0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63

(n.  pudendus) 

chanoq bo'shlig'idan noksimon mushak 

osti teshigi orqali chiqib,  o'tirg'ich  o'simtasining orqasidan aylanib o'tib, 

kichik o'tirg'ich teshigi orqali  o'tiig'ich-to'g'ri ichak chuqurchasiga kiradi. 

Bu chuqurchada oldinga tomon yo'naladi va undan quyidagi shoxlar chiqadi:

a)  pastki  to'g'ri  ichak  nervlari 



(nn.  rectales  inferiores) 

tashqi  teshikni 

qisuvchi mushakni va tashqi teshik sohasidagi  terini innervatsiya qiladi;  b) 

oraliq nervlari 



(nn. perineales) 

o'tirg'ich-g'ovak  tana, so'g'on-g'ovak tana, 

oraliqning  yuza va chuqur  ko'ndalang mushaklarini hamda oraliq terisini 

innervatsiya  qiladi;  d)  orqa yorg'oq  nervlari 



(nn.  scrotalis  posteriores) 

erkaklarda yoig'oqning orqa yuzasi terisini; ayollarda katta uyatli lablar nervlari 



(nn.  labiates  posteriores) 

katta  uyatli lablar  terisini  innervatsiya  qiladi. 

Uyatli nervning oxirgi shoxi olotning  (klitoming)  dorsal nervi 

(n.  dorsalis 

penis)  (clitoridis) 

shu  nomdagi  arteriya  bilan  siydik-tanosil  to'sig'idan 

o'tib olotning (klitoming) g'ovak tanasi va boshini, olot terisini,  ayollarda 

katta va kichik uyatli lablami,  oraliqning chuqur  ko'ndalang  mushagi va 

uretrani qisuvchi mushakni innervatsiya qiladi.

Dumg'aza chigalining  uzun shoxlariga son terisining orqa nervi va o'tirg'ich 

nervi  kiradi (123-rasm).

1. 


Son terisining orqa  nervi 

(n.cutaneus femoris posterior) 

noksimon 

mushak osti teshigidan pastga yo'naladi.  Sonda nerv yarimpay va sonning 

ikki boshli mushagi o'rtasidagi egatda sonning keng fassiyasi ostida yotadi. 

Nerv  shoxlari  fassiyani teshib  o'tib  sonning  orqa  medial  yuzasi  terisini


123-rasm.  Dumba  sohasi  nervlari.  1-n.gluteus  superior;  2-n.ischiadicus;  3-n.clunium  in­

ferior;  4-n.cutaneus  femoris  posterior;  5-n.gluteus 

inferior.

taqim osti chuqurchasigacha innervatsiya 

qiladi. Bu nervdan katta dumba  mushagining 

pastki chekkasidan chiquvchi nn. clunium 

inferioreslar  dumba sohasi terisini, oraliq 

shoxlari 



(rr.  perineales) 

oraliq  terisini 

innervatsiya qiladi.

2 . 


0 ‘tirg‘ich  nervi 

(n.  ischiadicus) 

odam  tanasidagi  eng katta  nerv.  Chanoq 

bo'shlig'idan nerv noksimon mushak osti 

teshigi orqali dumba  sohasiga  chiqadi va 

katta dumba mushagi ostida yotadi.

Sonda  o'tirg'ich  nervi  sonning  ikki 

boshli  mushagi  bilan  yarimpay  mushak 

o'rtasidagi egatda pastga yo'naladi. Sonning 

pastki qismida (ba’zi hollarda yuqori qismida) 

o'tirg'ich nervi ikki shoxga: medial tomonda 

joylashgan  kattaroq  katta  boldir  nervi  va 

lateral  tomondagi  ingichkaroq  umumiy 

kichik  boldir  nerviga  bo'linadi.  Sonda 

o'tirg'ich  nervi  ichki  yopqich,  egizak, 

sonning kvadrat, yarim pay,  yarim parda, 

sonning ikki boshli mushagi  uzun boshini 

va katta  yaqinlashtiruvchi mushakning orqa 

qismini innervatsiya qiladi.

Katta boldir nervi 

(n. tibialis) 

o'tirg'ich 

nervning  bevosita davomi bo'lib  (124-rasm), 

taqim osti chuqurchasini o'rtasida  fastsiya 

ostida yotadi. Taqim osti chuqurchasining 

pastki burchagida boldir mushagini lateral 

va  medial  boshi  o'rtasidan  o'tib,  boldir- 

taqim osti kanalida  pastga tomon yo'naladi. 

Kanaldan chiqqach, medial to'piq  orqasida 

lateral  va  medial  oyoq  kafti  nervlariga 

bo'linadi.

Katta  boldir nervidan boldir sohasida 

boldirning  orqa guruh mushaklariga (boldir, 

k am balasim on,  orqa  k atta  b o ldir, 

barmoqlami bukuvchi uzun, bosh barmoqni

124-rasm.  Boldir nervlari.  1-n.ischiadicus; 2-л.tibialis; 3-n.peroneus communis; 4.n.cutaneus 

surae medialis;  5-n.  cutaneus surae lateralis;  6-n.suralis.


bukuvchi uzun) mushak shoxlari 

(rr.muscularis), 

tizza bo‘g‘imiga va boldirning 

medial teri  nervi  chiqadi.  Boldirning medial teri nervi 

(n.  cutaneus  surae 

medialis) 

boldirning orqa yuzasida kichik yashirin vena bilan birgalikda joylashib, 

boldirning pastki uchdan  birida  fassiyani teshib teri ostiga  chiqadi. Bu sohada 

u lateral boldir nervi bilan qo'shilib,  boldir nervini 



(n.  suralis) 

hosil qiladi. 

Boldir nervi lateral  to'piqning  orqasidan o'tib, oyoq panjasini tashqi chekkasi 

bo'ylab  yo'naladi.  Bu  nerv  oyoq  panjasining  tashqi  chekkasi  va  kichik 

barmoqning yon tomoni  terisini innervatsiya qiladi.

Medial  oyoq  kafti  nervi 



(n.  plantaris  medialis) 

medial  oyoq  kafti 

egatida o'z nomidagi arteriya bilan  yo'nalib, kaft suyagi asosida oyoq panjasini 

ichki chekkasiga va bosh barmoq  terisiga birinchi  xususiy oyoq kafti nervini 



(n.  digitalis  plantares  proprius) 

va uchta umumiy  barmoq  nervlarini 



(n. 

digitales  plantares  communis) 

beradi.  Umumiy barmoq  nervlari barmoq 

falangalari  asosi  sohasida  ikkitadan  xususiy  kaft  nervlariga 

(n.  digitales 

plantares proprii) 

bo'linib I-IV barmoqlaming bir-biriga qaragan yuzalari 

terisini innervatsiya qiladi.

Medial oyoq kafti  nervi bundan tashqari  oyoq kafti mushaklaridan bosh 

barmoqni uzoqlashtiruvchi  va bukuvchi kalta mushak, barmoqlami bukuvchi 

kalta, birinchi va ikkinchi chuvalchangsimon mushaklami innervatsiya qiladi.

Lateral oyoq kafti nervi 

(n. plantaris lateralis) 

lateral oyoq kafti egatida 

o'z nomidagi arteriya bilan  yotadi va IV kaft suyagi oralig'ining proksimal 

uchida u chuqur va yuza shoxga  bo'linadi. Yuza shox 



(r.  superficialis) 

barmoq kaft tomoni tashqi  yuzasi terisini innervatsiya qiluvchi  n. digitales 



plantares proprii  va umumiy barmoq nervi n.digitalis plantaris communis ga 

bo'linadi.  U esa  oyoq kaftini FV-V barmoqlari terisini bir-biriga qaragan 

yuzasini innervatsiya qiluvchi 

(n.  digitales plantares proprii) 

ga bo'linadi. 

Chuqur shox 

(r. profundus) 

suyaklararo mushaklami, 3 va 4 chuvalchangsimon 

mushakni,  bosh  barmoqni  yaqinlashtiruvchi  mushakni,  bosh  barmoqni 

bukuvchi kalta mushakning lateral boshini, oyoq kaftining kvadrat  mushagi 

va kichik barmoqni uzoqlashtiruvchi mushakni innervatsiya qiladi.

Umumiy  kichik  boldir  nervi 



(n.  peroneus  communis) 

o'tirg'ich 

nervidan  ajragandan  keyin,  lateral  tomonga  yo'nalib,  kichik  boldir 

suyagi  boshchasini aylanib o'tadi.  U uzun kichik boldir mushagi  ichida 

yuza va chuqur  kichik boldir nerviga bo'linadi.  Bo'linishdan oldin taqim 

osti  chuqurchasida  umumiy  kichik  boldir  nervidan  boldirning  lateral 

tomoni terisini innervatsiya  qiluvchi boldirning lateral teri nervi 

(n. cutaneus 

surae  lateralis) 

chiqadi.  Bundan  tashqari,  umumiy  kichik  boldir  nervi 

sonda  sonning  ikki  boshli  mushagini  kalta  boshini  va  tizza  bo'g'imi 

xaltasini innervatsiya qiladi.

Yuza  kichik  boldir  nervi 

(n.  peroneus  superficialis) 

pastga  yo'nalib 

mushak-kichik boldir kanalida  yotadi. Kanaldan o'tayotganida u uzun va kalta 

kichik boldir  mushaklariga  shox  beradi.  Boldirning  pastki  qismida  nerv 

kanaldan  chiqib  fassiyani  teshib  o'tadi va  ikki  shoxga  bo'linadi.  Birinchi 

shoxi 


n.  cutaneus  dorsalis  medialis 

oyoq  panjasi  va  bosh  barmoqning



ichki chekkasi terisini, hamda II-III bannoqlaming  bir-biriga qaragan yuzalari 

terisini innervatsiya qiladi. Ikkinchi shoxi - 



n.  cutaneus dorsalis intermedius 

oyoq  kaftining  ustki  lateral  yuzasi  bo'ylab  tushadi  va 



n.digitalis  dorsalis 

pedislarga bo'linib,  III,  IV va V bannoqlaming bir-biriga qaragan yuzasi 

terisini  innervatsiya qiladi.

Chuqur  kichik  boldir  nervi 



(n.  peroneus  profundus) 

suyaklararo 

pardaning oldingi yuzasi bo'ylab oldingi katta boldir arteriyasi  bilan birga 

oyoq  kafti  ustiga  chiqadi.  Birinchi  kaft  oralig'ining  distal  uchida  ikki 



(nn.digitalis dorsalis) 

ga bo'linib,  I va II barmoqlaming bir-biriga qaragan 

yuzasi terisini innervatsiya qiladi.  Chuqur  kichik boldir nervining mushak 

shoxlari  oldingi katta boldir, barmoqlami yozuvchi  uzun, bosh barmoqni 

yozuvchi  uzun,  barmoqlami  yozuvchi  kalta va bosh barmoqni  yozuvchi 

kalta mushaklami hamda boldir-tovon bo'g'imi xaltasini innervatsiya qiladi.

Oyoq terisini innervatsiya qilishda bel va dumg'aza chigalining shoxlari 

ishtirok etadi. Dumba sohasi terisini bel va dumg'aza orqa miya nervlarining 

orqa shoxlarining  lateral teri tarmoqlari bo'lgan ustki va o'rta dumba nervlari 

(nn. clunium superiores et medii) innervatsiya qiladi.

Son  sohasi  terisini  tanosil-son,  yopqich,  son,  sonning  orqa teri  nervi 

shoxlari innervatsiya qiladi.

Boldir terisini  son,  katta boldir,  umumiy kichik boldir nervi  shoxlari 

innervatsiya qiladi.

Oyoq  panjasining  ust  tomonini  yuza  va  chuqur  kichik  boldir  nervi 

shoxlari,  oyoq  kafti  terisini  esa  medial  va  lateral  kaft  nervlari  shoxlari 

innervatsiya qiladi.

Periferik nervlaraing tarqalish qonuniyatlari

1. Nervlar markaziy nerv tizimi joylashgan o'rta chiziqdan yon tomonga 

qarab tarqaladi.

2. Tananing tuzilishi ikki tomonlama simmetriyaga asoslangani uchun 

nervlar juft bo'lib simmetrik yo'naladi.

3. Tananing metamer tuzilishiga mos ravishda nervlar segmentar tuzilishni 

saqlaydi.

4.  Nervlar miyadan chiqqan joydan a’zogacha qisqa yo'l bilan boradi. 

Agar  a’zo  o'zining  hosil  bo'lgan joydan  surilsa,  nerv  ham uning  ketidan 

yo'naladi 



(n. phrenicus).

5. Mushaklar nervi orqa miyaning shu miotomlariga  mos segmentlardan 

chiqadi.

6.  Agar  mushak bir nechta miotomdan  hosil  bo'lsa,  bir nechta  nerv 

bilan innervatsiya qilinadi (qorinning keng mushaklarini qovuig'alararo nervlar 

va bel chigali shoxlari innervatsiya qiladi).

7. Yuza (teri) nervlar teri osti venalari bilan, chuqur nervlar esa arteriya, 

vena va limfa tomirlari bilan tomirli-nervli dastalar hosil qiladi.

8.Tomirli-nervli dastalar tarkibidagi nervlar bukiluvchi yuzalarda yotadi


Bosh  miya  nervlari 

(nn  craniales) 

bosh  miya  asosidan  chiquvchi  12 

juft nervdan iborat.  Ular quyidagilar.

I  juft  -  hidlov  nervi  -  



nervus  olfactorius

II juft  -  ko'ruv nervi — 



nervus  opticus

III juft - ko‘zni harakatlantiruvchi nerv — nervus oculomatorius

IV juft - g'altak nervi — 

nervus trochlearis

V juft  -  uch  shoxli  nerv  — 



nervus  trigeminus

VI juft  -  uzoqlashtiruvchi  nerv — 



nervus  abducens

VII juft -  yuz nervi — 



nervus facialis

VIII juft - dahliz-chig‘anoq nervi — 



nervus vestibulocochlearis

IX juft -  til-yutqin nervi — 



nervus glossopharyngeus

X juft  -  adashgan nerv  — 



nervus  vagus

XI juft -  qo'shimcha nerv — 



nervus accessorius

XII juft  - til osti nervi — 



nervus  hypoglossus

Bosh miya nervlari tuzilishi jihatidan orqa miya nervlaridan farq qiladi. 

Bu farq bosh miya hamda kallaning taraqqiyotini tana va orqa miya taiaqqiyotidan 

boshqacha  bo'lishiga bog'liq.

12 juft bosh miya nervlarini bir nechta guruhga bo'linadi:

I guruhga uchta sezuvchi  nervlar:  I juft  -  hidlov nervi,  II juft  -ko'ruv 

nervi,  VIII juft - dahliz-chig'anoq nervi kiradi.

II  guruhga  beshta  harakatlantiruvchi  nervlar:  III  ju ft-k o 'zn i 

harakatlantiruvchi nerv, IV juft-g'altak nervi,  Vljuft-uzoqlashtiruvchinerv, 

XI juft-qo'shimcha nerv, XII juft-til osti nervi kiradi.

III guruhga to'rtta aralash nervlar: V juft - uch shoxlik nerv, VII juft - 

yuz nervi, IX juft - til yutqin va X juft - adashgan nerv kiradi.  Oxirgi guruh 

nervlar tarkibida sezuvchi,  harakatlantiruvchi va vegetativ tolalar bo'ladi, 

ammo  nervlaming  bunday bo'linishi  shartli  ravishda,  chunki  har  qanday 

harakatlantiruvchi nerv tarkibida chuqur sezgi va vegetativ tolalar bo'ladi.

Bosh miya nervlari orqa miya nervlariga o'xshab orqa va oldingi ildizlar 

yig'indisidan iborat bo'lmay, faqat oldingi yoki orqa ildizlardan hosil bo'lgani 

uchun harakatlantiruvchi yoki sezuvchi nervlar bo'ladi.  Bundan tashqari, 

bosh miya nervlarining hech qaysisi boshqa biroviga o'xshamaydi.

12 juft bosh miya nervlari taraqqiyotiga qarab bir necha guruhga bo'linadi:

I.  Oldingi miyadan taraqqiy etuvchi I va II juft nervlar.  Ular bosh miya 

o'simtalari  bo'lib,  hidlov  nervi  hidlov  miyasidan,  ko'ruv  nervi  esa  oraliq 

miyadan taraqqiy etadi.

II.  Bosh  miotomlari  bilan  aloqada taraqqiy  etuvchi  (III,  IV,  VI juft) 

nervlar.  Bu  nervlar boshning oldingi  uchta somitidan taraqqiy etgan  ko'z 

olmasi mushaklarini innervatsiya qiladi.

III. Visseral  ravoq nervlari (V, VII, IX, X juft).  Bu nervlaming tugunlari 

bo'lib ularda soxta uni polyar  hujayralar joylashgan. Ulaming taraqqiyoti 

orqa miya bilan bog'liq.  Ulaming tarkibida sezuvchi tolalardan tashqari


harakatlantiruvchi  tolalar  ham  bo‘lib,  visseral  apparat  mushaklarini 

innervatsiya qiladi. Shuning uchun ulami visseral ravoqlar nervlari deyiladi.

Vjuft I visseral  ravoq nervi. VII juft  II visseral ravoq nervi.  IX juft III 

vasseral ravoq nervi. X juft IV va keyingi ravoqlar nervi. XI juft qo'shimcha 

nerv o'z taraqqiyotida  X juft  nervdan ajrab chiqqani  uchun  shu guruhga 

kiritiladi. VIII juft nerv taraqqiyoti davrida VII nervdan ajrab chiqqan sezuvchi 

nerv  hisoblanadi.

IV. 


3-4 ta orqa miya nervlarining qo'shilishidan  hosil bo'ladigan  XII juft 

til osti nervi.

Hidlov nervi

juft,  hidlov nervi 



(nn.  olfactorius) 

burun bo'shlig'i hidlov sohasining 

shilliq pardasida joylashgan hidlov hujayralarining markaziy o'simtalaridan 

iborat.  Ular  15-20  ta  ingichka  hidlov  nervlarini  hosil  qilib,  g'alvirsimon 

suyakning  g'alvirsimon  plastinkasidan  o'tib  hidlov  piyozchasida 

(bulbus 

olfactorii) 

tugaydi.


Ko‘ruv nervi

II 


juft,  ko'ruv  nervi 

(n.  opticus) 

to 'r  pardaning  ko'r  dog'  sohasida 

ganglioz hujayralaming aksonlari to'plamidan hosil bo'ladi. Nerv tomirli va 

oqliq  pardani teshib o'tib (koz qismi), ko'z  kosasidan  (koz kosasi qismi) 

ko'ruv  nervi  kanali  orqali  (kanal ichi qismi)  kalla bo'shlig'iga  (kalla  ichi 

qismi)  chiqadi.  Miya  tubida  ikki  tomondan  kelayotgan  nervlar bir-biriga 

yaqinlashib,  o'zaro  to'liq  bo'lmagan  kesishma 

(chiasma  opticum) 

hosil 


qilib ko'ruv traktiga o'tib ketadi.

Ko'zni harakatlantiruvchi nerv

III 


juft, ko'zni harakatlantiruvchi 

nerv 


(n .  ocu lom otoriu s) 

(125- 


rasm) tarkibida harakatlantiruvchi va 

vegetativ  tolalari  bor.  Ular  -   o'rta 

miyaning  to 'rt  tepaligini  yuqori 

tepachalari sohasida, Silviy suv yo'li 

tubida joylashgan harakatlantiruvchi 

(nucleus  nerri  oculom atorii)  va 

qo'shimcha vegetativ.

Toq  mayda  hujayrali  (Perlia) 

vegetativ  o'zak kiprikli mushakni 

innervatsiya qiladi. Ko'zni harakat­

lantiruvchi nerv miya oyoqchalari­

n in g   (Y akub ov ich ) 

(n u c le u s

125-rasm.  Ko'zni  harakatlantiruvchi  nerv.

1-nucleus n.  oculomotorii; 2-nucleus accesso­

rius;  3-n.oculomotorius;  4-sinus  cavemosus; 

5-fissura orbitalis superior; 6-r.superior, 7-r.infe- 

rior;  8-parasimpatik qismi  9-ganglion ciliare.


oculomatorius  accesorius) 

o'zaklaridan  boshlanadi.  Juft  yirik  hujayrali 

somatik o'zak ko'z olmasi  mushaklarini innervatsiya qiladi.  Juft mayda 

hujayrali  vegetativ  o'zak  ko'z  qorachig'ini  toraytiruvchi  mushakni 

innervatsiya  qiladi.  medial  yuzasidan  chiqadi.  U  oldinga  yo'nalib,  ko'z 

kosasining yuqori tirqishi orqali ko'z kosasiga  kiradi va ikki shoxga bo'linadi. 

Ustki  shox 

(r.  superior) 

sof  harakatlantiruvchi  bo'lib,  ustki  qovoqni 

ko'taruvchi  mushak 

(m.levator  palpebrae  superior) 

va  ko'zning  yuqori 

to'g'ri mushagini 

(m.rectus superior) 

innervatsiya qiladi.

Pastki shox 

(r. inferior) 

aralash.  Uning harakat tolalari ko'zining pastki 

va medial to'g'ri mushaklami 

(mm.rectus inferior et medialis) 

hamda pastki 

qiyshiq mushakni 

(m.ob!iquus inferior) 

innervatsiya qiladi. Vegetativ tolalari 

pastki shoxtarkibidan chiqib,  kiprikli tugungaboradi.

G'altak nervi

IV 


juft,  g'altak  nervi 

(n.  trochlearis) 

(126-rasm) harakatlantiruvchi nerv.  Uning 

bitta  harakatlantiruvchi  o'zagi 

(nucleus 

n.trochlearis) 

o'rta miya tomi ostida  pastki 

tepachalar  sohasida joylashgan. Nerv miya 

asosidan yuqorigi miya yelkanining lateral 

tomonidan  chiqadi  va  miya  oyoqchasini 

tashqi  tomonidan  aylanib  o'tib  oldinga 

yo'naladi.  Nerv  kalla  bo'shlig'idan  ko'z 

kosasining yuqori tirqishi orqali ko'z  kosasiga 

kiradi va ko'zning ustki qiyshiq mushagini 

(m.obliquus superior) 

innervatsiya  qiladi.



Uch shoxli nerv

juft,  uch  shoxli  nerv 



(n.  trigem inus) 

aralash  nerv.  Uning 

harakatlantiruvchi  tolalari  ko'prikda  joylashgan 

(nucleus  motorius  n. 

trigemeni) 

o'zakdan  boshlanadi.  Sezuvchi  tolalari  uch  shoxli  nervning 



tugunida(ganglion trigeminale) 

joylashgan  soxta uni polyar  hujayralaming 

markaziy o'simtalari bo'lib, ular ko'prik 

(nucleus pontinis nervi trigemeni), 

orqa miya yo'li 



(nucleus spinalia nervi trigemeni) 

va o'rta miya yo'li 



(nucleus 

mesencephalicus  nervi  trigemeni) 

o'zaklarida  tugaydi.  Bu  hujayralaming 

periferik  o'simtalari  yuz,  peshona,  chakka  sohasi  terisi,  burun  bo'shlig'i, 

tilning oldingi 2/3 qismi, tishlar, ko'zning  kon'yunktivasi shilliq pardasida 

tugaydi.  U ch  shoxli  nerv  miya  asosidan  ikki  ildiz  (sezuvchi  va 

harakatlantiruvchi)  hosil  qilib  ko'prik bilan  miyachaning  o'rta  oyoqchasi 

orasidan chiqadi.  Uning sezuvchi ildizi 

(radix sensoria) 

harakatlantiruvchi 

ildiziga 

(radix  mctGria) 

nisbatan qalin.  Uch shoxli  nerv oldinga va biroz 

tashqariga yo'nalib, chakka suyagi piramidasini oldingi yuzasidagi uch shoxli

126-rasm.  G‘altak  nervi.  1-nucle­

us  n.  trochlearis;  2-n.trochlearis; 

3-sinus  cavemosus;  4-fissura  orbit­

alis superior.


nerv botiqligida joylashgan  uch shoxli nerv bo'shlig'i (cavum trigeminale) 

ichiga kiradi. Uning ichida uch shoxli nerv tugunini 



(ganglion trigeminale) 

(Gasser tuguni) hosil qiladi. Bu tugun yarimoysimon shaklda bo'lgani uchun 

yarimoysimon  tugun 

(ganglion  semilunare) 

deb  ham  ataladi.  Uch  shoxli 

nervning harakatlantiruvchi ildizi tugunning pastki tomonidan o'tib, nervning

III  shoxi  tarkibiga  kiradi.  Tugundan  uch  shoxli  nervning uchta shoxi:  1) 

ko'z nervi;  2)  ustki jag'  nervi;  3)  pastki jag'  nervi chiqadi.

Ko'z nervi 



(n. ophtalmicus) 

tugundan boshlanib, ko'z kosasining yuqori 

tirqishi orqali ko'z kosasiga kiradi.  Ko'z kosasiga kirgunicha undan miya qattiq 

pardasiga 



(r. meningeus) 

chiqib miyacha  chodiriga tarqaladi. Ko'z nervi ko'z 

kosasida peshona,  ko'z  yoshi  va burun-  kiprikli  nervlarga bo'linadi:

1.  Ko'z yoshi nervi 



(n. lacrimalis) 

ko'z kosasining lateral devori bo'ylab 

yo'naladi.  Uning  shoxlari  ko'z  yoshi  bezini,  ko'zning  lateral  burchagi, 

yuqorigi qovoq terisini va kon'yunktivasini innervatsiya qiladi.  Nerv ko'z 

yoshi beziga kirishdan oldin yonoq nervidan qo'shuvchi tola 

(r.communicans 

cum.  n.  zygomaticus) 

oladi.


2. Peshona nervi 

(n. frontalis) 

ko'z  kosasining ustki devori ostida yotib 

ikki  shoxga  bo'linadi:  a)  ko'z  kosasining  ustki  nervi 

(n.  supraorbitalis) 

o'z nomidagi o'yma orqali chiqib  medial 



(r.medialis) 

va lateral 



(r.lateralis) 

shoxlarga bo'linadi.  Bu nerv peshona terisini innervatsiya qiladi. b) g'altak 

usti  nervi 

(n.  supratrochlearis) 

ko'z  olmasining  ustki  qiyshiq  mushagi 

ustidan o'tib,  burun ildizi,  peshonani pastki qismi, ustki qovoq,  ko'zning 

medial burchagi terisini va kon'yunktivani innervatsiya qiladi.

3. Burun-kiprikli nerv 

(n.nasociliaris) 

ko'zning medial  to'g'ri vaustki 

qiyshiq mushaklari o'rtasidan yo'nalib quyidagi shoxlarga bo'linadi: a)  oldingi 

g'alvirsimon nervlar 



(nn. ethmoidales anterior) 

burun bo'shlig'i va peshona 

suyagi  bo'shligi  shilliq  pardasiga.  b)  burun  shoxlar 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin