0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi


-rasm.  Tractus  spino-cerebellaris  ante-.  .  117-rasm.  Tractus  spino-cerebellaris  pos-



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63

116-rasm.  Tractus  spino-cerebellaris  ante-.  .  117-rasm.  Tractus  spino-cerebellaris  pos- 

rior.  1-orqa  miya  tuguni.  2-I-neyron;  3-II- 

terior.  1-orqa  miya  tuguni;  2-I-neyron; 

neyron;  4-III-neyron. 

'  ' 

3-II-neyron;  4-III-neyron.

uning tolalari bir qismi chuvalchangda o‘zaro  kesishadi.  Orqa miya bilan 

miyacha o'rtasidagi o'tkazuv yo'llar tananining muvozanatini va harakatini 

muvofiqlashtirib  turadi.  Orqa  miya  bilan  miyacha  o'rtasidagi  yo'llar 

jarohatlanganda miyacha buzilishi ro'y beradi.



Efferent o'tkazuv yo'llari

Harakatlantiruvchi  o'tkazuv yo'llar bosh miyaning turli  markazlaridan 

harakat va sekretor a’zolaiga impulslami olib boradi. Harakatlantiruvchi o'tkazuv 

yo'llar ikki  neyrondan iborat.  Ular qisqa va uzun yo'llarga bo'linadi.  Qisqa 

harakatlantiruvchi o'tkazuv yo'llar yarimsharlar po'stlog'i bilan bosh miyaning 

bazal o'zaklari va so'g'on qismlarini bog'lab turadi.  Ulaiga: ko'ruv yo'lining 

bir  qismi  bo'lgan,  ko'ruv  analizatorining  ko'ruv  bo'rtig'i  bilan  bog'lovchi 

(tractus corticothalamicus) 

peshona va tepa bo'lagi po'stlog'ini  targ'il tana 

bilan bog'lovchi 

(tractus  corticostriatus) 

ko'ruv  bo'rtig'i yostiqchasi  bilan 

dumli o'zak,  targ'il tanava gipotalamik soha o'rtasidagi bog'lanishlar  kiradi.

Uzun harakatlantiruvchi yo'llanga bosh miya 

po'stlog'i hujayralari va ekstrapiramida tizimi 

o'zaklaridan boshlanib,  bosh  miya pog'onasi 

va  orqa  miyada  tugaydigan  piramida  va 

ekstrapiramida yo'llari kiradi.



1.P o'stloq -orq a  miya  yo'li  -  tractus 

corticospinalis 

(118- rasm)

I neyron miya po'stloqning harakat zonasi 

markaz  oldi pushtasi,  markaz yon bo'lagi  va 

peshona pushtalarining orqa qismi po'stlog'ining 

beshinchi  qavatida joylashgan yirik piramida 

hujayralardan iborat. Ulaming aksonlari ichki 

kapsulaning  orqa  oyoqchasining  oldingi  2/3 

qismidan o'tadi. So'ngra po'stloq-orqa miya yo'li 

miya oyoqchasi asosining o'rtasi, ko'prikning 

v en tral  qism i  va  u zu n ch o q   m iyaning 

piramidasidan  o'tadi.  Uzunchoq  miyaning 

pastki  qismida  orqa  miyaga  kirishdan  oldin 

piramida yo'li ikki dastaga bo'linadi. Katta qismi 

tolalari  kesishib,  piram ida  kesishmasini 

(decussatio  pyramidium) 

hosil qiladi. Qolgan 

qismi kesishmasdan orqa miyaga o'tib ketadi.

Kesishgan  tolalar  orqa  miyaning  yon 

tizimchasiga o'tib, lateral po'stloq-orqa miya 

yo'lini 


(tractus corticospinalis lateralis) 

hosil 


qiladi va shu tomondagi oldingi shoxda tugaydi.

II

  neyron  oldingi  shoxning  harakat 

hujayralari.  Ulaming  aksonlari  oldingi  ildiz,

118-rasm.  Tractus  corticospina­

lis.  1-I-neyron;  2-tractus  corti- 

co-spinalis  anterior;  3-tractus 

corticospinalis lateralis; 4-II-ney- 

ron.


so'ng orqa miya neivlari  tarkibida skelet mushaklariga boradi. Lateral piramida 

yo'li asosan qo‘l va oyoq, qisman tana mushaklarini innervatsiya qiladi.

b) kesishmagan tolalar  orqa miyaning oldingi tizimchasiga o'tib oldingi 

po'stloq-orqa miya yo'lini 



(tractus corticospinalis anterior) 

hosil qiladi. Bu 

yo'l bo'yin va ko'krak qismlarda har bir segmentda kesishib, qarama-qarshi 

tomondagi oldingi shoxga o'tib harakatlantiruvchi hujayralarda tugaydi.

II neyron oldingi shoxning harakat hujayralari aksonlari orqa miya nervlari 

tarkibida mushaklaiga boradi. Piramida yo'li po'stloqdan mushaklarga boruvchi 

ixtiyoriy harakat impulslarini o'tkazadi. Piramida yo'li targ'il tana, ko'prik va 

to 'r  formatsiya  hujayralari  bilan  bog'langan.  To'r  formatsiya  ixtiyoriy 

haiakatlardagi shartsiz reflekslarga tormozlovchi ta’sir ko'rsatadi.  Piramida 

yo'li paralichi  paylar va suyak usti parda reflekslarini oshishi va mushaklar 

gipertoniyasi  bilan  kechadi.  Harakat  markazlari  va piramida yo'lining 

kesishmasigacha bo'lgan sohada shikastlanish ro'y bersa,  tananing qarama- 

qarshi  tomonda  paralich  ro'y  beradi.  Orqa  miyaning  oldingi  tizimchasi 

shikastlansa, qo‘l-oyoqlar va tana mushaklarida palaj ro'y bermaydi, chunki 

harakat lateral piramida yo'li hisobiga boshqarib turiladi.

Barcha po'stloq orqa miya yo'li kesishgan bo'lib,  har bir yarimshaming 

po'stlog'i qarama-qarshi tomon mushaklari faoliyatini boshqaradi.

II. 


Miya  po'stlog'i  bilan  miya  o'zaklari  o'rtasidagi  yo'l  - 

tractus 

corticonuclearis 

(119-rasm).

neyron markaz oldi pushtaning pastki qismi 



po'stlog'ini V qavati piramida hujayralari, ulaming 

ak sonlari  ichki  x altan in g   tizzasi,  miya 

oyoqchalarining asosidan o'tadi. Yo'lning bir qismi 

kesishib Silviy suv yo'li atrofidagi o'zaklar 



(nucleus 

n.oculomotorius va nucleus n.trochlearis) 

tugaydi. 

Yo'lning  bir  qismi  tolalari  o'z  tomonidagi  shu 

nomli  o'zaklarda  tugaydi.  Shu  o'zak  hujayralari 

ikkinchi  neyronni  hosil  qilib 

n.oculomotorius 

tarkibida ko'zning ustki, pastki, ichki to'g'ri, pastki 

qiyshiq va yuqori qovoqni ko'taruvchi mushaklarga, 

n.trochlearis 

tarkibida esa yuqori qiyshiq mushakka 

boradi.

Kortiko-bulbar  yo'lning  bir  qismi  kesishib 



ko'prik sohasida V,VI,VII juft bosh miya nervlaming 

harakatlantiruvchi zaklarida tugaydi. Bu o'zaklar 

hujayralaridan  boshlangan  ikkinchi  neyron  uch 

shoxli nerv tarkibida ichki va tashqi  qanotsimon, 

chakka,  chaynov, jag'-til  osti,  tanglay  chodirini, 

hamda nog'ora pardani taranglovchi va ikki qorinli 

mushakning oldingi qorinchasiga boradi.

Uzoqlashtiruvchi nerv tarkibida ko'zning lateral



4-lll-qjsm i;  5-  Il-neyron! 

to'g'ri mushagiga. Yuz nervi tarkibida ikki qorinli



119-rasm.Tractus  cortico­

n u clea ris.  1 -I-n ey ro n ;

2 - l - n i R m i *  

11 -  n i s m i  •


mushakning  orqa  qorinchasiga,  bigiz-til,  uzangi,  mimika  mushaklari  va 

bo'yinning teri osti mushagiga boradi.

Kortiko-bulbar yo'lning  bir qismi uzunchoq miyaga borib kesishadi va 

IX,  X,  XI,  XII juft bosh  miya  nervlarining harakatlantiruvchi o'zaklarida 

tugaydi.  Ikkinchi neyron shu o'zaklar hujayralaridan boshlanib, til-yutqin 

nervi  tarkibida  bigizsimon-halqum  mushagiga,  Kortiko-bulbar  yo'lning 

buzilishi odatda markaziy palaj yoki parez holatida uchraydi. Agarda bosh 

miya nervlaming o'zaklarida yoki nervlaridajarohatlanish ro'y bersa, periferik 

palaj yoki farez holati yuz beradi.

Ekstrapiramida yo'llari

Filogenez nuqtayi nazardan ekstrapiramida yo'li piramida yo'liga nisbatan 

qadimiy hisoblanadi.  Ekstrapiramida tizimi ixtiyordan  tashqari avtomatik 

harakatlarini boshqarib, mushaklar tonusini qo'llab turadi.  Ekstrapiramida 

tizimi tarkibiga dumli o'zak, yasmiqsimon o'zak qobig'i,  rangpar shar, qora 

modda, qizil o'zak, uzunchoq miya olivasi va to'r formatsiya kiradi.

Ekstrapiramida tizimi tarkibiga kiruvchi bazal o'zaklaming nerv tolalari 

ulami o'zaro bog'lab qolmay, bosh miya po'stlog'i va orqa miya bilan ham 

bog'laydi.  Ahamiyati katta ekstrapiramida yo'llariga 

quyidagilar  kiradi.

Qizil o'zak bilan orqa miya o'rtasidagi yo‘1 - 

tractus rubrospinalis (

120-rasm).

Asosiy ekstrapiramida yo‘li bo'lib, ixtiyordan 

tashqari avtomatik harakatlami boshqaradi.

I  neyron  o 'rta   miyaning  qizil  o'zagi 

hujayralari.  Ulaming  aksonlari  o'rta  miyaning 

qopqoq sohasida Forel kesishmasini hosil qilib

qarama-qarshi  tomonga  o'tadi.  So'ng  tashqi 

tomonga og'ib, orqa miyaning yon tizimchasiga 

yo'naladi  va  shu  tomondagi  oldingi  shoxning 

harakatlantiruvchi hujayralarida tugaydi.

II 


n e y ro n  

o ld in g i 

sh o x n in g  

h arak atlantiru v ch i  hujayralari.  U larning 

aksonlari oldingi ildiz, so‘ng orqa miya nervlari 

tarkibida mushaklarga boradi. Rubro-spinal  yo‘1 

faoliyat  jihatidan  miyacha,  oraliq  miya  va 

y a rim s h a rla m in g   bazal  o 'z a k la r i  bilan  

bog'langan.  Bu yo‘1 orqali bazal o ‘zaklar orqa 

miyaga  o ‘z  ta ’sirini  o‘tkazadi.  Rubrospinal 

yo'lning  bir  qismi  tolalari  uch  shoxli  va  yuz 

nervlarining harakat o‘zaklariga yo'naladi.  Bu 

yo

‘1 shikastlanganda mushaklar tonusi oshib,  Us  'f-nTcieJmber; 



ayrim guruh mushaklarida ixtiyordan tashqari 

eron;  3-II-nyeron.

harakatlar paydo bo'ladi.  Bu hoi ko'pincha qovoqlaming,  bosh va yelka 

kamari mushaklarining qisqarishi sifatida paydo bo'ladi.

Tananing harakat faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etuvchi asosiy 

yo'llardan biri dahliz-orqa miya yo'li 



(tractus  vestibulospinalis) 

dir.  Bu yo‘1 

vestibulyar apparat o'zaklarini orqa miyaning oldingi shoxlari bilan bog'lab, 

muvozanat buzilganida tananing tiklanish reaktsiyalarini boshqaradi.

Bu yo'lning birinchi neyroni dahliz chig'anoq nervining lateral (Deytens 

o'zagi)  va  pastki  vestibulyar  o'zaklari  hujayralari.  Ulaming  aksonlari 

kesishmasdan  qisman  orqa  miyaning  yon  tizimchasidan,  qisman  oldingi 

tizimchasidan o'tib, oldingi shoxning harakatlantiruvchi o'zaklarida tugaydi.

II  neyron oldingi shoxni harakatlantiruvchi hujayra aksonlari oldingi ildiz 

tarkibida mushaklarga boradi. Vestibulospinal yo'l ko'zni harakatlantiruvchi 

nerv o'zagi bilan bog'langan bo'lib, u orqali ko'z harakatiga ta’sir ko'rsatadi. 

Uning  jarohatlanishi  bosh  aylanish  ko'ngil  aynishi,  qusish,  vestibulyar 

ataksiya va nistagmga olib keladi.

Tekto-spinal  yo'l 



(tractus  tectospinalis) 

mushaklaming  ko'rish  va 

eshitish impulslariga harakat reaktsiyasini  boshqaradi.  Bu  yo'lning birinchi 

neyroni to'rt tepalikning ustki va pastki tepachalarida joylashgan po'stloq osti 

eshitish va ko'rish o'zaklari hujayralari. Ulaming aksonlari o'rta miyada qisman 

kesishgandan so'ng orqa miyaning oldingi tizimchasi taikibida oldingi shoxning 

harakat o'zagida tugaydi.

II 


neyron oldingi shoxning harakatlantiruvchi hujayra aksonlari oldingi 

ildiz tarkibida mushaklarga boradi.



Periferik nerv tizimi

Periferik nerv tizimi tarkibiga bosh va orqa miya nervlari, bosh va miya 

nervlarining  sezuvchi  tugunlari  va ulaming shoxlari kiradi.  Uning asosini 

bosh va orqa miyada  hamda nerv tugunlarida joylashgan nerv hujayralarining 

o'simtalari hosil qiladi. Ular impulslami periferiyadan markazga (sezuvchi), 

markazdan tana mushaklariga (harakatlantiruvchi), markazdan ichki a’zolarga, 

qon tomirlar va bezlarga olib boruvchi (vegetativ) tolalardan iborat.

Nervlar bosh va orqa miya, shuningdek nerv tugunlarida joylashgan nerv 

hujayralarining o'simtalaridan iborat. Ular tashqi tomondan tarkibida kollogen 

va elastik tolalari bo'lgan yumshoq biriktiruvchi to'qimali parda - epinevriy 

bilan o'ralgan. Unda qon, limfa tomirlar,  ulami innervatsiya qiluvchi nervlar 

va yog' hujayralari joylashgan.  Epinevriy ostida yupqa parda-perinevriy bilan 

o'ralgan  nerv  dastalari  joylashadi.  Nerv  dastalari  o'z  navbatida  yupqa 

biriktiruvchi to'qimali parda - endonevriy bilan o'ralgan nerv hujayralarining 

o'simtalari yig'indisidan iborat. Periferik nerv tuzilishida ikki xil variant tafovut 

qilinadi:  l.Kam  dastali  nerv  ingichka  bo'lib,  kam  sonli  yirik  dastalardan 

tuzilgan, dastalarda tolalar zich joylashgan bo'ladi. 2.Ko'p dastali nerv yo'g'on, 

uni hosil qiluvchi dastalar kichik, nerv tolalari bo'sh joylashgan. Nervlardagi 

nerv tolalarining miqdori nervning qalinligi va innervatsiya sohasiga bog'liq.


Masalan, yelkaning o‘rta qismida tirsak nervi  13.000-18.000 toladan,  oraliq 

nerv 19.000-32.000, mushak-teri nervi 3.000-12.000 tolalardan iborat bo‘ladi. 

Nervlar harakatlantiruvchi,  sezuvchi va aralash bo'ladi.  Harakatlantiruvchi 

nervlar  (nervus  motorius)  orqa  miyaning  oldingi  shoxi  va  bosh  miya 

nervlarining harakatlantiruvchi o'zaklarida joylashgan harakatlantiruvchi hujayra 

o'simtalaridan  iborat.  Sezuvchi  nervlar  (nervus  sensorius)  bosh  miya 

nervlarining  sezuvchi  tugunlari  va  orqa  miya  tugunida joylashgan  hujayra 

o'simtalaridan tashkil topgan. Odam organizmidagi ko'pchilik nervlar aralash 

bo'ladi,  ular sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalardan iborat.

Vegetativ nervlar va tolalar orqa  miyaning  yon shoxlari va bosh miya 

vegetativ o'zaklarida joylashgan hujayra o'simtalaridan iborat.

Orqa miya nervlari

Orqa miya nervlari 



(nn. spibales) 

ofqa.miyadan chiquvchi ikki ildizdan 

hosil bo'lgan nerv poyalaridan iborat. Ular juft bo'lib, metamer joylashgan. 

Odamda 31 juft orqa miya nervlari bo'lib, 

8 ta bo'yin,  12 ta ko'krak, 5 ta bel, 

5 ta dumg'aza va 1  ta  dumnervlariga bo'linadi.  Orqa miya nervlari aralash 

tolalardan iborat ba'Hb, tarkibida. Sezuvchi т afferent va harakatlantiruvchi - 

efferent tolalari bo'ladi. Orqa miya nervlarining  orqa ildizi (sezuvchi) 



(radix 

posterior) 

orqa  miya  tugunida joylashgan  soxta  uni polyar  hujayralaming 

markaziy  o'simtalaridan  iborat.  Oldingi  ildizi  (harakatlantiruvchi) 

(radix 

anterior) 

orqa miyahing oldingi shoxi hujayralarining aksonlaridan iborat. 

Oldingi va orqa ildizlar o'zaro qo'shilib, orqa miya nervi poyasini 

(truncus 

nervi  spinalis) 

hosil qiladi va umurtqalararo teshikdan  chiqqanidan so'ng 

to'rtta: oldingi shox 

(r.anterior), 

orqa shox 



(r. posterior), 

orqa miya  pardasiga 

boruvchi shox 

(r. memngeos) 

ga bo'linadi. Qo'shuvchi shox 



(r. communicans)

VIII  bo'yin,  barcha ko'krak va yuqorigi  ikkita bel segmentlari  sohasidan 

chiqadi.  Ular  simpatik  tugunlarga  boruvchi  preganglionar  tolalami  hosil 

qiladi. Orqa miya nervlarining oldingi va orqa shoxlari  I bo'yin nervining orqa 

shoxidan  tashqari  aralash  tolalardan  iborat.  Ular  skelet  mushaklarini  va 

terini innervatsiya qiladi. Meningial shox umurtqa kanaliga qaytib kirib, orqa 

miya pardalarini innervatsiya qiladi.-  .

Orqa  miya'nervlarining orqa shoxlari

Orqa miya nervlarining  orqa shoxlari 



.{rr.posterior) 

metamer joylashib, 

umurtqalaming ko'ndalang o'simtalari orasidan o'tib orqa tomonga yo'naladi. 

Ular (I bo'yin,  IV va V dumg'aza va dum  nervlaridan tashqari  medial 



(r. 

medialis) 

va  lateral 



(r.  lateralis) 

shoxlariga  bo'linadi.



bo'yin  nervining orqa shoxi ensa osti nervi 



(n.  suboccipitalis) 

nomi 


bilan  ensa suyagi va atlantni  o'rtasidan chiqib 

m.  rectus  capitis  major  et 

minor,  m.  semispinalis capitis,  id;  obliqui  capitis  superior et inferior 

lami 


innervatsiya qiladi.

II 

bo'yin nervining orqa 



shoAi 

katta ensa nervi 



(n. occipitalis major) I 

va

II 

bo'yin umurtqalari  orasidan  chiqib, ensa terisini va 

m.semispinalis capitis, 

m.splenus capitis et cervicis,  m.longissimus capitis 

iarni 

innervatsiya qiladi - 

Qolgan bo'yin, ko'krak, bel, dumg'aza va orqa miya nervlarining orqa shoxlari 

orqaning chuqur mushaklari va terisini innervatsiya qiladi. Uchta ustki bel orqa 

miya nervlarining  orqa shoxlarining lateral teri tarmoqlari ustki dumba nervlarini 

(nn.  clunium  superiores) 

hosil  qilib,  dumbaning  yuqori  qismi  terisini 

innervatsiya qiladi. Uchta ustki dumg'aza  nervlarining lateral tarmoqlari o'rta 

dumba nervini 



(nn. clunium medii) 

hosil qilib, katta  dumba mushagini teshib 

chiqadi va dumba terisini innervatsiya qiladi. 

IV'- V 

dumg'aza va dum  nervlarining 

orqa shoxlari 

n. anacoccygei 

ga  qo'shilib ketadi.



Orqa  miya  nervlarining  oldingi  shoxlari

Orqa miya nervlarining oldingi shoxlari, orqa shoxlariga nisbatan uzun va 

yo'g'on. Ular bo'yin, ko'krak, qorin, qo'lva oyoq mushaklari hamda terisini 

innervatsiya  qiladi.  Qorin  terisini  pastki  qismi tashqi  tanosil  a’zolarining 

taraqqiyotida qatnashgani uchun, tashqi tanosil a’zolari  terisini ham orqa 

miya nervlarining oldingi shoxlari innervatsiya qiladi. Orqa miya nervlarining 

metamer  tuzilishi  faqat  ko'krak  qismida  saqlanib  qolgan  bo'lib,  qolgan 

qismlarda  ular o'zaro  qo'shilib  chigallar hosil  qiladi.  Bu  chigallarda nerv 

tolalari bir-biri bilan aralashib ketadi va har bir periferik  nerv tarkibida orqa 

miya  nervlarining  bir  nechta  shoxidan  keluvchi  tolalar  bo'ladi.  Odamda 

bo'yin, yelka, bel, dumg'aza va dum chigallari tafovut qilinadi.

Bo*yin  chigali

Bo'yin  chigali 



(plexus  cervicaiis) 

to'rtta  yuqori  bo'yin  (C,  -  C^) 

nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'ladi.  Chigal to'rtta  yuqori bo'yin 

umurtqalari sohasida bo'yinning chuqur  mushaklarining (kurakni ko'taruvchi, 

o'rta narvonsimon va boshning tasmasimon) oldingi lateral yuzasida, to'sh- 

o'mrov-so'ig'ichsimon  mushakning orqasida joylashadi. Uning shoxlari uch: 

sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash guruhga bo'linadi.

I.  Sezuvchi shoxlari quyidagilar:

1. Ensaning kichik nervi 

(n. occipitalis minor) 

to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon 

mushakning orqa chekkasidan chiqadi.  Mushakning orqa chekkasi bo'ylab 

yuqoriga  ko'tarilib,  ensa  sohasining  pastki  lateral  qismi  terisini  va  quloq 

suprasining  orqa yuzasi  terisini  innervatsiya qiladi.

2.  Quloq suprasi terisini innervatsiya etadigan katta nerv 



(n.  auricularis 

magnus) 

sezuvchi  shoxlaming  eng  kattasi.  To'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon 

mushakning lateral  tomonidan qiyshiq  yo'nalib,  quloq suprasi va tashqi 

eshituv yo'li terisini innervatsiya qiladi.

3.  Bo'yinning  ko'ndalang  nervi 

(n.  transversus  colli) 

to'sh-o'mrov- 

so'ig'ichsimon mushakning orqa chekkasidan chiqib, oldinga tomon ko'ndalang


yo‘nalib, yuqori va pastki shoxlaiga 

(rr.superiores et inferiores) 

bo'linadi. U 

bo'yinning  oldingi  va  tashqi  sohasi  terisini  innervatsiya  qiladi.  Nervning 

yuqori shoxlaridan bittasi yuz nervining bo'yin shoxi bilan qo'shilib, yuza 

bo'yin sirtmog'ini hosil qiladi.

4. 

O'mrov usti nervi 



(nn. supraclaviculares)  3-5 

ta bo'lib, to'sh-o'mrov- 

so'rg'ichsimon mushakni orqa chekkasidan chiqadi. Bu nervlar joylashishiga 

qarab  medial, oraliq va lateral o'mrov usti nervlariga 



(nn. supraclaviculares 

mediates,  intermedii et lateralis) 

bo'linadi.  O'mrov usti nervlari pastga va 

orqaga qarab yo'nalib, deltasimon va katta ko'krak mushagi sohasi  terisini 

innervatsiya qiladi.

2. 

Harakatlantiruvchi  (mushak)  shoxlari  chigal  atrofida  joylashgan 



mushaklami: 

m.  longus  colli,  m.Iongus  capitis,  nun.  scaleni  anterior, 

medius, posterior, mm. recti capitis anterior et lateralis, m. intertransversari 

anteriores,  m.  levator  scapulae 

innervatsiya  qiladi.

Harakatlantiruvchi  shoxlardan  radix inferior ansae  cervicalis,  til  osti 

nervidan chiquvchi radix superior bilan qo'shilib, bo'yin sirtmog'ini 



(ansa 

cervicalis) 

hosil qiladi.  Uning  shoxlari til osti suyagidan pastda joylashgan 

(to'sh-til  osti,  to'sh-qalqonsimon,  kurak-til  osti,  qalqonsimon-til  osti) 

mushaklami  innervatsiya qiladi.  Bundan tashqari bo'yin chigalidan to'sh- 

o'mrov-so'rg'ichsimon va trapetsiyasimon mushaklarga ham shoxlar chiqadi.

Aralash shoxga  diafragma nervi 



(n.  phrenicus) 

kiradi.  Bu nerv III-IV 

bo'yin nervlarining oldingi shoxlaridan hosil bo'lib, oldingi narvonsimon 

mushakning  oldingi  yuzasi  bo'ylab  pastga  tushadi.  Ko'krak  qafasining 

ustki aperturasi orqali o'mrov osti arteriyasi va venasi o'rtasidan ko'krak 

qafasiga kiradi.  Ko'krak qafasida o'pka ildizining oldidan, perikard bilan 

mediastinal plevraning o'rtasidan o'tib,  diafragmada shoxlanadi.  Uning 

harakatlantiruvchi tolalari diafragmani, sezuvchi tolalari plevra va perikardni 

innervatsiya  qiladi.  Uning  sezuvchi  diafragma-qorin  shoxlari 

(rr. 

phrenicoabdominales) 

qorin  bo'shlig'iga  o'tib  diafragmani  qoplagan 

qorinpardani  innervatsiya  qiladi.  O'ng  diafragma  nervi  tolalari  jigar 

kapsulasida tugaydi.

Yelka  chigali

Yelka  chigali 



(plexus  brachialis) 

to'rtta  pastki  bo'yin  (Cv -  C ^ ) ,  

qisman  IV bo'yin (CIV) va I ko'krak (Th,) nervlarining oldingi Shoxlaridan 

hosil bo'ladi. Narvonsimon mushaklar oralig'ida bu nervlar o'zaro qo'shilib 

uchta: ustki poya 

(truncns superior), 

o'rta poya 



(trancus medius) 

va  pastki 

poyani 

(truncus inferior) 

hosil qiladi.  Bu poyalar narvonsimon mushaklar 

oralig'idan pastga tomon yo'nalib,  o'mrov suyagiga nisbatan ikki:  o'mrov 

usti 


(pars  supraclavicularis) 

va  o'mrov  osti 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin