0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

(nn.  splanchnici  sacrales) 

ustki  va 

pastki qorin osti chigallarini hosil qilishda ishtirok etadi.

Vegetativ  nerv  tiziimning  parasimpatik  qismi

Vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismi  bosh va dumg'aza  qismlariga 

bo'linadi.

Uning  bosh  qismi  ko'zni  harakatlantiruvchi,  yuz  (oraliq),  til-  yutqun 

va adashgan nervlarining vegetativ o'zaklari, ulardan  chiquvchi preganglionar 

tolalar,  kiprikli,  qanot-tanglay,  quloq,  jag'  osti  vatil  osti  tugunlari, 

shuningdek, ichki a’zolar devorida joylashgan intramural tuguniar va ulardan 

chiquvchi postganglionar tolalardan iborat.

Dumg'aza qismi orqa miyaning II-IV dumg'aza segmentlarida joylashgan 

parasimpatik o'zaklar, ichki a’zolar chanoq nervlari va tugunlaridan iborat.

1. 

Ko'zni  harakatlantiruvchi  nervning  parasimpatik  qismi  uning juft 



qo‘shimcha(Yakubovich)  va  toq parasimpatik(PerUa)  o'zaklari,  kiprikli 

tugun va  ularda joylashgan hujayra o'simtalaridan iborat. Bu o'zak hujayralari 

aksonlari  (preganglionar  tolalar)  ko'zni  harakatlantiruvchi  nerv  tarkibida 

ko'z kosasiga kirib undan ajraydi  va kiprikli  tugun hujayralarida tugaydi.

Kiprikli  tugunning 

(ganglion  ciliare) 

uzunligi  2  mm bo'lib,  ko'ruv 

nervini  tashqi  tom onida  yotadi. Kiprikli  tugun  parasimpatik  nerv 

tizimining  ikkinchi  neyron  hujayralaridan  tashkil topgan bo'lib,  undan



chiqqan postganglionar  tolalar  kalta kiprikli  nervlar 

(n.  cffliaris brevis) 

tarkibidakiprikli vaqorachiqni toraytiruvchi mushaklargaboradi. Bundan 

tashqari,  tugundan  uch  shoxli  nervning  sezuvchi  tolalari  va  simpatik 

postganglionar tolalar tranzit holatda o'tadi.

2. Yuz (oraliq) nervning parasimpatik qismi yuqorigi so‘lak ajratuvchi 

o‘zak,  qanot-tanglay,  jag‘  osti  tugunlari  va  ularda  joylashgan  hujayra 

o'simtalaridan iborat. Yuz nervi tarkibida yo'nalgan yuqori so‘lak ajratuvchi 

o'zakning preganglionar tolalarining bir qismi nervning tizzachasi sohasida 

katta  tosh  nervi 

(n.  petrosus  major) 

bo'lib  ajrab,  o'z  nomidagi  tirqish 

orqali  kalla  ichiga  kiradi.  U  chakka  suyagi piramidasidagi  egat  bo'ylab 

yo'nalib,  yirtiq  teshik  orqali  kalladan  chiqqach  simpatik  nerv  bilan 

qo'shilib qanotsimon kanal nervini hosil qiladi va qanot-tanglay  tuguni 

hujayralarida tugaydi.

Qanot-tanglay  tuguni 

(ganglion  pterygopalatinum) 

noto'g'ri  shaklda 

o'lchamlari 4-5 mm bo'lib, qanot-tanglay chuqurchasida yuqorigi jag' nervi 

tagida yotadi. Tugun hujayralaridan boshlangan postganglionar tolalar ko'z 

yoshi  bezi,  burun  bo'shlig'i,  tanglay va  halqum  shilliq  pardasi  bezlarini 

innervatsiya qiladi. Preganglionar tolalaming boshqa qismi nog'ora tori 



(chorda 

tympani) 

tarkibida kalladan tosh-nog'ora tirqishi orqali o'tib, til nervi tarkibida 

jag' osti va til osti tugunlariga boradi.

Jag'  osti  tuguni 



(ganglion  submandibulare) 

o'lchamlari  3-3,5  mm 

noto'g'ri shaklda bo'lib, jag' osti bezining ichki tomonida yotadi.

Til osti tuguni 



(ganglion sablinguale) 

doimiy bo'lmay, til osti bezining 

tashqi yuzasida yotadi va jag' osti tugunidan kichik. Bu tugun hujayralaridan 

boshlangan postganglionar tolalar jag'  osti va til osti bezlarini innervatsiya 

qitorii-

3.  Til-yutqin  nervining  parasimpatik  qismi  pastki  so'lak  ajratuvchi 

o'zak,  quloq tuguni va ularda joylashgan hujayra o'simtalaridan iborat. Til- 

yutqin nervi tarkibida yo'nalgan pastki so'lak ajratuvchi o'zakning preganglionar 

tolalari til-yutqin nervi tarkibida  bo'yinturuq teshigi orqali kalla bo'shlig'dan 

chiqadi.  Bu  teshikning pastki chekkasida parasimpatik tugun  oldi tolalari 

nog'ora nervi 

(n. tympanicus) 

tarkibida nog'ora bo'shlig'iga kiradi. Keyin bu 

tolalar  nog'ora  bo'shlig'idan  kichik  tosh  nervi  tirqishi  orqali  kichik  tosh 

nervi 


(n.  petrosus  minor) 

bo'lib,  kalla  ichiga  chiqadi.  Chakka  suyagi 

piramidasidagi o'z nomidagi egatda yo'nalib, kalladan ponasimon-tosh  tirqishi 

orqali chiqadi va quloq tuguniga qo'shiladi.

Quloq tuguni 

(ganglion  oticum) 

3-4  mm  kattalikda,  yumaloq shaklda 

bo'lib, cho'zinchoq teshik  tagida joylashgan. Bu tugunning  hujayralaridan 

boshlangan postganglionar tolalar quloq-chakka nervi tarkibida quloq oldi 

beziga boradi.

4. Adashgan nervning parasimpatik  qismi nervning  dorzal o'zagi, a’zolar 

devorida joylashgan  ko'p  sonli  nerv tugunlari  va  ulaming  o'simtalaridan 

iborat.  Adashgan nerv tarkibida yo'nalgan dorzal o'zakning preganglionar 

tolalari a’zolar yonida va devori ichida  joylashgan  (intramural) vegetativ 

tugunlariga boradi. Bu tugunlarda joylashgan hujayra aksonlari postganglionar



tolalami hosil qilib, ichki a’zolaming silliq mushaklari va  bezlari faoliyatini 

innervatsiya qiladi.

5. 

Parasimpatik nerv tizimining dumg'aza  qismi orqa miyaning  II-IV 



dumg'aza  segmentlari sohasidagi oraliq medial o'zaklar, chanoq parasimpatik 

tugunlari va ulaming o'siqlaridan iborat. Dumg'aza parasimpatik o'zaklari 

hujayralarining o'simtalari dumg'aza  nervlarining oldingi ildizlari tarkibida 

dumg'aza  suyagi chanoq teshiklari  orqali chiqqach,  undan  ajralib chanoq 

ichki  a’zo  nervlarini 

(nn.  splanchinici  pelvini) 

hosil  qiladi.  Bu  nervlar 

pastki  qorin  osti  chigaliga  qo'shiladi va uning  shoxlari tarkibida  siydik  - 

tanosil a’zolari, yo'g'on ichakning chap bukilmasidan pastki qismi devoridagi 

va  a’zolar  yonidagi  tugunlarda  tugaydi.  Bu  tugun  hujayralari  aksonlari 

postganglionar tolalami hosil qilib, a’zolaming silliq  mushaklari va bezlami 

innervatsiya qiladi.

Qorin  va  cbanoq  bo'shlig'i  vegetativ  chigallari

Qorin va chanoq bo'shlig'ida nerv tolalarining o'zaro birikishidan  hosil 

bo'lgan va tarkibida nerv tugunlari bo'lgan turli kattalikdagi nerv chigallari 

joylashadi.  Bu  chigallar tugunlarida  ikkinchi  neyron  hujayralari tanalari 

joylashgan  bo'lib,  ulaming  o'simtalari  ichki  a’zolar  va  qon  tomirlarga 

borib  ulami  innervatsiya  qiladi.  Vegetativ  chigallaming  postganglionar 

tolalari  ko'proq qon tomirlar atrofida  chigal  hosil qilib yo'naladi.  Qorin 

bo'shig'idagi  vegetativ  chigallaming  eng  kattasi  qorin  aortasi  atrofida 

joylashgan va  uning tarmoqlariga davom etgan  qorin aortasi chigali 

(plexus 

aorticus  abdominalis).

Qorin  aortasi  chigali  qismlaridan  asosiysi  qorin  chigali  yoki  quyosh 

chigalidir  (plexus  coeliacus).  U  qorin  aortasining  oldingi  yuzasida  qorin 

o'zani atrofida joylashgan ko'p sonli nerv va yirik tugunlardan iborat. Qorin 

chigali  tarkibiga  qorin  poyasining  o'ng  va  chap  tomonida  yotgan  juft 

yarimoysimon qorin tuguni 



(ganglia coeliaca), 

buyrak arteriyasining aortadan 

boshlangan joyida yotgan juft aorta-buyrak tuguni 

(ganglia aortarenalis) 

va 


ustki  ichaktutqich  arteriyasining  boshlanish  joyida  yotgan  toq  ustki 

ichaktutqich tuguni 



(ganglion mesentericum superior) 

kiradi. Qorin chigaliga 

simpatik poyadan chiquvchi katta, kichik ichki a’zolar  nervlari va  bel ichki 

a’zo  nervlari  qo'shiladi.  Bundan tashqari,  qorin  chigaliga o'ng  diafragma 

nervining  sezuvchi  va  o'ng  adashgan  nervning  parasimpatik  qismining 

preganglionar tolalari kelib uzilmasdan o'tib ketadi. Qorin chigali tugunlaridan 

boshlangan postganglionar simpatik tolalar va preganglionar parasimpatik 

tolalar qon tomir bilan birga a’zolarga yo'naladi. Ular qon tomirlar atrofida 

periarterial  vegetativ  chigallar  hosil  qilib,  qorin  chigali  tugunlaridan  bir 

necha  guruh shoxlar chiqadi. Juft qorin tugunlaridan:

1. 

Pastki  diafragma  arteriyalari  atrofida  vegetativ  chigal  hosil  qilib 



yo'naluvchi shoxlar diafragmani  qoplovchi qorinparda va uning qontomirlarini 

simpatik innervatsiya qiladi.



2. Qorin o‘zani tarmoqlari  atrofida yo'nalib taloq, jigar, me’da va me’da 

osti bezi chigallarini hosil qilgan shoxlari tarkibida o‘ng  diafiagma nervining 

sezuvchi tarmoqlari ham bo'ladi.

3.  Qorin tugunlarining  tashqi tomonidan chiqqan shoxlar juft buyrak 

usti  bezi  chigalini  hosil  qilib  buyrak  usti  beziga  yo'naladi.  Bu  shoxlar 

tarkibida buyrak usti bezining mag'iz qismiga boruvchi preganglionar tolalar 

bor.  Qorin va aorta-buyrak tugunlaridan chiqib, buyiak arteriyasi atrofida 

buyrak chigalini hosil qilgan  shoxlar buyrak va siydik yo'lini innervatsiya 

qiladi.

Yuqori  ichak tutqich tuguni hamda aorta chigali  shoxlari  ustki ichak 



tutqich arteriyasi atrofida ustki ichak tutqich chigalini hosil qiladi.  Uning 

ichak arteriyalari bo'ylab yo'nalgan shoxlari ingichka, ko'richak, ko'tariluvchi 

va ko'ndalang chambar ichaklami innervatsiya qiladi.

Aorta  chigali  tarmoqlari jinsiy  bezlar  qon  tomirlari  atrofida  chigallar 

hosil qilib yo'nalib, jinsiy bezlarga boradi.

Pastki ichak tutqich chigali o'z nomidagi arteriya va uning tarmoqlari 

bo'ylab  pastga tushuvchi chambar, sigmasimon va to'g'ri ichakning yuqori 

qismini innervatsiya qiladi.

Ustki  qorin  osti  chigali 

(plexus  hypogastricus  superior) 

nerv tolalari 

va tugunlaridan tashkil  topgan bo'lib, oxirgi bel umurtqasi oldida joylashgan. 

Uning tarkibiga simpatik poyaning  pastki bel va dumg'aza qismi tugunlaridan 

chiqqan  shoxlar  ham  qo'shiladi.  Bu  chigal pastga tomon  ikkiga bo'linib, 

to'g'ri  ichakning  yon  tomonida  joylashgan  pastki  qorin  osti  chigalini 



(plexus hypogastricus inferior) 

hosil qiladi. Bu chigalga dumg'aza tugunlaridan 

keluvchi dumg'aza  ichki a’zolar nervi qo'shiladi.  Bu chigal  ichki yonbosh 

arteriyasi tarmoqlari va a’zolar atrofida chigallar hosil qiladi.  Pastki qorin 

osti chigali tarkibiga parasimpatik qismning dumg'aza markazidan chiquvchi 

chanoq  ichki  a’zolar  nervini  hosil  qiluvchi  preganglionar  tolalar  ham 

kiradi. Bu tolalar yo'g'on ichakning chap qismini va siydik-tanosil a ’zolami 

parasimpatik  innervatsiya qiladi.



SEZGI A’ZOLARI

U m um iy  m a’lu m otlar

Sezgi  a’zolari  organizmning  tashqi  muhit  bilan  aloqasini  bog'lovchi 

murakkab tuzilishga ega hosilalardir.  Ular tashqi ta’sir energiyasini  qabul 

qilib,  uni  nerv  impulsiga  aylantirib,  miyaga  yetkazib  beruvchi  anatomik 

tuzilmalardan  iborat.  Sezgi  a’zolariga tushayotgan tashqi  muhitning turli 

ta’siri natijasi miya yarimshariari po'stlog'i ishtirokida dunyoni sezishning 

turli: sezish, qabul qilish va faraz qilish shakllarida paydo bo'ladi.  Har turli 

tashqi ta’sir teri, ko'rish,  eshitish, hidlov va tam bilish a’zolari bilan qabul 

qilinadi. Sezgi a’zolari vositasida odam tashqi muhitni sezadi, unga moslashadi 

va uning ta’siriga  ma’lum bir harakat bilan javob beradi.  Ba’zi bir tashqi 

ta’sir buyumga  bevosita tekkan vaqtda seziladi (kontakt sezgi): bunga teri 

sezgisi  (og'riq,  harorat),  tilning  shilliq  pardasidagi  so'rg'ichlar  ovqatni 

mazasini bilishi misol bo'ladi. Boshqa bir ta’sirlar uzoqdan seziladi (distant 

sezgi):  ko'rish  a’zosi  numi,  eshitish  a’zosi  tovushni,  hidlov  a’zosi  turli 

hidlami.  Sezgi a’zolari faqat tashqi ta’sirlami qabul qiladi. Bu ta’sirlaming 

tahlili  esa  bosh  miya  po'stlog'ida  bo'lib,  bu  yerga  ta’sirot  nervlar orqali 

boradi. Ta’sirlami qabul qilish, o'tkazish va tahlil qilishda ishtirok etadigan 

elementlar  yig'indisini  sezgi  a’zolarini  I.P.  Pavlov  analizator  deb  ataydi. 

Analizator tashqi muhitning murakkab ta’sirini alohida elementlaiga ajratadi. 

Analizator uch qismdan iborat:  1.  Periferik qism -  retseptor,  kimyoviy va 

fizik ta’sir energiyasini qabul qilib,  nerv qo'zg'alishiga aylantirib beradi.  2. 

O'tkazuvchi  qism  —  konduktor,  qo'zg'alishni  retseptordan  po'stloq  osti 

markazlari, keyin esa yarimsharlar po'stlog'iga o'tkazadi.  3. Analizatoming 

po'stloq markazida kelayotgan qo‘zg‘alishlar tahlil qilinadi va boshqa markazlar 

bilan aloqalar paydo bo'ladi.  Markaz qancha yuqori joylashsa, qo'zg'alishlar 

shuncha nozik  tahlil qilinib ma’lum bir sezgi paydo bo'ladi.

Sezgilar  ikki  guruhga  bo'linadi:  1.  Atrof  muhitdagi  hodisalar  va 

predmetlaming  xususiyatlarini  sezish  (og'riq,  bosim  va  harorat  sezgisi, 

eshitish, ko'rish, tam bilish, hid bilish sezgisi). 2. Tananing ayrim qismlari 

harakati va ichki a’zolar holatini sezish  (harakat sezgisi, tana muvozanati 

sezgisi,  a’zolar va  to'qimalar sezgisi).  Shularga  asosan  sezgi  a’zolari  ikki 

guruhga bo'linadi.

1. Tashqi sezgi a’zolari impulsni ekstraretseptorlardan qabul qiladi. Ular 

beshta:  teri  sezgisi,  eshitish,  ko'rish,  ta’m bilish va hid bilish  a’zolari.

2. Ichki sezgi a’zolari: a) impulslami propriotseptiv sohadan: mushaklar, 

bo'g'imlar va muvozanat a’zosi (ichki quloq) propriotseptorlaridan qabul 

qiluvchi.  b)  Intratseptiv  soha  ichki  a ’zolar  va  qon  tom irlardagi


interoretseptorlardan qabul qiladi. Ichki a’zolardan keluvchi impulslar mo’tadil 

holatda sezilmaydi. Ular ma’lum bir kasalliklarda og'riq shaklida bilinadi.



Ko'rish  a’zosi

Ko'rish  a’zosi  (organon visus)  odam hayotida uni tashqi  muhit bilan 

aloqasida katta ahamiyatga ega. Ko'rish a’zosi ko'z kosasida joylashgan bo'lib, 

ko'z va ko'zning yordamchi a’zolaridan iborat.



Ko'rish  a’zosining  taraqqiyoti

Odamda ko'z olmasi bir nechta manbadan: yorug'lik sezuvchi to'r parda 

miya pufagining  yon  devoridan,  ko'z gavhari  -ektodermadan,  tomirli  va 

fibroz pardalar - mezenximadan taraqqiy etadi.

Homila taraqqiyotining 2 oyi boshlarida birinchi miya pufagining yon 

devorida bir juft o'simta ko'z pufagi paydo bo'ladi.  Uning uchi kengayib, 

ektodermaga qarab o'sadi. Miyaga qo'shilgan oyoqlari torayib ko'ruv nervini 

hosil qiladi. Taraqqiyotning keyingi oylarida ko'z pufagining oldingi devori 

ichkariga botib kirib,  ikki qavatli ko'z jomini hosil  qiladi. Jomning tashqi 

devori keyinchalik to'r pardaning tashqi pigmentli qismiga, ichki devori esa 

yorug'lik sezuvchi qismiga aylanadi Shu davrda ko'z jomi oldida tuigan ektoderma 

awal  qalinlashadi,  keyin  unda  gavhar  chuqurchasi  paydo  bo'lib,  gavhar 

pufagiga aylanadi

Homila hayotining 2 oyida ko'z jomi ichiga mezenxima hujayralari o'sib 

kirib,  ko'z jomining ichki tomonida tomirli pardani,  tashqi tomonida esa 

fibroz  pardani  va  qon  tomirlar  to'rini  hosil  qiladi.  Fibroz  pardaning 

oldingi qismi rangsizlanib, shox pardaga aylanadi. Homila hayotining 3 oyida 

ustki va pastki qovoqlar ektoderma burmalari holida paydo bo'ladi. Ko'zning 

biriktiruvchi to'qimali pardasi (konyunktiva) epiteliyasi ham ektodermadan 

taraqqiy etadi.  Ko'z yoshi bezi kon'yunktiva epiteliyasning o'simtalaridan 

homila hayotining 3 oyida qovoqlaming tashqi qismida taraqqiy etadi.

Ko‘z

Ko'z 


(oculus, 

grekcha 


ophthalmos) 

ko'z  olmasi  va  ko'ruv  nervidan 

iborat.

Ko'z olmasi 



(bulbus oculi) 

yumaloq shaklga (131-rasm) ega bo'lib, unda 

oldingi qutb 

(polus anterior) 

va orqa qutb 



(polus posterior) 

tafovut qilinadi. 

Oldingi qutb shox pardaning eng chiqqan joyiga to'g'ri kelsa, orqa qutbi ko'ruv 

nervining chiqish sohasidan lateralroq joylashgan. Shu ikki nuqtani biriashtiigan 

chiziq ko'zning tashqi o'qi 

(axis bulbi externus) 

deb atalib, uzunligi 24 mm. 

Ko'z olmasining ichki o'qi 

(axis bulbi internus) 

shox pardaning orqa yuzasidan 

to'r pardagacha bo'lib, uzunligi 21,75 mm. Ko'z olmasining vertikal o'lchami 

23,5 mm, ko'ndalangi 23,8 mm. Ko'zning oldingi qutbi bilan to 'r pardaning



markaziy chuqurchasini bog'lovchi chiziq 

ko'zning  ko'ruv  o'qi 



(axis  opticus) 

deb 


ataladi. Ko'z olmasi ko'zning ichki muhiti 

(oldingi va orqa kameralar suyuqligi, ko'z 

gavhari, shishasimon tana) va uni qoplagan 

uch qavat pardadan iborat.

Tashqi  fibroz  parda 

(tunica  fibrosa 

bulbi) 

himoya vazifasini bajaradi. U ikki: 

oldingi shox va orqadagi oqsil pardadan iborat 

Ulaming  o'rtasida uncha chuqur bo'lmagan 

aylanma egat 

(sulcus  sclerae) 

bor.


Shox parda 

(cornea) 

tiniq bo'lib, soat 

oynasiga o'xshash ko'rinishga ega.  Uning 

diametri  12  mm,  qalinligi  1  mm.  Shox 

pardada oldingi yuza(facies anterior) va orqa 

yuza 


(facies  posterior) 

tafovut  qilinadi.

Uning oqliq  pardaga  qaragan  chekkasi 

limbus corneae 

deyiladi.

Oqliq parda 

(sclera) 

pishiq tolali biriktiruvchi to'qimadan iborat.  Uning 

orqa tomonida ko'ruv nervi tolalari chiqadigan teshiklar bor.  Oqliq parda 

bilan shox parda chegarasida  vena qoni bilan  to'lgan tor  aylanma  kanal vena 

sinusi 

(sinus  venosus  sclerae) 

(shlem  kanali)  bor.

O'rta tomirli parda 

(tunica vasculosa  bulbi) 

qon tomirlaiga  va pigmentga 

boy. U bevosita oqliq parda  ostida joylashib, ko'ruv  nervi  chiqadigan sohada 

unga birikib  ketadi.  Tomirli  parda  uch  qismdan:  xususiy tomirli  parda, 

kiprikli tanavarangdor  pardadan iborat.

Xususiy tomirli parda 



(chorioidea) 

orqa  katta sohani tashkil qiladi.  U 

bilan oqliq  parda  o'rtasida  bo'shliq 

(spatium perichorioidale) 

bor.


Kiprikli  tana 

(corpus  ciliare) 

tomirli  pardaning  qalinlashgan  qismi 

bo'lib, shox pardani skleraga o'tish sohasida aylana shaklida joylashgan. Uning 

orqa qismi kiprikli aylana- 



orbiculus ciliaris 

xususiy tomirli pardaga  o'tib 

ketadi. Kiprikli tananing oldingi qismi 70  yaqin radiar  yo'nalgan uzunligi 

3 mm  bo'lgan kiprikli o'simtalar 



(processus ciliares) 

hosil qiladi. Kiprikli 

tana ichida tolalari meridonial, radiar, bo'ylama va aylanma  yo'nalishdagi 

silliq  mushak tolalaridan  iborat  kiprikli  mushak 



(m.  ciliaris) 

joylashgan. 

Bu mushak qisqarganida ko'zni akkomodatsiya  (accomodatio oculi) qiladi.

Rangdor parda 



(iris) 

tomirli pardani  oldingi  qismi.  U  qalinligi 0,4 

mm bo'lgan  aylana  shakliga ega bo'lib, o'rtasida ko'z qorachig'i 

(pupilla) 

bor. 

Rangdor  pardaning tashqi qorachiqqa  (margo pupillaris)  va kiprikli 

tanaga qaragan 

(margo cilliaris) 

chekkalari  bor.  Rangdor pardani oldingi 

yuzasi 

(fa cies  anterior) 

shox  pardaga  qaragan  bo'lib,  undan  ko'z 

olmasining oldingi kamerasi 

(camera anterior bulbi) 

bilan ajrab turadi. 

Uning orqa yuzasi 

(facies posterior) 

esa ko'z gavhariga qaragan,  undan 

ko'z olmasining orqa kamerasi 

(camera  posterior bulbi) 

bilan  ajralgan. 

Rangdor pardada pigment bo'lib, ko'zning rangi uning miqdoriga bog'liq,

131-расм.  Ko‘z  olmasini  gorizontal 

kesmasi.  1-lens;  2-camera  anterior 

bulbi;  3-cam era  posterior  bulbi; 

4-coipus vitreum; 5-tunica fibrosa bul­

bi; 6-tunica vasculosa bulbi; 7-retina.



agar  pigment  ko'p  bo'lsa,  rangi  qoramtir,  kamroq  bo'lsa,  zangori, 

pigment bo'lmasa, qizil rangda bo'ladi.  Rangdor  parda ichida qorachiq 

atrofini  halqa  shaklida  o'ragan,  qorachiqni  toraytiruvchi  (m.  spincter 

pupUlae)  va  radiar joylashgan  qorachiqni  kengaytiruvchi  mushak  (m. 

dilatator pupillae) bor. Rangdor parda bilan shox parda orasidagi burchakda 

bo'shliq  (spatia  angula  iridocornealis)  bor.

Ichki  to'r parda  (retina)  tomirli  pardani  ichki  tomoniga  ko'ruv  nervi 

chiqadigan joydan to qorachiq chekkasigacha yopishib turadi. To'r pardada 

tashqi  pigmentli qavat (stratum pigmentosum)  va ichki murakkab tuzilgan 

nur sezuvchi  qavat (stratum nevrosum) tafovut qilinadi.  Nur sezish  faoliyatiga 

qarab orqa katta nur sezuvchi hujayralar (tayoqchalar va kolbachalar) joylashgan 

ko'ruv  qismi  (pars  optica  retinae)  va  oldingi  kichik  ko'ruv  hujayralari 

bo'lmagan ko'r qismiga  (pars caeca retinae) bo'linadi.  Bu qismlaming bir- 

birigao'tish  joyi xususiy tomirli pardani  kiprikli  tanagao'tish  sohasiga (ora 

serrata)  to'g'ri  keladi.  To'r pardaning orqa qismiga ko'z olmasining tubiga 

oftalmoskop  bilan  qaraganda  (132-rasm)  ko'ruv  nervi  diski  (discus  neni 



optici), uning markazda esa to'r pardaga kirayotgan  to'r pardaning markaziy 

arteriyasi (a.  centralis retinae)  ko'rinadi.  Ko'ruv nervi diskidan tashqiroqda 

orqa qutb sohasida  sariq dog' (macula lutea) va  uning markaziy chuqurchasi 

(fovea centralis) ko'rinadi. Markaziy chuqurchada  faqat kolbachalar to'plangan 

bo'lib,  eng yaxshi  ko'rish  sohasi  hisoblanadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda ko'z olmasi nisbatan katta bo'lib, bo'ylama 

o'lchami  17,5  mm  ,  ko'ndalang  o'lchami  esa  16,7  mm  bo'ladi.  U  bola 

hayotining birinchi yilida tez o'sadi. Ko'z o'lchamlari hayot davomida 50% 

o'ssa, og'irligi 5 yoshda 70%,  20-25 yoshda esa 3 marta kattalashadi.  Shox 

parda yangi tug'ilgan chaqaloqda nisbatan keng va yassi bo'lib, egriligi hayot 

davomida o'zgarmaydi.  U oqliq pardadan aniq ajralgan.  Oqliq parda yangi 

tug'ilgan chaqaloqda yupqa bo'lib, undan tomirli parda havorang soya berib, 

ko'rinib turadi.  Tomirli pardada rangli modda kam bo'lib,  yangi tug'ilgan 

chaqaloqning  ko'zi  kulrang  yoki  zangori  rangda  bo'ladi.  Doimiy  rang  2 

yoshlarda paydo bo'ladi. Qorachiq mushaklari yaxshi taraqqiy etmagani uchun

u  tor  (1,5-2  mm)  bo'ladi.  Bola  5-6 

yoshlaiga to'lganida qorachiq kengayadi, 

keyinchalikesatorayaboradi.Kiprikli tana 

yangi tug'ilgan  chaqaloqda kam taraqqiy 

etgan bo'ladi.  Unda biriktiruvchi to'qima 

kam bo'lib,  o'simtalari ingichka. Kiprikli 

mushak yupqa va qisqa boladi, Yangi tug'ilgan 

chaqaloqda to'r parda nisbatan yupqa va 

pigment  hujayralari  kam.  U nda  to 'r 

pardaning  markaziy  chuqurchasidan 

tashqari qismlari rivojlanishi tugallanmagan 

bo'lib, m a rl^ y  chuqurcha taraqqiyoti bola 

3-To‘r  parda  qon  tomirlari. 

hayotming 6 oylanda tugaydi.



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin