0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

O'rta  quloq

O'rta  quloq 



(auris media) 

tarkibiga  nog'ora bo'shlig'i va eshituv 



(evstaxiy) 

nayi kiradi.  Nog'ora bo'shlig'i 



(cavum tympani) 

chakka suyagi piramidasi 

ichida joylashgan,  ichi shilliq parda bilan qoplangan,  hajmi  1  sm3 ga teng 

havo  bilan  to'la bo'shliq.  Uning  oltita devori tafovut qilinadi:  l.Yuqorgi 

devori 

(paries  tegmentalis) 

nog'ora bo'shlig'ini kalla bo'shlig'idan ajratib 

turuvchi  yupqa  suyak  plastinkadan 

(tegmen  tympani) 

iborat.  2. Pastki 

bo'yinturuq  venasiga  qaragan  devori 

(paries  jugularis) 

bo'yinturuq 

chuqurchasi sohasiga to'g'ri keladi.  3.Medial labirintga qaragan devori 

(paries 

labyrinthicus) 

nog'ora bo'shlig'ini suyak labirintdan  ajratib turadi. Bu devor 

o'rtasida nog'ora bo'shlig'iga turtib chiqqan do'ng 

(promontorium) 

bor. Undan 

yuqoriroq va biroz orqaroqda dahlizga  olib boruvchi  oval teshik -  dahliz 

oynasi 


(fenestra  vestibuli) 

joylashgan  bo'lib,  uni  uzangi  asosi  berkitib 

turadi.  Do'ngdan orqada  va pastroqda yumaloq teshik - chig'anoq oynasi 

(fenestra cochleae) 

bor.  U nog'ora bo'shlig'ini nog'ora naivonidan ajratib 

turuvchi  ikkilamchi  nog'ora parda 

(membrana tympani  secundaria) 

bilan 


qoplangan. 4.0rqa so'rg'ichsimon devomi 

(paries mastoideus) 

pastki qismida 

piramida  tepaligi 

(eminentia  pyramidalis) 

bo'lib,  uning  ichidan  uzangi 

mushagi 

(ш .stapedius) 

boshlanadi. Orqa devoming yuqori qismida nog'ora 

bo'shlig'i so'rg'ichsimon g'oiga 

(antrum mastoideum) 

davom etadi. 5. Oldingi 

devor 

(paries caroticus) 

nog'ora  bo'shlig'ini ichki uyqu arteriyasi kanalidan 

ajratib turadi. Bu devoming yuqori qismida eshituv nayini ichki teshigi bor.


6

.Lateral devomi 



(paries membranaceus) 

nog'ora parda va chakka suyagining 

uni o'ragan qismi hosil qiladi.

Nog'ora bo'shlig'ida 3  eshituv suyakchalari, boylamlar va mushaklar 

joylashgan.  Eshituv  suyakchalari 

(ossicula  auditus) 

(135-rasm)  mayda 

suyakchalar bo'lib, o'zaro  birikib, nog'ora pardadan oval teshikkacha tortilgan 

suyaklar zanjirini hosil qiladi.

Bolg'achada 

(malleus) 

boshcha 


(caput mallei), 

dasta 


(manubrum mallei) 

tashqi va oldingi o'simtalari 



(processus lateralis et anterior) 

tafovut qilinadi.

Sandonchada 

(uncus) 

bolg'achaning boshi bilan bo'g'im hosil qiladigan 

bo'g'im  yuzasi  bo'lgan  tanasi 

(corpus  incidus) 

va  ikkita:  qisqa  va  uzun 

oyoqchalari 

(crus breve et longum) 

tafovut qilinadi. Uchi kengaygan uzun 

oyoqchasini  yasmiqsimon  o'simta 

(processus  lenticularis) 

deyilib,  u 

uzangining boshchasi bilan birlashadi.

Uzangida 



(stapes) 

boshcha 


(caput stapedis), 

oldingi va orqa oyoqchalar 



(crus  anterior  et  crus  posterior) 

bor  bo'lib,  ular  uzangi  asosi 



(basis 

stapedis) 

vositasida birikkadi. Uzangining asosi oval teshikka uning aylanma 

boylami 

(lig. annullare stapedis) 

vositasida mustahkamlanadi. Bolg'achaning 

dastasi nog'ora pardaga birikadi. Uning boshchasi bilan sandonchaning bo'g'im 

yuzasi o'rtasida sandoncha-bolg'acha bo'g'imi sandonchaning yasmiqsimon 

o'simtasi bilan uzangini boshchasi o'rtasida 

art. incudostapedia 

hosil bo'ladi. 

Suyakchalar o'rtasidagi bo'g'im juda mayda boylamlar bilan mustahkamlanib,

nog'ora pardaning tebranishini oval 

teshikka o'tkazib beruvchi suyaklar 

zanjirini  hosil  qiladi.  Suyaklar 

harakatini ikkita: nog'ora pardani 

taranglovchi  mushak 



(m.  tensor 

tympani) 

va uzangi  mushagi 



(m. 

stapedis) 

boshqarib turadi.

E shituv  n ay in in g 

(tu b a  

auditiva) 

o'rtacha  uzunligi  35 

mm, kengligi 2 mm. U halqumdan 

nog'ora bo'shlig'iga  havo o'tishini 

va nog'ora bo'shlig'i  bosimini tashqi 

bosim  bilan  bir  xil  tu rishin i 

ta’minlaydi.  Eshituv  nayi  suyak 

(pars  ossea  tubae  auditivae) 

va 


tog'ay 

(pars  cartilaginea  tubae 

auditivae) 

qismlardan  iborat.

Bu  q ism larn in g   o 'z a ro  

qo'shilgan  joyda  eshituv  nayi 

torayib 

isthmus  tubae  auditivae 

ni hosil qiladi. Suyak qismi nayning 

yuqori  1/3  qismini tashkil qilib, 

n o g 'o ra   b o 's h lig 'ig a  



o stiu m

2

135-rasm.  Esbituv  suyakchalari.  1-malleus; 



2-caput  mallei;  3-uncus; 4-crus breve;  5-cor- 

pus incudis;  6-crus longum;  7- processus len­

ticularis;  8-  caput stapedis;  9-stapes;  10-basis 

stapedis;  11-crus  an terio r  et  posterior; 

12-manibrium  mallei;  13-processus  anterior 

mallei;  14-processus  lateralis  mallei;  15-col- 

lum  mallei


tympanicum tubae auditivae, 

pastki tog‘ay qismi nayning 2/3 qismini tashkil 

qilib, halqumning burun qismiga 

ostium pharyngeum tubae auditive 

bo'lib 


ochiladi. Nayning shilliq pardasi  kiprikli epiteliy bilan qoplangan  bo'lib, 

bo‘ylama  burmalar  hosil  qiladi.  U  limfoid  to'qimaga  boy  bo'lib,  nay 

bolishi oldida nay murtagini hosil qiladi.

Yangi tug'ilgan  chaqaloqda nog'ora  bo'shlig'i shilliq osti qavati  qalin 

bo'lgani uchun nisbatan kichik va qiya joylashgan. Bola tug'ilgan  davrda u 

suyuqlik  bilan  to'la bo'lib,  bola  nafas olgan  vaqtda  eshituv nayi  orqali 

halqumga  siqib  chiqarib  yuboriladi.  Nog'ora  bo'shlig'ining  devorlari, 

ayniqsa,  yuqori  qismi  yupqa bo'ladi.  Uning  pastki  devori  biriktiruvchi 

to'qimadan iborat.  Orqa devorida so'rg'ichsimon bo'shliqqa  olib kiruvchi 

keng  teshik  bor.  So'rg'ichsimon  o'simta  yaxshi  rivojlanmagani  uchun 

yangi tug'ilgan chaqaloqda so'rg'ichsimon katakchalar bo'lmaydi.  Ularda 

nog'ora bo'shlig'i shilliq pardasida burmalar bo'ladi.  Eshituv nayi yangi 

tug'ilgan  chaqaloqda  to'g'ri,  keng,  qisqa  (17  mm)  bo'lib,  suyak  qismi 

ko'proq  rivojlangan.  Bola  hayotining  birinchi  yilida eshituv  nayi  sekin 

o'sadi.  Uning uzunligi bir yoshda 20 mm,  2 yoshda 30 mm,  5 yoshda 35 

mm bo'ladi.  Eshituv nayining teshigi yoshga qarab torayib boradi.  6 oylik 

bolada 2,5  mm bo'lsa,  6 yoshda  1-2 mm bo'ladi.

Eshituv suyakchalari o'z hajmini 4 oylik bolada egallagan bo'lib, yoshga 

qarab o'zgarmaydi.

Ichki  quloq

Ichki quloq 



(auris interna) 

chakka suyagi piramidasi ichida joylashgan 

suyak 

(1

36-rasm) va parda labirintdan  iborat.  Suyak labirintni 



(labyrinthus 

osseus) 

devori  suyak  to'qimadan  iborat  bo'lib,  nog'ora bo'shlig'i,  bilan 

ichki eshituv yo'li o'rtasida yotadi. Suyak labirintning uzunligi 20 mm. Unda 

dahliz, chig'anoq  va  yarim  doira kanallar tafovut qilinadi.

D ah liz 

(v e stib u lu m ) 

u n ch a  k atta 

bo'lmagan noto'g'ri  shakldagi bo'shliq. Uning 

tashqi devorida ikkita teshik bor. Uning bittasi 

dahliz  oynasi  oval shaklida bo'lib,  dahlizga 

ochiladi.  Nog'ora bo'shlig'i tomondan  uni 

uzangi  asosi  berkitib  turadi.  Ikkinchisi 

yumaloq  chig'anoq  oynasi  chig'anoqning 

spiral kanali boshlanishiga ochilib, ikkilamchi 

nog'ora parda bilan bekilgan. Dahlizning orqa 

devorida yarim halqasimon naylaming beshta 

teshigi,  oldingi  devorida  esa  chig'anoqqa 

boruvchi teshik  joylashgan.  Dahlizning  ichki 

devoridagi  qirra 



(crista  vestibuli) 

uni  ikki 

chuqurchaga  ajratadi.  Oldingi  yumaloq 

shakldagisi  yumaloq  chuqurcha 



(recessus

136-rasm .  Suyak  labirint.

1-canales semicirculares ossei;

2-crus  osseum  com m une;

3-crura  ossea  am pullaria;

4-fenesta  vestibuli;  5-cupula 

cochleae;  б-cochlea;  7-cana- 

lis spiralis cochleae; 8-fenestra 

co ch leae; 

9 -v estib u lu m ; 

10-crus  osseum  simplex



sphericus), 

orqadagi  cho'zinchoq  shakldagisi  ellipssimon  chuqurcha 



(recessus  eUepticus) 

deb  ataladi.  Ellipssimon  chuqurchada dahliz  suv 

yo'lining ichki teshigi 

(apertura  interna  aqueductus  vestibuli) 

joylashgan.

C hig'anoq 

(c o c h le a ) 

suyak  labirintning  oldingi  qismi  bo'lib, 

chig'anoqning o'qi atrofida ikki yarim aylana hosil qilgan chig'anoq spiral 

kanalidan 



(canalis  spiralis  cochleae) 

iborat.  Chig'anoqning  asosi 



(basis 

cochleae) 

medial  tomonga,  ichki  eshituv  yo'liga,  cho'qqisi 



(cupula 

cochleae) 

nog'ora bo'shlig'iga qaragan. Chig'anoqning  o'qi gorizontal yo'nalgan 

suyak asos 

(modiolus) 

bo'lib, uning atrofida spiral suyak plastinka 



(lamina 

spiralis ossea) 

to'liq bo'lmagan to'siq shaklida spiral kanalni o'rtasida turadi. 

Chig'anoqning cho'qqisi sohasida u spiral plastinka ilmog'i 

(hamulus laminae 

spiralis) 

vositasida oval shakldagi chig'anoq teshigini (helicotrema) chegaralab 

turadi.  Modiolusni  ingichka bo'ylama  kanalchalar 

(canales longjtudinales 

modioli) 

teshib o'tgan bo'lib, ularda dahliz-chig'anoq  nervining chig'anoq 

qismi tolalari yotadi. Suyak spiral plastinkaning asosida 

canalis spiralis modioli 

bo'lib, unda chig'anoq  tuguni joylashgan.  Chig'anoqning asosida nog'ora 

narvonining boshlanishida chig'anoq kanalining ichki teshigi 

(apertura interna 

canaliculi  cochleae) 

joylashgan.

Suyak  yarim  doira  kanallari 

(canales  semicircularis  ossei) 

uchta 


ravoqsimon kanallar shaklida uchta sathda joylashgan.  Ulaming bo'shlig'ini 

diametri 2 mm.

Oldingi  (sagital)  yarim  doira  canal 

(canalis  semicircularis  anterior) 

chakka suyagi piramidasi o'qiga perpendikular joylashgan.  U boshqa yarim 

doira  kanallardan  yuqori  turadi.  Shuning  uchun  uning  yuqori  nuqtasi 

piramidaning oldingi yuzasida ravoqsimon tepalikni hosil qiladi.

Orqa  (frontal)  yarim  doira  kanal 

(canalis  semicircularis  posterior) 

naylaming eng uzuni bo'lib, piramidaning orqa yuzasiga parallel joylashgan.

Lateral  (gorizontal)  yarim  doira  kanal 

(canalis  sem icircularis 

lateralis) 

boshqa kanallardan qisqaroq.  U  nog'ora bo'shlig'ining  labirint 

devorida  bo'rtm a 

(prominenta  canalis  semicircularis  lateralis) 

hosil 


qiladi.  Uchta yarim doira kanallar dahlizga 5 ta teshik bilan ochiladi, chunki 

oldingi va orqa yarim doira kanallaming suyak oyoqchalari o'zaro birikib 

umumiy suyak oyoqchasini 

(crus  osseum  commune) 

hosil qiladi.  Qolgan 

to'rtta oyoqchalar alohida-alohida ochiladi. Yarim doira kanallaming bitta 

oyoqchasi dahlizga ochilishidan oldin ampula shaklida kengayadi va ampulyar 

oyoqcha 

(crus  osseum  ampullare) 

deb  atalsa,  ikkinchi  oyoqchasi  oddiy 

oyoqcha 

(crus  osseum  simplex) 

deyiladi.

Parda  labirint 

(labyrinthus  membranaceus) 

suyak  labirint  ichida 

joylashib,  uni  shaklini  qaytaradi.  Uning  devori  biriktiruvchi  to'qimali 

qatlamdan iborat.  Suyak va parda labirintlar o'rtasida toryorig' perilimfatik 

bo'shliq 

(spatium  perilymphaticum) 

bo'lib,  u  perilimfa  suyuqligi  bilan 

to'la.  Suyuqlik bu  bo'shliqdan perilimfa  nayi 

(ductus  perylymphaticus) 

orqali  to'r parda osti bo'shlig'iga oqishi mumkin. Parda labirint endolimfa 

suyuqligi  bilan  to'la  bo'lib,  undan  suyuqlik  endolimfatik  nay 

(ductus


endolymphaticus) 

orqali piramidani orqa yuzasidagi bosh miyaning qattiq 

pardasi ichida yotgan endolimfa qopchasiga 

(saccus endolymphaticus) 

oqadi. 


PardalabirmtdaeUi pssimon vayumaloq qopchalar,  uchtayarim halqasimon 

naychalar  va chig'anoq  nayi  tafovut  qilinadi.  Dahiizning  ellipssimon 

chuqurchasidaelli pssimon  qopcha (bachadoncha) 

(utriculus) 

joylashsa, 

yumaloq  qopcha 

(sacculus) 

o‘z  nomidagi  chuqurchani  egallaydi.  Ular 

o‘zaro ingichka nay 

(ductus utriculosaccularis) 

vositasida birikib turadi. 

Bachadonchaga parda yarim qalqa naylaming 5 teshigi ochiladi.

Parda yarim doira kanal (ductus semicircularis) shaklan suyak yarim doira

kanallariga  o ‘xshaydi,  ammo  uch  marta  tor  bo'ladi.  Suyak  yarim  doira

kanallaming ampula qismlari sohasida parda yarim doira kanallar ham ampula

hosil qiladi. Bachadoncha va  qopcha, shuningdek parda ampulalaming ichki

yuzasi shilliqsimon modda bilan qoplangan bo'lib, ularda  sezuvchi hujayralar

joylashgan. Bachadoncha va qopcha sohasida ular tarkibida ohak zanacha lariotolitlar

bo‘lgan  oq  dog‘lar 



(macula  utriculi  et  macula  sacculi) 

hosil  qiladi.  Parda

yarim halqa naylaming ampulasi ichida qirralari  (cristae ampuUaris) bo'lib,

ulardan  dahliz-chig‘anoq  nervining  dahliz  qismi  boshlanadi.  Endolimfa

suyuqligini  tebranishi  oq  dog‘dagi  sezuvchi  hujayralami  ta’sirlaydi  va

muvozanatning  o'zgarishini  sezuvchi  nervlaming uchlari  qabul  qiladi.  Bu

nervning birinchi neyroni hujayralari tanasi ichki eshituv yo‘li tubida joylashgan

dahliz tugunida  yotadi.  Uning markaziy o'simtalari dahliz-chig'anoq nervi

tarkibida ichki eshituv yo'li orqali kalla ichiga kiradi  va vestibulyar o'zaklarida

tugaydi.  Bu o'zak  hujayralarining  o'simtalari miyachagava orqa miyaga boradi.

Parda  labirintning  chig'anoq  qismi  chig'anoq  nayi 

(ductus  cochlearis)

dahlizdan boshi  berk holatda boshlanadi (137-rasm)  va chig'anoqning spiral

kanali ichiga  yo'naladi.  Chig'anoq cho'qqisida chig'anoq  nayi yopiq holatda

tugaydi va ko'ndalang kesmada uchburchak shaklida bo'ladi Chig'anoq nayining

tashqi devori 

(paries externus ductus cochlearis) 

spiral kanalni suyak pardasiga

bitishib  ketadi.  Uning  nog'ora

(p astk i) 

devori 

(p a r ie s

tympanicus  ductus  cochlearis)

suyak  spiral  plastinkaning

davomidir.  Chig'anoq nayining

uchinchi  ustki  dahliz  devori



(p a ries  vestib u laris  ductus

c o c h l e a r i s )  

suyak  spiral

plastinkaning chekkasidan qiya

yo'nalib  tashqi  devorigacha

boradi.  Chig'anoq  nayi  spiral

kanalning  o'rtasida joylashgan

bo'lib, nog'ora narvonini 

(scala

tympani) 

dahliz  narvonidan 

137-rasm.  Tovusbni  o'tkazuv  chizmasi. 

1

-nog'ora



fscala  vectihiiin 

a ira tih   П.гяЖ 

parda; 2-bolg‘acha;  3-sandoncha; 4-uzangi; 5-dahl- 

(scaia  vestlDlllIJ 

ajratlD  turadi. 

iz  narvoni6,8-nog‘ora  narvoni;  7-helicotrema;

Chig anoqning cho QCjisidcl lkknlci 

9-ikkilamchi nog‘ora parda.


narvon o'zaro chig'anoq teshigi 

(helicotrema) 

vositasida birikadi. Chig'anoq 

asosida nog'ora narvoni ikkilamchi  nog'ora parda bilan yopilgan  yumaloq oyna 

sohasida tugaydi. Dahliz narvoni esa dahlizning perilimfatik bo'shlig'iga qo'shiladi. 

Chig'anoq  nayi  ichidagi  spiral  membranada  eshituv spiral  (kortiy)  a’zosi 

(organum  spirale) 

joylashgan.  Spiral a’zo asosini bazilyar  membrana hosil 

qilib,  uning  tarkibida  chig'anoqning  asosidan  to  uchigacha  suyak  spiral 

plastinkaning  uchidan chig'anoqning spiral kanalining qarama-qarshi devoriga 

tortilgan  eshituv tor-rezonator vazifasini bajaruvchi  24.000 gacha kollogen 

tolalar bo'ladi.  Dahliz oynasiga birikkan uzangi asosining harakati ta’sirida 

hosil  bo'lgan  perilimfaning  tebranishi  dahliz  narvoni  orqali  chig'anoq 

cho'qqisi^ yo'naladi va chig'anoq teshigi orqali  nog'ora narvoniga o'tib ikkilamchi 

nog'ora  pardaga uriladL Nog'ora narvonidagi perilimfaning tebranishi bazilyar 

membranaga va chig'anoq nayidagi endolimfaga o'tadi.

Endolimfaning tebranishi  kortiy a’zosining eshitish  torlariga uriladi va 

retseptor  hujayralar mexanik ta’simi nerv impulsiga aylantiradi. Impulsning 

tanasi  chig'anoq  tugunida  joylashgan  bipolyar  hujayralaming  periferik 

uchlari qabul qiladi. Uning markaziy o'simtalari esa dahliz-chig'anoq nervining 

chig'anoq  qismini  hosil  qilib,  ichki  eshituv  yo'li  orqali  rombsimon 

chuqurchada joylashgan ventral va dorsal chig'anoq o'zaklarda tugaydi. Ventral 

o'zak hujayra aksonlari qarama-qaishi tomonga yo'nalib, trapetsiyasimon tana 

(corpus trapezoideum) 

hosil qiladi. Dorsal o'zak hujayra aksonlari rombsimon 

chuqurcha  yuzasida joylashgan  IV qorincha  miya hoshiyalarini 

(stria medullaris) 

hosil qilib trapetsiyasimon  tanaga qo'shiladi.  Trapetsiyasimon tana tolalari 

tashqi tomonga bukilib, tashqi qovuzloqni 

(lemniscus  lateralis) 

hosil qilib, 

po'stloq  osti  eshituv  markazlari:  ichki  tizzachali  tana  va  to'rt  tepalikning 

pastki tepachalariga yo'naladi. Bu yerda joylashgan uchinchi neyronning aksonlari 

ichki  kapsuladan  o'tib  bosh  miyaning  chakka  bo'lagini  yuqori  pushtasida 

joylashgan eshituv markazida 



(Gesbl pushtasi) 

tugaydi.


Yangi tug'ilgan chaqaloqda ichki quloq  yaxshi taraqqiy etgan bo'lib, 

xuddi kattalamikiga o'xshagan  hajmga va tuzilishga ega. Yarim doira kanallar 

devori yupqa bo'ladi, u chakka suyagi piramidasining suyak nuqtalari hisobiga 

kattalashadi.



Teri  va  uning  bosilalari

Teri 


(cutis) 

organizmning  tashqi  ta’sirdan  saqlabgina  qolmay,  balki 

muhim  sezgi  a’zosi  vazifasini  ham  bajaradi.  Teri  orqali  odam  haroratni, 

atmosfera bosimini,  og'riqni va biror narsa tegib turganini sezadi.  Bundan 

tashqari, teri modda almashinuvi, nafas olish va suyuqlik ajratish faoliyatlarida 

ham ishtirok etadi.  Odam terisining  umumiy sathi  1,5-2  m2 bo'lib,  tana 

o'lchamiga bevosita bog'liq. Teri sezuvchanligi odamda juda yaxshi takomil 

etgan bo'lib, sezgi retseptorlari terming hamma yerida bir xil  tarqalmagan. 

Lablar, burun va bannoqlaming uchlarida sezgi retseptorlari juda ko'p. Terida 

yuza qavat epidermis va chuqur qavat derma tafovut qilinadi.



Epidermis 

(epidermis) 

ektodermadan  takomiUashgan  bo'lib,  ko‘p 

qavatli yassi epiteliydan tuzilgan. Epiteliyni tashqi qavati shox qavatga aylanib, 

ko'chib yangilanib turadi. Epidermis son, elka, bilak, bo'yin, yuz sohalarida 

yupqa (0,02-0,05 mm), qo'l va oyoq kafti sohalari ko'p ta’sirlangani uchun 

qalin  (0,5-2,4  mm)  bo'ladi.

Asl teri,  derma 

(dermis) 

mezodermadan  rivojlanib, tolali biriktiruvchi 

to'qimadan tuzilgan.  Unda elastik tolalar va silliq mushak to'qimasi bo'lib, 

terini elastikligini ta'minlaydi.  Dermaning qalinligi bilak sohasida 1-1,5 mm 

bo'lsa, orqada 2,5 mm bo'ladi. Derma  ikki qavatdan iborat. Epidermisga tegib 

turgan yuza so'rg'ichsimon qavat 



(stratum papillare) 

yumshoq biriktiruvchi 

to'qimadan tuzilgan, so'rgichlar hosil qiladi.  Ulami ichida qon, limfa tomirlari 

va nervlar bo'lib,  so'rg'ichlar epidermis yuzasida qirralar hosil qiladi,  ular 

o'rtasida egatlar bor.  Bu  egatlar qo'l  kafti sohasida yaxshi ko'rinib bo'lib, 

har bir odamda o'ziga xos xususiyatga ega. T o'r qavat 



(stratum reticulare) 

zich biriktiruvchi to'qimadan iborat bo'lib, tarkibida kollogen tolalari ko'p 

bo'ladi. Bu qavat bevosita teri osti yog' qatlamiga o'tib ketadi. Teri osti yog‘ 

qatlami tanada turii qalinlikda bo'ladi. Qovoqlar va yorg'oq terisida yog' qatlami 

bo'lmaydi. Peshona, burun sohalarida kam bo'lib, dumba va tavon sohalarida 

yaxshi rivojlangan bo'ladi. Terini rangi uning tarkibidagi pigment miqdoriga 

bogliq. Ba’zi sohalarda (yorg'oq, sut bezi so'rg'ichi atrofida, uyatli lablar va 

anus atrofida) pigment ko'proq to'plangan.

Sochlar 

(pili) 

terini  turli  sohalarida  turlicha  qoplagan.  Ular  epidermis 

hosilasi bo'lib, teri usti qismi va ildizi tafovut qilinadi.  Ddizi 

(radix pili) 

teri 


ichida joylashib, sochning o'suvchi kengaygan qismi  soch piyozchasini 

(bulbi 

pili) 

hosil qiladi. Soch ildizi biriktiruvchi to'qimali qopcha ichida yotadi. Bu 

qopcha  ichiga moy bezlarining chiqaruv nayi ochiladi.  Uni  sochni ko'taruvchi 

mushak 


(m.  arrector pQi) 

o'raydi.  U qisqarganda moy bezini siqadi va soch 

tikkayadi. Sochning rangi uning tarkibidagi pigmentga bog'liq. Soch tarkibida 

havo pufakchalari paydo bo'lib, pigment yo‘qolsa soch oqaradi.

Timoqlar (unguis) epidermisni dag'allashishidan paydo bo'ladi. U timoq 

o'mida 


(matrix  unguis) 

yotadi.  Bu  timoqni  o'suvchi  qismi  hisoblanadi. 

Timoqda  timoq yorig'ida joylashgan  ildizi 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin