0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63

BO SH   MIYA 

Um um iy  m a’lu m otlar

Bosh  miya 



(encephalon) 

uni 


0‘ragan  pardalari  bilan  birga  kallaning 

miya qismi ichida joylashgan.  Uning ustki yon yuzasi kalla qopqog'i ichki 

yuzasiga  mos  ravishda gumbaz  hosil  qiladi.  Pastki  yuzasi  kallaning  ichki 

asosidagi chuqurchalaiga mos murakkab relefga ega.  Bosh miyaning og'irligi 

katta odamlarda 1100 dan 2000 g gacha, o'rtacha: erkaklarda 1394, ayollarida 

1245 g. Bosh miya uch yirik qismdan: katta miya yarimsharlari, miyacha va 

miya so'g'onidan iborat.

Katta  miya 



(cerebrum) 

markaziy  nerv  tizimining  odamda  kuchli 

taraqqiy etgan eng katta va faoliyat jihatidan ahamiyatga ega qismi. Katta miyaning 

bo'ylam a  yorig'i 



(fissura  longitudinalis  cerebri) 

uni  o'n g   va  chap 

yarimsharlarga ajratadi. Yarimsharlar o'zaro qadoq tana 

(corpus coUosum) 

vositasida qo'shilgan. Yarimsharlar orqa tomonda ko'ndalang yorig' 



(fissura 

transversa  cerebri) 

vositasida  miyachadan  ajrab  turadi.  Miya  yarim- 

sharlarining  tashqi  yuzasi  turli  chuqurlikdagi  egatlar 

(sulci  cerebri) 

joylashgan.  Chuqur egatlar yarimshariami bo'laklarga 



Gobi cerebri) 

ajratsa, 

mayda  egatlar  pushtalami 

(gyri  cerebri) 

chegaralaydi.

Bosh miyaning pastki yuzasi yoki asosi (105-rasm) yarimsharlar, miyacha 

va miya so'g'oning ventral qismlaridan hosil bo'lgan. Uning oldingi qismlarida 

peshona  bo'lagining  ostki  yuzasida  hidlov  piyozchalari 

(bulbi  otfactori) 

joylashgan.  Uning  ventral  yuzasiga  burun  bo'shlig'idan g'alvir  suyakning 

ilma-teshik plastinkasidagi teshiklardan o'tuvchi  15-20  hidlov nervlari 

(nn. 

olfactorii) 

I juft bosh miya nervi keladi.  Hidlov piyozchasidan orqaga qarab 

hidlov yo'li 

(tractus olfactorius) 

yo'naladi.  Uning orqa  qismlari kengayib 

hidlov  uchburchagini 

(trigonum  olfactorium ) 

hosil  qiladi.  H idlov 

uchburchagjning orqa tomonida oldingi ilma-teshik modda 

(substantia perforata 

anterior) 

joylashib, bu teshiklar orqali miya ichiga  arteriyalar kiradi.  Ilma- 

teshik modda oralig'ida ko'ruv nervi kesishmasi 

(chiasma opticum) 

joylashgan. 

U  ko'ruv nervi (n. orticus)  II juft bosh miya nervi tolalaridan hosil bo'ladi. 

Ko'ruv  nervi  orqa  tomonga  ko'ruv  trakti 



(tractus  opticus) 

bo'lib  davom 

etadi.  Ko'ruv  nervi  kesishmasining  orqa  tomonida  kulrang  tepacha 

(tuber 

cinereum) 

yotadi.  Uning  pastki  qismi  torayib  quyg'ichni 



(infundibulum) 

hosil  qiladi. Quyg'ichning  uchidaichki  sekretsiya bezi  gipofiz 



(hypophysis) 

turadi.  Kulrang tepachaning orqa tomonida oq shaisimon shakldagi  ikkita oq 

so'rg'ichsimon tana 

(corpora mamillaria) 

bor.


So'rg'ichsimon tananing ikki yon tomonida bo'ylamasiga joylashgan ikkita 

yo'g'on  oq  to'sinlar  singari  miya  oyoqchalari  joylashgan.  Ular  o'rtasida



105-rasm.  Bosh  miyaning  asosi  va  nndan  bosh  miya  nervlari  Qdizlarini  chiqishi.  1-bul­

bus  olfactorius;  2-tractus  olfactorius;  3-substantia  perforata  anterior;  4-tuber  cinereum; 

5-tractus opticus; 6-софога mamillaris; 7-gangl. trigeminale; 8-substantia perforata interpe- 

duncularis  (posterior);  9-pons;  10-cerebellum;  11-pyramis;  12-oliva;  13-nn.spinalis; 

14-n.hypoglossus;  15-  n.accessories;  16-n.vagus;  17-n.  glossopharyndeus;  18-vestibuloco- 

chlearis;  19-n. facialis; 20-n.abducens; 21-n. trigeminus; 22-n.trochlearis; 23-n.oculomotorius; 

24-n.opticus; 25-n. olfactorii.

oyoqchalararo  chuqurcha 



(fossa  interpedincularis) 

bo'lib,  uning  tubini 

orqa  ilma-teshik  modda 

(substantia  perforata  posterior) 

hosil  qiladi.  Bu 

teshiklar orqali miya ichiga qon tomirlar kiradi. Miya oyoqchalarining ichki 

yuzasidan  III juft bosh  miya nervi ko'zni  harakatlantiruvchi nervning 



(n. 

oculomatorius) 

ildizi  ko'rinadi.

Miya oyoqchalarining tashqi yuzasidan IV juft bosh miya nervi g'altak 

nervining 



(n.  trochlearis) 

ildizi chiqadi.  Miya oyoqchalari orqa tomonda 

ko'ndalang bolish shaklidagi ko'prikka 

(pons) 

borib taqalgan.

Ko'prikning tashqi qismlari miyacha tomon yo'nalib, miyachaning o'rta 

oyoqchasini 



(pedunculus  cerebellaris  medius) 

hosil  qiladi.

Ko'prik bilan miyachaning o'rta oyoqchasi chegarasida V juft bosh miya 

nervi  uch  shoxlik  nervning 



(n.  trigeminus) 

ildizi ko'rinadi.

Ko'prikdan pastda uzunchoq miyaning ventral qismi joylashgan.  Unda 

o'zaro  oldingi  o'rta  yorig'  bilan  ajralgan  piramidalar 



(pyramis  medullae 

oblangatae), 

ulardan tashqarida esa yumaloq tepacha oliva 



(oliva) 

ko'rinadi.



Ko'prik bilan piramidaning  o'rtasidan VI juft bosh miya nervi uzoqlashtiiuvchi 

nervning 



(n.  abdusens) 

ildizi  chiqadi.  Undan  chekkaroqda  miyachaning 

o'rta oyoqchasi bilan oliva o'rtasidan ketmlf-ket joylashgan VII juft yuz nervi 

(n .  f a c ia li s )  

va  V III  ju f t  d a h liz - c h ig 'a n o q  

n e rv in in g  

(n . 

vestibulocochlearis) 

ildizsi chiqadi.  Uzunchoq ihiyaning olivasi orqasidagi 

egatdan  birin-ketin  IX juft  til-yutqin  nervi 

(n.  glossophyngeus), 

X juft 


adashgan nerv 

(n.  vagus) 

va XI juft qo'shimcha nervning 



(n.  accessorius) 

ildizlari chiqadi. XII juft til osti nervining 



(n. hypoglossus) 

ildizi esa piramida 

bilan oliva o'rtasidagi egatdan chiqadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq bosh miyasi nisbatan katta bo'lib, uning og'irligi 

o'rtacha og'il bolalarda 390 g, qiz bolalarda 355 g bo'ladi. To'rt yoshgacha 

miya,  bo'yiga va balandligiga bir tekis  o'sib,  uning  og'irligi bir yoshda 

marta,  3-4  yoshda  3  marta  oshadi,  7  yoshdan  so'ng  miya  og'irligi  sekin 



o'zgarib,  20  yoshda erkaklarda  1355  g,  ayollarda  1220 g  ni tashkil  qiladi. 

Bosh  miyani  ayrim  qismlari bir xil  o'smaydi.  Peshona  va  tepa bo'laklari 

nisbatan tez o'ssa, ensa bo'lagi esa juda sekin o'sadi.

Miya  so'g'oni

Miya so'g'oni 



(truncus  ensephali) 

tarkibiga  uzunchoq  miya 



(medulla 

oblangata), 

ko'prik 


(pons) 

va o'rta miya 



(mesencephalon) 

kiradi.


Uzunchoq miya

Uzunchoq miya 



(medduOa oblangata) 

orqa miyaning bevosita davomi 

bo'lib,  rombsimon miyaning pastki  qismidir.  Uning  tashqi tuzilishi  orqa 

miyaga,  ichki tuzilishi bosh miyaga o'xshagani uchun 



myelencephalon 

deb 


ataladi.  Uning pastki  chegarasi katta  teshik sohasida yoki I juft orqa miya 

nervi ildizining yuqori chekkasida. Yuqori chegarasi old yuzasida ko'prikning 

pastki chekkasida bo'lsa, orqa yuzasida miya hoshiyalariga to'g'ri keladi. Uzunchoq 

miyaning yuqori qismlari kengayib,  piyozcha shaklini  olgani uchun miya 

piyozchasi 

(bulbus cerebri) 

deb ham  ataladi.

Uzunchoq miya eshituv va muvozanat a’zolari hamda qon  aylanish va 

nafas a’zolariga bog'liq bo'lgan jabra apparatlari bilan aloqada  paydo bo'ladi. 

Shuning  uchun  unda  muvozanat  va  harakatni  muvofiqlashtirish,  modda 

almashinuvini  boshqaruvga  aloqador bo'lgan  kulrang  o'zaklar joylashgan. 

Uzunchoq miyaning uzunligi o'rtacha 2,5 sm. Unda oldingi, onqa va yon yuzalari 

tafovut qilinib,  ular o'zaro egatlar yordamida ajralib turadi.  Bu egatlar orqa 

miya egatlarining davomi bo'lib, o'sha nomlar bilan ataladi. Uzunchoq miyaning 

ventral yuzasidagi oldingi o'rta yoriqni 



(fissura mediana anterior) 

ikki tomonida 

bo'rtib  chiqqan  piramidalar 

(pyramis  medullae  oblangatae) 

joylashgan. 

Piramidalar harakatlantiruvchi nerv tolalaridan  iborat bo'lib,  orqa  miyaga 

o'tish joida qisman keSishib, piramidalar kesishmasini 



(decussatio pyramidum) 

hosil qiladi.  Kesishgan tolalar orqa miyaning yon tizimchasiga davom etadi.



Kesishmagan  tolalar orqa  miyaning  oldingi  tizimchasi tarkibida yo'naladi. 

Oldingi  yon  egat 



(sulcus  anterolateralis) 

piramidaning  oval  shaklidagi 

tepalik olivadan 

(oliva) 

ajratib turadi. Oliva tishsimon tuzilishga ega bo'lgan 

kulrang modda to'plami oliva o'zagining joylashshidan hosil bo'lgan. Bu  egatdan 

til osti  nervi  ildizi chiqadi.  Uzunchoq miyaning dorsal yuzasida orqa o'rta 

egatni 

(sulcus mediana posterior) 

yon tomonlarida o'zaro oraliq egat bilan 

bo'lingan  orqa  miyaning  nozik va  ponasimon  dastalari  kengayib  bo'rtiqlar 

hosil qiladi. Nozik dasta bo'rtig'i 



(tuberculum gracQe) 

ichki, ponasimon dasta 

bo'rtig'i 

(tuberculum cuneatum) 

tashqi tomonda joylashadi. Orqa yon egatdan 



(sulcus posterolateralis) 

IX, X, XI juft bosh miya nervlarining ildizi chiqadi. 

Yon tizimchaning dorsal qismi ponasimon va nozik dastalardan chiqayotgan 

tolalar bilan qo'shilib miyachaning pastki oyoqchasini 



(pedunculus cerebellaris 

inferior) 

hosil  qiladi.

Uzunchoq  miya  kesmasida  (106-rasm)  u  oq  va  kulrang  moddalar 

to'plam idan  iborat  bo'ladi.  Kulrang  moddada  muvozanat  va  harakatni 

muvofiqlashtirish, modda almashinuvi boshqaruvga aloqador bo'lgan kulrang 

o'zaklar joylashgan.  l.Yon tomonda joylashgan o'ng va chap pastki oliva 

o'zaklari (nuclei olivaris inferiores) miyachaning tishli o'zagi bilan bog'langan 

bo'lib, odamda muvozanatni boshqaruvchi oraliq o'zak hisoblanadi. 2.To'r 

formatsiya (formatio retecularis)  bir- biri bilan chalkashib to 'r hosil qilgan 

nerv tolalari va ular o'rtasida yotgan nerv o'zaklaridan iborat.  3.To'rt juft 

(IX-XII)  bosh  miya  nervlarining  o'zaklari.  4.Adashgan  nerv  o'zagi bilan 

bog'langan nafas olish va qon aylanish markazlari bor.

Uzunchoq miyaning oq moddasi uzun va qisqa tolalardan iborat.  Uzun 

tolalar uzunchoq miyani oldingi qismida pastga tushuvchi, harakatlantiruvchi 

piramida yo'lini hosil qiladi. Uning orqa lateral yuzasida yuqoriga ko'tariluvchi 

orqa miyani  miya yarimsharlari va miyacha bilan bog'lovchi sezuvchi yo'llar 

joylashadi. Orqa miya-po'stloq yo'li uzunchoq miya sohasida kesishib qovuzloq 

kesishmasini 



(decussatio  lemniscorum) 

hosil  qiladi.

Qisqa  tolalar  kulrang  modda  o'zaklarini  o'zaro  bog'lab,  shuningdek 

uzunchoq  miyani  bosh  miya  so'g'onining  qo'shni  qismlari  bilan  qo'shib 

turadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda uzunchoq miya yuqori va gorizontal joylashgan. 



Piramida yaxshi taraqqiy etmagani uchun ohvalar bir-biriga yaqin turadi. 

Nozik va ponasim on dastalar bir-biridan aniq ajramagan.  Bola hayotining

106-rasm.  Uzunchoq  miyaning  kesmasi.  1-nucleus 

tractus  solitari;  2-pedunculus  cerebellaris  inferior;

3-nucleus  tractus  spinalis  n.  trigemini;  4-nucleus 

ambiguus;  5-nucleus  olivaris;  6-n.hypoglossus;

7-lemniscus  medialis;  8-pyramis;  9-fibrae  arcuatae 

extem ae;  10-fibrae  arcuatae  intem ae;  11-tractus 

rubro-spinalis;  12-nucleus  cuneatus;  13-nucleus 

dorsalis  n.vagi;  14-nucleus n.hypoglossi;  15-fascic- 

ulus longitudinalis  medialis.


birinchi  yilida  olivalar  asta-sekin  bo'rtiq  shaklini  oladi  va  yoshga  qarab 

kattalashib boradi. Yangi tug'ilgan chaqaloqda uning uzunligi 8-9 mm, kengligi

4-5 mm, bir yoshda esa uzunligi 12-13 mm bo'ladi. Erta bolalik davri so'ngida 

miya o'tkazuv yo'llari taraqqiyoti natijasida piramidalar kattalashib  olivalar 

bir-biridan uzoqlashadi.  Nozik va  ponasimon  dastalar bir-biridan ajralib, 

nozik va ponasimon bo'rtiqchalar paydo bo'ladi. Uzunchoq miya o'zaklari 

taraqqiyoti 7 yoshda tugaydi.

Orqa miya

Orqa miya 



(metencephalon) 

ikki qismdan: ventral joylashgan ko'prik va 

dorsal  joylashgan  miyachadan  iborat.  Orqa  miyaning  qoldiq  bo'shlig'i, 

uzunchoq miya bilan birgalikda IV qorinchani hosil qiladi.



Ko'prik

Ko'prik 


(pons) 

sut emizuvchilarda plashch taraqqiyotiga bog'liq ravishda 

payda bo'ladi.  U  odamda yaxshi rivojlangan bo'lib, ko'ndalang bolish shaklida. 

U  yuqoridan miya oyoqchalari, pastdan esa uzunchoq miya bilan chegaralanadi. 

Uzunchoq miya bilan ko'prik o'rtasida egat 

(sulcus bulbopontinus) 

yotadi. 


Yon  tomonga  ko'prik  torayib,  miyachaning  o'rta  oyoqchasiga 

(pedunculi 

cerebellaris medius) 

o'tib ketadi. Ko'prikning tashqi chegarasini uch shoxlik 

va  yuz  nervlari  ildizlari  o'rtasidagi  chiziq 

(linea  trigemenofacialis) 

hosil 


qiladi. Ko'prikning ventral yuzasi ko'ndalang yo'nalgan tolalardan iborat bo'lib, 

o'rtasida asosiy arteriya  egati 



(sulcus  a.  basillaris) 

joylashgan,  uning dorsal 

yuzasi IV qorincha tubini hosil qilishda ishtirok etadi.  Ko'prikning ko'ndalang 

kesmasi (107-rasm) markazida ko'ndalang tolalar to'plami - trapetsiyasimon 

tana 

(corpus trapezoideum) 

joylashgan. Uning tolalari o'rtasida trapetsiyasimon 

tananing oldingi va orqa o'zaklari yotadi. Trapetsiyasimon tana ko'prikni orqa 

yoki  qopqoq qismi 



(tegmentum  pontis) 

va oldingi yoki  asosiy qismga 



(pars

basillaris) 

ajratadi.  Ko'prikning oldingi qismi 

bo'ylama va ko'ndalang tolalar va ular o'rtasida 

joylashgan ko'prikning xususiy o'zaklaridan 

iborat.  Bo'ylama tolalar piramida, po'stloq- 

o'zak va po'stloq-ko'prik yo'llari tolalaridan 

iborat  b o 'lib ,  ular  k o 'p rik n in g   xususiy 

o'zaklarida tugaydi. Bu o'zak hujayralari tolalari 

ko'ndalang tolalami hosil qilib,  miyachaning 

o'rta oyoqchasi tarkibida miyacha po'stlog'iga 

boradi.

107-расм.  Ko‘prikning frontal kes- 

Ko'prikning  orqa  qismida ko'tariluvchi 



masi. 

1-pus dorsalis pontis; 2-ven- 

sezuvchi yo'llar o'rtasida to 'rt 

(V,  V I,  V II,

2 ?  J S S J - S S S S S ;  

Juft b °sh ™Уа neivlarining o'zaklari va

5-pais  ventralis pontis. 

to 'r formatsiya joylashgan.



Yangi tug'ilgan chaqaloqda ko'prik tuik egari oldida yotadi. Bola hayotining 

erta davrlarida orqa tomonga surilib, 5 yoshda ensa suyagi qiyaligiga yetib boradi.

Yosh bolalarda piramida va miyacha o'tkazuv yo'llari yaxshi taraqqiy etmagani 

uchun uning hajmi kichik va o'zaklari bir-biriga yaqin joylashadi. 5-7 yoshlarda 

ko'prik tez taraqqiy etib kattalamikiga o'xshash ko'rinishga ega bo'ladi.

M iyacha

Miyacha 


(cerebellum) 

ko'prik va uzunchoq miya yuqori qismining orqa 

tomonida, orqa kalla chuqurchasida yotadi. Yuqori tomondan katta miyaning 

ko'ndalang yorig'i 



(fissura transversa cerebri) 

miyachani yarimsharlaming 

ensa  bo'lagidan  ajratib  turadi.  Miyacha  taraqqiyoti  harakatni  reflektor 

moslashtirish  retseptorlari  bilan  bog'liq  ravishda  o'tad i  va  m ushaklar 

qisqarishini muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi.  U ayrim mushaklaming 

murakkab faoliyatini bir-biriga bog'lab turadi va tana muvozanatini ta’minlaydi. 

Bundan  tashqari,  unda  vegetativ  nerv  tizimi  markazlari  (qon  tomirlar 

harakati refleksi,  teri trofikasi, yaralami bitish tezligi) joylashgan.

Miyachada ustki va pastki yuzalar tafovut qilinib, ular o'zaro chuqur 

gorizontal yoriq 



(fissura horizontalis) 

bilan ajrab turadi. Pastki yuza o'rtasida 

keng botiq 

(vallecula cerebelli) 

bo'lib,  unga uzunchoq miyani orqa yuzasi 

tegib turadi.  Miyachada ikkita yarimshar 

(hemisphaeria cerebelli) 

va ular 


o'rtasid ag i  to q  chuvalchangsim on  qism 

(verm is) 

tafovut  qilinadi. 

Chuvalchangsimon hosila miyachaning tanasi 

(corpus cerebelli) 

deb ataladi. 

Yarimsharlar va chuvalchangning ustki va pastki yuzalari ko'plab ko'ndalang 

yoriqlar 



(fissura cerebelli) 

vositasida uzun va ingichka miyacha barglariga 

(pushtalari) 

(follia  cerebelli) 

ajragan.  C huqur  egatlar  bilan  ajragan 

pushtalar yig'indisi  miyacha bo'lakchasini 

(lobulli cerebelli) 

hosil qiladi. 

Bo'laklardan alohidasi parcha 

(flocculus) 

miyacha o'rta oyoqchasini ventral 

qismida yotadi.  Parcha o 'z oyoqchasi yordamida miyacha chuvalchangi va 

tuguncha 



(nodulus) 

bilan qo'shiladi.

Miyacha miyaning boshqa qismlari bilan uch juft oyoqchalari vositasida 

birikadi. Miyacha oyoqchalari o'tkazuv yo'llar tolalaridan iborat. Miyachaning 

pastki  oyoqchasi 

(pedunculi  cerebellaris  inferior) 

pastga tom on yo'nalib, 

miyachani uzunchoq miya bilan qo'shadi. Uning tarkibida orqa miya bilan 

miyacha o'rtasidagi orqa yo'l 



(tractus spino-cerebellaris posterior) 

tolalari 

joylashadi.  Miyachaning o'rta oyoqchasi 

(pedunculi cerebellaris media) 

juda 


qalin bo'lib,  ko'prikka o'tib ketadi.  Uning tarkibida ko'prik-miyacha yo'li 

(tractus  ponto-cereb ellaris) 

tolalari  joylashadi.  M iyachaning  ustki 

oyoqchalari 

(pedunculi cerebellaris superiores) 

uni o'rta miya bilan qo'shib 

turadi. Uning tarkibida orqa miya bilan miyacha o'rtasidagi oldingi yo'l 

(tractus 

spino-cerebellaris  anterior) 

tolalari joylashadi.

Miyacha  oq va  kulrang  moddadan  iborat  (108-rasm).  U ning kulrang 

moddasi  tashqi  tom onida  po'stloqni 



(cortex  cerebelli) 

hosil  qilsa,  oq 

moddaning ichida  to'rt juft miyacha o'zakLarini  hosil qiladi. Miyacha po'stlog'i


ancha sodda tuzilgan bo'lib, uch qavat nerv

hujayralaridan  iborat:  l.M olekulyar  qavat

kam   sonli  m ayda  va  savatsim on  nerv

hujayralaridan iborat. 2.Ganglionar qavat bir

qator  joylashgan  Purkine  hujayralaridan

iborat. Ulaming dendritlari kuchli shoxlangan

b o 'lib ,  m olekulyar  qavatga  y o 'n alad i.

. . .  


. . .  

.  ы  • 



Aksonlari  esa  donador  qavatdan  o'tib  oq

108-rasm.  M iyacha 

o ‘zaklan. 

. ,  



^  

,

Gorizontal  kesma. 

1

-nucl.fastigi; 



moddaga tushadi.  3.Donador qavat mayda

2-nucl. globosus;  3-nucl. embolifor- 

nerv  hujayralaridan  ib o ra t  b o 'lib ,  oq 

mis;  4-  nucl.  dentatus; 

moddani yonida turadi. Miyacha o'zaklaridan

b iri  c h o 'q q i  o 'z a g i 



(n u cleu s  fa stig i) 

chuvalchangning oq moddasida joylashgan.  U tana mushaklari faoliyatini 

boshqaradi.  U ndan  tashqariroqda  joylashgan  sharsimon  o'zak 

(nucleus 

globosus), 

po'kaksimon o'zak 



(nucleus embolifonnis) 

va chuvalchang bo'yin 

hamda tana mushaklari faoliyatini boshqaradi.  Miyacha yarimshariarining 

o'rtasida  joylashgan  tishsimon  o'zak 



(nucleus  dentatus) 

va  miyacha 

yarimshariari po'stlog'i qo'l hamda oyoq mushaklari faoliyatini boshqaradi.

Miyacha to'rtinchi miya pufagining dorsal qismidan paydo bo'ladi.  U 

o'ng va  chap  qanotsimon  plastinkalardan  hosil  bo'lgan juft  kurtaklardan 

taraqqiy etadi. Bu kurtaklar asta-sekin o'sib o'rta chiziqda o'zaro qo'shiladi va 

chuvalchangni hosil qiladi. Uning yon tomonida esa miyacha yarimshariari 

paydo bo'ladi. Homila hayotining 4-5-oylarida miyacha yuzasida pushtalar va 

egatlar hosil bo'ladi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  m iyacha cho'zinchoq va kichik bo'lib, 

kattalarga  nisbatan  yuqori joylashgan  bo'ladi.  U ning  og'irligi  20—23  g 

bo'ladi.  U larda  miyacha  egatlari  chuqur  bo'lib,  hayot  daraxti  yaxshi 

ko'rinm aydi.  Chuvalchang  yarimsharlarga  nisbatan  yaxshi  rivojlangan 

bo'ladi. Bola hayotining birinchi yilida miyacha tez o'sadi.  Uning og'irligi 

6 oyda 3 marta, bir yoshda esa 4 marta kattalashadi. Bola 6 yoshga to'lgunicha 

miyacha  og'irligi  o 'g 'il  bolalarda  142-150  g,  qiz  bolalarda  esa  135  g 

bo'ladi. Bolaning yoshi kattalashgani sari miyachaning oq moddasi kulrang 

moddaga nisbatan tez ko'payadi.  Homila davrida va bir yoshgacha  bo'lgan 

bolada miyacha o'zaklari  yaxshi taraqqiy etib,  bir yoshdan keyin  nerv 

tolalari  tez  o'sadi.  M iyachaning  tishsimon  o'zagi  bir yoshgacha  o'ng 

tom onda  katta  bo'lsa,  keyingi  davrlarda  chap  o'zak  tez  o'sib,  hajm 

jihatidan kattalashadi.

M iyacha  oyoqchalarining  o'sishi  ham  bir  xil  emas.  M iyachaning 

pastki oyoqchasi bola hayotining birinchi yilida tez o'sadi.  Keyingi davrlarda 

uning  o'sishi  sekinlashib,  7  yoshda  kattalam ikiga  o'xshash  bo'ladi. 

Miyachaning o'rta oyoqchasining kengligi yangi tug'ilgan chaqaloqda 5,7 

mm bo'lsa, emizikli davrda tez o'sib, 2 yoshda  10 mm bo'ladi.  Kattalarda 

esa  13,9 mm.  M iyachaning ustki oyoqchasining o'sishi  7—9  yoshgacha 

davom etadi.


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin