0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi


 Yutqin shoxlari  (r. pharyngei)



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

1.

 Yutqin shoxlari 



(r. pharyngei) 

yutqin devorida til-yutqin  va simpatik 

poya tolalari bilan biiga yutqin chigalini (plexus pharyngeus) hosil qiladi. Bu 

shoxlar  yutqinning  shilliq  pardasini,  siquvchi  mushaklami  va  yumshoq 

tanglay  mushaklarini (tanglay chodirini  taranglovchi mushakdan tashqari) 

innervatsiya qiladi.

2.  Yurakning ustki  bo'yin shoxlari 

(rr.  cardiaci  cervicales  superiores) 

pastga tomon yo'nalib, yurak chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.

3.  Hiqildoqning  ustki  nervi 

(n.  laryngeus  superior) 

pastki  tugundan 

boshlanib,  ikki  shoxga  bo'linidi.  Tashqi  shox  (r.  extemus)  hiqildoqning 

uzuksimon-qalqonsimon  mushagini, ichki  shox (r. internus) hiqildoqning 

shilliq pardasini ovoz tirqishidan yuqori qismini va til ildizi shilliq pardasini 

bir qismini  innervatsiya qiladi.

4. Orqaga qaytuvchi hiqildoq nervi 

(n. laryngeus recurrens). 

Chap tomonda 

bu nerv  aorta ravog'i sohasida boshlanib,  uni past  tomonidan o'tsa,  o'ng 

tomonda  o'mrov  osti  arteriyasini  past  tomonidan  aylanib  o'tib  yuqoriga 

ko'tariladi.  Undan  quyidagi:  traxeya 

(rr.  tracheales), 

qizilo'ngach 



(rr. 

esophagei) 

va  yurakning  pastki  bo'yin  shoxlari 



(rr.  cardiaci  cervicales 

inferiores) 

chiqadi.  Uning oxiigi shoxi hiqildoqning  pastki nervi 



(n. laryngeus 

inferior) 

hiqildoqning shilliq pardasining ovoz tirqishidan pastki qismini va



hiqildoq  mushaklarining  (uzuksimon-qalqonsimon  mushakdan  tashqari) 

barchasini  innervatsiya qiladi.

Adashgan nervning ko'krak qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:

1.  Yurakning ko'krak shoxlari 



(rr.  cardiaci  thoracici) 

yurak chigaliga 

boradi.

2. Bronx shoxlari 



(гг. broncbiales) 

simpatik poya shoxlari bilan qo'shilib, 

bronxlami o'rab o'pkaga kiruvchi o'pka chigalini 

(plexus pulmonalis) 

hosil 


qiladi.

3.  Qizilo'ngach  chigalidan 



(plexus  esophageus) 

qizilo'ngach  devoriga 

boruvchi  shoxlar 

(rr.  esophagei) 

chiqadi.


Adashgan nervning qorin qismida adashgan nervning oldingi poyasidan 

oldingi me’da 



(rr. gastrici anteriores) 

va jigar shoxlari 



(rr. hepatici) 

chiqadi. 

Uning orqa poyasidan orqa me’da  shoxlari 

(rr.gastrici posteriores) 

hamda 


qorin shoxlari 

(rr.  coeliaci 

)  chiqadi.  Qorin  shoxlari  chap  me’da  arteriyasi 

bo'ylab  yo'nalib,  quyosh chigaliga qo'shiladi. Undan  adashgan nerv tolalari 

jigar, taloq, me’da osti bezi, buyrak, ingichka va yo'g'on ichaWaiga boradi.



Qo‘shimcha nerv

XI 

juft,  qo'shim cha  nerv 



(n. 

accessorius) 

- harakatlantiruvchi (130- 

rasm)  nerv.  Uni  ikkita  o'zagi  bo'lib, 

bittasi  uzunchoq  miya  sohasida, 

ikkinchisi  orqa  miyada  joylashgan. 

Uzunchoq  miyadan  nerv  bosh  miya 

ildizi, orqa miyadan esa orqa miya ildizini 

hosil qilib  chiqadi.

Orqa  miya  ildizi 

(radix  spinalis) 

yuqoriga ko'tarilib,  katta teshik orqali 

kalla ichiga kiradi va bosh ildizi 

(radix 

cranialis) 

bilan qo'shiladi. Hosil bo'lgan 

qo'shimcha nerv ikki shoxga bo'linadi. 

Ichki shox 



(r. internus) 

adashgan nervga 

qo'shiladi.  Tashqi  shox 

(r.  externus) 

bo'yinturuq  teshigi  orqali  tashqariga 

chiqadi. Teshikdan chiqqanidan so'ng 

nerv orqa tomonga yo'nalib, trapetsiyasi 

mushaklami innervatsiya qiladi.

130-rasm.  Qo'shimcha nervning chizm&si.

1-bosh  miya  o'zagi;  2-orqa  miya  o'zagi; 

3-foramen  magnum;  4-orqa miya;  5-radi- 

ces spinales; б-radices craniales; 7-foramen 

jugulare;  8-r.externus;  9-r.internus; 

10-to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon  mushak 

shoxi;  11-trapetsiyasimon  mushak  shoxi

non va to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon



Til  o sti  nervi

XII 


juft,  til  osti  nervi 

(n.  hypoglosus) 

harakatlantiruvchi  nerv.  Uning 

bitta harakatlantiruvchi  o'zagi  uzunchoq miyada joylashgan. Nerv uzunchoq 

miyadan piramida bilan olivaning o'rtasidan  chiqadi. Kalla bo'shlig'idan o'z



nomidagi kanal orqali chiqib,  ravoq hosil qilib, oldinga va  yuqoriga tilga qarab 

yo‘naladi.  Til  ichida  til  shoxlariga 



(r.  linguales) 

bo'linib,  til  mushaklarini 

innervatsiya qiladi. Til osti nervidan chiquvchi 

radix superior 

bo'yin chigalining 

pastki shoxi bilan qo'shilib, bo'yin sirtmog'ini hosil qiladi. Uning shoxlari til 

osti suyagidan pastda joylashgan mushaklami innervatsiya qiladi.



V e g e ta tiv   n erv  tizim i

Vegetativ nerv tizimi  organizmning o'sishda  ishtirok etadigan  a’zolar 

faoliyatini boshqaradi.  U  a’zolar faoliyatini  kuchaytiradi yoki pasaytiradi, 

natijada a’zolaming  tonusi o'zgaradi.

Vegetativ  nerv  tizimi  ikki:  markaziy  va periferik  qismlarga  bo'linadi. 

Uning markaziy qismi bosh va orqa miyaning ayrim sohalarida joylashgan 

to'rt qismdan iborat:

1. Mezensefal  qism - o'rta miyada, ko'zni harakatlantiruvchi nervning 

qo'shimcha (Yakubovich)  o'zagi.

2.

  Bulbar qism - uzunchoq miyada va ко'prikda joylashgan VII,  IX,  X 

juft bosh miya nervlarining vegetativ o'zaklari.

3.  Torokolyumbal qism  -  orqa miyani  Смп  -Th, - L

U1 segmentlarining 

oraliq lateral ustunlaridagi vegetativ o'zaklar.

4.  Sakral  qism  -  orqa  miyaning  SII IV segmentlari  sohasida joylashgan 

oraliq medial o'zaklar.

Bu  markazlardan  mezensefal,  bulbar  va  sakral  qismlari  parasimpatik 

nerv tizimiga taalluqli. Bu vegetativ markazlar, o'z navbatida, oliy vegetativ 

markazlar  ta ’siri  ostida  bo'ladi.  Bu  markazlar  bosh  miyaning  quyidagi 

qismlarida joylashgan.

1. Orqa miyada - IV qorinchaning tubida qon tomirlar harakati markazi.

2.

  Miyachada  -  qon  tomirlar  harakati refleksi,  teri  trofikasi,  yaralami 

bitish tezligi markazlari.

3 .0 ‘rta miyaning kulrang moddasida,  silviy suv yo‘li atrofida.

4. Oraliq miyada-gipotalamusda.Gipotalamus bosh  miyaning qadimiy 

qismlaridan bo'lib, vegetativ faoliyatlami  boshqarishda katta ahamiyatga ega. 

Bu soha barcha o'simlik hayoti a’zolarining faoliyatini boshqaradi va ulami 

bir-biri bilan bog'lab turadi.

5. Oxirgi miya - targ'il tanada issiqlik va uglevod almashinuvini boshqaruvchi 

markazlar joylashgan.

Vegetativ  nerv  tizimining  periferik qismi tarkibiga:

1. Vegetativ nervlar, ulaming shoxlari va tolalari. Vegetativ tolalar tugun 

oldi 

(pregaglionar) 

va tugun orqa 



(postganglionar) 

tolalarga bo'linadi. Tugun 

oldi tolalar markazdan  to  vegetativ  tugungacha  borsa,  tugun  orqa  tolalar 

tugundan to a’zolargacha boradi.



2.

 Vegetativ nerv tugunlari joylashishiga qarab:

a). Paravertebral tuguniar - umurtqa pog'onasining yon tomonida joylashadi.


b). Prevertebral tuguniar - umurtqa pog'onasining old tomonida joylashadi. 

Bu  ikki guruh tuguniar simpatik nerv tizimiga taalluqli.

d). Intramural tuguniar - ichki a’zolar devorida joylashadi. Ular mushak 

pardada  (harakatlantiruvchi,  Auibax),  shilliq  osti  (sezuvchi,  Meysner)  va 

seroz osti  asosda (sezuvchi, Vorobev) joylashgan tugunlariga bo'linadi.

e).  Oxirgi  yoki  a’zolar  yaqinida  (uch  shoxlik  nerv  yo'nalishida) 

joylashgan  tuguniar.  Bu  ikki  guruh  tuguniar  parasimpatik  nerv  tizimiga 

taalluqli.

3. 

Vegetativ  nerv  chigallari  bo'shliqlarda  qon  tomirlar 



va  a’zolar 

atrofida joylashadi.



V egetativ  va  som atik  nerv  tizim ining  o'zaro   farqi

1. Somatik yoki animal nervlar miya so'g'oni va orqa miyaning boshidan 

oxirigacha  har bir  segmentdan  chiqadi  va  segmentar  tarqaladi.  Vegetativ 

nervlar  markaziy  nerv  tizimining  to'rt  qismidan  chiqadi.

2.  Reflektor yoyda vegetativ nerv tizimining oraliq neyroni hujayralari 

yrcja miyaning yon shoxlarida joylashib, ulaming aksonlari tugun oldi tolalarini 

hosil qiladi.  Ular mielin parda  bilan  qoplangan.  Vegetativ nerv tizimining 

effektor neyroni tugunlardan boshlanib,  tugun orqa tolalarini hosil  qiladi. 

Somatik  nerv  tizimining  effektor  neyroni  markazdan  to  a’zogacha  hech 

qayenJa uzilmaydi.

3.  Somatik nerv tolalari  ustidan  mielin  parda bilan  qoplangan bo'lsa, 

vegetativ nerv tolalarida mielin parda juda yupqa yoki umuman  bo'lmaydi.



Sim patik  va  parasimpatik  nervlam ing 

o'zaro  farqi

1 .  Parasimpatik nerv tizimi markazlari bir-biridan uzoqda va kichik 

sohada  joylashgan.  Simpatik  nerv  tizimi  markazi  bitta  katta  sohada 

joylashgan.

2.  Simpatik nerv tizimi barcha ichki a’zolami va ko'z olmasining silliq 

mushaklarini innervatsiya  qiladi, parasimpatik nerv tizimi esa siydik yo'li va 

ba’zi bir yirik qontomirlarda bo'lmaydi.

3.  Parasimpatik nerv tugunlari  ichki a’zolar devori ichida yoki a’zoga 

yaqin joylashsa, simpatik nerv tugunlari esa umurtqa pog'onasi yonida yoki 

oldida joylashadi.

4. Parasimpatik nervlaming preganglionar tolalari uzun, postganglionar 

tolalari  qisqa  bo'lsa,  simpatik  nervlaming  preganglionar  tolalari  qisqa, 

postganglionar tolalari uzun bo'ladi.

Simpatik  va  parasimpatik  nervlar  organizmga  qarama-qarshi  ta’sir 

ko'rsatadi.  Shunga  qaramasdan bu  ikki tizim o'zaro  hamkorlikda faoliyat 

ko'rsatadi.  Masalan:  parasimpatik  nerv  tizimi  ta’sirida  yurak  harakati 

sekinlashsa, tomirlami toraytiruvchi simpatik nervlar faoliyati pasayib qon 

tomirlar shunga mos ravishda kengayadi va qon oqishi sekinlashadi.



Vegetativ  nerv  tizimining  simpatik  qismi

Vegetativ nerv tizimining simpatik qismining (pars simpatica) markazini 

orqa miyaning 

- Th, -L„ segmentlaxining  oraliq lateral ustunda joylashgan 

vegetativ  o'zaklar  hosil qiladi.  Uning periferik  qismi tarkibiga:  1)  o‘ng va 

chap  sim patik  poya 



(truncus  sim p aticu s); 

2 )  qo'shuvchi  tolalar 



(rr.communicantes); 

3)  umurtqa pog'onasi  oldida  va yonida,  shuningdek, 

yirik qon tomirlar atrofida  joylashgan  simpatik tuguniar;  4)  vegetativ nerv 

chigallari va ulardan a’zolarga boruvchi nervlar; 5) shu tugunlardan a’zolarga 

boruvchi nervlar; 

6)  a’zolar va qon tomirlar  vegetativ chigallar;  7) somatik 

nervlar tarkibida a’zolar va to‘qimalarga boruvchi nervlar kiradi.

Simpatik  nerv  tizimining  preganglionar  tolalari  orqa  miyaning  yon 

ustunlari hujayralarining o'simtalaridan iborat. Bu o'simtalar orqa miyadan 

oldingi ildiz tarkibida chiqib,  orqa miya nervidan umurtqalararo teshikdan 

o'tgach,  oq qo'shuvchi tolalar 

(r.  communicantes  alba) 

bo'lib  ajraydi.  Bu 

tolalar yaqinida joylashgan simpatik poya tugunlariga qo'shiladi. Oq qo'shuvchi 

tolalar VIII bo'yin, barcha ko'krak va ikkita yuqoriga bel nervlari tarkibida 

bo'ladi. Bu tolalar barcha ko'krak (yulduzsimon tugunga ham) va ikkita yuqori 

bel tugunlariga birikadi. Simpatik poyaning qolgan tugunlariga oq qo'shuvchi 

tolalar bormaydi. Ularga preganglionar tolalar simpatik poyaning ko'krak va 

bel tugunlaridan tugunlararo tolalar orqali uzilmasdan boradi.



Simpatik  poya

Simpatik  poya 



(truncus  sympathicus) 

juft  a’zo  bo'lib,  umurtqa 

pog'onasining yon tomonida joylashgan. U kalla asosidan boshlanib, pastga 

tomon  yo'naladi.  Ulaming  pastki  uchlari  bir-biriga  yaqinlashib,  birinchi 

dum umurtqasining oldingi yuzasida joylashgan toq tugunda 

(ganglion impar) 

tugaydi. Simpatik poyani 20-25 ta simpatik tuguniar va ulami o'zaro biriktinivchi 

tugunlararo tolalar 

(rr.intergangUonares) 

hosil qiladi. Simpatik poya tugunlari 

duksimon, oval, uchburchak va ko'p burchakli shakllarda uchraydi. Topografiya 

jihatidan simpatik poyada to'rt:  bo'yin,  ko'krak, bel va dumg'aza qismlari 

tafovut qilinadi.

Simpatik poyaning bo'yin qismi kalla asosidan to I qovurg'a bo'ynigacha 

davom etadi Bu qismda simpatik poya bo'yin chuqur mushaklarini oldida, 

umurtqa oldi fassiyasining orqasida yotadi. Bo'yin qismida uchta tugun tafovut 

qilinadi. Bu tugunlarga preganglionar tolalar orqa miyaning VIII bo'yin va 

yuqorigi 6-7 ko'krak segmentlari vegetativ o'zaklaridan tugunlararo tolalar 

orqali keladi.

Ustki  bo'yin  tuguni 



(ganglion  cervicale  superius) 

eng  katta  simpatik 

tugun. U duk shaklida bo'lib, uzunligi 2 sm, kengligi 0,5 sm. Bu tugun II-III 

bo'yin  umurtqalari  sohasida  boshning  uzun  mushagi  oldida,  ichki  uyqu 

arteriyasining orqasida va adashgan nervning medial tomonida yotadi. Ustki 

'yin tugunidan quyidagi shoxlar chiqadi:



1.  Kulxang qo'shuvchi shoxlar 

(rr. communicantes grisei) 

yuqori to'rtta 

bo'yin nerviga qo'shiladi.

2.  Ichki  uyqu  nervi 



(n.caroticus  internus) 

ichki  uyqu  arteriyasi 

atrofida  chigal  hosil  qilib,  uyqu  kanali  orqali  kallaning  ichiga  kiradi. 

Kanalda arteriyaning uyqu nog'ora tarmog'i bo'ylab ketgan nervlar nog'ora 

bo'shlig'i shilliq pardasini innervatsiya qiladi.  Kanaldan o'tgach chuqur 

tosh  nervi 



(n .  petrosus  profundus) 

ajralib  chiqib,  yirtiq  teshik  orqali 

ponasimon  suyak  qanotsimon  kanaliga boradi.  Bu  yerda  u  katta  tosh 

nervi bilan qo'shilib qanotsimon kanal nervini 



(n.  canalis ptherygoidei) 

hosil qiladi va qanot-tanglay tugunida tugaydi.  Undan simpatik tolalar 

yuqori jag'  nervi tolalari tarkibida tarqalib og'iz, burun bo'shlig'i shilliq 

pardasi  bezlari,  ko'zyoshi  bezi,  pastki  qovoq  kon'yunktivasi  va  yuz 

terisi qon tomirlarini innervatsiya qiladi.  Ko'z arteriyasi atrofida chigal 

hosil  qilib  kirgan  nervlaming  tolalari  kiprikli  tugun  orqali  o'tib  kalta 

kiprikli  nervlar  tarkibida ko'z  olmasi  qon  tomirlarini  vaqorachiqni 

kengaytiruvchi mushakni innervatsiya qiladi.  Kalla ichida uning shoxlari 

ichki  uyqu  arteriyasi tarmoqlari bo'ylab tarqaladi.

3. Tashqi uyqu nervlari 



(nn.  carotid  externi) 

2-3 ta bo'lib, tashqi uyqu 

arteriyasi atrofida chigal hosil qilib. uning tarmoqlari bo'ylab tarqaladi. Uning 

shoxlari  boshning  qon  tomirlari,  bezlari  va  silliq  mushak  to'qimalami 

innervatsiya qiladi. Ichki va tashqi uyqu chigallari qo'shilib, umumiy uyqu 

arteriyasi chigalini hosil qiladi.

4.  Bo'yinturuq  nervi 

(n.  jugularis) 

ichki  bo'yinturuq venasi  bo'ylab 

ko'tariladi. Bo'yinturuq teshigi sohasida uning shoxlari adashgan nervning 

ustki  va  pastki  tugunlariga,  til-yutqin  nervining  pastki  tuguni  va  til  osti 

nerviga qo'shiladi.  Buning natijasida simpatik tolalar  IX,  X,  va XII juft 

bosh miya nervlari tarkibida a’zolar va qon tomirlarga tarqaladi.

5.  Hiqildoq-halqum  shoxlari 

(rr.  laryngopharygei) 

hiqildoq-halqum 

chigalini hosil qiladi. Uning shoxlari hiqildoq  va halqumning qon tomirlari 

va shilliq pardasini simpatik  innervatsiya qiladi.

6

.  Ustki bo'yin yurak nervi 



(n.  cardiacus  cervicalis  superior) 

simpatik 

poyaga parallel yo'naladi.  O'ng nerv elka-bosh poyasini yoqalab o'tib, aorta 

ravog'i  orqa  yuzasida joylashgan  chuqur yurak chigaliga qo'shiladi.  Chap 

tomondagi nerv chap umumiy uyqu arteriyasi bo'ylab yo'nalib, aorta ravog'i 

bilan o'pka poyasi bifurkatsiyasi o'rtasida joylashgan yurak chigalining yuza 

qismiga  qo'shiladi.

O'rta bo'yin  tuguni 



(ganglion cervicale medium) 

doimiy emas. U uncha 

katta  bo'lmay,  VI  bo'yin  umurtqasi  ko'ndalang  o'sig'i  oldida,  pastki 

qalqonsimon  arteriyaning orqasida yotadi.  Uni pastki bo'yin tuguni bilan 

qo'shib turuvchi tugunlararo tola  o'mrov osti arteriyasini ikki tomonidan 

o'tib,  o'mrov  osti  sirtmog'ini 



(ansa  subclavia) 

hosil  qiladi.  0 ‘rta  bo'yin 

tugunidan quyidagi  shoxlar chiqadi:

1. 


Kulrang  qo'shuvchi  shoxlar 

(rr.  communicantes  grisei)  V  

va 


VI 

bo'yin nervlariga qo'shiladi.



2

. 0 ‘rta bo‘yin yurak nervi 



(n. cardiacus cervicalis medius) 

ustki bo‘yin 

yurak nerviga  parallel va tashqariroqda yo‘nalib, yurak chigalining chuqur 

qismiga qo'shiladi.

3.  Qalqonsimon  shoxlar 

(rr.  thyreoidei) 

pastki  qalqonsimon  arteriya 

atrofida chigal hosil qilib yo'nalib, qalqonsimon va qalqon orqa bezlariga boradi.

Pastki bo‘yin tuguni  ko'pincha birinchi ko'krak tuguni bilan qo'shilib 

yulduzsimon  tugunni 

(ganglion  stellatum) 

hosil  qiladi.  Bu  tugun  VII 

bo'yin umurtqasi  va I  qovurg'a bo'yni sohasida, o'mrov osti arteriyasidan 

umurtqa  arteriyasi chiqqan joyda yotadi. Yulduzsimon tugundan quyidagi 

shoxlar  chiqadi:

1.  Kulrang  qo'shuvchi  shoxlar 



(rr.  communicantes  grisei) 

VII  va


VIII  bo'yin nervlariga  qo'shiladi.

2.  O'mrov  osti shoxlari 



(rr.subckmus) 

o'mrov osti arteriyasi  atrofida 

chigal 

(plexus  subclavius) 

hosil qilib, uning tarmoqlari bo'ylab yo'naladi.

3. Umurtqa nervi 

(n. vertebralis) 

umurtqa arteriyasi atrofida chigal hosil 

qilib bosh, orqa miya qon tomirlarini va  pardalarini innervatsiya qiladi.

4.  Pastki  bo'yin  yurak  nervi 



(n.  cardiacus  cervicalis  inferior) 

o'ng 


tomonda  elka-bosh  poyasi,  chap  tomonda  aortaning  orqasidan  yo'nalib, 

yurak chigalining chuqur qismiga qo'shiladi.

Simpatik  poyaning  ko'krak  qismi  qovurg'alaming  bo'yni  sohasida 

umurtqalaming tashqi tomonida joylashgan bo'lib,  ustidan parietal plevra 

qoplagan. Bu qism 10-12 ta  uchburchak shaklli, o'lchamlari 3-5 mm bo'lgan 

ko'krak tugunlardan iboiaL  Bu tugunlarga  barcha ko'krak orqa miya  nervlaridan 

chiquvchi preganlionar  tolalardan  iborat  oq  qo'shuvchi  shoxlar keladi. 

Simpatik poyaning ko'krak qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:

1. Kulrang  qo‘shuvchi  shoxlar 

(rr.  communicantes  grisei) 

tugun 


orqa tolalaridan iborat bo'lib ko'krak nervlariga qo'shiladi.

2.  Ko'krak  yurak  nervlari 



(nn.  cardiaci  thoracici) 

II-V  ko'krak 

tugunlaridan boshlanib, yurak chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.

3. O'pka shoxlari 



(rr. pulmonales) 

o'pka chigalini hosil qilishda ishtirok 

etadi

4. Aorta shoxlari 



(rr. aortici) 

ko'krak aortasi tarmoqlari atrofida chigallar 

hosil  qilib,  yo'nalib  qizilo'ngach,  ko'krak  limfa  yo'li,  toq  va  yarim  toq 

venalar devorini ham innervatsiya qiladi.

5. Katta ichki a’zolar nervi 

(n. splanbnicus  major) 

5-9  ko'krak  tugunlari 

shoxlarining X ko'krak umurtqasi sohasida bitta dastaga yig'ilishidan hosil 

bo'ladi. Diafragmaning bel qismi mushak dflstalari o'rtasidan qorin bo'shlig'iga 

o'tib, quyosh chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.

6

.  Kichik  ichki  a’zolar  nervi 



(n.splanchnicus  minor) 

X-XI  ko'krak 

tugunlari  shoxlaridan  hosil  bo‘ladi.  Diafragmaning  bel  qismidan  qorin 

bo'shlig'iga o'tib, quyosh chigalini hosil qilishda ishtirok etadi.

7.  Agarda  12  ko'krak tuguni bo'lsa,  eng pastki  ichki a’zolar nervi 

(n. 

splancbnicus  imus) 

hosil  bo'ladi. 



diafragmaning  bel  qismidan  o‘tib 

buyiak chigaliga qo'shiladi.


Simpatik poyaning bel qismi  3-5 ta  duk shaklidagi o‘lchamlari 6 mm 

bo'lgan  bel  tugunlardan 



(ganglia  lumbalia) 

iborat.  Ular  bel  umurtqalari 

tanasini oldingi yon tomonida,  katta bel mushagining ichki chekkasida bir- 

biriga juda yaqin joylashgan bo‘lib, oldindan qorinparda orqa fassiyasi qoplaydi. 

0

‘ng va chap tomondagi bel tugunlari o'zaro umurtqalaming old tomonida 



joylashgan ko'ndalang qo'shuvchi tolalar vositasida birikkan. Yuqorigi ikkita 

bel tuguniga I va II bel nervlaridan oq qo'shuvchi shoxlar keladi. Bel simpatik 

tugunlaridan quyidagi shoxlar chiqadi:

1.  Kulrang qo'shuvchi  shoxlar 



(rr.  communicantes grisei) 

tugun orqa 

tolalaridan iborat bo'lib bel nervlariga  qo'shiladi.

2.  Bel ichki a’zolar nervlari 



(nn.  splanchnici  lumbales) 

quyosh,  aorta, 

buyrak usti bezi va buyiak chigallarini hosil qilishda ishtirok etadi. Bu chigallaidan 

simpatik tolalar  qon tomirlar bo'ylab a ’zolarga boradi.

Simpatik  poyaning  chanoq  qismi  kattaligi  5  mm bo'lgan  4  ta  duk 

shaklidagi dumg'aza tugunlardan 



(ganglia sacralis) 

iborat.  Ular dumg'aza 

suyagining  chanoq  yuzasida  dumg'azaning  chanoq  teshiklarining  ichki 

tomonida joylashgan. Bu tuguniar ham bel tugunlari kabi ko'ndalang  tolalar 

vositasida birikkan. Dumg'aza simpatik tugunlardan quyidagi shoxlar chiqadi:

1.  Kulrang  qo'shuvchi  shoxlar 



(rr.  communicantes  grisei) 

dumg'aza 

nervlariga qo'shiladi.  Ular tarkibida tugun orqa tolalari  dumg'aza nervlari 

tarqaladigan  sohalardagi  qon  tomirlar,  bezlar,  a’zolar  va  to'qimalami 

innervatsiya qiladi.

2.  Dumg'aza  ichki  a’zolar  nervlari 



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin