0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63

To'rtinchi  qorincha

To'rtinchi qorincha 



(ventriculus  quartus) 

rombsimon miya pufagining 

hosilasidir. Uning devorlari hosil bo'lishida uzunchoq miya, ko'prik, miyacha 

va rombsimon miya siqig'i ishtirok etadi. To'rtinchi qorincha shakl jihatidan 

chodir (palatka) ko'rinishiga ega. Uning tubini uzunchoq miya va ko'prikni 

orqa  yuzasi  hosil  qilib  ko'rinishi  rombga  o'xshaydi.  Shuning  uchun  uni 

rombsimon chuqurcha deb ataladi. Bu yuzada uzunchoq miya bilan ko'prik 

o'rtasida ko'ndalang yo'nalgan miya hoshiyalari 



(stria meduDaris) 

joylashgan.

T o'rtinchi qorinchaning tomi 

(tegmen ventriculi  quarti) 

rom bsim on 

chuqurcha ustida cho'qqi shaklida joylashadi.  Uning oldingi yuqori devorini 

miyachaning ustki oyoqchalari va ular o'rtasida tortilgan miyaning ustki 

yeLkani 

(velum  medulare  superius) 

hosil  qiladi.  To'rtinchi  qorinchaning 

orqa  devorini  esa  miyaning  pastki  yelkani 

(velum  medullare  inferius) 

hosil  qladi.  Unga  ichki  tomondan  IV  qorinchaning  tomirli  asosi 



(tela 

choroidea  ventriculi  guarti) 

tegib  turadi.  Tomirli  asos  IV  qorinchaning 

tomirli  to 'rin i  hosil  qladi.

Rombsimon  chuqurchaning 



(fossa  rhomboidea) 

ustki  tom onlarini 

miyachaning ustki oyoqchalari, pastki tomonlarini esa miyachaning pastki 

oyoqhalari hosil qladi. Uning pastki burchagida joylashgan toq o'rta apertura 



(apertura  mediana  ventriculi  quarti) 

(Majandi  teshigi)  orqa  miyaning 

markaziy kanaliga qo'shib turadi. Yuqori burchagidagi teshik orqali  miya suv 

yo'li vositasida III qorinchaga qo'shiladi.  Rombsimon chuqurchaning yon 

burchaklari tashqi cho'ntaklar 

(recussus lateralis) 

hosil qiladi. Undagi juft 

tashqi apertura 

(apertura laterelis) 

esa bosh miyani to'r parda osti bo'shlig'iga 

qo'shib turadi. Rombsimon chuqurchaning o'rtasida ustki burchakdan pastki 

burchakkacha o'rta egat 



(sulcus medianus) 

joylashadi, uning  yon tomonlarida 

juft  medial  tepalik 

(eminentia  medialis) 

joylashib,  tashqi  tom onidan 

chegaralovchi  egat 

(sulcus  limitans) 

bilan  ajrab  turadi.  Rom bsim on 

chuqurchaning  pastki  qismida  medial  tepalik  torayib,  til  osti  nervi 

uchburchagiga 



(trigonum nervi hypoglossi) 

o'tib ketadi.  Undan chetroqda 

adashgan nerv uchburchagi 

(trigonum nervi vagi) 

joylashgan.  Rombsimon 

chuqurchaning  pastki qismida havorang soha 

(lo c u s  

coeruleus) 

va kulrang 

tasma 

(taenia cinera) 

pastki burchagida esa yopqich 



(obex) 

ko'rinadi.  Medial 

tepachaning  yuqori  ko'prik  qismida  yuz  tepaligi 

(colliculus  facialis) 

bor. 


Rombsimon chuqurchaning yon burchaklari sohasida dahliz-chig'anoq nervi 

o'zaklari  yotadigan  vestibulyar  maydon 



(area  vestibularis) 

joylashgan. 

Vestibulyar maydondan o'rta egatga qarab yo'nalgan miya hoshiyasi 

(stria 

medullaris  ventriculi  quarti) 

rombsimon  chuqurchani  yuqori  va  pastki 

uchburchaklarga ajratadj.

Rombsimon chuqurcha tubida bosh miya nervlarining o'zaklari (109-rasm) 

joylashadi. Sezuvchi o'zaklar rombsimon chuqurchada lateral, harakat o'zaklari 

medial,  vegatativ  o'zaklar  esa  ulaming  o'rtasida joylashadi.  Rombsimon 

chuqurchaning pastki uchburchagi sohasida, uzunchoq miyaning oq moddasi 

o'rtasida EX-XII juft nervlarining o'zaklari simmetrik joylashadi.



109-rasm.  Rombsimon  cbuqurchada  bosh  miya  nerv­

lari  o‘zaklarining  topografiyasi.  1-nucl.tractus  spina­

lis  n.trigemeni;  2-nucl.vestibularis  medialis;  3-nucl. 

cochlearis dorsalis; 4-nucl.coclilearis ventralis;  5-nucl. 

vestibularis  lateralis;  6-nucl.  vestibularis  superor; 

7-nucl.pontinus n.trigemeni;  8-nucl.motorius n. trige- 

meni; 9-nucl. mesencephalicus  n. trigemeni;  10-nucl. 

n.  oculomotorii;  11-nucl.  п.  trochlearis;  12-coUiculus 

facialis;  13-nucl.  n.  abducentis;  14-nucl.  n.  facialis; 

15-radix n. facialis;  16-striae medullaris ventriculi quarti; 

17-nucl.ambiguus;  18-nucl. n. hypoglossi;  19-nucl. dor­

salis n. vagi; 20-nucl. n. accessorii.

XII 

juft,  til  osti  nervining 



(n.  bypoglossus) 

bitta  harakatlantiruvchi 

o'zagi 

(nucleus n. hypoglossi) 

bo‘lib, til osti uchburchagi ichida joylashgan.

XI juft, qo'shimcha nervning 

(n. accessorius) 

harakatlantiruvchi o'zagi 



(nucleus nervi accessorii) 

rombsimon chuqurchada ikki yoqlama o'zakdan 

tashqarida va pastroqda yotadi. Bu o'zak orqa miyaga tomon davom etib, uning 

yuqori 5-6 segmentlari sohasida oldingi shoxlarga yaqin joylashadi.

X juft,  adashgan nervning 

(n.  vagus) 

uchta o'zagi bor.  I.  Ikki yoqlama 

o'zak 

(nucleus  ambiguus) 

harakatlantiruvchi  IX  va  X juft  nervlar  uchun 

umumiy bo'lib, rombsimon chuqurchaning pastki bo'lagini lateral qismida 

to 'r formatsiya ichida joylashgan. 2. Yakka tutam o'zagi 



(nucleus solitarius) - 

sezuvchi o'zak.  3.  Parasimpatik o'zak 



(nucleus dorsalis  n.  vagi) 

adashgan 

nerv uchburchagi sohasida joylashadi.

IX juft,  til-yutqin  nervining 



(n.  glossopharyngeus) 

ham  uchta  o'zagi 

bor.  1.Uning  harakatlantiruvchi  o'zagi 

(nucleus  ambiguus) 

IX-X  nervlar 

uchun umumiy.  2. Yakka tutam o'zagi 

(nucleus solitarius) 

-sezuvchi o'zak.

3.Parasimpatik, pastki so'lak ajratuvchi o'zak 

(nucleus salivatorius inferior) 

uzunchoq miya olivasi bilan ikki yoqlama o'zak o'rtasida to 'r formatsiyada 

joylashgan.

Rombsimon  chuqurchaning ustki  uchburchagi sohasida,  ko'prikning 

oq moddasi o'rtasida V-VIII juft bosh  miya nervlarining o'zaklari joylashadi.

VIII juft, dahliz-chig'anoq nervi 



(n. vestibulocochlearis) 

o'zaklari ikki 

guruhga bo'linadi.  Bu o'zaklar vestibulyar maydoncha sohasida joylashadi. 

Ulaming ikkitasi eshituv a’zosiga taalluqli.  1 .Oldingi chig'anoq o'zagi 



(nucleus 

cochlearis ventralis). 

2. Orqa chig'anoq o'zagi 



(nucleus  cochlearis  dorsalis). 

Bu o'zaklarda spiral tugun neyronlarining o'simtalari tugaydi.

Vestibulyar  o'zaklar  to'rtta:  I.  M edial  vestibulyar  o'zak 

(nucleus 

vestibularis medialis) 

(Shvalbe o'zagi).  2.  Lateral vestibulyar o'zak 



(nucleus 

vestibularis  lateralis) 

(Deyters o'zagi).  3.Ustki vestibulyar o'zak 



(nucleus 

vestibularis superior) 

(Bexterev o'zagi). 4.  Pastki vestibulyar o'zak 



(nucleus 

vestibularis inferior) 

(Roller o'zagi). Bu o'zaklar parda labirintning muvozanat 

sohalaridan keluvchi impulslami qabul qiladi.


M I 

juft, yuz nervining (n. facialis) 

uchta o‘zagi bor. I. Yirik  haiakatlantiiuvchi 

o‘zak 

(nucleus n. facialis) 

ko'prikni to‘r formatsiyasi ichida colliculus facialis 

dan  chekkaroqda ancha  chuqur joylashadi.  Bu  o'zak hujayralari  o'simtalari 

harakatlantiruvchi ildizni hosil qiladi. Sezuvchi va parasimpatik o‘zaklar VII juft 

tarkibiga qo‘shilgan oraliq nervga 

(n. intennedius) 

tegishli.

2.  Sezuvchi, yakka tutam o'zagi 

(nucleus solitarius) 

VII,IX,X juft nervlar 

uchun  um umiy  bo'lib,  rombsimon  chuqurchani  tubida  til  osti  nervi 

uchburchagidan lateral joylashadi.  Bu o'zak hujayralari ko'prikning qopqoq 

qismidan  to orqa miyani  1  segmentigacha tarqalgan.  Unda ta ’m sezuvchi 

nerv  tolalari  tugaydi.

3.  Ustki  so'lak  ajratuvchi  o'zak 

(nucleus  salivatorius  superior) 

parasimpatik, ko'prikni to'r formatsiyasi ichida harakatlantiruvchi o'zakdan 

biroz yuza va lateralroq yotadi.

VI juft, uzoqlashtiruvchi nervning 



(n. abducens) 

bitta harakatlantiruvchi 

o'zagi 

(nucleus nervi abducentis) 

yuz tepaligi ichida yotadi.

juft,  uch shoxli nervning 



(n. trigeminus) 

to'rtta o'zagi bor.  Shundan 

ikkitasi  rombsimon chuqurcha sohasida yotadi.  Harakatlantiruvchi o'zak 

(nucleus motorius n. trigemini) rombsimon chuqurchaning yuqori qismida 

joylashadi.  Sezuvchi o'zagi uchta.  Undan uch shoxli nervning ko'prikdagi 

o'zagi 


(nucleus pontinus n.  trigemeni) 

harakatlantiruvchi o'zakdan lateralroq 

yotadi.  Ikkinchi sezuvchi o'zak 

(nucleus spinalis n. trigemeni) 

cho'zinchoq 

shaklda uzinchoq miyaning bor bo'yicha yotadi va orqa miyaning yuqori I-V 

segmentlarigacha boradi.  Uchinchi sezuvchi o'zak 



(nucleus mesencephalicus 

n. trigemeni) 

miya vodoprovodi yonida joylashgan.



0 ‘rta  miya

O'rta miya 



(mesencephalon) 

bosh miyaning nisbatan sodda tuzilishga ega 

qismi. U filogenezda ko'ruv va eshituv analizatoriarining ta’siri ostida rivojlanadi. 

Odamda  oxirgi  miya  po'stlog'ida  ko'ruv  va  eshituv  markazlari  paydo 

bo'lganidan so'ng, o'rta miyadagi markazlar po'stloq osti markazlari holatiga 

tushib qoladi. O'rta miya uchinchi miya pufagidan taraqqiy etadi. U pufakcha 

devoriari  bir  tekis  kengayib,  dorsal  qismidan  o'rta  miya  tomi,  ventral 

devoridan miya oyoqchalari hosil bo'ladi. Uning qoldiq bo'shlig'i III va IV 

qorinchalam i qo'shib turuvchi miya suv yo'liga aylanadi.  O 'rta  miyaning 

ventral yuzasi yuqoridan  (oldindan)  ko'ruv yo'llari va so'rg'ichsim on tana, 

orqadan esa ko'prikning oldingi chekkasi bilan chegaralanadi.

O 'rta  miyada  uning  taraqqiyoti  bilan  bog'liq  bo'lgan  quyidagilar 

joylashgan:

1. Po'stloq osti ko'ruv markazi va ko'z mushaklarini innervatsiya qiluvchi 

nerv  o'zaklari.

2.  Po'stloq osti eshituv markazi.

3.  Bosh miya po'stlog'ini orqa miya bilan bog'lovchi pastga tushuvchi va 

yuqoriga chiquvchi o'tkazuv yo'llari.



4. 

0 ‘rta  miyani bosh  miyaning boshqa qismlari bilan bog'lovchi  nerv 

tolalari.

0 ‘rta miya ikki asosiy qismdan:  o‘rta miyaning tomi yoki to‘rt tepalik 

plastinkasi va miya oyoqchalaridan iborat.

O'rta  miyaning  tomi 



(lamina  tecti  mesencephali) 

yoki  to 'rt  tepalik 

plastinkasi 

(lamina quadrigeminae) 

o'zaro to'g'ri burchak hosil qilib kesishgan 

bo'ylama va ko'ndalang egatlar bilan ajragan to'rtta tepachadan iborat.

Ikkita yuqori tepachalarda 



(colliculi superior) 

po'stloq osti ko'ruv markazi, 

ikkita ostki tepachalarda 

(colliculi inferior) 

esa po'stloq osti eshituv markazi 

joylashgan.  Yuqori  tepachalar o'rtasidagi  egatda shishsimon tana 

(corpus 

pineale) 

engashib turadi.  Har bir tepachadan tashqi tomonga qarab tepacha 

yelkalari yo'naladi. Yuqori tepacha yelkasi (brachium colliculi superior)  lateral 

tizzasimon tanaga qarab yo'nalib, qisman ko'ruv yo'liga o'tib ketadi.

Ostki tepachalar yelkasi 

(brachium colliculi inferiores) 

medial  tizzasimon 

tanaga yo'naladi.

Miya oyoqchalari 



(pedunculi cerebri) 

ko'prikning yuqori chekkasidan 

boshlanib, oldinga va tashqariga qarab yo'nalgan juft oq ustunchalar shaklida 

bo'lib, oxiigi miya yarimshariari ichiga kirib ketadi.  Ular o'rtasidagi chuqurlik 

oyoqchalararo chuqurlik 

(fossa interpeduncularis) 

deb ataladi.  Bu sohada 

orqa  ilma teshik  hosila 

(substantia  perfarata  posterior) 

va 


III 

juft bosh 

miya nervi chiqadigan  egat 

(sulcus  nervi  oculomatorii) 

loylashadi.  O 'rta 

miyaning kesmasida (

1 10-rasm) miya oyoqchasini qora modda 



(substantia 

nigra) 

ikki  qismga:  orqa  (dorsal)  o'rta  miya  qopqog'i 



(tegmentum 

mesencephali) 

va  oldingi  (ventral)  miya  oyoqchasining  asosiga 



(basis 

pedunculi  cerebralis) 

ajratadi.

Qora modda miya oyoqchasining bor bo'yiga ko'prikdan to oraliq miyagacha 

cho'zilgan bo'lib,  faoliyat jihatidan ekstrapiramida tizimiga kiradi.  Uning 

hujayralari tarkibidagi melanin pigmenti qoramtir rang beradi.

Miya oyoqchasining qopqoq qismida 

pastki tepachalar sohasidan  talamusgacha 

cho'zilgan cho'zinchoq shakldagi qizil o'zak 



(nucleus  ruber) 

joylashgan.  O 'rta  miya 

suv  yo'li  (silviy  suv  yo'li) 

aqueductus 

mesencephali  (cerebri) 

uzunligi  1,5  sm 

keladigan  to r  kanal.  U ning  atrofida 

markaziy kulrang modda 



(substantia grisea 

cen tralis), 

m arkaziy  kulrang  m odda

110-rasm.  0 ‘rta   miyani  ustki  tepachalar  sohasidagi  ko'ndalang  kesmasi.  1-tectum   mes- 

encephali;  2-tegmentum  mesencephali;  3-basis pedunculi cerebralis;  4-nucl.ruber;  5-subst- 

tantia  nigro;  6-nucl.nervi  oculomotorii;  7-nucl.oculomotorius  accessories;  8-ecussationes 

tegmenti; 9-n.ocuIomotorius;  10-tr.  frontopontinus;  11-tr. corticonuclearis;  12-tr.cor-ticospi- 

nalis;  13-tr.  occipitotemporo-parietopontinus;  14-lemniscus  medialis;  15-brachium  colli­

culi inferioris;  16-nucl.tractus mesencephali nervi trigemini;  17-colIiculus superior;  18-aqu- 

eductus cerebri;  19-substantia grisea centralis.


ichida,  suv yo‘li tubida  III va IV juft bosh miya nervi o'zaklari joylashgan. 

Yuqorigi tepachalar sohasida III juft bosh miya nervining o'zaklari 



(nucleus 

n. oculomatori et nucleus oculomatorius accessorius) 

(yakubovich o'zagi), 

ostki  tepachalar  sohasida  esa  IV juft  bosh  miya  nervi  o'zagi 

(nucleus  n. 

trochlearis) 

yotadi.  Markaziy  kulrang moddaning tashqi qismlarida V juft 

bosh  miya  nervining  o'rta  miya  o'zagi 

(nucleus  mesencephalicus  nervi 

trigemeniVyotadi.  O'rta miyaning qopqoq qismidan afferent o'tkazuv yo'llari 

o'tadi.

Miya oyoqchasining asosi oq moddadan iborat bo'lib, harakatlantiruvchi 



o'tkazuv yo'llardan  iborat.

Miya oyoqchasining asosiy qismi bola tug'ilganidan keyin po'stloq bilan 

orqa miya,  o'zaklar va miyacha o'rtasidagi  yo'Uar taraqqiyotiga bog'lanib 

o'sadi.  Qizil o'zak va uning aloqalari ekstrapiramida tizimi tarkibiga kirib, 

ontogenezda piramida tizimidan ilgariroq paydo bo'ladi.  U yirik va mayda 

hujayrali  qismlardan  iborat.  Yirik hujayrali  qism oldinroq paydo bo'lib,  u 

impulslami miyachadan miya poyasi va orqa miyaga o'tkazib beradi.  Mayda 

hujayrali  qismi  keyinroq  paydo  bo'lib,  impulslami  miyachadan  po'stloq 

osti va po'stloqqa o'tkazib beradi. Yangi  tug'ilgan chaqaloqda qora moddada 

pigmenti bo'lmagan hujayra orolchalari bo'lib, ularda pigment 3-4 yoshlarda 

paydo bo'ladi va 16 yoshda u yuqori darajada takomillashadi. O'rta miya kulrang 

o'zaklari bolalarda yaxshi rivojlangan bo'ladi.  Silviy suv yo'li bola hayotining 

birinchi yilida keng bo'lib, keyinchalik asta-sekin torayadi.

To'rt tepalik plastinkasining taraqqiyoti ko'ruv va eshituv faoliyatlarining 

paydo bo'lishi va rivojlanishiga bog'liq.

Oraliq  miya

Oraliq miya 



(diencephalon) 

murakkab tuzilishga ega. U o'rta miya bilan 

oxirgi miya oralig'ida joylashgan. Taraqqiyoti va faoliyatiga ko'ra oraliq miyani 

ikki  qismga:  1.  Orqa 



(dorsal) 

filogenez  nuqtayi  nazaridan yangi,  afferent 

yo'llar  markazi  bo'rtiq  sohasi.  2.  Oldingi 

(ventral) 

filogenez jihatidan 

eski,  oliy vegetativ markaz bo'rtiq osti sohasidan iborat.

B o'rtiq  sohasi 



(thalamencephalon), 

o 'z  navbatida,  к  o ‘ruv  bo'rtig'i, 

bo'rtiq orqasi va bo'rtiq usti sohalariga bo'linadi.

Ko'ruv bo'rtig'i 



(talamus opticus) 

III qorinchaning ikki yon tomoniga 

joylashgan  oval shakldagi kulrang modda to'plam idan iborat.  (

1 1 1 -rasm). 

Uning  oldingi  uchi torayib  oldingi bo'rtiqni 

(tuberculum  anterius), 

orqa 


uchi esa kengayib yostiqchani 

(pulvinar) 

hosil qiladi.  Ko'ruv bo'rtig'ining 

ichki yuzasi III  qorincha bo'shlig'ining yon  devorini,  ustki yuzasi  esa yon 

qorinchalar markaziy  qismining tubini  hosil  qiladi.

Uning  ustki  yuzasi  ichki  yuzasidan  ingichka  oq  miya  hoshiyasi 

(stria 

medullaris thalami) 

bilan  ajrab turadi.  O'ng va chap ko'ruv bo'rtiqlarining 

ichki yuzasi o'zaro bo rtiqlararo bitishma 

(adhesio interthalamica) 

vositasida 

qo'shiladi. Uning lateral yuzasi ichki kapsulaga tegib turadi.  Pastdan va orqadan


111-расм.  Ko‘ruv  bo'rtining  chizmasi.

I -tuberculum   anterius  thalami;  2-stria 

medullaris thalami; 3-adhesio mterthalam- 

ica;  4-trigonum  habinulae  5,10-pulvinar; 

6-tectum mesensephali; 7-corpus pineale; 

8-commissura  habinullarum;  9-habinula;

II-ventriculus  tertius

o 'rta   miyaning  qopqoq  qismi  bilan 

chegaralanadi.  Ko‘ruv bo‘rtig:ida 40 ga 

yaqin  hujayralar  to'plam i  (o‘zaklar) 

bo'lib,  ular  o ‘zaro  yupqa  oq  modda 

qatlam i 



(stria  m edullaris  thalam i) 

vositasida ajralib turadi. Ulaming asosiylari 

oldingi,  m edial,  lateral,  m arkaziy, 

ventro-lateral va orqa o'zaklardir. Ko‘ruv 

bo‘rtig‘ining faoliyati juda muhimdir.  U 

po'stloq osti  sezuv markazi bo'lib, unda 

bosh miya po'stlog'iga boruvchi afferent 

y o 'lla r   tu g ay d i.  O ld in g i  o 'z a k d a  

so'rg'ichsimon tanadan keluvchi va ko'ruv 

bo'rtig'ini hidlov sohasi bilan bog'lovchi 

Vik-d-Azir  yo'li  tugasa,  ventro-lateral 

o'zakda medial qovuzloq tugaydi. Yostiqcha 

esa po'stloq osti ko'ruv markazi bo'lib, 

unda ko'ruv yo'li tolalari tugaydi.

Bo'rtiq orqasi sohasi 

(metathalamus) 

juft  lateral  va  medial  tizzasimon  tanalardan  iborat.  Tizzasimon  tanalar 

cho'zinchoq oval shaklida  bo'lib, o'rta miya tomidagi tepachalar bilan ulaming 

yelkachalari vositasida bog'langan.  Lateral tizzasimon tana 



(corpus geniculatum 

laterale) 

ustki tepachalar va yostiqcha bilan birgalikda po'stloq osti ko'ruv 

markazi,  medial  tizzasimon  tana 

(corpus  geniculatum  mediale) 

pastki 


tepachalar bilan birgalikda po'stloq osti eshituv markazi hisoblanadi.

Bo'rtiq  usti  sohasiga 



(epithalamus) 

shishsimon  tana 



(corpus  pineale) 

kiradi.  U  piliksimon tasmali o'sim ta 



(habinulae) 

yordamida o'ng va chap 

ko'ruv bo'rtig'ining medial yuzasiga birikadi. Piliksimon tasmalami  o'ng va 

chap  talamuslaming  miya  hoshiyasiga  birikkan joyida  uchburchaksimon 

kengayma 

(trigonum  habinulae) 

hosil  bo'ladi.  Piliksimon  o'simtalaming 

oldingi  shishsimon  tana  birikkan  qismi  o'zaro  bitishm a 

(commisura 

habinularum) 

hosil  qiladi.  Shishsimon  tananing  old va  past  tomonidan 

ko'ndalang  yo'nalgan  tolalar  -  epitalamik  (orqa)  bitishma 

(commissura 

epithalamica,  posterior) 

joylashgan.

Bo'rtiq osti sohasi 

(hypothalamus) 

III qorinchaning tubini hosil qilishda 

ishtirok  etadi.  Uning  tarkibiga  ko'ruv  nervi  kesishmasi,  ko'ruv  yo'li, 

kulrang tepacha,  quyg'ichsimon o'sim ta,  gipofiz va so'rg'ichsim on tana 

kiradi.  B o'rtiq  osti  sohasi  ikki:  oldingi 

(regio  hypothalamica  anterior) 

yoki ko'ruv qismi 



(pars optica) 

tarkibiga kulrang tepacha 



(tuber cinereum), 

quyg'ichsimon 



osimta(infundibulum), 

gipofiz 


(hypophysis), 

ko'ruv  nervi 

kesishmasi 

(chiasma  opticus) 

va  ko'ruv  yo'li 



(tractus  opticus) 

kiradi. 


Orqa 

(regio  hypothalica  posterior) 

yoki hidlov qismiga 



(pars  olfactoria) 

so'rg'ichsim on tana, bo'rtiq osti sohasida 



(regio subthalamica) 

joylashgan 

Luis tanasi kiradi.


Gipotalamusda30  dan  ortiq o'zaklar  bo'lib,  ularning shakli va hajmi 

har xil.  Ular joylashishiga qarab uch sohaga:  oldingi 



(regio hypothalamica 

anterior), 

oraliq 


(regio  hypothalamica  interm edia) 

va  orqa 



(regio 

hypothalamica dorsalis) 

bo'linadi.Gipotalamusning nerv  hujayralari sekret 

ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lib 

(neyrosekret), 

bu sekret shu hujayra 

tolalari orqali gipofizga boradi. Bu o'zaklami gipotalamusning neyrosekretor 

o'zaklari deyiladi.Ulargagipotalamusning oldingi sohasidajoylashgan supra 

optik  o'zak 

(nucleus  supraopticus) 

va  paraventrikulyar  o'zaklar 



(nucleus 

paraventricularis) 

kiradi.  Bu  o'zaklar  hujayralari  o'simtasi  gipotalam o- 

gipofizar  dastani hosil qilib gipofizni orqabo'lagida tugaydi. Gipotalamusni 

oraliq  sohasida:  ravoqsimon  o'zak 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin