0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63

(pars  infraclavicularis) 

qismlaiga bo'linadi.

Yelka  chigalining  o'mrov  osti  qismi  qo'ltiq  osti  arteriyasini  uch 

tomondan o'rab turuvchi uchta dastaga bo'linadi. Arteriyaning medial tomonida



medial dasta 

(faciculis  medialus), 

lateral tomondan  lateral  dasta 



(faciculis 

lateralis), 

orqa tomonida orqa dasta 



(faciculis posterior) 

joylashadi.

Yelka chigalidan  uzun  va  qisqa shoxlar  chiqadi.  Qisqa  shoxlar yelka 

chigalining o'mrov usti qismidan  chiqib,  ularga quyidagi nervlar kiradi.

1.  Kurak orqasi nervi (n. 

dorsalis scapulae) V 

bo'yin nervining oldingi 

shoxidan boshlanib, orqa narvonsimon va kurakni ko'taruvchi mushakning 

o'rtasidan  orqaga  o'tib,  kurakni  ko'taruvchi  va  rombsimon  mushaklami 

innervatsiya qiladi.

2.  Ko'krakning  uzun  nervi 



(n.  thoracicus  longus) 

V  va  VI  bo'yin 

nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi.  Pastga tomon yelka chigalining 

orqasidan yo'nalib, lateral ko'krak arteriyasi bilan oldingi tishsimon mushakni 

tashqi yuzasida yotadi va uni innervatsiya qiladi.

3.

 O'mrov osti nervi 



(n. subclavicus) V 

bo'yin nervining oldingi shoxidan 

boshlanib o'mrov osti arteriyasining oldidan o'z nomidagi mushakga boradi.

4.

  Kurak usti  nervi 



(n.  suprascapularis)  V-VII 

bo'yin  nervlarining 

oldingi shoxidan boshlanadi.  Orqa tomonga yo'nalib,  shu nomli arteriya 

bilan  kurak  o'ymasidan  qirra usti  chuqurchasiga,  so'ngra  akromionni 

aylanib o'tib, qirra osti chuqurchasiga o'tadi.  Bu nerv kurak qirrasi ustidagi

kurak qirrasi ostidagi  mushaklami va yelka bo'g'imi  xaltasini innervatsiya 

qiladi.

5.  Kurak osti nervi 



(n. subscapularis) 

V-VII bo'yin nervlarining oldingi 

shoxidan boshlanadi. Kurak osti mushagini oldidan yo'nalib, o'z nomidagi 

va katta yumaloq mushakni innervatsiya qiladi.

6. Ko'krakning  orqa nervi 

(n. thoracodorsalis) 

V-VII bo'yin nervlarining 

oldingi shoxidan boshlanadi.  Kurakning tashqi chekkasi  bo'ylab orqaning 

keng mushagiga boradi va uni innervatsiya qiladi.

7. Lateral va medial ko'krak  nervlari 

(n.pectorales lateralis et medialis)

V bo'yin I ko'krak nervlarining oldingi shoxidan boshlanadi. Oldinga tomon 

yo'nalib, katta (medial) va kichik ko'krak (lateral)  mushaklarini innervatsiya 

qiladi.


Yelka chigalining o'mrov osti qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:

8. Qo'ltiq osti nervi 



(n.axfflaris) 

yelka chigalining orqa dastasidan (Cv- 

Суп,) boshlanadi. Nerv kurak osti  mushagini oldingi yuzasi bo'ylab pastga 

va tashqariga yo'naladi. Keyin orqaga burilib, yelka suyagini orqadan aylanib 

o'tadigan  arteriya  bilan birga to'rt tomonli teshikdan o'tadi. Yelka suyagi 

xirurgik bo'ynini orqasidan aylanib o'tib, deltasimon mushak ostida yotadi. 

Bu nervning harakatlantiruvchi shoxlari 

(rr.muscularis) 

deltasimon, kichik 

yumaloq mushaklami, sezuvchi shoxlari yelka bo'g'imi xaltasini innervatsiya 

qiladi.  Uning oxirgi shoxi 



n.  cutaneus brachii lateralis  superior 

yelkaning 

lateral sohasi terisini innervatsiya qiladi.

Yelka  chigalining  uzun  shoxlari  uning  o'mrov  osti  qismidagi  lateral, 

medial va orqa dastalardan chiqadi.  Lateral dastadan mushak-teri nervi va 

oraliq nervning lateral ildizi,  medial dastadan tirsak nervi,  oraliq nervning



medial  ildizi,  yelkaning  medial  teri  nervi  va  bilakning  medial  teri  nervi, 

orqa dastadan qo'ltiq osti va bilak nervlari chiqadi.

1. Mushak-teri nervi 

(n. musculocutaneus) 

lateral va past tomonga yo'nalib, 

tumshuqsimon-yelka mushagini teshib o'tadi va yelka mushagi bilan yelkaning 

ikki  boshli  mushagi  o'rtasida  yotadi.  Yelkada  yelkaning  ikki  boshli, 

tumshuqsimon  o'simta-yelka,  yelka  mushaklarini, hamda tirsak bo'g'imi 

xaltasini innervatsiya qiladi. Yelkaning pastki qismida  fastsiyani teshib o'tib, 

bilakning oldingi yuzasiga tushadi va bilakning lateral teri  nervi 

(n. cutaneus 

antebrachii  lateralis) 

nomi  bilan  bilakning  lateral  yuzasi  terisini  bosh 

barmoq asosidagi tepalik sohasigacha innervatsiya qiladi.

2. Oraliq nerv 



(n. medianus) 

lateral va  medial dastalardan chiquvchi ikki 

ildizning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Yelkada oraliq nerv shox bermay,  yelka 

arteriyasi bilan birgalikda tirsak chuqurchasiga tushadi  Tirsak chuqurchasida 

nerv yelka ikki boshli mushagi aponevrozi ostidan o'tib tirsak bo'g'imiga shox 

beradi. Bilakda  nerv yuza va chuqur barmoqlami bukuvchi mushak o'rtasidan 

bilak-kaft oldi bo'g'imi sohasiga keladi.  Bilakda oraliq nervning yiruk shoxi 

bo'lgan oldingi  suyaklararo nerv 



(n. interosseus anterior) 

va mushak shoxlari 



(rr.muscularis) 

bilakning  oldingi  guruh  mushaklaridan 



m.pronator  teres, 

ш. flexor digitorum superficialis, m. flexor pollicis longus, m. flexor digitorum 

profundus  (lateral qismini),  m.  palmaris longus,  m.  flexor carpi  radialis va 

m.  pronator  quadratus 

lami  innervatsiya  qiladi.  Qo'l  kaftiga  oraliq  nerv 

barmoqlami bukuvchi mushak paylari bilan birga o'tib, kaft aponevrozi ostida 

oxirgi  shoxlaiga  bo'linadi.  Kaftda  oraliq  nerv  (121-rasm)  shoxlari  bosh 

barmoq  mushaklaridan 

m.  abductor 

pollicis  brevis,  m.opponens  pollicis,  m. 

flexor pollicis brevis 

ning yuza boshchasini 

va 

1-2   chuvalchangsimon  mushaklami 



innervatsiya qiladi.  Uning oxirgi shoxlari 

uchta kaft tomondagi  umumiy  barmoq 

n erv la ri 

(n n . 

d ig it a le s  

p alm a ris 

communis), 

o'z  navbatida,  7  ta  xususiy 

kaft  tomondagi  barmoq  nervlariga 

(nn. 

digitales  palmaris  proprii) 

bo'linadi.  Bu 

nervlar I,  II,  III barmoqlar terisini va  IV 

barmoqning  lateral yuzasi terisini hamda

II,  III barmoqlaming distal falangasi orqa 

yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Bundan 

tashqari oraliq nerv tolalari bilak-kaft oldi, 

kaft suyaklari o'rtasidagi va I-IV barmoq 

bo'g'imlarini ham innervatsiya qiladi.

121-rasm .Q o‘l  kafti  nervlari.  1-n.medianus;  2-n .ulnaris;  3-r.superflcialis  n.  ulnaris

4-r.profundus  n.ulnari  5-nn.digitales  palmares  communis;  б-nn.digitales palmares proprii.


Yelka chigalining medial dastasidan tirsak nervi, yelkaning medial teri 

nervi va bilakning  medial teri nervi boshlanadi:

1.  Tirsak nervi 

(n.  ulnaris) 

medial  dastadan boshlanib,  yelkada  shox 

bermaydi. U dastlab oraliq nerv va yelka arteriyasi bilan biiga yotadi. Yelkaning 

o‘rta qismida medial tomonga yo'nalib, yelka suyagining ichki o'simtasiga 

yetib boradi va uning  orqasidagi tirsak nervi egatida yotadi. Bilakda nerv o'z 

nomidagi  arteriya bilan  birga tirsak egatida yo'naladi.  Uning pastki uchdan 

birida tirsak nervidan orqa shox 

(r.  dorsalis  n.  ulnaris) 

chiqqandan so'ng 

kaftga tomon yo'naladi.  Nervning mushak shoxlari 

(rr. muscularis) 

bilakda 


m.  flexor digitorum profundus 

(medial qismini) va 



m.  flexor carpi ulnaris 

ni innervatsiya qiladi. Nerv, shuningdek , tirsak bo'g'imiga shoxlar beradi. 

Tirsak nervining orqa shoxi kaftning orqa yuzasida dastlab  3 ta, keyin 5 ta 

barmoq  orqa nervlariga 



(nn. digitales dorsales) 

bo'linadi.  Bu nervlar V, IV 

va III barmoqlaming tirsak tomoni terisini orqa yuzasini innervatsiya qiladi. 

Qo'l  panjasining  kaft yuzasiga  tirsak  nervi 



(r.  palmaris  n.  ulnaris) 

bo'lib 


davom etadi.  Bu shox bukuvchi  pay tutqich ostidan o'tganidan keyin yuza 

(r.superficialis) 

va chuqur 



(r.profimdus) 

shoxlarga bo'linadi.  Uning yuza 

shoxi kaftning kalta  mushagini va V hamda  IV barmoqning medial yuzasi 

terisini 



r. palmaris proprius 

bo'lib innervatsiya qiladi. Tirsak nervining chuqur 

shoxi  (jimjiloqni bukuvchi kalta, jimjiloqni boshqa barmoqlarga  qarama- 

qarshi qo'yuvchi va jimjiloqni uzoqlashtiruvchi) mushaklami, bosh barmoqni 

yaqinlashtiruvchi mushakni, bosh barmoqni bukuvchi kalta mushakni chuqur 

boshini,  3-4  chuvalchangsimon  mushaklami  hamda  kaft  bo'g'imlarini 

innervatsiya qiladi.

2.  Yelkaning  medial  teri  nervi 



(n.  cutaneus  brachii  medialis) 

medial 


dastadan boshlanib, yelka arteriyasi bilan birga yo'naladi. U 2-3 shox bo'lib, 

yelka fastsiyasini teshib o'tadi va yelkaning medial yuzasi terisini innervatsiya 

qiladi.  Qo'ltiq osti  chuqurchasi  asosida  uning shoxlari  II  qovuig'alararo 

nervning teri shoxlari bilan qo'shilib, qovuig'aaro-yelka nervini 



(n. intercosto- 

brachialis) 

hosil  qiladi.

3.  Bilakning medial teri nervi 

(n. cutaneus antebrachii medialis) 

medial 


dastadan boshlanib, yelka arteriyasini yonida yotadi.

Yelkaning o'rta qismida  fassiyani teshib teri ostiga chiqib, bilakka tushadi 

va bilakning oldingi medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi.

Yelka chigalining orqa dastasini bevosita davomi  bilak nervi 



(n. radialis) 

dir.  Bu nerv yelkaning chuqur arteriyasi bilan yelka-mushak kanalida  yelka 

suyagini  aylanib  o'tadi.  Yelkaning  lateral  mushaklararo  to'sig'ini  teshib 

o'tganidan keyin nerv pastga tomon yo'nalib, yelka va yelka-bilak mushaklari 

o'rtasida yotadi. Tusak bo'g'imi sohasida u yuza va chuqur shoxlarga bo'linadi. 

Yelkada bilak  nervi  yelkaning  orqa  guruh  mushaklarini  (yelkaning  uch 

boshli va tiisak mushagi) va yelka bo'g'imi xaltasini  innervatsiya qiladi. Uni 

yelkaning orqa teri shoxi 



(n. cutaneus brachii posterior) 

yelkani orqa tashqi 

yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Bilak nervining yuza shoxi 

(r. superficialis) 

bilakning  oldingi  yuzasiga  chiqib,  bilak egatida  o'z  nomidagi  arteriyani



tashqi tomonida yotadi.  Bilakning pastki  uchdan  bir qismida nerv yelka- 

bilak mushagi va bilak suyagi o'rtasidan bilakning  orqa yuzasiga o'tadi. Bilak 

fassiyasini  teshib o'tgach,  yuza shox 5 ta barmoqning orqa nervlariga 

(nn. 

digitales  dorsalis) 

bo'linadi.  Ular  I,  II va  III barmoq  bilak tomoni orqa 

yuzasi terisini proksimal falangalari sohasigacha innervatsiya qiladi.  Bilak 

nervining chuqur shoxi 



(r. profundus) 

bilakning orqa yuzasiga o'tib, barcha 

orqa guruh  mushaklami  innervatsiya qiladi.  Uning oxirgi shoxi bo'lgan orqa 

suyaklararo  nerv 



(n.interosseus  posterior) 

o'z  nomidagi  arteriya  bilan 

yo'nalib, atrofida joylashgan mushaklami innervatsiya qiladi.

Bilak nervidan  yelka-mushak kanalida chiqqan  bilakning orqa teri nervi 



(n.  cutaneus antebrachii posterior) 

yelka fassiyasini teshib o'tib, yelkaning 

pastki qismi orqa yuzasi va bilakning orqa yuzasi terisini innervatsiya qiladi.

Qo'l terisini innervatsiya qilishda yelka chigalining qisqa va uzun shoxlari 

ishtirok etadi. Yelka  sohasi terisini qo'ltiq osti, yelkaning medial teri nervi va 

bilak  nervi  shoxlari  innervatsiya  qiladi.  Bilak  sohasi  terisini  mushak-teri 

nervi,  bilakning  medial teri  nervi  va  bilak nervining  shoxlari  innervatsiya 

qiladi.  Qo'l  panjasining  kaft  yuzasini  bilak  suyagi  tomondan  3,5  barmoq 

terisini oraliq nerv, tirsak suyagi tomondan  1,5 barmoq terisini tirsak nervi 

shoxlari  innervatsiya  qiladi.  Qo'l  panjasining  orqa  yuzasini  bilak  suyagi 

tomondan 2,5 barmoq terisini bilak nervi, tirsak suyagi tomondan 2,5 barmoq 

terisini esa tirsak nervi innervatsiya qiladi.



Ko'krak nervlarining  oldingi shoxlari  (qovurg'alararo  nervlar)

Ko'krak  nervlarining  oldingi  shoxlari  (qovurg'alararo  nervlar)  (122- 

rasm)  12  juft  bo'lib,  segmentar joylashgan.  Ular  qovurg'alar  oralig'idan 

tashqariga  va oldingi tomonga yo'naladi.  Ustki  11 juft nervlar qovuig'alararo 

nervlar 

(n.  intercostales) 

deb  ataladi,  chunki  ular  qovurg'alar  oralig'ida 

tashqi va ichki  qovurg'alararo mushaklar o'rtasida joylashadi. O 'n ikkinchi 

nerv XII qovuig'a ostida joylashgani uchun  qovuig'a osti nervi 



(n. subcostalis) 

deb ataladi. Bu nervlaming barchasi dastlab qovuig'a egatida shu nomli arteriya 

va vena bilan biiga joylashadi. Har bir qovuig'alararo nervdan mushaklarga 

boruvchi  shoxlar hamda  lateral va oldingi  teri  shoxlari  chiqadi.  Ulaming 

mushak  shoxlari 

(rr.musculares) 

ko'krakning  autoxton  mushaklarini 



(m.intercostales externi et intemi, m. transversus throracis, m. subcostalis) 

innervatsiya  qiladi. Yuqoridagi 

6 juft qovuig'alararo nervlaming oldingi teri 

shoxlari 



(

it

cutanei anteriores) to'sh suyagigacha yetib boradi.  Pastki besh 

juft qovuig'alararo va qovuig'a osti nervlari  qovuig'alar oralig'idan  chiqqanidan 

keyin qorinning ichki  qiyshiq va ko'ndalang mushaklari o'rtasidan yo'nalib, 

qorin to'g'ri mushagi qinini  teshib o'tadi va qorinning oldingi devori terisini 

innervatsiya qiladi. Ulaming mushak  shoxlari ko'krakning autoxton va qorin 

mushaklarini 

(m .obliquus  internus  abdom inis,  m.obliquus  externus 

abdominus,  m.transversus  abdominus,  m.rectus  abdominus,  m.quadratus 

lumborum) 

innervatsiya qiladi.



Qovurg'alararo  nervlaming 

lateral teri shoxlari 



(r r.c u ta n e i 

laterales) 

o'z navbatida oldingi va 

orqa  shoxlarga bo'linib,  ko'krak 

qafasi va qorin devorini tashqi sohasi 

terisini innervatsiya qiladi. Ayollarda 

IV-VT qovurg'alararo nervlaming 

lateral  shoxlari 

(гг.  mammarii 

laterales) 

va  II-IV  nervlaming 

oldingi  shoxlari 

(rr.  mammarii 

mediales) 

sut bezlarini innervatsiya 

qilishda ham ishtirok etadi.

Bel,  du m g'aza  va  dum  

nervlarining oldingi shoxlari o'zaro 

birikib, bel va dumg'aza chigalini 

hosil qiladi.

Bel  chigali

1 2 2 -ra sm .  Q ovu rg'alararo  nervlar.

1-nn.intercostalis;  2-rr.cutanei  anteriores; 

3-m.transversus  abdominis;  4-n.ilioingui- 

nalis; 5-n.iliohypogastricus; 6-n.subcostalis; 

7-costa  XII;  8-r.cutaneus  lateralis;  n.  in­

tercostalis;  9-costa 1

Bel  chigali 



(plexus  lumbalis) 

yuqori uchta bel ( Ь,_ш), shuningdek 

qisman  XII ko'krak (T h^) va IV 

bel  (Ljy)  orqa  miya  nervlarining 

oldingi  shoxlaridan hosil bo'ladi. 

Bel  chigali  bel  umurtqalarining 

ko'ndalang  o'sim talarini  old 

to m o nid a,  belning  kvadrat 

mushagining oldingi yuzasida, katta 

bel mushagining orqasida joylashadi 

U ning  shoxlari  katta  bel 

mushagining  chekkalaridan  yoki 

uni teshib chiqib, qorin devoriga, oyoqqa va tashqi tanosil a’zolaiga yo'naladi. 

Bel chigalidan quyidagi  shoxlar chiqadi:

1.  Mushak shoxlari 

(rr. muscularis) 

ko'p sonli bo'lib, belning kvadrat 

mushagi, katta va kichik bel  va belning ko'ndalang o'simtalararo mushaklami 

innervatsiya qiladi.

2.  Yonbosh-qorin  osti  nervi 

(n.  iliohypogastricus) 

belning  kvadrat 

mushagining oldingi yuzasidan chiqib, tashqi tomonga qovurg'a osti nerviga 

parallel  yo'naladi.  Qorinning  ko'ndalang  mushagini  teshib  o'tib,  u  bilan 

qorinning ichki qiyshiq mushagi o'rtasida  qorin  to'g'ri mushagiga yo'naladi. 

Bu  nerv qorinning yon guruh va to'gri  mushagini,  shuningdek oldingi  teri 

shoxi 

(r. cutaneus anterior) 

qorinning  oldingi devorini pastki qismi terisini 

innervatsiya qiladi. Uning lateral teri shoxi 

(r. cutaneus lateralis) 

dumbaning 

ustki lateral yuzasi va sonning lateral yuqori sohasi terisini  innervatsiya qiladi.


3. Yonbosh-chov nervi (n. flkwnguinalis) yuqoridagi nervga parallel yo'naladi. 

Bu nerv  qorinning ko'ndalang va ichki  qiyshiq mushaklari o'rtasidan o'tib, 

qorinning  yon guruh mushaklarini innervatsiya qiladi  va chov kanaliga kiradi. 

Chov kanalining tashqi teshigidan  chiqqach  chov va  qov  sohasi,  erlik olati 

ildizi, yorg'oq  (ayollarda katta uyatli lablar) terisini innervatsiya qiladi.

4.  Tanosil-son  nervi 



(n.  genito-femoralis) 

katta bel  mushagini  teshib 

o'tib,  ikki: tanosil va son shoxlariga bo'linadi.  Tanosil shoxi 

(r.  genitalis) 

chov kanaliga kirib erkaklarda moyakni ko'taruvchi mushakni, moyakning 

go'shtdor  pardasini  va  terisini,  hamda  sonning  medial  yuzasi  terisini 

innervatsiya qiladi. Ayollarda bachadonning  yumaloq boylamini, katta uyatli 

lablar terisini, shuningdek, son kanali tashqi teshigi sohasi terisini innervatsiya 

qiladi. Son shoxi 



(r. femoralis) 

tomirli Iakunadan o'tgach, son uchburchagi 

sohasi terisini innervatsiya qiladi.

5.  Sonning lateral teri nervi 



(n.  cutaneus  femoris lateralis) 

katta bel 

mushagining  lateral  chekkasidan  chiqib,  yonbosh  mushagining  oldingi 

yuzasida pastga va tashqariga yo'naladi.  Chov boylamining lateral qismi 

ostidan songa o'tadi va sonning lateral yuzasi terisini tizza bo'g'imigacha 

innervatsiya qiladi.

6.  Yopqich  nerv 

(n.  obturatorius) 

katta  bel  mushagining  medial 

chekkasidan pastga yo'nalib kichik chanoq bo'shlig'iga tushadi. O'z nomidagi 

arteriya va vena bilan biiga  yopqich kanal orqali  o'tib  sonning yaqinlashtiiuvchi 

mushaklari o'rtasiga chiqadi. Yopqich nerv bu yerda  ikki  shoxga  bo'linadi. 

Oldingi  shox 



(r.  anterior) 

taroqsimon,  qisqa va uzun  yaqinlashtiruvchi 

mushaklami va sonning  medial  yuzasi  terisini  innervatsiya qiladi.  Orqa 

shox 


(r.  posterior) 

qisqa yaqinlashtiruvchi  mushakni  orqasidan  yo'nalib, 

tashqi yopqich, katta  yaqinlashtiruvchi mushaklarini va chanoq-son bo'g'imi 

xaltasini innervatsiya qiladi.

7. Son nervi 

(n. femoralis) 

bel chigalining eng katta shoxi. U katta bel va 

yonbosh mushaklarining o'rtasidagi egat bo'ylab yo'nalib, mushakli lakuna 

orqali  son uchburchagiga  chiqadi.  Chov boylamidan biroz pastroqda son 

nervi  quyidagi  shoxlarga  bo'linadi:  a)  mushak  shoxlari 

(rr.  muscularis) 

tikuvchilar,  taroqsimon va sonning  to'rt  boshli  mushaklarini innervatsiya 

qiladi; b) oldingi teri shoxlari 

(rr.  cutanei anterior) 

3-5 ta bo'lib,  sonning 

oldingi  medial  yuzasi  terisini  innervatsiya  qiladi;  d)  yashirin  nerv 

(n. 

saphenus) 

son arteriyasi bilan yaqinlashtiruvchi kanalga kirib, uning oldingi 

teshigi orqali chiqadi.  So'ngra tikuvchilar mushagi payi ostidan o'tib,  son 

suyagi ichki do'ngsimon o'simtasi orqasidan pastga yo'nalib sonning serbar 

fassiyasini teshib o'tadi. Tizza bo'g'imi sohasida tizza bo'g'imi ichki yuzasi, 

tizza qopqog'i, boldirning yuqori qismi oldingi yuzasi terisini innervatsiya 

qiluvchi  tizza  qopqog'i  osti  shoxini 

(r.  infrapatellaris) 

beradi.  Yashirin 

nerv boldirda katta yashirin venaning yonidan yo'nalib, boldirning oldingi 

medial  yuzasi  terisini  innervatsiya  qiluvchi  shoxlami 



(rr.  cutanei  cruris 

medialis) 

beradi.  Oyoq panjasida esa yashirin nerv uning medial chekkasi 

terisini to bosh barmoqqacha innervatsiya qiladi.


Dumg'aza chigali (plexus sacralis) Vbel (L J, yuqoridagi  to'rtta dumg'aza 

( S^Sp,), qisman  IV  bel (Lw) orqa miya nervlarining oldingi shoxlarming 

qo'shilishidan hosil bo'ladi.  Dumg'aza chigali  asosi dumg'aza suyagining 

chanoq  teshiklariga,  uchi esa katta o'tirg'ich teshigiga qaragan uchburchak 

shaklida bo'lib,  chanoq fassiyasi bilan noksimon mushak o'rtasida yotadi. 

Dumg'aza chig'alining shoxlari uzun va qisqa guruhlarga bo'linadi.

Dumg'aza chigalining qisqa shoxlariga mushaklarga boruvchi shoxlar, ustki 

va pastki dumba nervlari, shuningdek, uyatli nerv kiradi.

1.  Mushaklarga  boruvchi  nervlar 

(n.  musculi  obturatorius  internus, 

n.musculi  piriformus,  n.musculi  quadratus  femoris) 

noksimon  mushak 

osti teshigi orqali chiqib shu nomdagi  mushaklami innervatsiya qiladi.

2.  Yuqorigi  dumba  nervi 



(n.  gluteus  superior) 

chanoq bo'shlig'idan 

noksimon mushak usti teshigidan shu nomdagi arteriya va vena bilan tashqariga 

chiqib,  o'rta va kichik dumba mushaklari orasida yotadi.  Bu nerv o'rta va 

kichik dumba hamda sonning keng fassiyasini  taranglovchi mushaklami 

innervatsiya qiladi.

3. Pastki dumba nervi 

(n. gluteus inferior) 

chanoq bo'shlig'idan noksimon 

mushak osti teshigi  orqali o'z nomidagi arteriya va  vena,  o'tirg'ich nervi, 

uyatli nerv va sonning orqa teri nervi bilan birga chiqadi.  Nerv katta dumba 

mushagini va chanoq-son bo'g'imi xaltasini innervatsiya  qiladi.

4.  Uyatli  nerv 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin