N erv tizim in in g filo g e n e z i
Bir hujayrali sodda organizmlarda (amyoba) nerv tizimi bo'lmaydi.
Ularda tashqi muhit bilan aloqa oiganizmning ichi va tashqarisida joylashgan
suyuqlik vositasida bo'ladi (gumoral boshqarish). Keyinchalik nerv tizimi
hosil bo'lganidan so'ng, gumoral boshqarish uning ta ’siriga o'tib, neyro-
gumoral boshqarish paydo bo'ladi.
Nerv tizimi filogenezda bir nechta bosqichni o'tadi:
I bosqich to'rsim on nerv tizimi. Bu bosqichda nerv tizimi (gidra)
nerv hujayralaridan tashkil topgan bo'lib, ulami o'simtalari bir-biri bilan
qo'shilib to 'r hosil qiladi. Bunday hayvonlarda ikki xil hujayra: Ektodermada
joylashgan retseptor hujayralar va ichkarida joylashgan effektor hujayralar
tafovut qilinadi. Tanani qaysi joyiga ta ’sir qilinsa ham, ichki hujayralar
qo'zg'aladi va tirik oiganizm harakat qiladi.
II bosqich tugunli nerv tizimi. Umurtqasiz hayvonlarda nerv hujayralar
to'planib, nerv tugunlarini hosil qiladi va «tugunli nerv tizimi» paydo
bo'ladi. Nerv o'simtalarining to'planishidan nerv dastalari hosil bo'ladi.
Bunda nerv o'simtalari m a’lum bir yo'nalishga ega bo'ladi. Nerv dastalari
tugunlami ikki yo'nalishda: ko'ndalangiga- segmentlar ichida, bo'ylamasiga
- har xil segmentlar o'rtasidagi tugunlami bir-biriga qo'shib turadi. Shuning
uchun ulaming ma’lum nuqtalaridagi ta’sir ma’lum segment sohasiga tarqaladi.
Nerv tugunlari hayvonlami bosh qismida ko'proq to'plangan bo'lib sezgi
a’zolari bilan bog'lanadi.
III bosqich naysimon nerv tizimi. Umurtqali hayvonlarda nerv hujayralari
bir-biri bilan bog'lanib uzluksiz nerv tizimchasini hosil qiladi. Uning ichida
bo'shlig'i bo'ladi. Bu bosqichda nerv tizimi bir xil segmentlardan iborat
bo'lib, neyronlaming o'simtalari m a’lum bir segmentga tegishli sohaga
tarqaydi.
Nerv tizimining taraqqiyoti
Odamning markaziy nerv tizimi pushtning tashqi varag'i ektodermadan
taraqqiy etadi. Pusht tanasining dorsal qismlarida ektoderm a hujayralari
nerv (medullyar) plastinkani hosil qiladi. Dastlab u bir qavat hujayralardan
iborat b o'lib, keyinchalik bu hujayralardan spongioblastlar (tayanch
to'qim a-neyrogliyani hosil qiluvchi) va nerv hujayralarini hosil qiluvchi
neyroblastlar takomillashadi. Medullyar plastinka hujayralarining ko'payishi
uning turli qismlarida har xil bo'lgani uchun u bukilib medullyar egat
hosil bo'ladi. Uning chekkalari o'sishi natijasida sekin-asta ko'tariladi va
o'zaro birikib nerv nayini hosil qiladi. Nerv nayi birikish davrida uch
qavatdan iborat bo'lib, keyinchalik ichki qavatidan qorinchalar va markaziy
kanalni ichini qoplagan ependima qoplamasi, o 'rta qavatdan miyaning
kulrang moddasi hosil bo'ladi. Tashqi qavatda hujayralar bo'lmay miyaning
oq moddasiga aylanadi. Nerv nayi markaziy nerv tizimining kurtagi bo'lib,
uning orqa qismidan orqa miya taraqqiy etadi. Nerv nayining oldingi qismi
hom ila hayotining 3 haftasi oxirida kengayib, uchta birlamchi miya
pufakchalarini hosil qiladi. Oldingi miya pufagi old tom onda oxirgi qatlam
(lamina terminalis)
vositasida yopiladi. Bu uchta birlamchi pufakchalardan
oldingi va orqadagisi homila taraqqiyotining
2 oyida ikkiga bo'linadi va bir-
biriga qo'shilgan beshta miya pufagi hosil bo'ladi. Bunda orqa miya pufagi
ko'ndalang egat yordamida uzunchoq miya
(myelencephalon)
va orqa miya
(metencephalon)
ga bo'linadi. O'rta miya pufagi o'zgarmaydi va o'z nomini
saqlab qoladi. Oldingi miya pufagi ham oraliq miya (diencephalon) va
охщр miya
(telencephalon)
ga bo'linadi. Hosil bo'lgan beshta miya pufaklari
birin-ketin biri joylashadi. Dastlab uning devori yupqa bo'lib, bir qavat
epiteliydan iborat bo'ladi. Tez orada miya pufakchalari o'sishida m a’lum
bir o'zgarish kuzatiladi. Oldingi miya pufagi tez o'sib, bo'ylam a egat
yordamida o'ng va chap yarimsharlarga bo'linadi. Yarimsharlar orqa tomonga
qarab o'sib, miyaning boshqa qismlari ustini qoplaydi. Bu orada bosh miya
qismlari o'rtasida sagittal sathda uchta bukilma hosil bo'ladi. Birinchi tepa
bukilmasi oxirgi va oraliq miya o'rtasida, ikkinchi ensa bukilmasi ortqi
miya pufagi bilan orqa miya o'rtasida, uchinchisi esa ko'prikning o'rqa qismida
bd'lib, oldinga qaragan. Keyingi davrlarda miya pufakchalari bir xil o'zgarib,
miyani alohida qismlarini hosil qiladi. Beshinchi miya pufagidan uzinchoq
miya hosil bo'ladi. Ortqi miya pufagidan rombsimon miya siqig'i
(isthmus
rhombencephali)
ajrab chiqib, undan miyachaning yuqori oyoqchalari va
yuqori miya yelkani hosil bo'ladi. Ortqi miyani ventral qismidan ko'prik va
dorsal qismidan miyacha hosil bo'ladi. Rombsimon miyaning umumiy
bo'shlig'i IV qorinchaga aylanadi. O 'rta miya sohasidagi nerv nayi tekis
o'sadi. Uning ventral qismidan miya oyoqchalari, dorsal qismidan esa o'rta
miya tomi plastinkasi hosil bo'ladi. Oraliq miya pufagi lateral devori sezilarli
darajada o'sib ko'ruv do'm bog'ini hosil qiladi. Oraliq miya pufagini yon
devorlaridan yon tomonga ko'z pufakchalari o'sib chiqadi, orqa devoridan
esa shishsimon tana (epifiz) taraqqiy etadi. Pastki devoridan kulrang tepalik,
voronka hamda gipofizning orqa bo'lagi hosil bo'ladi. Oraliq miya pufagi
bo'shlig'i III qorinchani hosil qiladi.
Oxiigi miya pufagi ikkiga bo'linganidan uning bo'shlig'i ham ikki qismga
bo'linadi. Yarimsharlar tez o'sib, sekin-asta miyani o'zidan pastda joylashgan
qismlarini ust va yon tomondan qoplaydi. Yarimsharlar devorining notekis
va tez o'sishi natijasida egatlar paydo bo'ladi.
Markaziy nerv tizimi
Orqa miya
Orqa miya
(medulla spinalis)
tashqi tomondan oldindan orqaga qarab
biroz yassilangan silindr shaklidagi tizimcha ko'rinishiga ega. Uning ko'ndalang
o'lchami kengroq. Orqa miya umurtqa kanali ichida joylashib (103-rasm), katta
teshikni pastki chekkasida bosh miyaga o'tib ketadi. Bu sohada orqa miyadan
o'ng va chap birinchi orqa miya nervlarining ildizi chiqadi.
Orqa miyaning pastki qismi torayib, miya konusini
(conus medullaris)
hosil qilib I-Il bel umurtqalari sohasida tugaydi. Undan
pastga tom on
ingichka oxirgi
ipga(filum terminate)
davom etadi. Oxirgi ipning 15 sm
cha keladigan II dumg'aza umurtqasi sohasigacha joylashgan yuqori qismi
tarkibida nerv to'qimasi bo'lib, u ichki qism deyiladi. Uning atrofida bel va
dumg'aza nervlarining ildizlari joylashgan bo'lib, orqa miya qattiq pardasidan
hosil bo'lgan yopiq qopcha bilan o'ralgan. II dumg'aza umurtqasidan pastda
oxirgi ipni
8 sm keladigan tashqi qismi joylashadi. U orqamiyani o'ragan
uch qavat pardaning davomi bo'lgan biriktiruvchi to'qim adan iborat bo'lib,
II dum umurtqasi suyak pardasiga birikib ketadi.
Orqa miyaning uzunligi katta yoshdagi odamlarda o 'rta hisobda 43 sm
(erkaklarda 45, ayollarda 41-42 sm), og'irligi 34-38 g yoki bosh miya
og'irligining 2% teng. Uning kengligi bor bo'yiga bir xil bo'lmay, bo'yin va
bel-dumg'aza qismlarida kengaygan. Bo'yin kengaymasi
(intume
centia cervicalis) C y -C ^ v a
Thr segmentlari sohasida joylashgan.
Bel-dumg'aza kengaymalari (intume centia lumbosacralis) L,
v va SI [V segmentlari sohasida loylashgan.
Bu sohalar qo'l va oyoqni innervatsiya qilishda ishtirok
etgani uchun nerv hujayralari va tolalari soni ko'p bo'ladi.
Orqa miyaning oldingi yuzasidagi oldingi o'rta yorig'
(fissura mediana anterior)
va orqa yuzasidagi orqa o'rta egat
(sulcus medianus posterior)
uni ikki simmetrik bo'lakka
ajratadi. Orqa miyaning har bir bo'lagi oldingi yon egat
(sulcus
anterolateralis)
va orqa yon egat
(sulcus posterolateralis)
vositasida uchta: oldingi, o'rta va orqa tizimchalarga ajraladi.
Yon egatlardan orqa miya nervlarining oldingi va orqa ildizlari
chiqadi. Oldingi ildiz
(radix ventralis)
orqa miyaning kulrang
moddasini oldingi shoxida joylashgan harakatlantiruvchi
hujayralarining o'simtalaridan iborat. Orqa ildizni
(radix
dorsalis)
orqa miya tugunida
(ganglion spinale)
joylashgan
sohta unipolyar hujayralaming markaziy o'simtalari hosil
qiladi. Orqa miyaning bor bo'yiga 31 juft ildiz chiqadi. Ular
103-rasm. Orqa miyaning oldingi yuzasi. 1-medulla oblongata; 2-intum escentia cervicalis;
3-fissuia mediana ventralis; 4-sul. ventrolateralis; 5-intumescentia lumbosacralis; 6-conus med
ullaris.
umurtqalararo teshikning ichki tomonida o'zaro qo'shilib, 31 juft orqa miya
nervini
(n. spinalis)
hosil qiladi. Orqa miyaning ikki juft (ikkita oldingi,
ikkita orqadagi) ildizlari o'rtasidagi qismi segment deb ataladi. Orqa miyada
31 ta:
8 bo'yin, 12 ta ko'krak, 5 ta bel, 5 ta dumg'aza va 1 ta dum segmentlari
tafovut qilinadi.
Orqa miyani ko'ndalangiga kesib ko'rganimizda (104-rasm) u ikki xil:
uning markazida uchayotgan kapalak yoki «Н» harfiga o'xshab joylashgan
kulrang modda va uni o'ragan oq moddadan iborat.
Kulrang moddani
(substantia grisea)
o'rtasida orqa miyaning markaziy
kanali
(canalis centralis)
joylashgan. U nerv nayining qoldiq bo'shlig'i
bo'lib, ichida orqa miya suyuqligi oqadi. Uning yuqori uchi IV qorinchaga
qo'shilsa, pastki uchi biroz kengayib, oxirgi qorinchani
(ventriculus
terminalis)
hosil qiladi. Markaziy kanal ependima bilan qoplangan, uning
atrofida markaziy liqildoq modda
(substantia gelatinosa centralis)
joylashgan.
Kulrang modda markaziy kanalning o'ng va chap tomonlarida simmetrik
joylashgan kulrang ustunlar
(columnae griseae)
hosil qiladi. Bu ustunlar
markaziy kanalni oldingi va orqa tomonida oldingi va orqa kulrang bitishmalar
vositasida birikkan. Har bir kulrang ustunda uning oldingi qismi-oldingi
ustun
(columna anterior)
va orqa qismi - orqa ustun
(columna posterior)
bor. Суд,, Th I X]I, L [ „ va Sn[V segmentlar sohasida yon ustunlar
(columna
lateralis)
hosil bo'ladi.
Orqa miyaning ko'ndalang kesimida kulrang modda ustunlari ikki tomonda
shoxlar shaklida bo'ladi. Unda keng oldingi shox
(cornu anterius),
nisbatan
ingichka orqa shox
(cornu
posterius)
va yon shox
(cornu lateralis)
tafovut qilinadi. Oldingi shoxda yirik harakatlantiruvchi hujayralar joylashgan.
Oldingi shoxda joylashgan hujayralar quyidagi o'zaklami: oldingi yon o'zak
(nucleus anterolateralis),
oldingi o'zak
(nucleus anterior),
oldingi
medial o'zak
(nucleus anteriomedialis),
orqadagi yon o'zak
(nucleus
posterolateralis),
orqadagi medial o'zak
(nucleus posteromedialis),
markaziy
o'zak
(nucleus centrlis)
ham da qoshimcha va diafragma nervi o'zaklam i
hosil qiladi. Orqa shoxda mayda hujayralar to'plangan bo'lib, ularda orqa
ildiz ta rk ib id a y o 'n a lu v c h i orqa m iya tu g u n i so h ta u n i p o ly ar
hujayralarining markaziy o'simtalari tugaydi. Orqa shox hujayralari oraliq
neyronni hosil qiladi. Orqa shox hujayralarining asosiy qismini uning xususiy
o'zagi
(nucleus proprius)
hujayralari hosil qiladi. Bundan tashqari orqa shoxda
104-rasm. Orqa miyaning ko'ndalang
kesmasi. 1-cornu posterius; 2-sul. me
dianus posterior; 3-sul. interm edius
posterior; 4-sul. dorsolateralis; 5-sul
cus lateralis anterior; 6-fissura mediana
ventralis; 7-commissura anterior alba;
8- com u ventrale; 9-com u laterale.
chekadagi o ‘zak
(nucleus marginalis),
dirildoq o‘zak
(nucleus gelatinosa)
va
boshqa o 'zak lar bor. Yon shoxda oraliqdagi lateral o ‘zak
(nucleus
intennediolateralis),
oraliqdagi medial o’zak
(nucleus intermediomedialis)
va
orqa ko'krak o'zagi
(nucleus thoracicus posterior)
va boshqa o'zaklar joylashgan.
Orqa miyaning oq moddasi
(substantia alba)
egatlar bUan uchta
tizimchaga ajralgan. Oldingi tizimcha
(funiculus anterior)
oldingi o'rta yoriq
bilan oldingi yon egat o'rtasida joylashgan. Oq moddada oldingi o'rta yoriqni
orqa tomonida oldingi oq bitishma
(commissura alba)
joylashgan. U o'ng va
chap oldingi tizimchalami biriktirib turadi.
Orqa tizimcha
(funiculus posterior)
orqa o'rta egat bilan orqa yon egatlar
o'rtasida joylashgan. Orqa tizimcha bo'yin va yuqori ko'krak segmentlari sohasida
oraliq egat
(sulcus intermedialis posterior)
bilan ikki: nozik dasta
(faciculus
gracilis)
va ponasim on dastaga
(fasciculus cuneatus)
bo'linadi.
Yon tizimcha
(funiculus lateralis)
esa oldingi va orqa yon egatlar o'rtasidagi
oq m oddadan iborat. Orqa miyaning oq m oddasi nerv hujayralari
o'simtalaridan iborat bo'lib, ular orqa miya o'tkazuv yo'llarini hosil qiladi.
Oldingi tizimchada asosan pastga yo'naluvchi: oldingi po'stloq-orqa miya yo'li,
retikulo-orqa miya yo'li, oldingi orqa miya-talamus yo'li, qopqoq-orqa miya
yo'li va dahliz-orqa miya yo'li o'tadi. Yon tizimcha tarkibida pastga tushuvchi
va yuqoriga ko'tariluvchi: orqa miya bilan miyacha o'rtasidagi oldingi va orqa
yo'llar, lateral po'stloq-orqa miya yo'li, qizil o'zak-orqa miya yo'li o'tadi.
Orqa tizimchada orqa miya bilan miya po'stlog'i o'rtasidagi propriotseptiv
sezgi yo'li yo'nalgan bo'lib, bo'yin segmentlari sohasida nozik va ponasimon
dastalarga bo'linadi.
Orqa miyaning taraqqiyoti
Orqa miya nerv nayining orqa qismidan taraqqiy etadi. Dastlabki davrda
nerv nayini devori bir xil qalinlikka ega bo'ladi. Keyinchalik uni yon qismlari
tez o'sib, kengaya boshlaydi. Oldingi va orqa devorlari o'sishdan qolib, asta-
sekin tez o'sayotgan yon devoriari ichiga botib kiradi. Natijada orqa va uzunchoq
miyaning oldingi va orqa o'rta egatlari paydo bo'ladi.
Nerv nayi bo'shlig'ining ich tom oni yon devorida uncha chuqur
bo'lmagan bo'ylam a chegaralovchi egatlar paydo bo'lib, nerv nayining yon
qismlarini oldingi asosiy va orqa qanotsimon plastinkalarga ajratadi. Asosiy
plastinkadan kulrang moddaning oldingi ustuni va uni o'ragan oq modda
yoki harakatlantiruvchi neyronlarining o'simtalari rivojlanadi. Qanotsimon
plastinkadan esa kulrang moddaning orqa ustuni oraliq neyronlar tanasi va
ulami o'ragan oq modda yoki orqa tizimcha, sezuvchi neyronlaming o'simtalari
rivojlanadi.
Nerv nayi bilan ektoderma o'rtasida joylashgan medulyar taroqchadan
nerv nayining birikish davrida ganglioz plastinka hosil bo'ladi. Bu plastinka
ikki simmetrik ganglioz bolishga bo'linib, nerv nayini yon tomoniga suriladi.
Keyinchalik undan orqa miya tuguni va bosh miya nervlarining sezuvchi
tugunlari hosil bo'ladi. Ganglioz bolish hujayralari, shuningdek, vegetativ
nerv tizimi periferik qismini hosil qiluvchi kurtak hamdir.
Orqa miya tugunida joylashgan neyroblastlar bipolyar hujayralar
shaklida bo'ladi. Ulaming markaziy tolalari orqa miyaga kiradi va sezuvchi
orqa ildizni hosil qiladi. Pereferik o'sim talari tashqariga yo'naladi va har
xil turdagi retseptorlam i hosil qiladi.
Homila hayotining boshlang'ich davrlarida nerv nayi tananing bor
bo'yiga cho'zilgan, keyinchalik uning kaudal qismi reduksiyaga uchraganidan
so'ng bo'lajakorqam iyani pastki qismi asta-sekin torayadi vaoxirgi ipni
hosil qiladi. Homila taraqqiyotining boshlang'ich davrida orqa miya umurtqa
kanalining bor bo'yiga joylashgan bo'ladi. U chinchi oydan boshlab orqa
miyaning o'sishi umurtqa kanalidan orqada qola boshlaydi. 4 oylik homilada
orqa miya I dumg'aza yoki V bel umurtqasi sohasida bo'lsa, 7 oylikda III-IV
bel umurtqasiga yetadi. Yangi tug'ilgan bolada II- yoki III- bel umurtqasi
pastki qirrasida bo'lsa, bir yoshda I-II bel umurtqalari sohasiga yetadi va
keyinchalik bu chegara o'zgarmaydi. Umurtqa pog'onasi va orqa miyaning
uzunligi bir-biriga mos kelmasligi natijasida nervlar yo'nalishi o'zgaradi va
bel, dum g'aza nervlaridan otning dumi hosil bo'ladi. Bo'yin va bel
kengaymalari bola hayotining birinchi yilida ancha tez takomillashadi.
Yangi tug'ilgan bolada orqa miyaning uzunligi 14-16 sm bo'lib, 10
yoshda ikki barobar uzayadi. U eniga sekin o'sib, 12 yoshda 2 marta kattalashadi
va keyingi davrlarda o'zgarmaydi. Yangi tug'ilgan bola orqa miyasi og'irligi 5,5
g bo'lib, bir yoshda 10 g, 7 yoshda 19 g va 20 yoshda 30 g bo'ladi. Orqa
miyaning markaziy kanali kattalaiga nisbatan kengroq. Bola hayotining birinchi
ikki yilida kulrang va oq moddalar massasi ko'payishi bilan birga markaziy
kanal torayadi.
Orqa miya pardalari
Orqa miya mezenximadan hosil bo'lgan uch qavat: tashqi qattiq, o 'rta
to 'r va ichki yumshoq pardalar bilan o'ralgan.
Orqa miyaning qattiq pardasi
(dura mater spinalis)
boshqa pardalarga
nisbatan qalin bo'lib, orqa miyani va uning oldingi va orqa ildizlarini o'rab
turadi. U ikki varaqdan iborat. Uning tashqi varag'i umurtqa pog'onasini
ichidan qoplagan suyak pardani hosil qiladi. Ichki varag'i esa yuqorida katta
teshik chekkasiga birikib, bosh miya qattiq pardasiga o'tib ketadi. Pastda qattiq
parda II-III dumg'aza umurtqalari sohasida yopiq qopchiq shaklida tugaydi va
8 sm uzunlikdagi oxirgi ipga davom etadi. Oxirgi ip II dum umurtqasigacha
davom etib, suyak pardaga birikib ketadi. Umurtqa pog'onasini qoplagan suyak
usti pardadan qattiq parda epidural bo'shliq
(cavitas epiduralis)
vositasida
ajrab turadi. Bu bo'shliqda yog' to'qimasi bo'lgan yumshoq biriktiruvchi
to'qim a va ichki umurtqa vena chigallari joylashgan. Qattiq parda zich tolali
biriktiruvchi to'qim adan iborat bo'lib, qon tomir va nervlarga boy. Qattiq
parda orqa miya ildizlari va nervlarini o'rab, umurtqalararo teshikka kirib
suyak usti pardaga birikib ketadi. Bundan tashqari orqa miyaning qattiq
pardasidan chiquvchi ko‘p sonli fibroz tolalar umurtqa pog'onasining orqa
bo'ylama boylamiga birikadi. Orqa miyaning qattiq pardasining ichki yuzasi
to‘r pardadan ingichka subdural bo'shliq
(cavitas subduralis)
bilan ajrab
turadi. Yuqori tomonda bu bo'shliq kalladagi shu nomli bo'shliq bilan qo'shilsa,
past tomonda II dumg'aza umurtqasi sohasida yopiq holatda tugaydi.
Orqa miyaning to 'r pardasi
(arachnoidea spinalis)
yupqa plastinka
ko'rinishiga ega. T o 'r parda qattiq pardaning ichida joylashib, u bilan
umurtqalararo teshik sohasida birikadi. To'r parda ichida orqa miya, orqa miya
ildizlari, otning dumi va orqa miya suyuqligini saqlab turuvchi qopni hosil
qiladi. T o'r parda yupqa, ammo pishiq. Uning asosini retikulyar biriktiruvchi
to'qima hosil qiladi, qon tomirlari yo'q. To'r parda ostida joylashgan yumshoq
pardadan to 'r parda osti bo'shlig'i
(cavitas subarachnoidalis)
bilan ajrab
turadi. Bu bo'shliqda orqa miya suyuqligi joylashadi. Yuqorida bu bo'shliq bosh
miyaning shu nomdagi bo'shlig'iga o'tib ketadi. Pastga tomon to 'r parda osti
bo'shlig'i kengayib, orqa miya nervlari ildizlarini o'rab turadi.
Orqa miyaning yumshoq pardasi
(pia mater spinalis)
orqa miyaga yopishib
turadi. U kollogen tolalar va qon tomirlarga boy. Orqa miyaning subaraxnoidal
bo'shlig'i orqa miyani o'ng va chap tomondan ushlab turuvchi yumshoq
parda qatlamlaridan hosil bo'lgan tishli boylamlar
(ligamenta denticulatum)
vositasida oldingi va orqa qismlaiga bo'linadi. Bu qatlamlarbir tomondan оща
miyaning yon yuzasiga oldingi va orqa ildizlar o'rtasiga biriksa, ikkinchi
tom onda to 'r pardaga, so'ngra u bilan birga qattiq pardaga birikadi va orqa
miyani o'rta holatda ushlab turadi. Bu boylam boshlanishida yaxlit bo'lib,
so'ng 20-30 ta tishga ajralib ketadi. Bu boylamning yuqori tishi katta teshik
sohasida, pastkisi esa XII ko'krak va I bel nervlarining ildizlari sohasida
joylashgan.
Orqa miya suyuqligi subaraxnoidal bo'shliqda joylashgan bo'lib, miqdori
120-140 ml. U toza va tiniq suyuqlik bo'lib, solishtirma og'irligi 1,005 ga
teng. Uning tarkibidagi tuzlar qon plazmasi miqdoriga teng bo'lib, miqdori
oqsil moddalar miqdori plazmadagidan 10 marta kam. Orqa miya suyuqligi
mexanik ahamiyatga ega bo'lib, orqa miyani tashqi ta’sirlardan saqlaydi va
miya to'qimasi modda almashuvida ishtirok etadi.
Orqa miyaning hamma pardasi bola hayotining birinchi yilida sezilarli
o'zgaradi. Yoshga qarab ular qalinlashadi va uzayadi. Orqa miyaning qattiq
pardasi dumg'aza kanalida bola qancha yosh bo'lsa, shuncha past joylashgan.
Yangi tug'ilgan bolada uning pastki uchi III- dumg'aza umurtqasiga to'g'ri
keladi. Epi- va subdural bo'shliqlar yangi tug'ilgan bolada yaxshi ko'ringan
bo'lib, yoshga qarab kattalashadi. Yangi tug'ilgan bolada subaraxnoidal bo'shliq
hajmi 40 sm3. Bolalarda bu bo'shliq hajmi nisbatan tez kattalashib, 5 yoshda
60 sm3,
8 yoshda esa 100-140 sm3ga yetadi.
|