0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63

(calcar

avis) 

joylashgan. Yon qorinchalar oldingi shoxi sohasida joylashgan 



foramen 

interventriculare 

orqali  uchinchi  qorinchaga  qo'shiladi.

H idlov  m iyasi

Hidlov miyasi 



(rhinencephalon) 

oldingi miyaning filogenezda hidlov 

retseptorlari ta’siri ostida paydo bo‘lgan  eng qadimiy qismi.  Hidlov miyasi 

oxirgi miyaning oldingi  qismidan ichi bo'sh bo‘rtma holida paydo bo‘ladi. 

Odamda  hidlov  miyasi  ham   taraqqiy etgan.  Hidlov miyasida  markaziy va 

periferik qismlar tafovut qilinadi.  Hidlov miyasining markaziy qismi tarkibiga 

gumbaz  pushtasi  va  uning  ilmog'i 

(uncus), 

dengiz  oti 



(hippocampus), 

tishli  pushta 



(gyrus  dentatus) 

kiradi.  Periferik  qismi  -  hidlov  bo'lagi 



(lobus  olfactorius) 

deb  atalib,  miya tubida joylashgan quyidagi  qismlami: 

hidlov  so'g'oni,  hidlov  yo'li,  hidlov  uchburchagi,  oldingi  ilma-teshik 

moddani o'z ichiga oladi.



Bosh  miya  pardalari

Bosh  miya ham  xuddi orqa miyadek uchta parda bilan o'ralgan.  Bu 

pardalar  bosh miyani o 'rab  katta teshik sohasida orqa miya pardalariga 

o'tib   ketadi.  Bosh  miyaning  qattiq,  to 'r va yum shoq  pardalari  tafovut 

qilinadi.

Bosh  miyaning  qattiq pardasi 



(dura  mater  encephali) 

pishiq bo'lib, 

tarkibida kollogen va elastik tolalari bo'lgan biriktiruvchi to'qim adan iborat. 

Kalla bo'shlig'ini ichki tomondan qoplab, u kallaning miya qismi suyaklarini 

qoplovchi suyak usti parda vazifasini ham bajaradi.  Kalla qopqog'i suyaklari 

bilan u pishiq birikmagan bo'lib,  oson ajraladi.  Kalla asosi suyaklari bilan 

u choklaming chekkalari va teshiklar sohasida mustahkam birikkan.  Qattiq 

pardaning to 'r  pardaga qaragan  ichki yuzasi silliq.  Ba’zi sohalarda qattiq 

parda  bo'linib,  endoteliy  bilan  qoplangan  uchburchak  shaklidagi  vena 

bo'shliqlarini hosil qiladi. Vena bo'shliqlariga qon bosh miya va kalla suyaklari 

venalaridan  oqib  keladi.  Bosh  miyaning  qattiq  pardasi  o'zining  ichki 

yuzasidan miyaning qismlari o'rtasiga kirib,  ulam i bir-biridan ajratuvchi 

bir  nechta  o'sim talar  beradi.  Ulardan  bosh  miya  o'rog'i 

(falx  cerebri) 

yarimsharlar o'rtasidagi bo'ylama yorig'da joylashgan yupqa plastinka bo'lib, 

qadoq tanaga yetib bormaydi.  Miyacha chodiri 

(tentorium cerebelli) 

ikki 


qiyalik chodir shaklidagi gorizontal tortilgan qatlam, miya yarimsharlarining 

ko'ndalang egatiga kirib, bosh miyani miyachadan ajratadi.  Miyacha o'rog'i 



(falx  cerebelli) 

sagital yo'nalgan  bo'lib,  miyacha yarimshariari  o'rtasiga 

kiradi.Turkegari to'sig 'i, 

(diaphagma  sellae) 

gipofiz  chuqurchasi ustida 

gorizontal joylashgan,  o'rtasida  teshigi bor qatlam.  U ning ostida yotgan 

gipofiz teshikorqali gipotalam us bilan qo'shiladi.

Bosh miyaning qattiq pardasi vena bo'shliqlari uning ikki bo'linishidan 

hosil bo'lgan bo'lib,  ular orqali bosh miyadan vena qoni ichki bo'yinturuq



venaga oqadi.  Vena bo'shliqlari devori  qattiq tortilgani  hamda har  doim 

ochiq va klapanlari bo‘lmagani uchun har qanday sharoitda ham  qon erkin 

oqadi. Bosh miya qattiq pardasida quyidagi vena bo'shliqlari bor:

1. Eng katta va keng  ko'ndalang vena bo'shlig'i 



(sinus transversus).

2.  Bosh  miya  o'rog'ining  yuqori  chekkasi  bo'ylab joylashgan  yuqori 

sagittal vena bo'shlig'i 

(sinus sagittalis superior).

3. Bosh miya o'rog'ining pastki chekkasi bo'ylab joylashgan pastki sagittal 

vena bo'shlig'i 

(sinus sagittalis inferior).

4.  T o'g'ri  vena bo'shlig'i 



(sinus  rectus) 

yuqori va pastki  sagittal vena 

bo'shliqlarining orqa uchlarini qo'shib turadi.

5.  Ensa  vena  bo'shlig'i 



(sinus  occipitalis) 

ko'ndalang  va  sigmasimon 

sinuslami qo'shib  turadi.

6

.  Sigmasimon  vena  bo'shlig'i 



(sinus  sigmoideus) 

o 'z   nomidagi 

egatda yotib ichki bo'yintumq  venaga o'tib ketadi.

7. G'ovak vena bo'shlig'i 



(sinus cavemosus) 

turk egarining yon tomonida 

yotadi.

8

.  Yuqori  va  pastki  tosh  vena bo'shliqlari 



(sinus  petrosus  superior  et 

inferior) 

chakka suyagi  piramidasining  yuqori va pastki chekkalari bo'ylab 

yotadi.  Ba’zi sohalarda  qattiq parda sinuslari emissar venalar 

(v.v.emissariae) 

vositasida  boshning  tashqi  venalari  bilan,  diploik venalar 



(v.diploicae) 

kalla qopqog'i g'ovak moddasi venalari bilan anastomoz hosil qiladi.

T o'r parda 

(arachnoidea encephali) 

yupqa va tiniq bo'lib, qattiq pardadan 

subdural  bo'shliq  bilan  ajralib  turadi.  T o 'r  parda bilan  yumshoq  parda 

o'rtasida  subaraxnoidal  bo'shliq 



(cavitas  subaracbnoidale) 

bo'lib,  unda 

orqa miya suyuqligi  bo'ladi.  T o'r parda yoriqlar va egatlar orasiga kirmay 

bosh miyaning bir qismidan  ikkinchi qismiga o'tadi.  T o'r  parda keng va 

chuqur egatlaming ustida joylashganida to 'r parda osti bo'shliq kengayib, 

sistemalar hosil  qiladi:

1.  M iyacha-miya  sistemasi 

(cisterna  cerebellomedullaris) 

miya bilan 

miyacha  o'rtasida joylashib eng katta hisoblanadi.

2. Oyoqchalararo sistema 



(cisterna  interpeduncuDaris) 

miya oyoqchalari 

o'rtasida joylashgan.

3. Yon chuqurcha sistemasi 



(cisterna fossae lateralis cerebri) 

bosh miya 

yarimsharlarining lateral egati oldingi qismida joylashgan.

4.  Kesishma  sistemasi 



(cisterna  chiasmatis) 

ko'ruv  nervi  kesishmasi 

oldida joylashgan.

T o'r parda osti bo'shlig'i yon aperturalar orqali IV qorincha bilan qo'shiladi. 

Miya qattiq pardasiga yaqin joylarda to'r parda venoz sinuslariga botib kiruvchi 

o'sim talar paxion granulatsiyalar hosil qiladi.  Bu o'sim talar miya suyuqligi 

bosimini tekislab turishda va suyuqlikni vena bo'shliqlariga o'tkazib berishda 

katta ahamiyatga ega

Yumshoq parda 

(pia mater encephali) 

miyaning  tashqi  yuzasiga zich 

yopishib, ular orasidagi barcha yoriq va egatlaiga kiradi. U  bo'sh biriktiruvchi 

to'qimadan iborat bo'lib, qon tomirlaiga  boy. Ba’zi sohalarda yumshoq parda



miya qorinchalari  bo'shlig'iga kirib, orqa miya suyuqligi ishlab chiqaruvchi 

qon tomir chigallarini  hosil  qiladi.

Yangi tug'ilgan va yosh bolada  qattiq parda o'simtalari yaxshi taraqqiy 

etmagan, o'roqsimon o'simta  yupqa va tiniq  ba’zi joylarda to'iga o'xshagan 

bo'ladi. Miyacha chodiri juda yupqa bo'lsa ham unga  nisbatan  yaxshi rivojlangan. 

Ikki yoshli bolada  miya qattiq pardasi o'simtalari  qalinlashadi va tuzilish 

jihatidan kattalamikiga  o'xshash bo'ladi.  Vena sinuslari  nisbatan keng va 

ulaming  devori  yupqa,  yuqori  bo'ylama  sinus  ko'r  teshik  orqali  bumn 

bo'shlig'i venalari bilan bog'langan.  To'r pardaning paxion granulyatsiyalari 

bola bosh suyagi liqildoqlari suyaklanib bo'lganidan keyin, bola hayotining 

uchinchi 

yilida  paydo  bo'ladi.  Ular  bola  10  yoshga  yetganida  yaxshi 

takomillashgan bo'lib, kattalarda soni 300 ga yetadi. Subaraxnoidal  bo'shliq 

yangi tug'ilgan bolada uncha katta bo'lmay, hajmi 

20 sm3 bo'ladi.

Bosh  va  orqa  miya  o'tkazuv yo'llari

Bosh va orqa miyaning  o'tkazuv yo'llari  sodda va murakkab  refleks 

yoylari tarkibiga kiruvchi orqa va bosh miyada uziluvchi, yuqoriga ko'tariluvchi 

va pastga tushuvchi nerv tolalarining yig'indisidan iborat. Bu yo'llar orqa va 

bosh miyaning turli qismlarini bir-biri bilan bog'lab, miya tarkibiy elimentlari 

ichida ikki tomonlama  aloqani ta’minlab turadi. O'tkazuv yo'llar vositasida 

markaziy nerv tizimi  va organizmning birligi va uning tashqi muhit bilan 

aloqasi  boshqarilib  turiladi.  O'tkazuv  yo'llar  yordamida  ichki  va  tashqi 

qo'zg'alish  retseptorlari  qabul  qilib  olgan  markazga  intiluvchi  nerv 

impulslarini  orqa va bosh miyada  markazdan qochuvchi yo'llaiga  o'tishi 

orqali oiganizmning tashqi va ichki muhit ta’siriga  moslashuvi paydo bo'ladi, 

mushaklar qisqarib, bezlar shira ajratadi.

Refleks asosida  reflektor yoyi  yotadi.  Reflektor yoyida nerv impulsi 

120 m/sek. tezlikda yuradi.  Sodda reflektor yoyi,  odatda,  ikki neyrondan 

iborat  bo'lib,  ulardan  bittasi  sezuvchi  yuzadan  boshlansa,  ikkinchisi 

aksoni  bilan  mushaklarda  tugaydi.  Murakkab  reflektor yoyida  uchinchi 

oraliq neyron bo'lib, u sezuvchi  neyron bilan harakatlantiruvchi neyronni 

bir-biriga  bog'lab turadi.

Barcha o'tkazuv yo'llari uch guruhga bo'linadi: proyeksion, komissural va 

assotsiativ. Organizm taraqqiyotida proyeksion o'tkazuv yo'llari oldinroq paydo 

bo'lib, keyin komissural va eng so'ngida assotsiativ yo'llar paydo bo'ladi.

Assotsiativ  o'tkazuv  yo'llari  bosh  miyaning  bitta  yarimshari  kulrang 

moddasini  bir-biriga  qo'shib  turadi.  Assotsiativ  o'tkazuv  yo'llari  har  xil 

tuzilishdagi  neyronlar  zanjiridan  iborat bo'lib,  ular afferent yo'llaming 

oxirgi neyroni  bilan  efferent yo'llaming birinchi  neyroni o'rtasida oraliq 

neyron holatida joylashib, reflektor yoyini biriktirib turadi. Assotsiativ yo'llar 

uzun va qisqa tolalardan iborat bo'ladi.

Ontogenezda assotsiativ yo'llar komissural va proyeksion yo'llaiga nisbatan 

kechroq paydo bo'ladi,  ammo bola tug'ilganidan keyingi davrda tez o'sib,


mielin pardasi bo'lmaydi.  Bola hayotining ikkinchi oyidan boshlab ularda 

mielin  parda  hosil  bo‘ladi  va proyeksion  markazlar bilan  aloqalar paydo 

bo'ladi.

Komissural  o‘tkazuv  yo'llari  bir  yarimshar  po'stlog'ini  ikkinchi 

yarimshar  po'stlog'iga  qo'shib  turadi.  Komissural  o'tkazuv  yo'llar  yangi 

po'stloq markazlarini qo'shib turadigan qadoq tana va eski komissural yo'llar 

gumbaz bitishmasi, oldingi va orqa bitishmalardan iborat.

Proyeksion  o'tkazuv yo'llari

Proyeksion o'tkazuv yo'llari  bosh miya po'stlog'i bilan miya pog'onasi 

o'zaklari (qisqa proektsion yo'llar) hamda orqa miya o'zaklari (uzun proyeksion 

yo'llar)  o'rtasidagi  ikki  tomonlama  aloqani  ta’minlab  turadi.  Nerv 

impulsiarining  yo'nalishiga qarab proyeksion yo'llar ikki guruhga markazga 

intiluvchi - afferent, sezuvchi yo'llar nerv impulsini periferiyadan markazga 

po'stloqqa olib boruvchi va markazdan qochuvchi - efferent, harakatlantiruvchi, 

impulsni miya po'stlog'idan periferiyaga olib boruvchi yo'llarga bo'linadi. 

Afferent va efferent proyeksion yo'llar murakkab reflektor yoyining asosiy 

qismlari bo'lib,  ular o'zaro  miya po'stlog'ida  assotsiativ o'tkazuv yo'llari 

vositasida qo'shiladilar.

Afferent o ‘tkazuv yo'llari

Orqa va bosh miyaning markazga intiluvchi - afferent  o'tkazuv yo'llari 

ekstratseptiv,  propriotseptiv  va  intratseptiv  tizim  tolalariga  bo'linadi. 

Ekstratseptiv markazga intiluvchi yo'llar orqali tashqi muhit ta’sirida hosil 

bo'ladigan nerv impulslari o'tadi. Bu yo'llaiga harorat, og'riq, tanaga bo'ladigan 

bosim,  hamda sezgi a’zolaridan keluvchi o'tkazuv yo'llar kiradi.

Propriotseptiv markazga intiluvchi yo'llar mushaklar,  paylar,  bo'g'im 

xaltasi,  boylamlardan  kelayotgan  nerv  impulslarini  orqa  miyadan  bosh 

miyaga o'tkazib beradi.

Sezuvchi  uzun  proyeksion  o'tkazuv  yo'llari  ekstratseptorlar, 

propriotseptorlar va interatseptorlardan  kelayotgan impulslami orqa miyadan 

bosh miya  po'stlog'ining sezuv, harakat  markaziga  va miyachaga o'tkazib 

beradi.  Ular uch  neyrondan  iborat bo'lib,  birinchi  neyroni bosh va orqa 

miyadan  tashqarida, orqa miya tuguni  yoki bosh miya nervlarining sezuvchi 

tugunlarida joylashgan  sohta uni polyar  hujayralar  tashkil qiladi.

1. 


Orqa miya bilan  miya po'stlog'i o'rtasidagi chuqur 

(propriotseptiv) 

sezgini o'tkazuvchi  yo'l — 



tractus  spinocorticalis 

(114-rasm)

Bu yo'l  mushaklar,  paylar va bo‘g‘imlardan  ta’sirotni  qabul  qiluvchi 

propriotseptorlardan boshlanib, bosh miya yarimsharlarining  markaz orqa 

pushtasida tugaydi.  U uch neyrondan iborat.  Bu yo'lning birinchi neyroni 

hujayralari  orqa  miya  tugunining  sohta  uni polyar  hujayralaridan  iborat. 

Ulaming periferik o'simtalari orqa miya nervlari tarkibida proprioretseptoiiaidan


ta ’simi  olib  keladi.  Ulaming  markaziy 

o'simtalari orqa ildiz tarkibida orqa shoxga 

kirmasdan orqa tizimchaga  GollvaBurdax 

dastalariga o‘tadi. Orqa tizimcha tarkibida 

b irin ch i  neyron  to lalari  uzunchoq 

miyaning  nozik  va  ponasimon  o'zaklari 

hujayralarida tugaydi. Ponasimon dasta orqa 

tizimchada tashqariroq joylashib, oyoqlar 

va tananing pastki qismidan yoki  pastki 

19 ta orqa  miya tugunlaridan 

(8 ta pastki 

ko'krak,  5  bel,  5  dumg'aza  va  lta  dum) 

keluvchi  tolalardan  iborat.  Nozik  dasta 

ichkariroq joylashib, orqa miyaning yuqorigi 

ko'krak va barcha bo'yin segmentlari yoki 

tananing  yuqori qismi va qo'ldan kelayotgan 

tolalardan iborat.

II neyron  nozik va  ponasimon o'zak 

hujayralari.  Ulaming  tolalari  uzunchoq 

m iyada  o 'z a ro   kesishib,  qovuzloq 

kesishmasini 

(decussatio  lemnisci) 

hosil 


qiladi va medial qovuzloq tarkibiga kiradi.

Medial  qovuzloq 



(lemniscus  medialis) 

tarkibida ikkinchi neyron  tolalari ko'prik 

va o'rta miyaning qopqoq qismidan o'tib 

ko'ruv bo'rtig'ining ventro-lateral o'zagida 

tugaydi. Nozik o'zak hujayra tolalari medial 

qovuzloqning  oldingi  qismida joylashsa, 

ponasimon  o'zak  hujayra  tolalari  orqa 

qismida joylashadi.

III neyron ko'ruv bo'rtig'ining ventro­

lateral o'zagi hujayralari. Ulaming aksonlari 

ichki xaltaning orqa oyoqchasi orqali  o'tib, bosh miyaning markaz oldi va 

markaz orqa pushtalarida tugaydi.

Bosh mushaklari,  chakka-pastki jag' bo'g'imi xaltasi va boylamlardan 

propriotseptiv  impulslar uch  shoxli,  yuz va til yutqun  nervlari  tarkibidagi 

o'tkazuv yo'llari orqali o'tadi.  Bu yo'llar ham uch neyronli.

neyron  uch  shoxli  nerv  tugunining  sohta uni polyar  hujayralari. 



Ulaming periferik o'simtalari uch  shoxli nerv shoxlari tarkibida chaynov, 

og'iz tubi mushaklari va ko'z mushaklarida propriotseptorlar bilan tugaydi. 

Markaziy o'simtalari sezuvchi  ildiz tarkibida uch shoxli nervning ko'prik 

o'zagjga boradi.

Bu o'zak hujayra aksonlari ikkinchi neyronni hosil qilib, qarama-qarshi 

tomonga o'tadi va 



(tractus nucleothalamicus) 

tarkibida ko'ruv bo'rtig'ining 

ventro-lateral o'zagiga boradi.

114-rasm.  Tractns  spinocorticalis.

1-orqa  miya  tuguni;  2 -I-n eyron ; 

3-II-neyron;  4-III-neyron.


Bu o'zak  hujayralari  uchinchi neyronni hosil qilib, ulaming aksonlari 

(tractus  talamocorticalis) 

tarkibida ichki xaltaning orqa oyoqchasini o'rta 

qismidan o‘tib markaz oldi pushtasi po‘stlog‘ining to'rtinchi qavatida tugaydi.

Mimika  mushaklari proprotseptorlaridan impulslar VII  juft bosh miya 

nervi,  til va yutqin  mushaklaridan  esa  IX,  X,  XII juft bosh  miya  nervlari 

tarkibida o'tadi.

Propriotseptiv o'tkazuv yo‘li kesishgan bo'lib, u jarohatlanganda  tana 

qismlarining hoiati, vibratsion va qisman taktil sezgi yo'qoladi.  Harakatni 

muvofiqlashtirish buzilib, ataksiya paydo bo'ladi.

2. 


Orqa miya bilan miya po'stlog'i  o'rtasidagi yuza (og'riq va harorat) 

sezgilariiii o'tkazuvchi yo'l -  



tractus spiuo-thalamo-corticalis 

(115-rasrn).

Bu  yo'l  teri.  shilliq  va  seroz  pardalardan  ta’sirni  qabul  qiluvchi 

ekstratseptorlardan  boshlanib,  bosh  miya  yarimsharlarining  markaz  orqa

pushtasida tugaydi U uch neyrondan  iboiaL

I neyron  orqa miya tuguni sohta uni- 

polyar hujayralarining periferik o'simtalari 

-  orqa  miya  nervlari  tarkibida  eks- 

trotseptorlardan ta’simi olib keladi. Uning 

markaziy o'simtalari orqa ildiz tarkibida 

orqa miya  orqa shoxi rang xususiy o'zagi 

(nucleus proprius)  hojayralarida lugaydi.

II  neyron hujayralari orqa miyaning 

xususiy  o'zagi  hujayralari,  ularning 

aksonlari  oldingi  oq  bitishma  orqali 

qarama-qaishi tomondagi yon tizmachaga 

o'tadi.  Yon  tizimchada  bu  yo'l  Govers 

dastasidan  ichkariroq joylashib oldingi va 

orqa qismlarga bo'linadi.  Uning oldingi 

qismidan  og'riq  sezgismi  o'tkazuvchi 

tolalar,  orqa  qismidan  harorat  sezgisini 

o'tkazuvchi tolalar o'tadi. Uzunchoq miya 

sohasida bu yo'l oliva o'zagidan dorsalroq 

joylashib medial qovuzloqqa yaqinlashadi 

va u bilan birga ko'prikning orqa qismi, 

o'rta miyaning qopqoq qismlaridan o'tib 

ko'ruv bo'rtig'ining tashqi o'zagida tugaydi. 

Ikkinchi  neyron  tolalarining  bir  qismi 

orqa miyaning oldingi tizimchasi bo'ylab 

ko'tariladi.

III neyron ko'ruv bo'rtig'ining lateral

o'zagi hujayralari.  Ulaming aksonlari icliki



kapsulaning оща .tyoqchasinmg 

o'rta 

qismi

115-гаят.  Tractus  spmo-talamo-cor- 

,

ticalis.  l-c r^ a  miya tuguni; 2-1-пгугоп; 

° ^ а1;  0   - b  b o s h  

m a r k a *  o r 4 a

3-il-neyron;  4 - Ш -neyron. 

pushtasining  IV qavatida tugaydi.



Yuz va qisman bosh terisidan og'riq sezgisi ham uch shoxli nerv tolalari 

orqali o'tadi.  Bu yo‘1 uch neyronli.



I

  neyron  uch  shoxli  nerv  tugunining  sohta uni polyar  hujayralari. 

Ulaming periferik o'simtalari uch shoxli nerv shoxlari tarkibida yuz va bosh 

terisida ekstrotseptorlar bilan tugaydi. Ko'z nervi tarkibida peshona, ko'zning 

ichki burchagi, burun ildizi, yuqori qovoq va boshning tepa qismi terisiga; 

yuqori  jag‘  nervi  tarkibida  pastki  lab,  yonoq,  ustki  lab,  qisman  chakka 

terisiga: pastki jag' nervi tarkibida pastki lab, yonoq, erigak, chakka va qisman 

quloq suprasi terisiga tolalar boradi. Ulaming markaziy o'simtalari sezuvchi 

ildiz tarkibida ko'prikka kiradi, keyin pastga  tolalar dastasi shaklida yo'nalib, 

uch shoxli nervning orqa miya  yo'li o'zagida tugaydi.



II

  neyron  uch  shoxlik  nervning  orqa  miya  yo'li  o'zagi  hujayralari. 

Ulaming  aksonlari  qarama-qarshi  tomonga  o'tib  medial  qovuzloqqa 

qo'shiladi va (tractus  nucleothalamicus) tarkibida ko'ruv bo'rtig'ini ventro­

lateral  o'zagiga boradi

III

 neyron ventro-lateral o'zak hujayralari. Ulaming aksonlari 



(tractus 

thalamocorticalis) 

tarkibida ichki kapsulaniiig orqa oyoqchasini o'rta qismidan 

o'tib, markaz orqa pushtaning pastki uchdan birida tugaydi.

Uch shoxli nerv tarkibida bosh va yuz terisidan tashqari yuqori va pastki 

jag',  lablar,  m ilkbi.  tishlat  og‘i/.  bo'shlig'i  devori,  ko'z  olmasi,  ko'z 

yoshi qopi, bumn  bo'shlig'i  va va bunm yon bo'shliqlari shilliq pardasidan 

ham og'riq va harorat sezgisini olib keladi

Orqa miya tuguni yoki orqa miyaning xususiy o'zaklari jarohatlansa, og'riq 

va harorat sezgisi shu tomonda yo'qoladi. Agar jarohatlanish yon tizimchalar 

yoki undan yuqoriroqda ro'y bersa, sezgilar qarama-qarshi tomonda yo'qoladi.



Orqa  miya  bilan  miyacha  o ‘rtasidagi  o'tkazuv  yo‘llari

Orqa  miya  bilan  miyacha  o'rtasidagi  o'tkazuv  yo'llari  impulslami 

mushaklar, paylar bo'g'imlardan miyachaga o'tkazib beradi. Ular kesishmagan 

(tractus  spinocerebellaris  posterior, 

Fleksig)  va  kesishgan 



(tractus 

spinocerebellaris anterior, 

Gov&rs) yo'llariga bo'linadilar.

Orqa miya bilan miyacha o'rtasidagi oldingi yo‘1 — 

tractus spinocerebellaris 

anterior 

(116-rasm).

Bu yo'lning birinchi neyron hujayrasi orqamiya tuguni sohta uni polyar 

hujayralari.  Ulaming  periferik  o'simtalari  orqa  miya  nervlari  tarkibida 

propriotseptorlardan ta’sirotni oub keladi. Uning markaziy o'simtalari orqa 

ildiz tarkibida orqa miya orqa shoxining oraliqmedial o'zagida tugaydi.



II 

neyron  oraliq  medial  o'zak  hujayralari.  Ularning  aksonlari  har 

bir segmentda kesishib,  oq  bitishma orqali qarama-qarshi tomondagi 

yon tizimchaga o'tadi.  Bu yo'lning bir qismi kesishmay,  orqa miyaning 

o'z  tomonidagi  yon  tizimchasi  orqali  yo'naladi.  So'ngra  bu  yo'lning 

kesishgan va kesishmagan tolalari  uzunchoq miya,  ko'prik orqali o'tib 

o'rta miyaga boradi. O'rta  miyaning to'rt tepaligi pastki tepachalari sohasida


kesishmagan tolalar kesishadi.  Shunday qilib,  to'liq  kesishgan  Govers 

yo'li  miyaning  ustki  yelkani  sohasida  ikkinchi  marta  kesishib,  o'z 

tomoniga o'tadi va miyachaning ustki oyoqchalari orqali ustki chuvalchang 

po'stlog'ida tugaydi. 



.



Ill 

neyron ustki chuvalchang  po'stlog'i hujayralari. Ulaming aksonlari 

miyachaning tishli o'zagida tugaydi.

Orqa miya bilan miyacha o'rtasidagi orqa yo'l — 



tractus  spinocerebellaris 

posterior 

(117-rasm).

Bu yo'lning birinchi neyroni orqamiyatuguni sohtaunipolyar  hujayralari. 

Ulaming periferik o'simtalari orqa miya nervlari tarkibida propriotseptoriardan 

ta ’sirotni olib keladi.

Ulaming markaziy o'simtalari orqa ildiz tarkibida orqa shoxning ko'krak 

o'zagi (Klark ustuni) hujayralarida tugaydi.  .

II neyron orqa shoxning ko'krak o'zagi hujayralari. Ulaming aksonlari 

yon tizimchalar tarkibida uzunchoq miyaga, undan esa miyachaning pastki 

oyoqchalari  tarkibida pastki chuvalchang po'stlog'ida tugaydi.

III neyron pastki chuvalchang po'stlog'i hujayralari. Ulaming aksonlari 

miyachaning  tishli  o'zagida  tugaydi.  Bu  yo'l  orqa  va  uzunchoq  miyada 

kesishmaydi, shuning uchun uni to'g'ri kesishmagan yo'l deb ataladi. Ammo


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin