A yrisim on bez
Ayrisimon bez
(thymus)
limfoid a’zo bo'lib, bolada yaxshi rivojlangan
bo'ladi. Ayrisimon bezda T-limfotsitlar hosil bo'lishidan tashqari, ulaming
takomillashuviga ta’sir qiluvchi timik omillami ham ishlab chiqaradi. Uning
gormoni timozin limfopoezni faollashtirib T-limfositlari hosil bo'lishida
ishtirok etadi, im m un jarayonlam i kuchaytiradi, uglevod va kaltsiy
moddalarining almashinuvini boshqaradi.
Ayrisimon bez oldingi ko‘ks oralig‘ining yuqori qismida joylashadi. U
kattaligi bir xil bo'lmagan, o‘zaro o‘rta qismida birikkan o‘ng va chap
bo‘laklardan iborat. Bo'laklaming yuqori qismi toraygan, pastki qismi esa
keng. Chap bo'lagi o ‘ngiga nisbatan uzun. Bezni tashqi tom onidan yupqa
biriktiruvchi to'qim ali kapsula o'ragan bo'lib, undan bez ichiga bo'laklararo
to'siqlar
(septa interlobularis)
kirib, bez to'qim asini o'lcham lari
1 —
10 mm bo'lgan bez bo'laklariga
(lobuli thymi)
ajratadi. Bez parenximasi
bo'laklar chekkasida joylashgan to 'q rangli po'stloq modda
(cortex thymi)
va bo'lak markazida joylashgan och rangli mag'iz moddadan
(medulla thymi)
iborat. M ag'iz qismida timus
(gassal)
tanachalari bor. Po'stloq va mag'iz
modda o'rtasidagi chegara har doim aniq emas.
Taraqqiyoti va yoshga qarab o'zgarishi.
Ayrisimon bez homila hayotining
1-oyi oxiri va 2-oyi boshida III—IV jabra cho'ntaklari epiteliyidan hosil
bo'lgan juft o'sim talar shaklida taraqqiy etadi. Ayrisimon bez kurtaklari
kaudal tomonga qarab o'sib, qalinlashadi va bir-biriga yaqinlashadi. Homila
hayotining
8-haftasida uning halqumga qo'shilgan yuqori uchi asta-sekin
yo'qoladi va pastki qismi o'zaro qo'shilib, bez bo'laklarini hosil qiladi. Homila
hayotining 5-oyida ayrisimon bez tuzilishi jihatidan bo'laklardan iborat
bo'lib, ularda po'stloq va mag'iz modda yaxshi ko'rinadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda bez og'irligi nisbatan katta bo'lib, o'rtacha
13,3 g bo'ladi, bu davrda ayrisimon bez o'ng bo'lagining uzunligi 5,2—7,4
sm, kengligi 1,7—2,3 sm, chap bo'lagi uzunligi 5,0—5,5 sm, kengligi
1,5—3,2 sm bo'ladi. Uning yuqori chegarasi to'sh suyagi dastasidan 1,0—
2,5 sm yuqori, o'ng bo'lagi chapiga nisbatan yuqori turadi. O'ng bo'lakning
pastki uchi IV—V qovurg'a tog'aylari o'rtasida tursa, chap bo'lakniki II—
IV qovurg'a tog'aylari o'rtasida turadi. Bola hayotining birinchi uch yilida
ayrisimon bez juda tez o'sadi. Keyingi davrlarda uning o'sishi bir tekis
bo'lib, balog'at davrida eng katta og'irlikka (37g) ega bo'ladi. 10 yoshgacha
po'stloq moddasi m ag'iz moddasidan ko'p bo'lsa,
10 yoshlarda ulaming
miqdori teng bo'ladi. Keyinchalik esa mag'iz modda miqdori ko'paya boshlaydi.
Balog'at davridan so'ng ayrisimon bez og'irligi kamaya boradi va 70—75
yoshlarda
6 g bo'ladi. Ayrisimon bez yoshga qarab o'zgaigan vaqtda butunlay
yo'qolib ketmay, to 'sh suyagi orqasida yog' to'qim asi bilan o'ralgan bez
orolchalari shaklida qoladi.
Mabodo bolada bez erta yo'qola boshlasa, bolaning psixikasi va taraqqiyoti
buzilib, miasteniya va ataksiya belgilari paydo bo'ladi. Agar bez kattalashib
ketsa, limfa tugunlari ham kattalashib, bolada immunitet pasayadi, jinsiy
taraqqiyoti sekinlashadi. Unda ayrisimon bez yaxshi taraqqiy etmagan bo'lsa,
limfopeniya bo'lib, immun tanalami hosil bo'lishi kamayadi.
Chuvalchangsimon o'simtaning limfatik follikula to'plam lari
(nodnli
lym phatici a ggregati appendicis verm iform is)
chuvalchangsim on
o'simtaning shilliq qavati va shilliq osti asosida a’zoning bor bo'yicha joylashadi.
U larn in g um um iy soni b ola va o 'sm irla rd a 600—800 ta b o 'lib ,
chuvalchangsimon o'simtaning shilliq pardasining I sm yuzasiga o'rtacha
10—15 follikula to'plami to'g'ri keladi. Bitta follikula to'plamining o'lchami
1—1,5 mm bo'lib, ular o'rtasida silliq mushak hujayralari, retikula va kollagen
tolalari joylashgan. Tugunchalaming o'tkir uchlari chuvalchangsimon
o'simtaning epiteliyiga qaragan. Follikulalar to'plami bir qator joylashmay,
2—3 qator, turli chuqurlikda joylashadi. Ular yumaloq, oval, noksimon
shakllarda uchraydi. Yuza joylashgan to'plam lar nisbatan yirik bo'ladi.
Follikulalaming limfoid to'qimasi retikula to'qimasi hamda unda joylashgan
o'rta va kichik limfositlar, makrofaglardan iborat.
Chuvalchangsimon o'simtaning limfoid to'qimasini immunoglobulin
(antitela) ishlab chiqaruvchi B-limfositlar hosil bo'ladigan joy deb hisoblash
m um kin. C hunki bu tizim butunlay yoki qism an shikastlanganda
organizmning antitela ishlab chiqarish xususiyati yo'qoladi.
Chuvalchangsimon o'simtaning devorida follikulalar to'plam i homila
hayotining 4-oyida dastlab shilliq pardada, so'ngra shilliq osti asosida paydo
bo'ladi. 5 oylik homilada to'plam yumaloq shaklda bo'lib, limfoid to'qim a
yig'indisidan iborat. Bola tug'ilishidan oldin va tug'ilganidan keyin ularda
ko'payish markazi paydo bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda chuvalchangsimon o'sim ta devoridagi
follikulalar to'plam i soni 150—200 ta, ko'ndalang o'lchamlari esa 0,5—
1,25 mm bo'ladi. Bola 10 yoshdan oshganidan so'ng chuvalchangsimon
o'simtaning shilliq osti asosida yog' hujayralari guruhi paydo bo'lib, kollagen
va elastik tolalar ko'payadi. 16—18 yoshlarda follikulalar soni kamayib, yog'
to'qimasining hajmi ortadi.
Yonbosh ichakning limfatik follikula to'plam lari
(noduli lymphatici
aggregati ilei)
yonbosh ichakning oxirgi qismi shilliq qavati va shilliq osti
asosida joylashadi. Ular oval yoki yumaloq shakldagi yassi hosilalar shaklida
ichakning ichaktutqich chekkasiga qarama-qarshi tomonda ichak bo'shlig'iga
chiqib turadi. Bu sohada shilliq pardaning mushak qatlami uzilgan yoki
butunlay bo'lmaydi. Limfatik follikulalar o'zining uzun o'lcham i bilan
ichakning bo'yiga yo'nalib, goho qiya yoki ko'ndalang joylashishi ham
m um kin. Limfoid tugunchalar joylashgan yerda ingichka ichakning
halqasimon burmalari uzilgan bo'ladi. Limfatik follikulalaming uzunligi
0,5—1,5 sm, kengligi 0,2—1,5 sm, ba’zan 3—5 sm gacha yetadi. Limfatik
follikulalar to'plam larining soni ulaming eng ko‘p rivojlangan vaqtida
(o'smirlik davrida) 33-80 ta. Limfatik follikulalar to'plami homila hayotining
4-oyida ingichka ichakning oxirgi qismida yosh limfoid hujayralaming
yumaloq shakldagi to'plam i holida ko'rinadi. 5 oylik hom ilada tugunlar
aylana va ovalsimon shaklga ega bo'iib, ulaming o'lcham lari uzunligi
2,
kengligi 0,2 sm, soni 5—21 ta.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda limfatik follikulalar to'plam i hali shilliq
parda ustiga turtib chiqmagan bo'iib, soni 30 ga yaqin bo'ladi. Emizikli davrda
ular shilliq parda yuzasiga turtib chiqadi.
Immun tizim in ing periferik a ’zolari
M urtaklar
(tonsilla)
til ildizi, tomoq va halqumning burun qismlarida
halqa shaklida joylashib, ulaiga juft tanglay va nay, toq til va halqum muitaklari
kiradi. Murtaklar tuzilishi jihatidan yetilgan limfoid to'qim a yig'indisidan
iborat bo'iib, uncha katta bo'lmagan zich hujayra massalari — limfoid
tugunchalari bor.
Til m urtagi
(tonsilla lingualis)
toq, til ildizining shilliq pardasini
qoplagan k o'p qavatli yassi epiteliy ostida joylashgan limfoid to'qim adan
iborat. Til ildizining til murtagi joylashgan soha g'adir-budir bo'iib ko'rinadi.
Kattaligi 3—4 mm keladigan do'mboqchalar o'rtasidagi chuqurchalaiga shilliq
bezlarining naychalari ochiladi.
Til murtagi homila hayotining
6—7-oylarida limfoid to'qimaning til
ildizi yon qismlarida alohida-alohida to'plamlar holida paydo bo'ladi. 8 - 9 -
oylarda esa limfoid to'qim a limfoid tugunchalarga aylanadi. Yangi tug'ilgan
chaqaloqning til murtagida limfoid tugunchalaming soni homila hayotining
oxirgi oylariga nisbatan ko'payadi. Bola hayotining birinchi oyida limfoid
tugunlarda o'lcham lari I mm bo'lgan ko'payish markazlari paydo bo'ladi.
Keyinchalik to o'smirlik davrigacha ulaming soni ko'payib boradi.
Tanglay murtagi
(tonsilla palatina)
juft, tanglay-til va tanglay-yutqin
ravoqlari o'rtasidagi murtak chuqurchasida joylashgan. Uning shakli biroz
cho'zilgan bo'lib bodomga o'xshaydi. Tanglay murtagining eng katta uzunligi
13—28 m m , kengligi 14—22 m m. M urtakning ichki yuzasi k o 'p qavatli
yassi epiteliy bilan qoplangan bo 'iib, tom oqning yon chegaralarini hosil
qiladi. Bu yuzada 20 ga yaqin chuqurchalar bo'lib, ularga m urtak
kriptalari ochiladi. M urtakning tashqi yuzasini qoplagan biriktiruvchi
to'qim ali m urtak kapsulasidan uning ichiga trabekulalar kirib bo'laklarga
bo'ladi. Murtakning ichida limfoid to'qimaning zich to'plam lari — limfoid
tuguniar (follikulalar) joylashadi.
Tanglay murtagi homila hayotining 12— 14-haftasida ikkinchi yutqin
cho'ntagi epiteliyi ostida mezenximaning quyuqlashuvi holida hosil bo'ladi.
Besh oylik homilada limfoid to'qim a aniq bilinib. o'lcham lari 2—3 mm
bo'lgan to'plamlar shaklida bo'ladi. Bola tug'ilishidan oldin tanglay murtagida
limfoid to'qima ko'payib, limfoid tugunchalar hosil bo'ladi. Bola tug'ilganidan
so'ng ularda ko'payish markazi hosil bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda tanglay murtagi uncha katta bo'lmasa ham,
og'iz bo'shlig'i ochilganida yaxshi ko'rinadi. Bola hayotining birinchi yilida
uning o'lcham lari ikki marta kattalashib, bo'yiga 15 mm, eniga 12 mm ga
yetadi. 8—13 yoshlarda o'zining eng katta hajmiga ega bo'ladi.
Yutqin murtagi
(tonsilla pharyngealis)
toq bo'lib, yutqin gumbazi va
orqa devori sohasida chap va o'ng eshituv naylarining yutqin teshiklari
o'rtasida joylashgan. Bu sohada 4—6 ta ko'ndalang burmalar bo'lib, ulaming
ichida yutqin murtagining limfoid to'qimasi joylashadi. G oho bu burmalar
pastga tomon osilib, burun to'sig'iga boradi va yutqin bilan bum n o'rtasini
berkitib qo'yadi. Burmalaming erkin yuzalari ko'p qatorli kiprikli epiteliy
bilan qoplangan. Ular ostida yutqun murtagining diametri 0,8 mm gacha
bo'lgan limfoid tugunlari joylashgan.
Yutqin murtagi homila hayotining 3—4-oylarida yutqinni bumn qismining
hosil bo'layotgan shilliq pardasi ichida paydo bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda yutqun murtagi yaxshi bilinib, birinchi 2
oyda uning uzunligi 5—7 mm, kengligi 5—6 mm, qalinligi 3—4 mm bo'ladi.
Emizikli davrda murtak tez o'sib, bir yoshda uzunligi 12 mm, kengligi
6—
10 mm, qalinligi 3—6 mm ga yetadi va unda limfoid tuguniar hosil bo'ladi.
8—13 yoshlarda murtak uzunligi 14—19 mm, kengligi 10—15 mm, qalinligi
5— 14 mm ga yetadi.
Nay murtagi
(tonsilla tubaria)
juft bo'lib, eshituv nayining yutqin
teshigi sohasida joylashgan shilliq parda ostida to'plangan limfoid to'qimadan
iborat.Uning shilliq pardasi ko'p qatorli kiprikli epiteliy bilan qoplangan.
Nay munagining kurtaklari homila hayotining 7—
8-oylarida eshituv nayining
yutqin teshigi atrofida joylashgan shilliq parda ichida paydo bo'ladi.
Nay murtagi yangi tug'ilgan chaqaloqda yaxshi bilinib, uzunligi 7—7.5
mm, kengligi 3—3,5 mm. Bola hayotining birinchi yilida unda limfoid tuguniar
va ko'payish markazlari paydo bo'ladi. Bu murtak bolalikning birinchi davrida
eng katta hajmga ega bo'lib, balog'at va o'smMik davrlarida kichraya boradi.
H azm va nafas a’zolari devoridagi yakka holdagi follikulalar
(noduli
lym p h atici so lita r i).
Bu lim foid tu gu n iar hazm a ’zolari (yutqin,
qizilo'ngach, m e’da, ingichka va yo'g'on ichak, o 't pufagi), ham da nafas
a ’zolari (hiqildoq, kekirdak, bosh, bo'lak va segment bronxlari) shilliq
pardasi va shilliq osti asosida bo'ladi. Ular bir-biridan turli masofada va
chuqurlikda joylashadi. Goho ular shilliq pardani qoplagan epiteliyga
shunchalik yaqin joylashadiki, ular ustida shilliq parda tepacha hosil qiladi.
Yuqorida ko'rsatilgan a ’zolar shilliq pardasidagi limfoid tugunchalar
miqdori juda ko'p. Bola va o'smirlar ingichka ichagi shilliq pardasida 15000
ga yaqin yakka holdagi follikulalar bo'ladi. O 'n ikki barm oq ichak va och
ichakning proksimal qismida shilliq pardaning
1 sm2 yuzasiga kattalarda
30—35 ta yakka holdagi follikulalar to 'g 'ri keladi. Och ichakning distal
qismida ulam ing soni 41—45 bo'lsa, yonbosh ichakda 35—40 ta.
Hiqildoqning shilliq pardasi ichida limfoid to'qima halqa shakiida joylashgan
limfoid follikulalar shakiida bo'ladi. Limfoid to'qim a hiqildoq usti tog'ayi
orqa yuzasi, hiqildoq dahlizi, hiqildoq qorinchalari va cho'michsimon-hiqildoq
usti burmalari shilliq pardasida yoyilgan shaklda joylashadi.
Hazm va nafas a ’zolari devoridagi yakka holdagi follikulalar homila
hayotining 5—6 oylarida hosil bo'layotgan limfoid to'qim aning mayda-
mayda to'plamlari holida paydo bo'lib, taraqqiyotning
6-oyida ular yumaloq
yoki konus shaklida aniq chegaraga ega bo'ladi. Yakka holdagi follikulalar
yangi tug'ilgan chaqaloqda ancha zich joylashadi. Och ichakning boshlang'ich
qismida 1 sm
2 maydonda 13—14 ta yakka limfoid tugunchalar bo'lsa, uning
oxirida 18—19 ta. Ulaming o'lcham lari 0,2—0,3 mm. Bir yoshli bolada
ingichka ichak shilliq pardasida ulaming soni 20 taga, o'lchamlari esa 0,3—1
mm ga yetadi. 15 yoshda ulaming soni yangi tug'ilgan chaqaloqqa nisbatan
2—3 marta ko'payadi. Yangi tug'ilgan chaqaloq yo'g'on ichagi shilliq
pardasining 4 sm
2 maydonida 3 dan 28 gacha yakka holdagi follikulalar
bo'lsa, 2—3 yosh bolada ulaming soni 60 taga yetadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqning hiqildog'i shilliq pardasida (dahliz va hiqildoq
qorinchalari sohasida) limfoid tuguniar yaxshi rivojlangan bo'lib, uning
pastki qismida (boylam osti sohasida) bir yoshdan keyin vujudga keladi.
Cho'm ichsimon-hiqildoq usti burmasida limfoid tugunchalar erta bolalik
davrida paydo bo'ladi. Bola hayoti davomida limfoid tugunlaming soni sezilarli
darajada ko'payadi va
10— 11 yoshlarda ulaming soni yangi tug'ilgan chaqaloqqa
nisbatan 1,5—2 marta ko'p bo'ladi.
Taloq
Taloq
(lien seu splen)
immun tizimining periferik a’zosi bo'lib, qonni
katta qon aylanish doirasi magistral qon tomiri
(aorta)
dan jigaiga boradigan
yo'lida joylashadi. Taloq qon shakliy elementlarini hosil qilishda va modda
almashinuvida ishtirok etadi. U toq a ’zo
bo'lib, qorin bo'shlig'ida chap IX—XI
qovuig'a sohasida joylashadi. Uning uzunligi
katta odamlarda 10—14 sm, kengligi 6—10
sm, qalinligi 3—4 sm, og'irligi o'rtacha
erkaklarda 192 g, ayollarda 153 g. U
cho'zinchoq oval shaklida bo'lib, rangi to 'q
qizil. ushlab ko'iganda yumshoq. Taloqda
(
102-rasm) ikki: yuqori va tashqi tomonga
qaragan silliq diafragma yuzasi
(facies
diapbragmatica)
oldinga va ichki tomonga
qaragan vistseral yuzasi
(facies visceralis)
tafovut qilinadi. Vistseral yuzasida taloq
darvozasi
(hilus lienalis)
joylashgan. Uning
vistseral yuzasida qo'shni ichki a’zolar tegib
102-rasm.Taloq. 1-extrem itas ante
rior; 2-margo inferior; 3-facies dia-
phragmatica; 4-extremitas posterior;
5-margo superior.
turadigan qismlari bor. Taloq darvozasi oldida ko‘ringan me’da yuzasi
(fades
gastrica)
m e’dani tubiga tegib turadi. Taloq darvozasi orqasida joylashgan
buyrak yuzasi
(facies renalis)
chap buyrakning yuqori uchi va chap buyrak
usti beziga, taloq darvozasidan pastda uning oldingi uchiga yaqin joylashgan
chambar ichak yuzasi
(facies colica)
chap chambar ichak burilish burchagiga
tegib turadi.
Taloqning diafragma yuzasini me’da yuzasidan ajmtadigan yuqori chekkasi
(margo superior)
o'tkir qirrali bo'lib, unda 2— 3 ta ko‘ndalang o'ymalar
bor. Pastki chekkasi
(margo inferior)
esa to'mtoqroq. Taloqning orqa qutbi
(extremitas posterior)
yumaloq, yuqoriga va orqaga qaragan. Oldingi qutbi
(extremitas anterior)
o'tkir, oldinga yo'nalib, ko'ndalang chambar ichakdan
yuqorida yotadi. Taloq qorinparda bilan har tom ondan o'ralgan bo'lib,
boylamlar vositasida m e’da katta egriligi
(lig. gastrolienale),
chap byurak
(lig. lienorenale)
va diafragma
(lig. pbrenicolienale)
bilan birlashadi. Seroz
pardaning ostida fibroz parda
(tunica fibrosa)
yotadi. Fibroz pardadan taloqning
ichiga tarkibida kollagen, retikular va elastik tolalari bo'lgan birik-tiruvchi
to'qimali to'siqlar, taloq trabekulalari
(trabeculae lienalis)
kiradi. Trabekulalar
o'rtasida parenxima, taloq pulpasi
(pulpa lienis)
joylashgan. Taloqda oq va
qizil pulpa tafovut qilinadi. Qizil pulpa
(pulpa rubra)
venoz sinuslar oralig'ida
joylashib eritrotsit, leykotsit, limfotsit va makrofaglar bilan to 'la retikula
to'qima to'riaridan iborat. Oq pulpa
(pulpa alba)
taloqning limfoid tugunlaridan
(noduli lymphoidei splenici)
va limfotsitlar, hamda limfoid to'qim aning
boshqa hujayralaridan tashkil topgan periarterial qinlardan iborat. Limfoid
tuguniar yumaloq shaklda bo'lib, ulaming ichidan markaziy arteriya o'tadi.
Limfoid tuguniar retikula to'qimasi to'ri ichida joylashgan limfotsitlardan
iborat. Periarterial limfoid qinlar pulpada arteriyalar va taloqning markaziy
arteriyalarining boshlanish qismi atroftni o'rab oladi. Taloqning oq pulpasi
massasi taloq umumiy massasining 18,5—21% ini tashkil qilsa, qizil pulpa
82—85% ini tashkil qiladi.
Taloq kurtagi homila hayotining 5—
6-haftasida, me’daning dorsal tutqichi
ichida joylashgan mezenxima hujayralari to'plam i shaklida paydo bo'ladi.
Homila taraqqiyotining 2—4-oylarida vena sinuslari, qon tom irlar va
trabekulalar, bo'lajak limfoid tugunlarni hosil qiluvchi lim fotsitlar
to'planishidan hosil bo'ladi. 4—5-oylarda arteriyalar atrofida periarterial limfoid
qinlar paydo bo'la boshlaydi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda taloq yumaloq shakldagi bo'laklardan iborat.
Uning o'rtacha og'irligi 9,5 g bo'lsa, bir yoshda 24—28 g,
6 yoshda taloq
og'irligi bir yoshga nisbatan 2 marta kattalashib, 10 yoshda
66 — 70 g, 16 —
17 yoshda 165 - 171 g bo'ladi.
U m um iy m a ’lu m otlar
I.P. Pavlov ta’limoti bo'yicha organizm ayrim a’zolar yoki tizimlar
yig'indisi bo'lm ay, tashqi m uhit bilan uzluksiz aloqada bo'lgan tirik
umumlashgan tizimdir. Har tirik mavjudot tashqi m uhitdan m a’lum ta’sir
oladi va unga mos javob qaytaradi. Bundan tashqari, oiganizmda bo'layotgan
m odda almashinish jarayonlari ham , o ‘z navbatida, unga m a’lum bir ta ’sir
qiladi va oiganizm bunga javob qaytaradi. Ta’sir tushayotgan soha bilan a ’zo
o'rtasidagi aloqa organizmda nerv tizimi vositasida bog'lanadi. Nerv tizimi
tana qismlari va a ’zolaming faoliyatini bir-biri bilan bog'lab, bir butun
tizimni hosil qiladi. Ikkinchi tom ondan nerv tizimi organizm faoliyatini
tashqi m uhit bilan munosabatini boshqaradi.
Nerv tizimining vazifaviy-tarkibiy birligi - nerv hujayrasi bo'lib, u
o'zidan chiqayotgan o'simtalari bilan birga neyron deb ataladi.
Neyronlar o'lcham i, shakli, o'simtalarining soni va uzunligiga qarab
turli xil bo'ladi. O'simtalari tuzilishi va vazifasiga qarab aksonlar yoki neyrit
va dendritlaiga bo'linadi. Neyronlaming dendritlari ko'p sonli, shoxlangan
bo'ladi. Ular tashqi va ichki m uhit ta’sirini yoki boshqa neyronlardan
kelayotgan impulsni nerv hujayrasi tanasiga o'tkazib beradi. Akson yoki
neyritlar bitta bo'lib, nerv impulsini hujayra tanasidan boshqa neyronga yoki
ish bajaruvchi a’zoga o'tkazib beradi. Tuzilishi, vazifasi va aloqasiga qarab
neyronlar sezuvchi yoki retseptor, oraliq yoki assotsiativ va harakatlantiruvchi
yoki effektor neyronlaiga bo'linadi.
I. Sezuvchi neyronlami dendritlarining uchlarida qabul qiluvchi apparat
- retseptor joylashgan. Retseptor ta ’simi qabul qilib, uni nerv impulsiga
aylantiradi. Retseptorlar m a’lum bir ta’simi qabul qilishga moslashgan
(m e x a n ik , h a ro ra t, kim yoviy) b o 'lib , tu z ilish i h a r xil b o 'la d i.
Retseptorlaming joylashishiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Ekstrotseptorlar tashqi m uhit ta ’sirini qabul qiladi. Ular teri, shilliq
pardalar va sezgi a’zolarida joylashgan.
2. Introtseptorlar organizmning ichki muhitida bo'ladigan kimyoviy
o'zgarishlar, shuningdek, to'qima va a’zolardagi bosim o'zgarishlari ta’sirlarini
qabul qiladi.
3. Propriotseptorlar mushak, pay, boylam, fassiya, bo'g'im xaltasidagi
ta ’sirlami qabul qiladi.
II.
Oraliq yoki assotsiativ neyron qo'zg'alishini sezuvchi neyrondan
harakat neyroniga o'tkazib beradi. Bu neyronlar markaziy nerv tizimida
joylashadi.
III.
Effektor yoki harakatlantiruvchi neyronlaming tanalari markaziy
nerv tizimida yoki vegetativ tugunlarda joylashgan. Ulaming aksonlari ish
bajaruvchi a ’zolarga (ko'ndalang targ'il va silliq m ushaklar va bezlarga)
boradi.
Odamning nerv tizimi neyronlar yig'indisidan tashkil topgan bo'lib,
ular o'zaro sinapslar vositasida qo'shiladi. Bitta neyronning oxirgi tolalari
juda ko'p (10.000) neyron bilan qo'shilishi mumkin. Shu sababli bir joyda
hosil bo'lgan nerv qo'zg'alishi juda ko'p neyronlaiga o'tishi mumkin.
I.M. Sechenov ta ’biricha, nerv tizimining faoliyati reflektorxarakteriga
ega. Refleks asosida reflektor yoyi yotadi. Reflektor yoyi nerv hujayralari
zanjiridan iborat bo'lib, tarkibiga sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi
(efferent) neyronlar kiradi. Bular orqali nerv impulsi retseptordan ish
bajaruvchi a’zolarga boradi. Nerv impulsi reflektor yoyida 120 m/sek tezlikda
yuradi. K o'p hollarda reflektor yoyi tarkibiga uchinchi (oraliq) neyron
kirib, sezuvchi neyron bilan harakatlantiruvchi neyronni bir-biriga bog'lab
turadi. Oddiy reflektor yoyi odatda ikki: afferent va efferent neyrondan
iborat. Afferent neyronning tanasi markaziy nerv tizim idan tashqarida
joylashib, orqa miya tuguni yoki bosh miya nervlari sezuvchi tugunlarining
sohta unipolyar hujayralaridan iborat.
Bu hujayralaming pereferik
o'sim talari orqa miya nervlari yoki sezuvchi tolalari bo'lgan bosh miya
nervlari tarkibida yo'nalib ulaming uchlari retseptomi hosil qiladi. Ulaming
markaziy o'sim talari orqa miya nervlarining orqa sezuvchi ildizi va bosh
miya nervlari tarkibida orqa yoki bosh miyaga kiradi. Sezuvchi hujayraning
bu o'sim tasi orqa miyaning kulrang moddasida yoki bosh miyaning
harakatlantiruvchi o'zagi efferent neyroni hujayralari bilan sinaps hosil
qilib birikadi va nerv qo'zg'alishi harakatlantiruvchi neyronga o'tadi.
Harakatlantiruvchi neyron o'simtalari orqa miya nervlarining oldingi ildizi
tarkibida ish bajaruvchi a’zoga boradi. Odatda, reflektor yoyi tarkibida afferent
neyron bilan efferent neyron o'rtasida oraliq neyron joylashadi.
Odamning bir butun nerv tizimi shartli ravishda odam organizmining
ikki asosiy: o'simlik va hayvoniy a’zolar qismlariga mos ravishda somatik va
vegetativ yoki avtanom nerv tizimlariga bo'linadi.
Somatik nerv tizimi ko'ndalang targ'il mushaklar va terini innervatsiya
qilib, organizmni tashqi muhit bilan bog'laydi.
Vegetativ nerv tizimi ichki a’zolaming silliq m ushaklarini, bezlam i,
yurak-qon tomirlar faoliyatini, a’zo va to'qimalarda modda almashinuvini
innervatsiya qiladi. Vegetativ nerv tizimi, o 'z navbatida, ikki: simpatik va
parasim patik qismlarga bo'linadi. Nerv tizim ining somatik va vegetativ
qismlarga bo'Iinishi shartli ravishda, chunki organizmning butun hayoti
nerv tizimining barcha qismlarini bosh miya po'stlog'i boshchiligida bir-
biriga bog'langan faoliyatidan iborat. Shuning uchun biroita a’zo faoliyatining
o'zgarishi boshqa a ’zolar faoliyatining o'zgarishiga olib keladi. Masalan:
jismoniy ish qilgan vaqtda mushaklarda modda almashinuvi kuchayadi va
kislorodga talab oshadi. Bunga javoban reflektor ravishda o‘pka va yurakning
faohyati kuchayib, mushaklarga qon va kislorodning kelishi ko'payadi.
Topografik nuqtayi nazardan nerv tizimi markaziy va periferik qismlaiga
bo'linadi. Markaziy qismiga bosh va orqa miya kirib, ular kulrang va oq
moddalardan iborat. Kulrang modda nerv hujayralarining to'plam i, oq
modda esa nerv o'simtalaridan tashkil topgan. Periferik qismi tarkibiga nerv
ildizlari, tugunlari, chigallar va nervlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |