0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi


I.Icbki  analizatoriaming  po'stloqdagi  markazlari



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63

I.Icbki  analizatoriaming  po'stloqdagi  markazlari

1. Harakat analizatorining o'zagi markaz oldi pushtasi va yarimshaming 

ichki yuzasidagi markaz yon bo'lagida 

(lobulus paracentralis) 

joylashgan. Bu 

sohada harakat analizatori o'zagi hujayralari po'stloqning o'rta qismlarida yotadi. 

Uning  chuqur  qavatlarida  (5-6  qavat)  katta  piramida  (Bets)  hujayralari 

joylashgan.  Ulami I.P. Pavlov po'stloqni po'stloq osti markazlari, bosh miya 

nervlarining  o'zaklari  va  orqa  miyaning  oldingi  shoxlari  bilan  qo'shuvchi 

oraliq neyron deb hisoblaydi. Markaz oldi pushtada odam tanasining qismlari 

boshi pastga, oyog'i yuqoriga qaragan holatda joylashgan. O'ng markaz tananing 

chap tomonini, chap markaz esa o'ng tomonini boshqaradi, chunki piramida 

o'tkazuv yo'li uzunchoq va orqa miyada kesishadi.  I ana mushaklan, hiqildoq va 

halqum mushaklari ikkala yarimshami ta’sin ostida bo'ladi.

2. Bosh va ko'zni bir vaqtda qarama-qarshi tomonga harakatmi ta’minlovchi 

analizatoming o'zagi o'rta peshona pushtasining orqa qismida (harakat oldi 

zonasi,  9  soha)  joylashgan.

3.  M a’lum  bir  maqsad  uchun  qilinadigan  harakatlar  analizatorining 

o'zagi o'naqaylarda chap yarimshaming  pastki tepa bo'lakchasining 



gyrus 

supramarginalis 

sida joylashgan.  Bunday murakkab harakat odam hayotida 

bir turdagi ishni ko'p qaytarishi,  tajriba markaz oldi pushtasi bilan chekka 

usti pushtasi  o'rtasida  hosil bo'ladigan vaqtincha  aloqalar natijasida hosil 

bo'ladi.  Bu  markaz  shikastlanganda  mushak harakati  buzilmaydi,  ammo 

odamning  m a’lum  bir  maqsad  bilan  qiladigan  harakati  yo'qoladi.  Buni 

apraksiya deyiladi. Bu markaz bir tomonlama, chapaqaylarda o'ng yarimsharda 

o'naqaylarda faqat chap yarimsharda bo'ladi.

4 .Ichki a’zolar, qon tomirlaming silliq mushaklaridan ta’sir olib keluvchi 

analizatoming  markazi  harakat  markazi  oldida  (

6,  8  sohalar)  joylashgan 

bo'lib, markazdan qochuvchi yo'llar po'stloq osti vegetativ markazlariga boradi.



II.Tashqi  ta’siriarni  qabul  qiluvchi  analizatoriaming 

po‘stloqdagi  markazlari

1. 


Sezgi analizatorining markazi markaz orqa pushtada joylashadi. Odam 

tanasi qismlari xuddi harakat markazidagidek boshi pastda, oyog'i yuqorida 

joylashgan.  Bu sohada po'stloqning og'iz va qo'l retseptorlari yaxshi taraqqiy 

ctgani uchun po'stloqning ulaiga tegishli qismlan katta bo'ladi.



2.  0 ‘ng va chap ustki tepa  bo‘lakianda teri sezgisini bir turi, buyumlami 

yopiq ko‘z bilan paypaslab bilish — 



stereognoziya 

markazi joylashgan.  Bu 

markaz jarohatlanganda umumiy sezgi yo'qolmagani holda yopiq ko’z bilan 

predmetlami paypaslab bilish xususiyati yo'qoladi (astereognoziya).

3. Eshituv analizatorining o'zagi ustki chakka  pushtasi o'rtasida joylashgan. 

Bu sohaning ikkala yarimsharda buzilishi butunlay karlikka olib keladi.

4.  Ko'ruv analizatorining o'zagi ensa bo'lagining ichki yuzasidagi 

sulcus 

calcarinus 

sohasida  joylashgan.  Bitta markazda  bir ko'zning lateral yarmi 

va  ikkinchi  ko'zning  medial  yarmini  to 'r  pardasi  proyeksiyasi  bo'ladi. 

Shuning  uchun  butunlay  ko'r  bo'lib  qolganda  ko'ruv  analizatori  ikki 

tomonda shikastlangan bo'ladi.  Ko'ruv markazidan sal yuqoriroqda (17 va

18  sohalarda)  ko'rgan  narsani  eslab  qolish  sohasi  joylashgan  bo'lib,  u 

jarohatlanganda odamning ko'rgan narsani eslab qolish xususiyati yo'qoladi. 

Pona  pushtasidagi  19  -  sohada  yangi  sharoitga  moslashuv  bo'lib,  u 

shikastlanganda bu xususiyat yo'qoladi.

5.Hidlov  analizatorining  o'zagi  chakka  bo'lagining  pastki  yuzasidagi 

ilmoq,  qisman gippokamp  sohasida joylashgan.

6. Maza bilish analizatorining o'zagi hidlov va maza bilish sezgilari bir-biri 

bilan uzviy bog'liq bo'lgani uchun hidlov markaziga yaqin joylashgan. Ammo 

markaz orqa  pushtasining pastki  qismlari jarohatlanganda ham odamning 

maza bilish faoliyati buziladi. Yuqorida aytib o'tilgan po'stloq markazlari miya 

po'stlog'ining ma’lum bir sohalarida joylashgan bo'lib, ularga ta’sirlar tashqi 

va ichki muhitdan keladi. Bu ta’sirlar turli xil sezgi va sezgilar to'plami sifatida 

qabul qilinadi va ulami  I.P. Pavlov  birinchi signal tizimi deb ataydi. Bu tizim 

hayvonlarda ham bo'ladi. Bundan tashqari, odam so'zlash, fikrlash xususiyatiga 

ega bo'lganidan keyin, unda  ikkinchi signal tizimi paydo bo'ladi. Ontogenezda 

odamda aw al birinchi signal tizimi markazlari, so'ngra ikkinchi signal tizimi 

markazlari paydo bo'ladi. Ikkinchi signal tizimi markazlarining taraqqiyoti va 

takomillashuvi tashqi  muhitga,  turmush  sharoitiga bog'liq.  Ikkinchi signal 

tizimi  paydo  bo'lishi  uchun  bola  boshqa  odamlar  bilan  aloqada  bo'lishi, 

so'zlashni va yozishni  o'rganishi kerak.  So'zlash jarayoni murakkab bo'lib, 

uni bajarishda butun po'stloq qatnashadi,  ammo m a’lum bir sohalar asosiy 

bo'ladi.  Bu sohalar so'z analizatorlarining o'zaklari hisoblanadi.

Ikkinchi signal tizimi markazlari

1.  So'z  bo  'g'inlarining  harakat  analizatori  o'zagi  pastki  peshona 

pushtasining  orqa  qismida  (44  -  soha,  Brok  pushtasi)  joylashgan  bo'lib, 

harakat  markazining pastki  qismiga yaqin  turadi.  Bu yerda  so'z bo'g'ini, 

so'zlam i  hosil  qilishda  ishtirok  etadigan  lab,  til,  hiqildoq  mushaklaridan 

keladigan  qo'zg'alishlar tahlil qilinadi.  Bu  markaz jarohatlanganda  odam 

har xil  tovushlar  chiqaradi,  ammo  ulardan  so'z  hosil  qila  olmaydi.  Buni 

harakat afaziyasi deyiladi. 44 sohaning  oldida 45 soha joylashgan bo'lib, u 

jarohatlanganda odam so'zlardan gap tuza olmaydi. Buni agramatizm deyiladi.

2.  Og'zaki so'zlashning  eshituv  analizatori o'zagi  eshituv  a ’zosi bilan 

bog'liq bo'lgani  uchun,  eshituv  analizatoriga yaqin joyda,  yuqori  chakka


pushtasining  orqa  qismida  (42  -  soha,  Vemeke  markazi)  joylashgan.  Bu 

markaz yordamida odam so'zlash vaqtida  tovush past balandligini tartibga 

solib  turadi va boshqa odamni  tushunadi.  Agar u jarohatlansa,  odamning 

tovushni eshitish qobiliyati yo'qolmagan holda, so'zlami tushunish qobiliyati 

yo'qoladi. Buni so'z soqovligi yoki 

sensor afaziya 

deyiladi.

3.  Odam  o'z taraqqiyotida  faqat  so'zlashni  emas,  balki  yozishni  ham 

o'rgangan.  Harflami yozish qo'lning m a’lum bir harakatini talab qiladi, bu 

esa umumiy harakat  analizatori bilan bog'liq.  Shuning uchun yozma so'zning 

harakat analizatori o'zagi o'rta peshona pushtasining orqa qismida markaz oldi 

pushtaga yaqin joylashgan.  Bu  analizatoming  faoliyati  qo'lni  m a’lum bir 

m aq sad   b ila n   q ilin a d ig a n   h a ra k a ti  m ark azi  (40  —  so h a 



gyrus 

supramarginalis) 

bilan  bog'langan.  U  markaz jarohatlanganda umumiy 

harakat yo'qolmaydi, ammo qo'lning harflami yoki shakllami yoza oladigan 

nozik harakatlari yo'qoladi. Bu holatni agrafiya deyiladi.

4. Yozma so'zning  ko'ruv analizatori o'zagi pastki tepa bo'lagida (gyrus 

angularis 39 soha) joylashgan bo'lib,  ko'ruv analizatori bilan bevosita bog'liq. 

Bu markaz jarohatlanganda,  odamni ko'rish qobiliyati yo'qolmagan holda, 

o'qish qobiliyati yo'qoladi.  Bu holni aleksiya deyiladi.  Odamning ikkinchi 

signal sistemasi markazlari ikkala yarimsharda bo'ladi,  lekin bir tomonda 

ko'proq taraqqiy etgan  (o'naqaylarda chap tomonda,  chapaqaylarda o'ng 

tomonda)  bo'ladi.

Analizatoriaming  po‘stloq  markazlari  taraqqiyoti

1. Harakat analizatorining o'zagi 7-10 yoshlarda takomillashib bo'ladi.

2.  M a’lum maqsad bilan qilinadigan harakat 

(praksiya) 

markazi yangi 

tug'ilgan chaqaloqda bo'lmaydi. Bola hayotining birinchi ikki yilida oldingi 

markaziy pushta bilan aloqa,  uch yoshlarda  esa m a’lum bir maqsad bilan 

harakat markazi paydo bo'ladi.

3.  Sezgi  analizatori  sohasida po'stloq  sitoarxitektonikasi ikki yoshda 

kattalamikiga o'xshash tuzilishga ega bo'ladi.

4.  Buyumlami paypaslab bilish 



(stereognoziya) 

analizatori o'zagi bola 

hayotining 2-4 yoshlarida to'liq  hosil bo'ladi.

5. Yangi  tug'ilgan  chaqaloq eshituv analizatori  o'zagi shartli reflektor 

faoliyatiga moslashgan bo'ladi. 2-3 yoshlarda ikkinchi signal sistemasi rivojlanadi 

va markaz takomillashadi.

6. Yangi tug'ilgan chaqaloq ko'ruv  analizatori o'zagining sitoarxitektonikasi 

kattalamikiga o'xshagan bo'ladi.  Keyingi davrlarda o'zak tarkibi tashqi muhit 

ta’sirida takomillashib boradi.

Ikkinchi signal tizimi analizatorlarining markazlari taraqqiyoti quyidagicha 

bo'ladi:

1. So'z bo'g'imlarining harakat analizatori  (Brok pushtasi) uch yoshlarda 

takomillashadi.

2. Yozma so'zning harakat analizatori 7 yoshda paydo bo'ladi.



3. Og‘zaki so'zlashning eshituv analizatorini o‘zagi bola hayotining birinchi 

yilida takomillashadi.

4. Yozma so'zning ko'ruv analizatori 7 yoshgacha paydo bo'ladi.

Bosh  miya  yarimsharlarining  oq  moddasi

Bosh  miya  yarimsharining  ust  tomondan  qoplagan  po'stloq  ostida  oq 

modda  qatlami  yotadi.  Yarimshaming  oq  moddasi  bir-biri  bilan  kesishib 

joylashgan, vazifasi, yo'nalishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o'xshamagan 

nerv tolalaridan iborat. Bu nerv tolalarini uch asosiy tizimga  ajratish mumkin.

Assotsiativ  tolalar  bitta  yarimshaming  turli  qismlarini  bir-biri  bilan 

bog'laydi.  Agar  assotsiativ  tolalar  miya  po'stlog'ida  bir  nerv  hujayrasini 

boshqa bir hujayra bilan bog'laganda po'stloqdan tashqariga chiqmasa, uni 

intrakortikal assotsiativ tolalar deyiladi. Agar tolalar po'stloqdan tashqariga 

oq  moddaga  chiqib boshqa sohadagi  po'stloq hujayralari bilan bog'lansa, 

ekstrakortikal tolalar deyiladi.  Ekstrakortikal tolalar ikki guruhga:  qisqa va 

uzun tolalarga bo'linadi. Qisqa tolalar yonma-yon turgan ikkita pushtani bir- 

biri bilan bog'laydi va yoy shaklida bo'lgani uchun yoysimon tolalar 

(fibrae 

arcuatae) 

deyiladi.  Uzun  tolalar  yarimsharlaming  bo'laklarini  bir-biri 

bilan bog'lab bir necha tutamni hosil qiladi:

1.  Ustki  bo'ylama  tutam 



(fasciculus  longitudinalis  superior) 

peshona 


bo'lagining ustki lateral yuzasi po'stlog'ini ensa,  tepa va chakka bo'lagining 

orqa qismi bilan bog'lab turadi.

2.  Ilgaksimon  tutam  

(fasciculus  uncinatus) 

yarimsharlar  peshona 

bo'lagining pastki  oldingi yuzasini  chakka bo'lagining oldingi  qismi bilan 

qo'shadi.

3.  Belbog' 

(cingulum) 

peshona bo'lagining  medial  yuzasi  po'stlog'ini 

tepa bo'lakning medial yuzasi va chakka bo'lak po'stlog'ining orqa qismiga 

bog'laydi.

4.  Pastki  bo'ylama  tutam 

(fasciculus  longitudinalis  inferior) 

chakka 


bo'lagining ostki yuzasi po'stlog'ini ensa bo'lak po'stlog'i bilan qo'shadi.

Komissural  tolalar  har  ikki  yarimshardagi  bir  xil  qismlami  bir-biri 

bilan  bog'laydi.  Ular  uch  sohada  to'planib,  oldingi  bitishma,  gumbaz  va 

qadoq tanani hosil qiladi.

Oldingi  bitishma 

(comissura  anterior) 

tarkibida  2,4-4,16  mln.  nerv 

tolalari bo'lib,  yarimsharlaming hidlov sohalarini  o'zaro qo'shib turadi.  U 

ikki qismdan iborat.  Oldingi qismi yupqa  bo'lib, hidlov uchburchagi kulrang 

moddasini o'zaro bog'laydi. Orqa qismi katta bo'lib, chakka bo'lagining oldingi 

medial  qismi  po'stlog'ini  biriashtirib  turadi.  Oldingi  bitishma 

6  oylik 

homilada buralgan tizimchaga o'xshaydi.  Bola hayotining birinchi 

6 yilida 

uning oldingi va  orqa qismlarining nisbati bir xil bo'ladi.  7 yoshdan so'ng 

uning orqa qismi yaxshi taraqqiy etadi.

Qadoq tana 



(corpus  collosum) 

bir yarimshardan ikkinchi yarimsharga 

o'tuvchi ko'ndalang tolalardan iborat.  U qalin bukilgan plastinka shaklida


bo'iib,  quyidagi  qismlari  tafovut  qilinadi.  Uning  oldingi  qismi  (tizzasi) 

(genus corporis collosi) 

yarimsharlaming peshona bo‘laklarini o'zaro bog'lab 

turadi.  Tizza  pastga  yo'nalib,  tumshuq 

(rostrum  corporis  callosi) 

va 


chegaralovchi plastinkani 

(lamina terminalis) 

hosil qiladi.  Qadoq tananing 

o'rta qismi poyasi 

(truncus corporis  collosi) 

ikkala yarimshaming tepa va 

chakka bo'laklari po'stlog'ini o'zaro bog'laydi.  Qadoq tananing poyasi orqa 

tomonda kengayib,  qadoq tana qayishini 



(splenium  corporis  collosi) 

hosil 


qiladi.  U yarimsharlaming ensa bo'laklari po'stlog'ini o'zaro bog'laydi. Qadoq 

tananing tarkibida 200—250 mln. nerv tolalari joylashgan.

Qadoq  tana  filogenezda  ancha  kech  paydo  bo'lib,  u  yangi  tug'ilgan 

chaqaloqda  kattalaiga nisbatan ensiz va qisqa bo'ladi. Uning uzunligi 45 mm, 

kengligi 2,5-3 mm. 5 yoshda u uzayadi va kengayadi. 20 yoshda  kattalamikiga 

o'xshash  ko'rinishga  ega bo'ladi.

Gumbaz 

(fornix) 

qadoq tana ostida yotadi.  Uning oldingi qismi gumbaz 

ustunlari 

(cohmma fomicis) 

pastga va tashqi tomonga yo'nalib, so'rg'ichsimon 

tanada tugaydi. Ular o'zaro ko'ndalang gumbaz bitishmasi 

(comissura fomicis) 

vositasida birikkan.  Gumbazning o'rta qismi  tanasi 



(corpus fornicis) 

orqa 


tomonga yassi  gumbaz  oyoqchasi 

(crus fornicis) 

hosil qilib gippokampga 

birikadi.  Gumbaz tolalari yarimshaming chakka bo'lagini oraliq miya bilan 

qo'shadi.  Gumbaz ustunlari bilan qadoq tana tizzasi va tumshug'i o'rtasida 

yupqa parda -tiniq to'siq 

(septum pellicidum) 

tortilgan. U parallel joylashgan 

ikki  varaqdan  iborat  bo'lib,  ichida  tiniq  suyuqlik  bilan  to'lgan  bo'shlig'i 

(cavum  septi  pellicidi) 

bor.


Proyeksion tolalar  miya po'stlog'ini,  shu po'stloqdan pastda turuvchi 

qismlar  va  orqa miya bilan bog'laydi. Bu tolalar bajaradigan vazifasiga ko'ra 

ikki turga:  1.T a’simi tashqaridan miya po'stlog'iga olib keluvchi.  2. Javobni 

miya po'stlog'idan ish bajaruvchi a’zolarga olib boruvchi tolalaiga bo'linadi. 

Proyeksion  tolalar  assotsiativ  va  komissural  tolalar  bilan  birikib  ketgan 

bo'lib, faqat ichki kapsula sohasida ulardan ajraladi.

Ichki  kapsula 

(capsula  interna) 

burchak  hosil  qilib  bukilgan  oq 

moddadan iborat keng qatlam.  Uni tashqi tom ondan  yasmiqsimon o'zak 

chegaralasa,  ichki tom ondan dumli o'zakning boshi (oldinda)  va talamus 

(orqada) chegaralaydi.  U uch qismdan: ichki kapsulaning oldingi oyoqchasi 

(cru s  an terior  cap su lae  in tern ae) 

dum li  o 'z a k   bosh chasi  bilan 

yasmiqsimon  o'zak  o'rtasida,  orqa  oyoqchasi 

(crus  posterior  capsulae 

internae) 

yasmiqsimon o'zak bilan talamus o'rtasida joylashgan.  Bu  ikki 

qismining o'zaro qo'shilgan joyi ichki kapsulaning tizzasi 

(genu capsulae 

internae) 

deyiladi.  Ichki kapsula barcha proyeksion tolalar uchun darvoza 

vazifasini bajaradi.

Bola hayotining birinchi  oyida  nerv hujayralari yarimsharlar yuzasida 

bo'Lmay, balki oq modda ichida ko'p bo'ladi.  Shuning uchun bola 2 yoshga 

to'lgunicha oxirgi miya kesmalarida nerv tolalarida mielin pardasi yo'qligi 

uchun  oq  va  kulrang  moddalami  ajratish  qiyin  bo'ladi.  U   ikki  yoshdan 

keyin paydo bo'ladi va miya ichki tuzilishi kattalamikiga  o'xshab ketadi.



Bosh miya  yarimsharlarida umng ustini qoplagan po'stloqdan tashqari 

kulrang  m oddalar  ham  bo'ladi.  Ular  yarimshaming  oq  moddasi  ichida 

alohida  o'zaklar  shaklida joylashgani  uchun  ulam i  markaziy  yoki  miya 

asosi  (bazal)  o'zaklari  deb  ataladi.  Bazal  c'zaklarga  quyidagilar  kiradi: 

(113-rasm)  1)  targ'il  tana;  2)  ixota;  3)  bodomsimon  twia.

Targ‘il  tana 



(corpus  striatum) 

ikkita  yirik:  dumli  vs  yasmiqsimon 

o'zaklardan  iborat  bo'lib,  miya  kesmalaridn  cq  va  k u ln n g   hoshiynlar 

ko'rinishida bo'ladi.

Dumli o'zak 

(nucleus caudatus) 

yasmiqsimon o'zakdan yuqoriroq va 

ichki tomonda joylashib,  undan ichki xaltaning oldingi oyoqchasi vositasida 

ajrab  turadi. 

0 ‘zakning  oldingi qismi  kengaygan bo'lib,  boshchasi 

(caput 

nuclei caudati) 

deyiladi.  TJ yon qorinchaning oldingi shoxini tashqi devorini 

hosil  qiladi.  O'zakning orqa toraygan qismi -  dumi 

(cauda nuclei caudati) 

pastga qarab burilib,  yon  qorinchaning pastki  shoxini ustki devorini hosil 

qilib,  bodomsimon  tanagacha  yetib  boradi.  Dumli  o'zak ichki tomondan 

ko'ruv  bo'rtig'idan 



stria  terminalis 

bilan  chegaralanib  turadi.  O'zakning 

o'rta qismi-tanasi 

(corpus nuclei caudati) 

tepa bo'lagi ostida yon qorinchaning 

markaziy qismini pastki devorini hosil qiladi. Oldingi tomonda dumli o'zakning 

boshi yasmiqsimon  o'zak qobig'i bilan birikadi. Orqa tomonda bu o'zaklar 

o'zaro  ichki  kapsulaning  oq tolalari vositasida  qo'shiladi va  targ'il tanani 

hosil qiladi.

Yasmiqsimon  o'zak 

(nucleus  Ientiformis) 

dum li  o'zak  va  ko'ruv 

bo'rtig'idan tashqarida joylashib, ulardan ichki kapsula vositasida ajralib turadi. 

Yasmiqsimon o'zak bir-biriga parallel yo'nalgan oq qatlam yordamida uch 

bo'lakka bo'linadi. Bu bo'laklaming tashqisi 

to 'q kulrang bo'lib,  qobiq 



(putamen) 

deb 


ataladi.  Ichkarida joylashgan rangsizroq ikki 

qismi  rangpar  shar 



(globus  paUidus) 

deb 


ataladi.  Rangpar  shar  o'zin ing   makro- 

mikroskopik tuzilishiga ko'ra, qobiq va dumli 

o'zaklardan farq qilishi va filogenez jihatdan 

ulardan eski bo'lgani uchun, uni 



pallidum, 

dumli o'zak va qobiqni 



striatum 

deb ataladi.

Hozirgi  vaqtda  dum li  va  yasmiqsimon 

o'zaklar  birgalikda  striopalidar  tizim  deb 

ataladi. Bu tizim ekstrapiramida tizimining 

asosiy  qismi  ham da  issiqlik  va  uglevod 

almashinuvini  boshqaruvchi  oliy vegetativ 

faoliyatlar  markazi hisoblanadi.

113-rasm .  Bosh  miyaning  gorizontal  kesmasi.  1-genu  corporis  callosi;  2-caput  nuclei 

caudati;  3-claustrum;  4-putam en;  5-globus  paUidus;  6-capsula  interna;  7-com u  posterius 

ventriculi  lateralis;  8-thalamus;  9-splenum  coiporis callosi.


Ixota (to'siq) 

(claustrum) 

orolcha sohasida, qobiq bilan orolcha po‘stlog‘i 

orasida joylashgan, yupqa kulrang modda qatlamidir. U qobiqdan tashqi kapsula 

(capcula externa) 

bilan, orolcha po‘stlog‘idan esa eng tashqi kapsula 



(capcula 

extrema) 

vositasida ajralib turadi.

Bodomsimon tana 

(corpus amigdoloideum) 

chakka bo'lagining uchida 

qobiq ostida joylashgan bir nechta o'zaklardan iborat bo'lib, ular tuzilishiga 

qarab bir-biridan farq qiladi.  Bodomsimon tana po'stloq osti hidlov markazi 

vazifasini bajaradi.

Bazal o'zaklar yangi  tug'ilgan chaqaloqda  yaxshi ko'rinadi.  Ularning 

rivojlanishi po'stloqqa nisbatan tez. Bola ikki yoshga to'lgunicha ulaming uzunligi

2 marta o'sadi.  Bu davrda  dumli o'zakning kengligi 2 marta, yasmiqsimon 

o'zakniki 3 marta kattalashadi. Ularning shakli kam o'zgaradi va 5 yoshdan 

keyin  hajmi  sekin  o'sadi.  Bola  tug'ilgan  vaqtdan  to  katta bo'lgunicha 

yasmiqsimon  o'zak balandligi 30%, dumli o'zakniki esa 60 % kattalashadi.

Yon  qorincha

Yon qorincha 



(ventriculus lateralis) 

juft bo'lib,  har bir yarimshaming 

ichida joylashgan. Yon qorincha bo'shlig'i murakkab tuzilishga ega bo'lib, 

uning qismlari yarimshaming barcha bo'laklari (orolchadan tashqari) ichida 

joylashgan. Yon qorincha to'rt qismdan iborat.  Uning markaziy qismi tepa 

bo'lagida, oldingi shoxi peshona bo'lagida, orqa shoxi ensa bo'lagida, pastki 

shoxi esa chakka bo'lagida joylashgan.

Yon qorinchaning markaziy qismi 



(pars centralis) 

gorizontal joylashib, 

ust tom ondan qadoq tana tolalari qoplab turadi.  Uning tubini dumli o'zak 

tanasi va talamusning dorsal yuzasi, medial devorini esa gumbaz tanasi hosil 

qiladi.

Yon qorinchaning  oldingi shoxi 



(cornu  anterior) 

pastga va tashqariga 

qarab bukilgan bo'lib, peshona bo'lagida joylashgan. Uning medial  devorini 

tiniq  to'siq 



(septum  pellicidum) 

hosil  qiladi.  Oldingi  shoxni  lateral  va 

qisman  pastki  devori  dumli  o'zakning  boshi  bilan,  qolgan  qismlari  esa 

qadoq tana tolalari bilan chegaralangan.

Yon  qorinchaning pastki  shoxi 

(cornu  inferior) 

chakka bo'lagi  ichida 

joylashgan.  Uning lateral, qisman ustki devorini yarimshaming oq moddasi 

hosil qiladi.  Ustki devorini hosil qilishda dumli o'zakning dumi ham ishtirok 

etadi.  Uning medial  devorida dengiz oti egati botib kirishidan hosil bo'lgan 

qavariq 


(hippocampus) 

yotadi.  Uning uchi qalinlashib, mayda egatlar bilan 

bo'laklarga, dengiz oti barmoqlariga 

(digitationes hippocampi) 

bo'lingan. 

Gippokampning ichki tomoniga gippokamp  gajimlari 

(fimbria hippocampi) 

birikkan.  Pastki  shoxning  tubida  aylanma  egatning  botib  kirishidan  hosil 

bo'lgan tepacha -  

eminentia  collateralis 

yotadi.


Yon  qorinchaning  orqa  shoxi 

(cornu  posterior) 

ensa  bo'lagiga  botib 

kirib,  hamma tom ondan oq modda  gilam (tapetum) bilan o'ralgan. Uning 

ichki devorida, pix egatining botib kirishidan hosil bo'lgan qush pixi 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin