari 

zanjiridan iborat bo'lib, tarkibiga sezuvchi (afferent)  va harakatlantiruvchi 

(efferent)  neyronlar  kiradi.  Bular  orqali  nerv  impulsi  retseptordan  ish 

bajaruvchi a’zolarga boradi. Nerv impulsi reflektor yoyida  120 m/sek tezlikda 

yuradi.  K o'p  hollarda  reflektor yoyi  tarkibiga  uchinchi  (oraliq)  neyron 

kirib, sezuvchi neyron bilan harakatlantiruvchi neyronni bir-biriga bog'lab 

turadi.  Oddiy reflektor yoyi  odatda ikki:  afferent va efferent  neyrondan 

iborat.  Afferent  neyronning  tanasi  markaziy  nerv  tizim idan  tashqarida 

joylashib, orqa miya tuguni yoki bosh miya nervlari sezuvchi tugunlarining 

sohta  unipolyar  hujayralaridan  iborat. 

Bu  hujayralaming  pereferik 

o'sim talari  orqa  miya  nervlari  yoki  sezuvchi  tolalari  bo'lgan  bosh  miya 

nervlari tarkibida yo'nalib ulaming uchlari retseptomi hosil qiladi.  Ulaming 

markaziy o'sim talari  orqa miya nervlarining  orqa sezuvchi ildizi va bosh 

miya nervlari tarkibida orqa yoki bosh miyaga kiradi.  Sezuvchi hujayraning 

bu  o'sim tasi  orqa  miyaning  kulrang  moddasida  yoki  bosh  miyaning 

harakatlantiruvchi  o'zagi  efferent  neyroni  hujayralari  bilan  sinaps  hosil 

qilib  birikadi  va  nerv  qo'zg'alishi  harakatlantiruvchi  neyronga  o'tadi. 

Harakatlantiruvchi neyron o'simtalari orqa miya nervlarining oldingi ildizi 

tarkibida ish bajaruvchi a’zoga boradi. Odatda, reflektor yoyi tarkibida afferent 

neyron bilan efferent neyron o'rtasida oraliq neyron joylashadi.

Odamning bir butun nerv tizimi shartli ravishda  odam organizmining 

ikki asosiy: o'simlik va hayvoniy a’zolar qismlariga mos ravishda  somatik va 

vegetativ yoki avtanom nerv tizimlariga bo'linadi.

Somatik nerv tizimi ko'ndalang targ'il mushaklar va terini innervatsiya 

qilib,  organizmni tashqi muhit bilan bog'laydi.

Vegetativ nerv tizimi ichki a’zolaming silliq m ushaklarini,  bezlam i, 

yurak-qon tomirlar faoliyatini, a’zo va to'qimalarda modda  almashinuvini 

innervatsiya qiladi.  Vegetativ nerv tizimi,  o 'z navbatida, ikki:  simpatik va 

parasim patik qismlarga bo'linadi.  Nerv tizim ining  somatik va vegetativ 

qismlarga bo'Iinishi shartli ravishda,  chunki organizmning butun hayoti 

nerv tizimining barcha qismlarini bosh miya po'stlog'i boshchiligida bir- 

biriga bog'langan faoliyatidan iborat. Shuning uchun biroita a’zo faoliyatining 

o'zgarishi boshqa a ’zolar faoliyatining o'zgarishiga olib keladi.  Masalan: 

jismoniy ish qilgan vaqtda mushaklarda modda almashinuvi kuchayadi va


kislorodga talab oshadi. Bunga javoban reflektor ravishda o‘pka va yurakning 

faohyati kuchayib,  mushaklarga qon va kislorodning kelishi ko'payadi.

Topografik nuqtayi nazardan nerv tizimi markaziy va periferik qismlaiga 

bo'linadi.  Markaziy  qismiga bosh  va  orqa  miya  kirib,  ular  kulrang va  oq 

moddalardan  iborat.  Kulrang  modda  nerv  hujayralarining  to'plam i,  oq 

modda esa nerv  o'simtalaridan tashkil topgan.  Periferik qismi tarkibiga nerv 

ildizlari,  tugunlari,  chigallar va  nervlar kiradi.


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin