0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63

(nucleus  arcuatus), 

gipotalamusning 

oldingi va orqa  media!  o'zaklari 

(nuclei  hypothalamicus ventromedialis  et 

dorsomedialis), 

gipotalamusning  dorsal  o'zagi 



(nucleus  hypothalamicus 

dorsalis), 

quyg'ich o'zagi 



(nucleus  infundibularis), 

kulrang tepalik o'zagi 



(nucleus  tuberalis) 

joylashgan.  Gipotalamusning  orqa hidlov  sohasida 

joylashgan juft  so'rg'ichsimon tana 

(corpora mamillaria) 

diametri  0,5  sm 

keladigan  yumaloq  oq  moddadan  iborat.  Oq  moddaning  ichida  kulrang 

modda, so'rg'ichsimon tananing medial va lateral  o'zaklari 



(nuclei corporis 

mamillaris  medialis  et  lateralis) 

joylashgan.

Yangi tug'ilgan chaqaloq oraliq miyasi nisbatan yaxshi rivojlangan bo'ladi. 

Ko'ruv bo'rtig'i bola 2 yoshga to'lgunicha tez o'sib keyinchalik sekinlashadi. 

Uning kengligi 2 yoshda 3 marta, uzunligi esa  13 yoshda 2 marta kattalashadi, 

balandligi  40%  o'sadi.  Yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  medial  o'zak  yaxshi 

rivojlangan  bo'lsa,  lateral  o'zak va yostiqcha bola tug'ilganidan keyin tez 

o'sadi.  Tizzachali  tanalar  yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  yaxshi  rivojlangan 

bo'lib, keyinchalik  asta-sekin kattalashadi.

Yangi  tug'ilgan bolada bo'rtiq osti sohasi o'zak hujayralari ham  to'liq 

takomillashmagan bo'ladi.  O'zaklaming taraqqiyoti va yetilishi har xil davrlarda 

tugaydi. Hid bilish faoliyati bilan bog'liq so'rg'ichsimon tana va Luis tanasining 

rivojlanishi bola 3 yoshga to'lgunida tugaydi.  Kulrang do'm boq hujayralari 

yoshlarda rivojlanadi.  Bo'rtiq osti markaziy kulrang moddasining rivojlanishi 



balog'at davrida tugaydi.

U c h in ch i  q orin ch a

Uchinchi qorincha 



(ventriculus tertius) 

oraliq miyaning o'rtasida ingichka 

sagital yorig' shaklida joylashgan bo'lib, oltita devori tafovut qilinadi.  Uning 

tashqi  devorini  ko'ruv  bo'rtig'ining  ichki  yuzasi,  oldingi  devorini  oxirgi 

parda 

(lamina terminalis), 

gumbaz ustunlari 



(columna fornicis) 

va oldingi 

bitishma 

(commissura anterior) 

hosil qiladi.  Gumbaz ustunlari bilan ko'ruv 

b o'rtig'ining  oldingi  qismi  o'rtasida  qorinchalararo  teshik 

(foramen 

interventriculare) 

joylashgan.  Uchinchi  qorinchaning  orqa  devorini  orqa 

bitishma 

(commissura  cerebri  posterior) 

va 


(commissura  habinularum) 

chegaralaydi.  Uning ostida miya suv yo'li teshigi yotadi.  Orqa devorda ikkita



chuqurcha 

(recessus suprapinealis), 

hamda 


(recessus pinealis) 

bor. Uchinchi 

qorinchaning yuqori devorini qadoq tana va miya gumbazi ostida joylashgan 

uchinchi  qorinchaning  tomirli  asosi 



(tela  choroidea  ventriculi  tertii) 

va 


uni  qoplagan  epitelial  qatlam 

(lamina  epithelialis) 

hosil  qiladi.  Uchinchi 

qorinchaning pastki devorini  esa bo'rtiq osti sohasi hosil qiladi.  Bu yerda 

uchinchi  qorincha:  voronka  chuqurchasi 



(recessus  infundibuli) 

va ko'ruv 

chuqurchasini 

(recessus  opticus) 

hosil  qiladi.



Oxirgi  miya

Oxirgi miya 



(telencephalon) 

oxirgi miya pufagining  takomillashuvidan 

hosil bo'lib, miya qattiq pardasining o'roqsimon o'sig'i uni ikki yarimshaiga 

ajratadi.  Miya  yarimshariari  bosh  miyaning  eng  tez  o'sadigan  qismidir. 

Homilada miya yarimshariari asta-sekin o'sib, miyaning qolgan qismlarini 

xuddi plashchaga o'xshab o'rab oladi.  Homila hayotining uchinchi oyida u 

oraliq miya va talamuslami, 4 oylikda to'rttepalik, 

6 oylikda miyacha ustiga 

kelib, 

8- oyda uni o'rab oladi.  Homila davrida yarimsharlaming usti silliq 



bo'ladi.  H om ila  hayotining  ikkinchi  oyi  oxiri  va  uchinchi  oyi  boshida 

yarimsharlaming yon yuzasida chuqurcha paydo bo'ladi. Bu yer keyinchalik 

orolchaga aylanib ketadi.  Miyani boshqa qismlari o'sib orolchaning ustini 

yopadi va to 'rt oylikda  yon egat paydo bo'ladi. To'rt oydan keyin birlamchi 

egatlar paydo bo'la boshlaydi.  Dastlab tepa-ensa  va  pix  egatlari,  so'ng 

qadoq tana,  gippokam p  va aylanmaegatlar  paydo bo'ladi.Oltinchi oyda 

markaziy  egat,  7-8 -oylarda  esa  qolgan  ikkilamchi  egatlar  paydo bo'lib, 

bosh  miyada  odamga  xos  relef hosil  bo'ladi.  Bola tug'ilishidan  aw al  va 

hayotning birinchi  haftalarida  uchlamchi  egatlar paydo  bo'ladi.  Keyingi 

davrlarda  yarim sharlar  yuzasi  yangi  egatlam i  paydo  bo'lishi  va  bor 

egatlaming chuqurlashuvi hisobiga o'zgaradi.

Miya yarimsharlarining ayrim bo'laklari ontogenezda bir xil o'smaydi. 

Eng yosh hisoblangan  peshona bo'lagi boshqalarga nisbatan tez o'sadi va 

hajmi jihatidan po'stloq umumiy yuzasining 29% tashkil qiladi. Katta yoshdagi 

odamlarda  peshona bo'lagi og'irligi 450 g, tepa bo'lagi 251 g, chakka va ensa 

bo'laklari  birgalikda 383 gni tashkil qiladi.

H ar  bir  yarimshar  quyidagi  qismlardan  iborat:  l.Plashch  (pallium);

2.Hidlov miyasi 



(rhinencephalon); 

З.Уоп qorincha 



(ventriculus lateralis); 

4.0xiigi miyaning kulrang o'zaklari.

Miya  yarimsharlarining  yuzasi  har  xil  chuqurlikdagi  va  uzunlikdagi 

egatlar yordamida juda ko'p pushtalarga bo'linadi. Pushta 



(gyrus) 

deb ikkita 

egat o'rtasida joylashgan  miyaning ko'tarilib chiqqan qismiga aytiladi.  Miya 

egatlari uch guruhga bo'linadi.  Birlamchi egatlar chuqur, doim uchraydi va 

ontogenezda  erta paydo bo'ladi.  Ikkilamchi egatlar ham  doim uchraydi, 

ontogenezda kechroq paydo bo'ladi.  Uchlamchi egatlar doimiy bo'lm ay, 

turli shaklda uchraydi.

Bosh miya yarimshariari tashqi tomondan 2-4 mm qalinlikdagi kulrang 

qatlam, miya po'stlog'i bilan qoplangan. Har bir yarimsharda uchta: qavariq


ustki lateral yuza 

(facies superolateralis), 

yassi medial yuza 



(facies medialis) 

va pastki yuza 



(facies inferior) 

tafovut qilinadi.

H ar  bir  yarimshar  chuqur  egatlar  yordamida  beshta:  peshona,  tepa, 

ensa, chakka  bo'laklari  va orolchaga  bo'linadi. Miya yarimsharlarining  ustki 

lateral yuzasida (112-rasm) frontal sathda joylashgan  markaziy yoki Roland 

egati 


(sulcus centralis) 

peshona bo'lagini tepa bo'lagidan ajratib turadi.  Bu 

egat  yarimshaming  medial  yuzasining  yuqori  qismidan  boshlanib,  yon 

egatgacha boradi. Tepa bo'lak ensa bo'lakdan medial yuzada joylashgan tepa- 

ensa egatidan 

(sulcus parietooccipitalis) 

boshlanib, pastga tomon yo'nalgan 

shartli chiziq yordamida ajraladi.  Chakka bo'lakni boshqa bo'laklardan yon 

egat 


(sulcus lateralis) 

ajratib turadi.



112-rasm.  Bosh  miya  yarimsharlarining  ostki  lateral  yuzasi  egat  va  pushtalari.  1-sul. 

laterlis;  2-pais  opercularis;  3-pars  triangularis;  4-pars  orbitalis;  5-sul.  frontalis  inferior; 

6-gyrus  frontalis  inferior;  7-sul.  frontalis superior;  8-gyrus frontalis  medius;  9-gyrus fronta­

lis  superior;  10,11-sul.  precentralis;  12-gyrus  precentralis;  13-sul.  centralis;  14-gyrus  post­

centralis;  15-sul.  intraparietalis;  16-lobulus parietalis superior;  17-lobulus parietalis inferior; 

18-gyrus  supramaiginalis;  19-gyrus  angularis;  20-polus  occipitalis;  21-sul.tempotalis  infe­

rior;  22-gyrus  temporalis  superior;  23-gyrus  temporalis  medius;  24-gyrus  temporalis  infe­

rior;  25-sul.temporalis  superior.



Miya yarimsharlarining peshona bo'lagida 

(lobus frontalis) 

markaziy egatga 

paralel holda markaz oldi egati 

(sulcus precentralis) 

yotadi. Bu egat ko'pincha 

o'rtasida ikkita alohida qismga bo'linadi. Markaz oldi egatidan oldinga qarab ustki 

va pastki peshona egatlari 



(sulcus frontalis superior et inferior) 

yo'naladi.  Bu 

egatlar peshona bo'lagining ustki lateral yuzasini pushtalarga ajratadi. Markaziy 

va markaz oldi  egatlari  o'rtasida  markaz  oldi pushtasi 



(gyrus  precentralis) 

joylashadi. Ustki peshona egatidan yuqorida ustki peshona pushtasi 



(gyrus frontalis 

superior) 

yotadi. Ustki va pastki peshona egatlari o'rtasida o'rta peshona pushtasi 



(gyrus frontalis media), 

pastki peshona egatidan pastda pastki peshona pushtasi 



(gyrus frontalis inrerior) 

joylashgan.  Pastki peshona pushtasini yon egatdan 

kiruvchi ko'tariluvchi shox 

(ramus ascendens) 

va oldingi shox 



(ramus anterior) 

uchta mayda pushtaga ajratadi.  Markaz oldi pushtasining pastki qismi bilan 

ko'tariluvchi shox o'rtasida joylashgan orolchani ustidan yopib turuvchi qopqoq 

qismi 


(pars opercularis) 

deyiladi.  Ko'tariluvchi va oldingi shoxlar o'rtasidagi 

uchburchak qismi  - 

pars  triangularis, 

oldingi  shoxdan pastdagi  ko'z  kosasi 

qismi - 

pars orbitalis 

deyiladi.

Tepa bo'lakda 

(lobus parietalis) 

markaziy egatga paralel joylashgan markaz 

orqa egati 

(sulcus postcentralis) 

bo'lib, ular o'rtasida markaz orqa pushtasi 



(gyrus  postcentralis) 

yotadi.  Bu  pushta yarimsharlaming medial yuzasiga 

davom etadi va peshona bo'lagining markaz oldi pushtasiga qo'shilib, markaz 

yon  bo'lagini 



(lobulus  paracentralis) 

hosil  qiladi.  Markaz  orqa  egatidan 

orqaga yo'naluvchi tepa ichi egati 

(sulcus intraparitalis) 

tepa bo'lagini ustki 

va pastki tepa bo'lakchalariga 

(lobulus parietales superior et inferior) 

bo'ladi. 

Pastki tepa bo'lakchasi ikki pushtaga: yon egatning uchini o'ragan chekka 

usti pushtasi 



(gyrus supramarginalis) 

va ustki chakka egati uchini  o'ragan 

burchak p\ishtasiga 

(gyrus angularis) 

bo'linadi.

Ensa bo'lagi 

(lobus  occipitalis) 

nisbatan  kichik bo'lib,  uning  egat va 

pushtalari juda o'zgaruvchan bo'ladi. Boshqalarga nisbatan tepa ichi egatining 

davomi  bo'lgan ensaning ko'ndalang egati 



(sulcus occipitalis transversus) 

yaxshi bilinadi.

Chakka bo'lakning 

(lobus temporalis) 

yon yuzasida yon egatga parallel 

joylashgan ustki va  pastki  chakka  egatlari 

(sulcus  temporalis  superior  et 

sulcus  temporalis  inferior) 

joylashgan.  Yon  egat bilan ustki  chakka egati 

o'rtasida ustki chakka pushtasi 

(gyrus temporalis superior) 

yotadi.  O 'rta 

chakka pushtasi 

(gyrus  temporalis  media) 

ustki va pastki  chakka egatlari 

o'rtasida  joylashsa,  pastki  chakka  pushtasi 

(gyrus  temporalis  inferior) 

yuqoridan pastki chakka egati bilan chegaralanadi.

Orolcha bo'lagi 

(lobus insularis) 

yon egatning tubida joylashgan bo'lib, 

uni  ko'rish  uchun  peshona,  tepa  va  chakka  bo'laklarm ing  qopqoq 

(operculum) 

qismini olib tashlash kerak bo'ladi. Orolcha boshqa bo'laklardan 

chuqur  aylanma  egat 

(sulcus  circularis  inculae) 

vositasida  ajralib  turadi. 

Orolchaning  markaziy  egati 

(sulcus  centralis  insulae) 

uni  ikki  bo'lakka 

ajratadi.  Orqa bo'lagida  uzun pushtalar 

(gyri longus), 

oldingi bo'lagida  esa 

kalta pushtalar 

(gyri  brevis) 

joylashgan.



Orolchaning  oldingi pastki qismida egatlar bo'lmay uncha katta bo'lmagan 

kengaymalar 



(limen  insulae) 

bo'ladi.


Miya yarimsharlarining medial yuzasini hosil qilishda orolchadan tashqari 

barcha bo'laklar  ishtirok etadi. Bu yuzada joylashgan qadoq tana egati 



(sulcus 

corporis collosi) 

qadoq tanani yarimshaming  boshqa  qismlaridan  ajratib 

turadi.  Orqa tomonda bu egat qadoq tana qayishini aylanib o'tadi, pastga  va 

oldinga tomon  yo'nalib  dengiz  oti  egatiga 



(sulcus  hippocampi) 

davom 


etadi.  Qadoq  tana egatiga parallel yo'nalgan belbo  egati 

(sulcus  cinguli) 

belbog'  pushtasini 



(gyrus  cinguli) 

chegaralab  turadi.  Qadoq  tana  qayishi 

sohasida belbog' pushtasidan yarimsharlaming ustki chekkasiga tomon yuqoriga 

va orqaga  qarab yo'nalgan  chetki shox 



(ramus marginalis) 

chiqadi.  Qadoq 

tana  qayishidan  orqa  va  past  tomonda  belbog*  pushtasi  torayib,  belbog' 

pushtasining toraygan  qismini 



(istmus gyri cinguli) 

hosil qiladi. U pastga va 

oldinga yo'nalib,  biroz  kengaygan  yuqoridan  gippokam p  egati  bilan 

chegaralangan paragippokamp  pushtasiga(gyrus 



parahyppocampalis) 

aylanib 


ketadi.  Belbog'  pushtasi, uning toraygan qismi va dengiz oti pushtasi birlashib, 

gumbaz shaklini  oladi.  Ulami qo'shib gumbaz pushtasi 



(gyrus fomicatus) 

deb  ataladi.  Gippokam p  egati  ichida  mayda ko'ndalang  egatlar  bilan 

bo'lingan kulrang hoshiya bo'lib, uni tishli pushta 

(gyrus dentatus) 

deyiladi.

Yarim shar  medial  yuzasining  belbog'  egati  bilan  ustki  chekkasi 

o'rtasidagi soha peshona va tepa bo'laklariga  taalluqli.  Markaziy egatning 

oldingi qismida ustki peshona pushtasi joylashsa, markaziy egat bilan chetki 

shox  o'rtasida  markaz  yon  bo'lagi 



(lobulus  paracentralis) 

joylashgan. 

Chetki  shox bilan  tepa-ensa egati 

(sulcus  parietooccipitalis) 

o'rtasida 

pona  oldi 

(precuneus) 

yotadi.


Medial yuzaning ensa sohasida tepa-ensa egati bilan o'tkir burchak hosil 

qilib  qo'shilgan pix egati 



(sulcus calcarinus) 

bo'lib, ular o'rtasida uchburchak 

shaklda pona 

(cuneus) 

joylashgan. Pix egati ostida til pushtasi 



(gyrus lingualis) 

joylashgan  bo'lib,  uni  past  tomondan  yonlama  egat 



(sulcus  collateralis) 

chegaralaydi.

Yarimshaming ostki yuzasining oldingi qismlarini peshona bo'lagi  hosil 

qiladi. Bu  yerda  bo'ylama  yoriqqa parallel joylashgan hidlov egati 



(sulcus 

olfactorius) 

bo'lib, unda hidlov piyozchasi va hidlov yo'li yotadi. Bo'ylama 

yoriq va hidllov egati o'rtasida to'g'ri pushta 

(gyrus rectus) 

joylashgan. Peshona 

bo'lagining  hidlov  egatidan  tashqarida joylashgan  sohasi  uncha  chuqur 

bo'lmagan  ko'z kosasi egatlari 



(sulci orbitales) 

bilan bir necha o'zgaruvchan 

pushtalarga 

(gyri orbitales) 

bo'linadi.

Yarimshaming  ostki  yuzasini  orqa qismida  yonlama  egatning  oldingi 

uchi  sohasida  burun  egati 



(sulcus  rhinalis) 

bo'lib,  u  ilmoqni 



(uncus) 

tashqi tomondan chegaralab turadi. Yonlama egatdan tashqarida medial ensa- 

chakka pushtasi 

(gyrus  occipitotemporalis medialis) 

yotadi.  Bu  pushtani 

tashqi  tom ondan  lateral  ensa-chakka  egati 

(sulcus  occipitotemporalis 

lateralis) 

chegaralaydi.  Undan tashqarida esa tashqi ensa-chakka pushtasi 



(gyrus occipitotemporalis lateralis) 

joylashgan.



Bosh  miyaning  limbik  tizimi  tarkibiga  quyidagi  hosilalar  kiradi:  hid 

bilish  nervining  so‘g‘oni 



(bulbus  olfactoctorius), 

hid  bilish  yo'li,  hid 

bilish  uchburchagi,  oldingi  ilma-teshik  modda,  belbog'  pushtasi,  dengiz 

oti pushtasi, tishsimon  pushta. 



jf

Homila hayotining 7-8 oylarida  bosh miya yarimshariari yuzasida  katta 

yoshdagi odamlamikiga  xos  relyef hosil  bo'ladi. 7 yoshgacha  bo'lgan davrda 

yarimsharlar reylefi  murakkablashib boradi.  Egatlar uzayib chuqurlashadi 

va shoxlanadi. Pushtalar kengayib qalinlashadi. Asosiy egatlardan chiqayotgan 

va alohida  uchlamchi egatlar soni  ko'payadi.  Yarimsharlaming umumiy 

yuzasi 9-10 oylarda 2 marta, 9 yoshda 3-4 marta kattalashadi.

Bosh  miya  po‘s(log‘I

Bosh miya  po'stlog'i 



(cortex cerebri) 

miya yarimsharlarining ustidan 

qoplagan  kulrang  modda  qatlami  bo'lib, juda  murakkab  hayotiy  vazifani 

bajaradi.  U  organizmning hamma qismlari va tashqi muhitdan nerv yo'llari 

va sezgi a’zolari orqali kelayotgan ta’sirlami qabul qiladi, ulami tahlil qilib, 

bir-biriga bog'laydi (sintez). Shuning natijasida odam oiganizmi tashqi muhit 

ta’siriga moslashish xususiyatiga ega.

Miya  po‘stlogining  filo-ontogenezi

Amfibiyalarda miya po'stlog'i yo‘q.  Reptihyalaming miya po'stlog'i juda 

sodda bo'lib, 2-3 qavat hujayralardan tashkil topgan.

Sut  emizuvchi  hayvonlaming  miya  po'stlog'i  yarimsharlaming  ko'p 

qismini qoplaydi va 

6 qavatdan iborat.

Odamda miya po'stlog'i sekin-asta taraqqiy etadi. 2 oylik homilada  po'stloq 

bo'lmaydi.  Neyroblastlar qorinchalar ependimasi ostida joylashgan bo'ladi. 

Homila 3 oylik bo'lganida nerv hujayralari  oxiigi miyani yuzasiga  o'sib chiqa 

boshlaydi va  po'stloq plastinkasi paydo  bo'ladi.  Po'stloq plastinkasi dastlab 

bir qavat bo'lib,  keyinchalik 

6 qavatga bo'linadi.  Odamning miya po'stlog'i 

juda yaxshi taraqqiy etgan. Uning qalinligi yarimsharlarining turli qismlarida 

har xil  1,25 mm dan 4 mm, ba’zi yerlarda 

6 mm gacha.  Eng qalin po'stloq 

markaz oldi, markaz orqa pushtalari va markaz yon bo'laklari sohasida bo'ladi. 

Pushtalaming ustki qismda po'stloq qalin, egatlarda esa yupqa bo'ladi.  Bosh 

miya  po'stlog'i  9-14  mid.  nerv  hujayralarining  yig'indisidan  iborat bo'lib, 

ular orasida nerv tolalari ham bor.  Nerv tolalarining massasi po'stloq umumiy 

massasining 26/27 qismini tashkil qiladi.  Bosh miya po'stlog'ining umumiy 

massasi  581  g,  umumiy hajmi  560  sm3.  Agar po'stloq  nerv  hujayralarining 

tanasini ajratsak,  uning umumiy hajmi 

20 sm3,  og'irligi 21  g bo'ladi.

Bosh  miya  po'stlog'i  qadimiy 



(paleocortex) 

va  yangi  po'stloqqa 



(neocortex) 

bo'linadi. Qadimiy po'stloqqa  hid bilish miyasi po'stlog'i kirib, 

har xil  tuzilishga ega ikki qismga:  qadimiy po'stloq -  

paleocortex 

va eski 


po'stloq -  

archicortex 

ga bo'linadi. Qadimiy po'stloqqa  peshona bo'lagining



bulbus olfactorius 

ga yaqin tuigan qismi kirib judda sodda tuzilishga ega bo'lib, 

qavatlarga bo'linmagan.  Eski po'stloq ancha murakkab tuzilishga ega bo'lib, 

ammo  bu  yerda  nerv  hujayralari  kam  bo'ladi.  Eski  po'stloq  2-3  qavatga 

bo'lingan. Unga dengiz oti, tishli, gumbaz pushtasi va uning ilmog'ini kulrang 

moddalari kiradi.

Yangi  po'stloqqa odamning miya  yarimshariari po'stlog'i kirib,  juda 

yaxshi  taraqqiy  etgan 

6  qavatdan  iborat.  Bu  qavatlar  o'zaro  tarkibiga 

kiruvchi hujayralaming shakli bilan farq qiladi.

1.  M olekulyar  qavat 

(lamina  molecularis) 

yumshoq  parda  ostida 

joylashgan.  U  asosan  bir-biri  bilan  zich  to 'r  kabi  to'qilib  ketgan  nerv 

tolalari va ular o'rtasida joylashgan kam sonli  mayda nerv hujayralaridan 

iborat.

2. Tashqi donador qavatda 



(lamina granulans externa) 

juda ko'p yumaloq 

va uchburchak  shakldagi hujayralar alohida-alohida donachalardek tarqoq 

holda joylashgan.

3.  Piramidasimon hujayralar qavati 

(lamina  pyramidalis). 

Bu  qavatda 

kichik va o'rta kattalikdagi  piramida hujayralari tarqoq holda joylashgan.

4.  Ichki  donador  qavat 



(lamina  granularis  interna) 

xuddi  ikkinchi 

qavat singari tarqoq joylangan mayda hujayralardan iborat.

5.  Ganglionar qavat 



(la m in a  

ganglionaris). 

Bu qavatda kichik piramida 

hujayralardan tashqari, yirik  Bets piramida hujayralari bo'lib, ular markaz 

oldi pushtasi va markaz yon bo'lagida  uchraydi.

6.  Polimorf hujayralar  qavati 

(lamina  multiformis). 

Bu  qavatda  turli 

shakldagi hujayralar bo'lib, ular oq modda bilan yonma-yon turadi.

Bu 


6  qavatning  pastki  (5 -6 )  efferent  yo'llarining  boshlanish  qismi 

bo'lsa, o'rta (3 -4 )  qavatlar esa  afferent yo'llar bilan bog'langandir. Yuqorigi 

(

1 - 2)  qavatlar esa po'stloqni bir-biri bilan bog'lovchi  assotsiativ yo'llami 



hosil qiladi.

Yangi tug'ilgan  chaqaloqda po'stloq  yaxshi takomillashmagan bo'lib,

2—3  yoshlarda  yetiladi.  Bolalikning keyingi davrlarida egat va  pushtalaming 

o'sishi  munosabati  bilan  miya  po'stlog'i  yuzasi  kattalashadi  va  tuzilishi 

murakkablashib,  ma’lum soha va maydonlaiga bo'linadi.

Bosh  miya  po‘stlog‘ida  markazlarning joylashuvi

Bosh  miya  m arkazlarining  joylashuvini  o'rganish  jarayonida  biz 

organizmning o'zida bo'layotgan o'zgarishlar va tashqi muhitning organizmga 

ta’siriga moslashuvida  ro'y beradigan  nerv boshqaruvida qaysi markazlarning 

qanday ahamiyati borligini bilamiz.

Bosh miya po'stlog'i markazlarini I.P.  Pavlov analizatoming miyadagi 

oxirgi qismi deb atagan. Analizator bu murakkab nerv mexanizmi bo'lib, u 

tashqi  qabul  qiluvchi  apparatdan  boshlanib  miyada  tugaydi.  Analizator 

yordamida tashqi muhitning murakkab ta’siri alohida qismlarga bo'linadi va 

tahlil qilinadi. Boshqa analizatorlar bilan aloqada ma’lum ish bajariladi. Miya



markazi tekis chegaraga ega bo'lmay.  «o'zak» hamda «yoyilgan» qismlardan 

tashkil topadi. 

0 ‘zak retseptoming po‘stloqdagi to‘g‘n  va chuqur proyeksiyasi 

bo‘lib, yuqori tahdil qiluvchi asosiy qism hisoblanadi. Yoyilgan  elementlar 

o'zak atrofida joylashgan bo'lib, ularda ancha sodda va elementar  tahlil sodir 

bo'ladi. Markazning o'zak qismi  shikastlanganda yoyilgan elementlar ma’lum 

darajada o'zakning yo'qolgan faoliyatini qoplab turadi. Har xil analizatoriaming 

yoyilgan  elementlari  egallagan  sohasi  bir-biriga  qo'shilib  ketadi.  Hozirgi 

vaqtda miya po'stlog'i bir butun qabul qiluvchi yuza hisoblanadi.


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin