0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63

(rr.  nasalis) 

burun 


bo'shlig'i oldingi qismi shilliq pardasiga.d)  2-4 tauzun kipriksimon nervlar 

(nn. ciliares longi) 

oldinga tomon yo'nalib ko'z olmasining oqliq va tomirli 

pardasiga  boradi.  e)  g'altak  osti  nervi 

(n.  infratrochlearis) 

ustki  qiyshiq 

mushak  ostidan  o'tib  ko'zni  ichki  burchagi  pastki  qovoq va burun  ildizi 

terisini  innervatsiya  qiladi. 

0  orqa g'alvirsimon nervlar 

(nn.  ethmoidales 

posterior) 

g'alvirsimon katakchalar va ponasimon suyak  bo'shlig'i shilliq 

qavatini  innervatiya  qiladi.  Uning  shoxi 

r.meningeus  anterior 

bosh  miya 

qattiq pardasini innervatiya qiladi. g) qo'shuvchi shox 

(r. communicans ciim 

ganglion ciliare) 

sezuvchi tolalardan iborat bo'lib,  kiprikli tugunga boradi.

Kiprikli  tugun 

(ganglion  ciliare) 

parasimpatik nerv  tizimi  tarkibiga 

kiradi.Undan chiqqan  15-20  takaltakiprikli nervlar 

(nn.cilliares breves) 

ko'z olmasini sezuvchi va vegetativ innervatsiya qiladi.

Yuqori jag' nervi 

(n. maxillaris) 

uch  shoxli tugundan boshlanib, oldinga 

qarab yo'naladi va yumaloq teshik orqali qanot-tanglay chuqurchasiga chiqadi. 

Teshikka kirishdan oldin undan o'rta  kalla chuqurchasi sohasidagi bosh miyaning 

qattiq pardasini innervatsiya qiluvchi 

r.  meningeus  medius 

chiqadi.  Qanot- 

tanglay chuqurchasida ustki jag' nervidan quyidagi  shoxlar chiqadi:


1.  Ko'z  kosasining  pastki  nervi 

(n.  infraorbitalis) 

yuqori jag

1  nervini 

bevosita davomi. Ko‘z kosasining pastki tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi. 

Ko'z kosasida ko'z kosasi osti  egatda yotadi va ko'z kosasi osti kanali orqali 

ustki jag'ning  oldingi  yuzasiga  chiqadi.  Bu  yerda  nerv quyidagi  shoxlami 

beradi.  Bular  pastki  qovoq  terisiga  yo'naluvchi  pastki  qovoq  shoxlari 

(rr.palpebrales inferiores), 

tashqi burun terisiga tarqaluvchi  burun shoxlari 



(rr.nasales  externi), 

yuqori  lab shoxlari 



(rr.Iabiales  superiores). 

Bundan 


tashqari ko'z kosasi egatida  va kanalida undan yuqorigi oldingi, o'rta va orqa 

alveolyar  shoxlar 



(rr.alveolares  superiores  an teriores,  m edius  et 

posteriores) 

chiqib,  yuqori jag'  ichida  yuqori jag'  chigalini  hosil  qiladi. 

Uning yuqori tishlar shoxlari 

(rr.dentales superiores) 

yuqori jag' tishlarini 

innervatsia qilsa,  yuqori milk shoxlari 

(rr.  gingivales) 

milkni  innervatsiya 

qiladi.  Ko'z  kosasining  pastki  nervining  burun  ichi  shoxlari 

(rr.nasales 

interm) 

burun bo'shlig'i oldingi qismi shilliq pardasini innervatsiya qiladi.

2.  Yonoq nervi 

(n.  zygomaticus) 

yuqori jag'  nervidan qanot tanglay 

chuqurchasida  boshlanib,  ko'z  kosasining  pastki  tirqishi  orqali  ko'z 

kosasiga  kiradi.  Bu yerda ko'z yoshi  nerviga qo'shiluvchi  parasimpatik 

tolani beradi.  Keyin nerv yonoq suyagining yonoq-ko'z kosasi teshigiga 

kirib,  suyak  ichida  ikki  shoxga  bo'linadi.  Yonoq-chakka  shoxi 



(r. 

zygom aticotemporalis) 

o'z nomidagi teshik orqali chiqib chakka sohasi 

va ko'zning tashqi burchagi  terisini innervatsiya qiladi. Yonoq-yuz shoxi 

(r.  zygom aticofacialis) 

o'z nomidagi teshik orqali  chiqib,  yonoq sohasi 

terisini innervatsiya qiladi.

3. Tugun shoxlari 



(rr. ganglionares) 

tarkibida sezuvchi va parasimpatik 

tolalar bo'lib, qanot-tanglay tuguni va undan chiquvchi shoxlarga qo'shiladi.

Qanot-tanglay tuguni 



(ganglion pterygopalatinum) 

parasimpatik  nerv 

tizimi tarkibiga kirib, undan quyidagi shoxlar chiqadi: a) medial va lateral 

ustki  orqa  burun  shoxlari 



(rr.  nasales  posteriores  superiores  mediates  et 

latetales) 

ponasimon-tanglay teshigi orqali kirib, burun bo'shlig'i  shilliq 

pardasini va bezlarini innervatsiya qiladi. Uning medial shoxining yirik  tarmog'i 

bo'lgan burun-tanglay nervi 



(n. nasopalatinus) 

keskich kanal orqali qattiq 

tanglay  shilliq  pardasiga  tarqaladi.  b)  katta  va  kichik  tanglay  nervlari 

(n.palatiftus  major  et  minores) 

shu  nomdagi  kanal  orqali  o'tib,  yumshoq 

va qatiiq tanglay shilliq pardasiga boradi. d)pastki orqa burun shoxlari 

(rr. 

nasadts  posteriores  inferiores) 

burun  bo'shlig'i  pastki  qismlarining  shilliq 

pafdasini innervatsiya qiladi.

Pastki jag' nervi 



(n. mandibularis) 

tarkibida sezuvchi va harakatlantiruvchi 

tolalar  bo'ladi.  U  kalla  bo'shlig'idan  cho'zinchoq  teshik  orqali  chiqib 

harakatlantiruvchi va sezuvchi  shoxlaiga bo'linadi. Uning harakatlantiruvchi 

shoxlari quyidagilar:

1. Chaynov nervi 



(n. massetericus) 

o'z nomidagi mushakni innervatsiya 

qiladi.

2. Chuqur chakka nervlari 



(nn.temporalis profundi) 

chakka mushagini 

innervatsiya qiladi.


3.  Lateral  va  medial  qanotsimon  nervlar 

(nn.  pterygoidei  lateralis  et 

medialis) 

lateral va  medial qanotsimon  mushaklami  innervatsiya qiladi.

4. 

n.  musculi  tensoris  veli  palatini, 

tanglay  chodirini  taranglovchi 

mushakni innervatsiya qiladi.

5. 


n. musculi tensoris tympani, 

nog‘ora pardani taranglovchi mushakni 

innervatsiya qiladi.

6. jag'-til osti nervi 



(n. mylohyoideus) 

jag‘-til osti mushagini  innervatsiya 

qiladi.

7. 


n. digastricus, 

ikki qorinli mushakni oldingi qorinchasini innervatsiya 

qiladi.

Pastki jag*  nervining sezuvchi shoxlari quyidagilar:



1.  Meningeal  shox  (r. 

meningealis) 

qirrali  teshik  orqali  kalla  ichiga 

kirib,  o'rta  kalla  chuqurchasi  sohasidagi  bosh  miyaning  qattiq  pardasini 

innervatsiya qiladi.



2.

 Lunj nervi 



(n.buccalis) 

lunj mushagining tashqi yuzasida yotadi. Uni 

teshib  o'tib,  lunjning  shilliq  pardasini  va  og'iz  tirqishi  burchagi  terisini 

innervatsiya qiladi.

3.  Quloq-chakka  nervi 

(n.  auriculotemporalis) 

tashqi  eshituv  yo'lini 

oldidan  yuqori  tomonga chakkaning  yuza arteriyasi bilan birga yo'naladi. 

Undan quyidagi shoxlar chiqadi: a) 



r.articularis 

chakka-pastki jag' bo'gimiga.

b) 

n.meatus  acustici  externi 

tashqi eshituv yo'li terisi va nog'ora bo'shlig'i 

shilliq pardasiga. d) 

nn.auriculars anteriores 

quloq suprasini oldingi qismiga. 

e)  chakkaning yuzaki  shoxlari 

(rr.temporales  superficialis) 

chakka  sohasi 

terisiga. 

0 quloq tuguniga rr.ganglionares ad ganglion oticum. g) quloq oldi 

beziga 

(r.parotoidei). 

Quloq oldi tuguni (ganglion oticum) pastki jag' nervi 

cho'zinchoq teshikdan chiqqan joyda uning medual tomonida yotadi.

4. Tilning sezuvchi nervi 



(n. lingualis) 

pastga va oldinga tomon yo'nalib, 

ravoq  hosil  qiladi.  Uning  tarkibidagj  sezuvchi  tolalar  tilning  oldingi  2/3 

qismidan,  og'iz bo'shlig'i shilliq pardasidan og'riq,  harorat sezgisini qabul 

qiladi. Sezuvchi tugun shoxlari (rr. 

ganglionares) 

va nog'ora toridan qo'shilgan 

parasimpatik tolalari jag' osti 

(ganglion submandibulare) 

va til osti tugunlariga 



(ganglion  sublinguale) 

qo'shiladi.

5.  Pastki  alveolyar nerv 

(n.  alveolaris  inferior) 

eng katta  shox.  Pastki 

jag' kanalidan o'tib engak teshigi orqali chiqadi va engak shoxi 

(r.mentalis) 

bo'lib,  engak va pastki lab terisini innervatsiya qiladi. Pastki jag' kanalidan 

o'tayotganida  uning  shoxlari  pastki  tishlar  chigalini  (plexus  dentales 

inferiores)  hosil qiladi.  Bu  chigaldan chiquvchi pastki tishlar shoxlari 



(rr. 

dentales  inferiores) 

va  pastki  milklar  shoxlari 



(rr.gingivales  inferiores) 

pastki jag' tishlari va milklarini innervatsiya qiladi.



Uzoqlashtiruvchi nerv

VI 

juft,  uzoqlashtiruvchi  nerv 



(n .  abducens) 

(127-rasm)  hara­

katlantiruvchi  nerv.  Uning  yagona  harakatlantiruvchi  o'zagi 

(nucleus


n.abducentis) 

ko‘prikda joylashgan. Nerv 

miya  asosidan  ko'prik  bilan  uzunchoq 

miyaning  o'rtasidagi  egatdan  chiqadi. 

Oldinga yo'nalib, ko'z kosasining yuqori 

tirqishi  orqali  ko'z  kosasiga  kiradi  va 

ko'zning  lateral  to 'g 'ri  mushagini 

(m.rectus lateralis) innervatsiya qiladi.



Yuz nervi

YII  juft,  yuz  nervi 



(n .  facialis) 

(128-rasm)  tarkibiga  ikkita  nerv: 

harakatlantiruvchi  o'zak  hujayralari 

aksonlaridan  hosil  bo'lgan  xususiy  yuz  nervi  va  tarkibida  sezuvchi, 

vegetativ tolalari bo'lgan oraliq nerv 

(n.intennedius) 

kiradi. Yuz nervining 

sezuvchi 

(nucleus  solitarius), 

harakatlantiruvchi 



(nucleus  n.  facialis) 

va parasimpatik 



(nucleus  salivatorius  superior) 

o'zaklari  miya  ko'prigi 

sohasida joylashgan.  Miya  asosidan  nerv  ko'prikning  orqa  qirrasidan,

127-rasm.  Uzoqlashtiruvchi  nerv.

1-nucleus  n.  abducentis;  2-n.abdu- 

cens;  3-sinus  cavemosus;  4-fissura 

orbitalis  superior.

128-rasm.  Bosh  va 

bo'yinning  yuza  nervlari.

1-rr.temporales;

2-n.supra-orbitalis;

3-rr.zygomatici;

4-n. infraorbitalis;



5-rr. buccales;

6-n.facialis;



7-n.mentalis;

8-r.marginalis 

mandi-bulae;

9-r.colli;

10-n.transversus  coli;



11 -nn.supraclaviculares;

12-n.accessorius;

13-n.auricularis  magnus;

14-n.occipitalis  minor;

15-n.occipitalis  major;

16-n.au-riculotemporalis.

olivadan tashqariroqdan chiqib, dahliz-chig'anoq nervi bilan ichki eshituv 

yo'liga kiradi.  Chaldea suyagining piramidasi  ichida  o'z nomidagi kanal 

ichida joylashib, bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshik orqali tashqariga chiqadi. 

Kanal  ichida  nerv bukilma-yuz  nervi  tizzachasi 



(geniculum  n.  facialis) 

va tizzacha tugunini 



(ganglion geniculi) 

hosil qiladi. Tizzacha tuguni soxta 

unipolyar  hujayralardan  iborat bo'lib,  oraliq nervning sezuvchi qismiga 

taalluqli. Yuz nervi kanali ichida  nervdan quyidagi shoxlar chiqadi:

1.  Katta  tosh  nervi  (n. 

petrosus major) 

parasimpatik tolalardan iborat 

bo'lib, kanaldan o'z nomidagi tirqish orqali piramidaning  oldingi yuzasiga, 

bu yerdan o'z nomidagi egatda  yo'nalib yirtiq teshik orqali tashqariga chiqadi. 

Nerv simpatik nerv bilan birga qanotsimon kanalga kirib, qanotsimon kanal 

nervi 


(n. canalis pterygoidei) 

nomini oladi va qanot-tanglay tuguniga qo'shiladi.

2. Nog'ora tori nervi 

(chorda tympani) 

parasimpatik va sezuvchi tolalari 

bo'lib,  sezuvchi  tolalar  tizzachali  tugun  sohta  unipolyar  hujayra 

o'simtalaridan iborat.  Uning periferik qismi tilning  oldingi uchdan ikki 

qismi  va  yumshoq  tanglayda joylashgan  tam  bilish  retseptorlarini  hosil 

qiladi. Nerv kanal ichidan 



canaliculi chordae tympani 

orqali o'rta quloq 

bo'lig'iga o'tadi. Nog'ora bo'shlig'idan toshsimon-nog'ora tirqishi 

(fissura 

petrotympanica) 

orqali  chiqib til  nerviga  qo'shiladi.



3.

  Uzangi nervi 



(n.  stapedius) 

harakatlantiruvchi shox bo'lib,  nog'ora 

bo'shlig'ida uzangi mushagini innervatsiya qiladi.

Yuz  nervi  bigizsimon-so'rg'ichsimon  teshikdan  chiqqanidan  keyin 

quyidagi harakatlantiruvchi shoxlarini beradi:

1. 


Quloq suprasining orqasidagi nerv 

(n. auricularis posterior) 

peshona- 

ensa mushagining ensa qorinchasini va orqa quloq  mushagini innervatsiya 

qiladi. 


2.1kki  qorinchali  shox 

(r.  digastricus) 

ikki  qorinli  mushakni  orqa 

qorinchasini innervatsiya qiladi.  3. Bigizsimon-til osti mushagiga boruvchi 

shox 


(r. stylohyoideus). 

So'ng yuz nervi quloq oldi bezi ichiga kirib, uning 

ichida shoxlarga  bo'linadi va quloq oldi bezi chigalini 

(plexus intraparotideus) 

hosil qiladi.  Bu chigaldan quyidagi shoxlar chiqadi:



1.

 Chakka shoxlari 



(rr. temporalis) 

quloq  mushagi, kalla usti mushagining 

peshona qorinchasini va ko'z kosasi atrofidagi  aylana mushakni innervatsiya 

qiladi.


2.  Yonoq  shoxlari 

(rr.  zygomaticus) 

ko'z  kosasi  atrofidagi 

aylana 

mushakni va katta yonoq mushagini innervatsiya qiladi.



3.  Lunj shoxlari 

(rr. buccales) 

katta va kichik  yonoq mushaklari, ustki 

labni  ko'taruvchi  mushak,  lunj  mushagi,  og'iz  burchagini  ko'taruvchi 

mushak, og'iz tirqishi atrofidagi aylana mushaki, burun va kulgu mushaklarini 

innervatsiya qiladi.

4.

  Pastki  jag'  chekkasi  bo'ylab  yo'naladigah  shox 



(r.  marginalis 

mandibulae) 

pastki labni va og'iz  burchagini tushiruvchi va engak mushaklarini 

innervatsiya qiladi.

5.

  Bo'yin  shoxi 



(r.  coli) 

bo'yinning  teri  osti  mushagini  innervatsiya 

qiladi.


Dahliz-chig'anoq  nervi

УГЦ  juft,  dahliz-chig'anoq  nervi 



(n.  vestibnlococlearis) 

-  sezuvchi 

nerv. U eshituv va muvozanat a’zosidan kelayotgan sezuvchi tolalardan tuzilgan 

bo'lib,  ikki  qismdan  iborat.  Uning  dahliz  qismi  nerv  hujayralari  ichki 

eshituv  yo‘li  tubidagi  dahliz  tugunida 

(ganglion  vestibularae) 

joylashgan. 

Ulaming periferik o'simtalari ichki quloqning parda labirintida retseptorlar 

hosil  qilib  tugaydi.  Markaziy  o ‘simtalari  esa  rombsimon  chuqurchada 

joylashgan vestibulyar o'zaklarga boradi.

Chig'anoq qismi 



(pars cochlearis) 

spiral kanalda joylashgan chig'anoq 

tuguni (ganglion cochleare) hujayralarining o'simtalaridan iborat.

Ulaming periferik o'simtalari spiral a’zoda tugasa, markaziy o'simtalari 

rombsimon chuqurchadagi chig'anoq o'zaklarida tugaydi. Nerv miya asosidan 

ko'prikning orqasidan, yuz nervi ildizlaridan tashqariroqdan chiqadi. Keyin 

dahliz-chig'anoq nervi ichki eshituv yo'liga kiradi.

Til-yntqin  nervi

IX 


juft,  til-yutqun  nervi 

(n.  glossopharyngeus) 

aralash  nerv.  Uning 

tarkibida sezuvchi, harakatlantiruvchi va parasimpatik tolalar bor. Til-yutqin 

nervining sezuvchi tolalari yakka tutam o'zagida 



(nucleus solitarius) 

tugasa, 


harakatlantiruvchi  tolalari  ikki  yoqlama  o'zakdan 

(nucleus  ambigiuus), 

parasimpatik tolalar esa pastki so'lak ajratuvchi o'zakdan 



(nucleus salivatorius 

inferior) 

boshlanadi.  Til-yutqin  nervi  o'zaklari  uzunchoq  miya  sohasida 

joylashgan  bo'lib,  nerv  miya  asosida  olivaning  orqasidan  chiqadi.  Kalla 

bo'shlig'idan til-yutqin nervi bo'yinturuq teshigi orqali tashqariga chiqadi. 

Bo'yinturuq teshigi sohasida nerv ustki sezuvchi tuguni 

(ganglion superius), 

chiqqanidan  keyin  tosh  chuqurcha  sohasida  nisbatan  katta  pastki  tugun 



(ganglion  inferius) 

hosil  qiladi.  Bu  tuguniar  tarkibida  sezuvchi  neyronlar 

bo'lib, ulaming markaziy o'simtalari uzunchoq miyadagi  sezuvchi o'zakda 

tugaydi. Ulaming periferik o'simtalari nerv shoxlari tarkibida tilning orqa 1/ 

3 shilluq pardasiga, halqumning shilliq pardasiga,o'rta quloqqa, uyqu sinusiga 

boradi.  Bo'yinturuq  teshigidan  chiqqach,  til-yutqin  nervi  ichki  uyqu 

arteriyasining  orqasida,  keyin unung lateral tomonida,  shu  arteriya bilan 

ichki bo'yinturuq vena o'rtasida yotadi.  So'ng nerv ravoq shaklida pastga va 

oldinga yo'nalib,  bigiz-yutqin va bigiz-til mushaklari  orasidan  o'tadi.  Til 

ildiziga kirgach u  o'zining oxirgi til shoxlariga 



(r.  Iingualis) 

bo'linadi.  Bu 

shoxlar til ustining orqa  1/3 qismi shilliq pardasini innervatsiya qiladi.

Til-yutqin  nervidan  quyidagi shoxlar chiqadi:

1. 

Nog'ora nervi 



(n. tympanicus) 

pastki tugundan chiqib, chakka suyagining 

nog'ora kanalchasi orqali  nog'ora bo'shlig'iga kiradi va shilliq pardada  nog'ora 

chigalini 



(plexus tympanicus) 

hosil qilib, nog'ora bo'shlig'i va eshituv nayi 

shilliq pardasini innervatsiya qiladi. Bu nervning oxirgi shoxi kichik toshsimon 

nerv 


(n.  petrosus  minor) 

parasimpatik  tolalaridan  iborat  bo'lib,  o'z



nomidagi  tirqish  orqali  piramidaning  oldingi  yuzasiga  chiqadi.  Kalla 

bo'shlig'idan ponasimon-toshsimon tirqish 



(fissura  sphenopetrosa) 

orqali 


o‘tib, quloq tuguniga qo‘shiladi.

2.  Sinus  shoxi 



(r.  sinus  carotici) 

umumiy uyqu  arteriyasi  bo'lingan 

joydagiuyqu  koptokchasini  innervatsiya qiladi.

3.  Yutqin  shoxlari 



(r.  pharyngeus) 

yutqin  devorida  vegetativ  nerv 

tolalari bilan yutqin  chigalini hosil qiladi.

4.  Bigiz-yutqin  shoxi 



(r.  stylopharyngei) 

shu  nomdagi  mushakni 

innervatsiya qiladi.

5.  Murtak shoxlari 



(r.r. tonsillaris) 

tanglay murtagini innervatsiya qiladi.



Adashgan  nerv

juft,  adashgan  nerv  (n.vagus)  aralash  nerv  (129-rasm).  Bu  nerv 



bosh miya nervlari ichida eng uzuni bo'lib, uning  tolalari odam organizmining 

ko'p  sohasiga  tarqalgan.  Nerv  tarkibidagi  harakatlantiruvchi  tolalar  ikki 

yoqlama  o'zak 

(nucleus  ambiguus), 

vegetativ  tolalar  uning  orqa  o'zagi 



(nucleus dorsalis nervi vagi) 

hujayralari aksonlaridan iborat. Sezuvchi tolalari 

ustki va pastki tugunlarda 

(ganglion superius et inferius) 

joylashgan sezuvchi 

neyronlaming markaziy o'simtalari  yakka tutam o'zagida 

(nucleus solitarius) 

tugaydi.  Ulaming periferik o'simtalari bosh  miya  qattiq  pardasiga,  tashqi 

eshituv yo'li terisiga va ichki a’zolaiga  boradi. Adashgan nervning parasimpatik 

tolalari nervning ko'p qismini tashkil qilib bo'yin, ko'krak va qorin bo'shlig'i 

a’zolari faoliyatini boshqaradi.

129-rasm.  Bosh  va  bo‘yi 

nervlari.  1-gangl.  trigemi 

nale;  2-n.glos-sopharyr 

geus;  3-n.  accessoriui

4-n.vagus;  5-gang.-cervi 

cale superius; 6-plexus cei 

vicalis; 7-n.laryngeus sup« 

rior;  8-ansa  cervicalis

9-n.laryngeus  superio:

10-  n.hypoglossus;  l l - i  

lingualis.


Adashgan nerv uzunchoq miyaning orqa yon egatidan bir nechta ildiz 

hosil qilib chiqadi. Ular o'zaro birikib,  bo'yinturuq teshigiga qarab yo'naladi. 

Teshikda va undan chiqqanidan keyin ustki va pastki  tugunlami 

(ganglion 

superius  et  ganglion  inferius) 

hosil  qiladi.  Teshikdan  chiqqanidan  so'ng 

adashgan nerv ichki bo'yinturuq vena va  ichki uyqu arteriyasi o'rtasida pastga 

tomon  yo'naladi.  Ko'krak  qafasining  ustki  aperturasi  orqali  u  ko'krak 

bo'shlig'iga kiradi. Ko'krak qafasiga kirishda o'ng adashgan nerv  o'mrov osti 

arteriyasi va venasi o'rtasidan o'tadi.  Chap adashgan nerv umumiy uyqu  va 

o'mrov  osti  arteriyalari  o'rtasidan  o'tib,  aorta  ravog'ini  oldiga  yo'naladi. 

Keyin  o'ng  va  chap  nervlar  o'pka  ildizi  orqasidan  o'tib,  o'ng  adashgan 

nerv  qizilo'ngachning  orqa,  chap  nerv  oldingi  yuzasiga  o'tadi.  Ular 

shoxlanib, qizilo'ngach chigalini hosil qiladi.  Bu chigaldan  oldingi va orqa 

adashgan nerv poyalari  hosil bo'lib, qizilo'ngach bilan birga qorin bo'shlig'iga 

o'tadi. Oldingi  poya 



(truncus vagalis anterior) 

me’daning  oldingi yuzasida, 

orqa poya 

(truncus vagalis posterior) 

uning orqa yuzasida joylashadi.

Adashgan nerv juda  katta sohaga tarqalgani uchun uni to'rt: kalla, bo'yin, 

ko'krak va  qorin qismlariga bo'lib o'rganamiz.

Adashgan nervning kalla qismidan quyidagi shoxlar chiqadi:

1.

  Miya qattiq pardasiga boruvchi  shox 



(r.  meningeus) 

ustki tugundan 

boshlanib,  orqa  kalla  chuqurchasi  sohasidagi  bosh  miya  qattiq  pardasini, 

ko'ndalang va ensa vena bo'shliqlari devorini innervatsiya qiladi.

2.  Quloq  shoxi 

(r.auricularis) 

nog'ora-so'rg'ichsimon  tirqish  orqali 

kalladan chiqib,  tashqi eshituv yo'lining orqa devori va quloq suprasi orqa 

terisini innervatsiya qiladi.

Adashgan nervning bo'yin qismidan  quyidagi shoxlar chiqadi:


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin