0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi


N erv   tizim in in g   filo g e n e z i



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63

N erv   tizim in in g   filo g e n e z i

Bir  hujayrali  sodda  organizmlarda  (amyoba)  nerv  tizimi  bo'lmaydi. 

Ularda tashqi muhit bilan aloqa oiganizmning ichi va tashqarisida joylashgan 

suyuqlik vositasida bo'ladi  (gumoral boshqarish).  Keyinchalik nerv tizimi 

hosil  bo'lganidan  so'ng,  gumoral  boshqarish  uning ta ’siriga  o'tib,  neyro- 

gumoral boshqarish paydo bo'ladi.

Nerv tizimi filogenezda bir nechta bosqichni o'tadi:

I  bosqich  to'rsim on  nerv  tizimi.  Bu  bosqichda  nerv  tizimi  (gidra) 

nerv  hujayralaridan  tashkil  topgan bo'lib,  ulami  o'simtalari bir-biri bilan 

qo'shilib to 'r hosil qiladi. Bunday hayvonlarda ikki xil hujayra:  Ektodermada 

joylashgan retseptor hujayralar va ichkarida joylashgan effektor hujayralar 

tafovut  qilinadi.  Tanani  qaysi joyiga  ta ’sir  qilinsa  ham,  ichki  hujayralar 

qo'zg'aladi va tirik oiganizm harakat qiladi.

II bosqich tugunli nerv tizimi.  Umurtqasiz hayvonlarda nerv hujayralar 

to'planib,  nerv  tugunlarini  hosil  qiladi  va  «tugunli  nerv  tizimi»  paydo 

bo'ladi.  Nerv  o'simtalarining  to'planishidan  nerv  dastalari  hosil  bo'ladi. 

Bunda  nerv o'simtalari m a’lum bir yo'nalishga ega bo'ladi. Nerv dastalari 

tugunlami ikki yo'nalishda: ko'ndalangiga- segmentlar ichida, bo'ylamasiga

-  har xil segmentlar o'rtasidagi tugunlami bir-biriga qo'shib turadi.  Shuning 

uchun ulaming ma’lum nuqtalaridagi ta’sir ma’lum segment sohasiga tarqaladi. 

Nerv tugunlari  hayvonlami  bosh  qismida ko'proq  to'plangan bo'lib sezgi 

a’zolari bilan bog'lanadi.

III bosqich naysimon nerv tizimi. Umurtqali hayvonlarda nerv hujayralari 

bir-biri bilan bog'lanib uzluksiz nerv tizimchasini hosil qiladi.  Uning ichida 

bo'shlig'i  bo'ladi.  Bu  bosqichda  nerv  tizimi  bir xil  segmentlardan  iborat 

bo'lib,  neyronlaming  o'simtalari  m a’lum  bir  segmentga  tegishli  sohaga 

tarqaydi.

Nerv tizimining  taraqqiyoti

Odamning markaziy nerv tizimi pushtning tashqi varag'i ektodermadan 

taraqqiy  etadi.  Pusht tanasining dorsal qismlarida ektoderm a hujayralari 

nerv (medullyar) plastinkani hosil qiladi.  Dastlab u bir qavat hujayralardan 

iborat  b o'lib,  keyinchalik  bu  hujayralardan  spongioblastlar  (tayanch 

to'qim a-neyrogliyani  hosil  qiluvchi)  va nerv  hujayralarini  hosil  qiluvchi



neyroblastlar takomillashadi.  Medullyar plastinka hujayralarining ko'payishi 

uning  turli  qismlarida  har  xil  bo'lgani  uchun  u  bukilib  medullyar  egat 

hosil bo'ladi. Uning chekkalari o'sishi natijasida  sekin-asta ko'tariladi va 

o'zaro  birikib  nerv  nayini  hosil  qiladi.  Nerv  nayi  birikish  davrida  uch 

qavatdan iborat bo'lib, keyinchalik ichki qavatidan qorinchalar va markaziy 

kanalni  ichini  qoplagan  ependima  qoplamasi,  o 'rta   qavatdan  miyaning 

kulrang moddasi hosil bo'ladi. Tashqi qavatda hujayralar bo'lmay miyaning 

oq moddasiga aylanadi. Nerv nayi markaziy nerv tizimining kurtagi bo'lib, 

uning orqa qismidan orqa miya taraqqiy etadi. Nerv nayining oldingi qismi 

hom ila  hayotining  3  haftasi  oxirida  kengayib,  uchta  birlamchi  miya 

pufakchalarini hosil qiladi.  Oldingi miya pufagi old tom onda oxirgi qatlam 

(lamina terminalis) 

vositasida yopiladi.  Bu uchta birlamchi pufakchalardan 

oldingi va orqadagisi homila taraqqiyotining 

2 oyida ikkiga  bo'linadi va bir- 

biriga qo'shilgan beshta miya pufagi hosil bo'ladi. Bunda orqa miya pufagi 

ko'ndalang egat yordamida uzunchoq miya 



(myelencephalon) 

va orqa miya 



(metencephalon) 

ga bo'linadi.  O'rta miya pufagi o'zgarmaydi va o'z nomini 

saqlab  qoladi.  Oldingi  miya  pufagi  ham  oraliq  miya  (diencephalon)  va 

охщр miya 



(telencephalon) 

ga bo'linadi.  Hosil bo'lgan beshta miya pufaklari 

birin-ketin biri joylashadi.  Dastlab  uning  devori  yupqa bo'lib,  bir  qavat 

epiteliydan iborat bo'ladi.  Tez orada miya pufakchalari o'sishida m a’lum 

bir  o'zgarish  kuzatiladi.  Oldingi  miya  pufagi  tez  o'sib,  bo'ylam a  egat 

yordamida o'ng va chap  yarimsharlarga bo'linadi. Yarimsharlar orqa tomonga 

qarab o'sib, miyaning boshqa qismlari ustini qoplaydi.  Bu orada bosh miya 

qismlari o'rtasida sagittal sathda uchta bukilma hosil bo'ladi.  Birinchi tepa 

bukilmasi  oxirgi  va  oraliq  miya  o'rtasida,  ikkinchi  ensa  bukilmasi  ortqi 

miya pufagi bilan orqa miya o'rtasida, uchinchisi esa ko'prikning o'rqa qismida 

bd'lib, oldinga qaragan. Keyingi davrlarda miya pufakchalari bir xil  o'zgarib, 

miyani alohida qismlarini hosil qiladi.  Beshinchi miya pufagidan uzinchoq 

miya hosil bo'ladi.  Ortqi miya pufagidan rombsimon miya siqig'i 

(isthmus 

rhombencephali) 

ajrab chiqib, undan miyachaning  yuqori oyoqchalari va 

yuqori miya yelkani hosil bo'ladi. Ortqi miyani ventral qismidan ko'prik va 

dorsal  qismidan  miyacha  hosil  bo'ladi.  Rombsimon  miyaning  umumiy 

bo'shlig'i  IV qorinchaga aylanadi.  O 'rta miya sohasidagi nerv nayi tekis 

o'sadi. Uning ventral qismidan miya oyoqchalari,  dorsal qismidan  esa o'rta 

miya tomi plastinkasi hosil bo'ladi. Oraliq miya pufagi lateral devori sezilarli 

darajada o'sib ko'ruv do'm bog'ini hosil qiladi.  Oraliq miya pufagini yon 

devorlaridan yon tomonga ko'z pufakchalari o'sib chiqadi, orqa devoridan 

esa shishsimon tana (epifiz) taraqqiy etadi.  Pastki devoridan kulrang tepalik, 

voronka hamda gipofizning orqa bo'lagi  hosil bo'ladi.  Oraliq miya pufagi 

bo'shlig'i III qorinchani hosil qiladi.

Oxiigi miya pufagi ikkiga bo'linganidan uning bo'shlig'i ham  ikki qismga 

bo'linadi. Yarimsharlar tez o'sib, sekin-asta miyani o'zidan pastda joylashgan 

qismlarini ust va yon tomondan qoplaydi. Yarimsharlar  devorining notekis 

va tez o'sishi natijasida egatlar paydo bo'ladi.



Markaziy nerv tizimi 

Orqa miya

Orqa  miya 



(medulla  spinalis) 

tashqi tomondan  oldindan  orqaga  qarab 

biroz yassilangan silindr shaklidagi tizimcha ko'rinishiga ega. Uning ko'ndalang 

o'lchami kengroq. Orqa miya umurtqa kanali ichida joylashib (103-rasm), katta 

teshikni pastki chekkasida bosh miyaga o'tib ketadi. Bu sohada orqa miyadan 

o'ng va chap birinchi orqa miya nervlarining ildizi chiqadi.

Orqa miyaning pastki qismi torayib,  miya konusini 

(conus medullaris) 

hosil  qilib  I-Il  bel  umurtqalari  sohasida tugaydi.  Undan 

pastga  tom on 

ingichka  oxirgi 



ipga(filum  terminate) 

davom  etadi.  Oxirgi  ipning  15 sm 

cha keladigan II dumg'aza umurtqasi sohasigacha joylashgan  yuqori qismi 

tarkibida  nerv to'qimasi bo'lib, u ichki qism deyiladi. Uning atrofida bel va 

dumg'aza nervlarining ildizlari joylashgan bo'lib, orqa miya qattiq pardasidan 

hosil bo'lgan yopiq qopcha bilan o'ralgan. II dumg'aza umurtqasidan  pastda 

oxirgi  ipni 

8  sm  keladigan  tashqi qismi joylashadi. U orqamiyani o'ragan 

uch qavat pardaning davomi bo'lgan biriktiruvchi to'qim adan iborat bo'lib,

II dum umurtqasi suyak pardasiga birikib ketadi.

Orqa miyaning uzunligi katta yoshdagi odamlarda o 'rta  hisobda 43 sm 

(erkaklarda  45,  ayollarda  41-42  sm),  og'irligi  34-38  g  yoki  bosh  miya 

og'irligining 2% teng.  Uning kengligi bor bo'yiga bir xil bo'lmay, bo'yin va 

bel-dumg'aza qismlarida kengaygan. Bo'yin kengaymasi 



(intume 

centia cervicalis) C y -C ^ v a  

Thr segmentlari sohasida joylashgan.

Bel-dumg'aza kengaymalari (intume centia lumbosacralis) L, 

v va SI [V segmentlari sohasida loylashgan.

Bu sohalar qo'l va oyoqni  innervatsiya qilishda ishtirok 

etgani uchun nerv hujayralari va tolalari soni ko'p bo'ladi.

Orqa  miyaning  oldingi  yuzasidagi  oldingi  o'rta  yorig'

(fissura mediana  anterior) 

va orqa yuzasidagi orqa o'rta egat 



(sulcus  medianus  posterior) 

uni  ikki  simmetrik  bo'lakka 

ajratadi.  Orqa miyaning har bir bo'lagi oldingi yon egat 

(sulcus 

anterolateralis) 

va  orqa yon  egat 



(sulcus  posterolateralis) 

vositasida uchta: oldingi, o'rta va orqa tizimchalarga ajraladi.

Yon egatlardan orqa miya nervlarining oldingi va orqa ildizlari 

chiqadi. Oldingi ildiz 



(radix ventralis) 

orqa miyaning kulrang 

moddasini  oldingi  shoxida  joylashgan  harakatlantiruvchi 

hujayralarining  o'simtalaridan  iborat.  Orqa  ildizni 



(radix 

dorsalis) 

orqa miya tugunida 



(ganglion  spinale) 

joylashgan 

sohta  unipolyar  hujayralaming  markaziy  o'simtalari  hosil 

qiladi.  Orqa miyaning bor bo'yiga 31 juft ildiz chiqadi.  Ular



103-rasm.  Orqa miyaning oldingi  yuzasi.  1-medulla  oblongata;  2-intum escentia  cervicalis; 

3-fissuia mediana ventralis; 4-sul. ventrolateralis; 5-intumescentia lumbosacralis; 6-conus med­

ullaris.


umurtqalararo teshikning ichki tomonida o'zaro qo'shilib,  31 juft orqa miya 

nervini 


(n.  spinalis) 

hosil  qiladi.  Orqa miyaning ikki juft  (ikkita oldingi, 

ikkita orqadagi) ildizlari o'rtasidagi qismi segment deb ataladi. Orqa miyada 

31 ta: 


8 bo'yin,  12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 1 ta dum segmentlari 

tafovut qilinadi.

Orqa miyani ko'ndalangiga kesib ko'rganimizda (104-rasm) u  ikki xil: 

uning markazida uchayotgan kapalak yoki «Н»  harfiga o'xshab joylashgan 

kulrang modda va uni o'ragan oq moddadan iborat.

Kulrang moddani 



(substantia grisea) 

o'rtasida orqa miyaning markaziy 

kanali 

(canalis  centralis) 

joylashgan.  U  nerv  nayining  qoldiq  bo'shlig'i 

bo'lib, ichida orqa miya suyuqligi oqadi.  Uning yuqori uchi IV qorinchaga 

qo'shilsa,  pastki  uchi  biroz  kengayib,  oxirgi  qorinchani 



(ventriculus 

terminalis) 

hosil qiladi.  Markaziy kanal ependima bilan qoplangan, uning 

atrofida markaziy liqildoq modda 

(substantia gelatinosa centralis) 

joylashgan.

Kulrang modda markaziy kanalning o'ng va chap tomonlarida simmetrik 

joylashgan  kulrang  ustunlar 



(columnae  griseae) 

hosil  qiladi.  Bu  ustunlar 

markaziy kanalni oldingi va orqa tomonida oldingi va orqa kulrang bitishmalar 

vositasida  birikkan.  Har bir  kulrang  ustunda  uning  oldingi  qismi-oldingi 

ustun 

(columna  anterior) 

va orqa qismi -  orqa ustun 



(columna posterior) 

bor. Суд,, Th I X]I,  L [ „ va Sn[V  segmentlar sohasida yon ustunlar 



(columna 

lateralis) 

hosil  bo'ladi.

Orqa miyaning ko'ndalang kesimida kulrang modda ustunlari ikki tomonda 

shoxlar shaklida bo'ladi.  Unda keng oldingi shox 



(cornu  anterius), 

nisbatan 

ingichka  orqa  shox 

(cornu 

posterius) 

va  yon  shox 



(cornu  lateralis) 

tafovut qilinadi.  Oldingi shoxda yirik harakatlantiruvchi hujayralar joylashgan. 

Oldingi shoxda joylashgan hujayralar quyidagi o'zaklami: oldingi yon o'zak 

(nucleus  anterolateralis), 

oldingi  o'zak 



(nucleus  anterior), 

oldingi 


medial  o'zak 

(nucleus  anteriomedialis), 

orqadagi  yon  o'zak 



(nucleus 

posterolateralis), 

orqadagi medial o'zak 



(nucleus posteromedialis), 

markaziy 

o'zak 

(nucleus centrlis) 

ham da qoshimcha va diafragma nervi o'zaklam i 

hosil qiladi.  Orqa shoxda mayda hujayralar  to'plangan bo'lib, ularda orqa 

ildiz  ta rk ib id a   y o 'n a lu v c h i  orqa  m iya  tu g u n i  so h ta   u n i  p o ly ar 

hujayralarining  markaziy o'simtalari tugaydi.  Orqa shox  hujayralari  oraliq 

neyronni hosil qiladi. Orqa shox hujayralarining asosiy qismini uning xususiy 

o'zagi 

(nucleus proprius) 

hujayralari hosil qiladi. Bundan tashqari orqa shoxda

104-rasm.  Orqa  miyaning  ko'ndalang 

kesmasi.  1-cornu posterius; 2-sul.  me­

dianus  posterior;  3-sul.  interm edius 

posterior;  4-sul.  dorsolateralis;  5-sul­

cus lateralis anterior; 6-fissura mediana 

ventralis;  7-commissura  anterior alba; 

8- com u ventrale;  9-com u laterale.


chekadagi o ‘zak 

(nucleus marginalis), 

dirildoq o‘zak 



(nucleus gelatinosa) 

va 


boshqa  o 'zak lar  bor.  Yon  shoxda  oraliqdagi  lateral  o ‘zak 

(nucleus 

intennediolateralis), 

oraliqdagi medial o’zak 



(nucleus intermediomedialis) 

va 


orqa ko'krak o'zagi 

(nucleus thoracicus posterior) 

va boshqa o'zaklar joylashgan.

Orqa  miyaning  oq  moddasi 

(substantia  alba) 

egatlar  bUan  uchta 

tizimchaga ajralgan. Oldingi tizimcha 

(funiculus  anterior) 

oldingi o'rta yoriq 

bilan oldingi yon egat o'rtasida joylashgan. Oq moddada oldingi o'rta yoriqni 

orqa tomonida oldingi oq bitishma 



(commissura alba) 

joylashgan.  U o'ng va 

chap oldingi tizimchalami biriktirib turadi.

Orqa tizimcha 



(funiculus  posterior) 

orqa o'rta egat bilan orqa yon egatlar 

o'rtasida joylashgan. Orqa tizimcha bo'yin va yuqori ko'krak segmentlari sohasida 

oraliq egat 



(sulcus intermedialis posterior) 

bilan ikki: nozik dasta 



(faciculus 

gracilis) 

va ponasim on dastaga 



(fasciculus cuneatus) 

bo'linadi.

Yon tizimcha 

(funiculus lateralis) 

esa oldingi va orqa yon egatlar o'rtasidagi 

oq  m oddadan  iborat.  Orqa  miyaning  oq  m oddasi  nerv  hujayralari 

o'simtalaridan iborat bo'lib, ular orqa miya o'tkazuv yo'llarini hosil qiladi. 

Oldingi tizimchada asosan pastga yo'naluvchi: oldingi po'stloq-orqa miya yo'li, 

retikulo-orqa miya yo'li, oldingi orqa miya-talamus yo'li, qopqoq-orqa miya 

yo'li  va dahliz-orqa miya yo'li o'tadi. Yon tizimcha tarkibida pastga tushuvchi 

va yuqoriga ko'tariluvchi: orqa miya bilan miyacha  o'rtasidagi oldingi va orqa 

yo'llar, lateral po'stloq-orqa miya yo'li, qizil o'zak-orqa miya yo'li  o'tadi. 

Orqa tizimchada orqa miya bilan miya po'stlog'i o'rtasidagi propriotseptiv 

sezgi yo'li yo'nalgan bo'lib, bo'yin segmentlari sohasida nozik va ponasimon 

dastalarga bo'linadi.



Orqa miyaning taraqqiyoti

Orqa miya nerv nayining orqa qismidan taraqqiy etadi. Dastlabki davrda 

nerv nayini devori bir xil qalinlikka ega bo'ladi. Keyinchalik uni yon qismlari 

tez o'sib, kengaya boshlaydi. Oldingi va orqa devorlari o'sishdan qolib, asta- 

sekin tez o'sayotgan yon devoriari ichiga botib kiradi. Natijada orqa va uzunchoq 

miyaning oldingi va orqa o'rta egatlari paydo bo'ladi.

Nerv  nayi  bo'shlig'ining  ich  tom oni  yon  devorida  uncha  chuqur 

bo'lmagan bo'ylam a chegaralovchi egatlar paydo bo'lib, nerv nayining yon 

qismlarini oldingi asosiy va orqa qanotsimon plastinkalarga ajratadi. Asosiy 

plastinkadan  kulrang moddaning oldingi ustuni va uni o'ragan oq modda 

yoki harakatlantiruvchi neyronlarining o'simtalari rivojlanadi.  Qanotsimon 

plastinkadan esa kulrang moddaning orqa ustuni oraliq neyronlar tanasi va 

ulami o'ragan oq modda yoki orqa tizimcha, sezuvchi neyronlaming o'simtalari 

rivojlanadi.

Nerv nayi bilan ektoderma o'rtasida joylashgan medulyar taroqchadan 

nerv nayining birikish davrida ganglioz plastinka hosil bo'ladi.  Bu plastinka 

ikki simmetrik ganglioz bolishga bo'linib, nerv nayini yon tomoniga suriladi. 

Keyinchalik undan  orqa miya tuguni va bosh miya  nervlarining sezuvchi



tugunlari hosil bo'ladi.  Ganglioz bolish hujayralari,  shuningdek, vegetativ 

nerv tizimi periferik qismini hosil qiluvchi kurtak hamdir.

Orqa miya tugunida joylashgan  neyroblastlar  bipolyar  hujayralar 

shaklida bo'ladi.  Ulaming markaziy tolalari orqa miyaga kiradi va sezuvchi 

orqa ildizni hosil qiladi.  Pereferik o'sim talari tashqariga yo'naladi va har 

xil turdagi retseptorlam i hosil  qiladi.

Homila  hayotining  boshlang'ich  davrlarida  nerv  nayi  tananing  bor 

bo'yiga cho'zilgan, keyinchalik uning kaudal qismi reduksiyaga uchraganidan 

so'ng bo'lajakorqam iyani  pastki  qismi  asta-sekin  torayadi vaoxirgi  ipni 

hosil qiladi. Homila taraqqiyotining boshlang'ich davrida orqa miya umurtqa 

kanalining bor bo'yiga joylashgan bo'ladi.  U chinchi oydan boshlab orqa 

miyaning o'sishi umurtqa  kanalidan orqada qola boshlaydi. 4 oylik homilada 

orqa miya I dumg'aza yoki V bel umurtqasi sohasida bo'lsa,  7 oylikda  III-IV 

bel umurtqasiga yetadi.  Yangi tug'ilgan bolada  II- yoki III- bel umurtqasi 

pastki qirrasida bo'lsa, bir yoshda  I-II bel umurtqalari sohasiga yetadi va 

keyinchalik bu chegara o'zgarmaydi.  Umurtqa pog'onasi va orqa miyaning 

uzunligi bir-biriga mos kelmasligi natijasida nervlar yo'nalishi o'zgaradi va 

bel,  dum g'aza  nervlaridan  otning  dumi  hosil  bo'ladi.  Bo'yin  va  bel 

kengaymalari bola hayotining  birinchi  yilida ancha tez takomillashadi.

Yangi  tug'ilgan  bolada  orqa  miyaning  uzunligi  14-16  sm  bo'lib,  10 

yoshda ikki barobar uzayadi. U eniga sekin o'sib,  12 yoshda 2 marta kattalashadi 

va keyingi davrlarda o'zgarmaydi. Yangi tug'ilgan bola orqa miyasi og'irligi 5,5 

g bo'lib,  bir yoshda  10  g,  7  yoshda  19  g va  20  yoshda  30 g bo'ladi.  Orqa 

miyaning markaziy kanali kattalaiga nisbatan kengroq. Bola hayotining birinchi 

ikki yilida kulrang va oq moddalar massasi ko'payishi bilan birga markaziy 

kanal torayadi.



Orqa  miya  pardalari

Orqa miya mezenximadan hosil bo'lgan uch qavat:  tashqi qattiq, o 'rta 

to 'r va ichki  yumshoq pardalar bilan o'ralgan.

Orqa miyaning qattiq pardasi 



(dura mater spinalis) 

boshqa pardalarga 

nisbatan qalin bo'lib, orqa miyani va uning oldingi va orqa ildizlarini o'rab 

turadi.  U ikki varaqdan iborat.  Uning tashqi varag'i  umurtqa pog'onasini 

ichidan qoplagan suyak pardani hosil qiladi. Ichki varag'i esa yuqorida  katta 

teshik chekkasiga birikib, bosh miya qattiq pardasiga o'tib ketadi. Pastda qattiq 

parda  II-III dumg'aza umurtqalari sohasida yopiq qopchiq shaklida tugaydi va 

8 sm uzunlikdagi oxirgi ipga davom etadi. Oxirgi ip  II dum umurtqasigacha 

davom etib, suyak pardaga birikib ketadi. Umurtqa pog'onasini qoplagan suyak 

usti pardadan qattiq parda  epidural bo'shliq 



(cavitas epiduralis) 

vositasida 

ajrab  turadi.  Bu  bo'shliqda yog'  to'qimasi bo'lgan yumshoq biriktiruvchi 

to'qim a va ichki umurtqa vena chigallari joylashgan.  Qattiq parda zich tolali 

biriktiruvchi to'qim adan iborat bo'lib,  qon tomir va nervlarga boy.  Qattiq 

parda orqa miya ildizlari va nervlarini o'rab,  umurtqalararo teshikka kirib



suyak  usti  pardaga  birikib  ketadi.  Bundan  tashqari  orqa  miyaning  qattiq 

pardasidan chiquvchi ko‘p sonli fibroz tolalar umurtqa pog'onasining orqa 

bo'ylama boylamiga birikadi.  Orqa miyaning qattiq pardasining ichki yuzasi 

to‘r pardadan  ingichka subdural bo'shliq 



(cavitas  subduralis) 

bilan  ajrab 

turadi. Yuqori tomonda bu bo'shliq kalladagi shu nomli bo'shliq bilan qo'shilsa, 

past tomonda II dumg'aza umurtqasi sohasida yopiq holatda tugaydi.

Orqa  miyaning  to 'r  pardasi 

(arachnoidea  spinalis) 

yupqa  plastinka 

ko'rinishiga  ega.  T o 'r  parda  qattiq  pardaning  ichida  joylashib,  u  bilan 

umurtqalararo teshik sohasida birikadi. To'r parda ichida orqa miya, orqa miya 

ildizlari, otning dumi  va orqa miya suyuqligini saqlab turuvchi qopni hosil 

qiladi. T o'r parda yupqa, ammo pishiq.  Uning asosini retikulyar biriktiruvchi 

to'qima hosil qiladi, qon tomirlari yo'q. To'r parda ostida joylashgan yumshoq 

pardadan  to 'r parda  osti bo'shlig'i 



(cavitas  subarachnoidalis) 

bilan  ajrab 

turadi. Bu bo'shliqda orqa miya suyuqligi joylashadi. Yuqorida bu bo'shliq bosh 

miyaning shu nomdagi bo'shlig'iga o'tib ketadi.  Pastga tomon to 'r parda osti 

bo'shlig'i kengayib, orqa miya nervlari ildizlarini o'rab turadi.

Orqa miyaning yumshoq pardasi 



(pia mater spinalis) 

orqa miyaga yopishib 

turadi. U kollogen tolalar va qon tomirlarga boy. Orqa miyaning subaraxnoidal 

bo'shlig'i  orqa  miyani  o'ng va  chap  tomondan  ushlab  turuvchi  yumshoq 

parda qatlamlaridan hosil bo'lgan  tishli boylamlar 

(ligamenta denticulatum) 

vositasida oldingi va orqa qismlaiga bo'linadi. Bu qatlamlarbir tomondan оща 

miyaning  yon  yuzasiga  oldingi  va  orqa  ildizlar  o'rtasiga biriksa,  ikkinchi 

tom onda to 'r  pardaga, so'ngra u bilan birga qattiq pardaga birikadi va orqa 

miyani o'rta holatda ushlab turadi.  Bu boylam boshlanishida yaxlit bo'lib, 

so'ng 20-30 ta tishga ajralib ketadi. Bu boylamning yuqori tishi katta  teshik 

sohasida,  pastkisi  esa XII  ko'krak va  I  bel  nervlarining  ildizlari  sohasida 

joylashgan.

Orqa miya suyuqligi subaraxnoidal bo'shliqda joylashgan bo'lib,  miqdori 

120-140 ml.  U toza  va tiniq  suyuqlik bo'lib,  solishtirma og'irligi  1,005 ga 

teng.  Uning tarkibidagi tuzlar qon plazmasi miqdoriga teng bo'lib,  miqdori 

oqsil moddalar miqdori plazmadagidan 10 marta  kam. Orqa  miya suyuqligi 

mexanik ahamiyatga ega bo'lib, orqa miyani tashqi ta’sirlardan saqlaydi va 

miya to'qimasi modda almashuvida ishtirok etadi.

Orqa miyaning hamma pardasi bola hayotining birinchi yilida sezilarli 

o'zgaradi. Yoshga qarab ular qalinlashadi  va uzayadi.  Orqa miyaning qattiq 

pardasi  dumg'aza kanalida  bola qancha yosh bo'lsa, shuncha past joylashgan. 

Yangi tug'ilgan bolada uning pastki uchi III- dumg'aza umurtqasiga to'g'ri 

keladi.  Epi- va subdural bo'shliqlar yangi tug'ilgan bolada yaxshi ko'ringan 

bo'lib, yoshga qarab kattalashadi. Yangi tug'ilgan bolada subaraxnoidal bo'shliq 

hajmi 40 sm3. Bolalarda bu bo'shliq hajmi nisbatan tez kattalashib,  5 yoshda 

60 sm3, 


8 yoshda esa 100-140 sm3ga yetadi.

Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin