0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63

(arcus plantaris) 

hosil qiladi.  Kaft yoyidan to'rtta 



aa. metatarsea 

plantares 

chiqadi.  Ular  oyoq  panjasining  orqa 

arteriyasiga qo'shiluvchi teshib o'tuvchi shoxlami 

berganidan keyin kaft tomondagi umumiy barmoq 

arteriyasiga 

(aa.  digitalis  plantar es  communis) 

aylanadi. Barmoq falangalari asosida birinchi arteriya 

uchta,  qolganlari  esa  ikkitadan  kaft  tomondagi 

xususiy  arteriyalariga 



(aa.  digitales  plantares 

propria) 

bo'linib, 

1—V barmoqlaming bir-biriga 

qaragan yuzalarini qon bilan ta’minlaydi.



99-rasm. Oyoq kafti arteriyalari.

1-a. tibialis posterior; 2-a. plan­

taris  lateralis;  3-arcus plantaris; 

4-a. metatarseae plantares; 5-aa. 

digitales  plantares  communes; 

6 - j T . 

perforantes;  7-r.  profun­

dus a. plantaris medialis; 8-r. su­

perficialis  a.  plantaris  medialis; 

9-a. plantaris medialis.

A rteriyalarn in g  tarqalish  qonuniyatlari

Arteriya tizimi a’zolami qon bilan ta’minlab, ulaming tuzilishi, vazifasi 

va taraqqiyotiga moslashadi. Arteriyalarning odam tanasida tarqalishi ma’lum 

bir qonuniyatlarga rioya qiladi. Bu qonuniyatiar quyidagi guruhlarga bo'linadi.



A’zo  sirti  arteriyalari

1.  Tana a’zolaxi nerv tizimi atrofida joylashgani kabi,  arteriyalar ham 

nerv nayi va nervlar yo'nalishida joylashadi. Orqa miyaga parallel ravishda 

aorta hamda oldingi va orqa miya arteriyalari yo'naladi. Orqa miyaning har bir 

segmentiga segmentar orqa miya tarmoqlari to'g'ri keladi.

2. Organizmni o'simlik va hayvon hayoti a’zolariga bo'linishiga muvofiq 

arteriyalar devorga boruvchi — pariyetal va ichki a’zolarga boruvchi — vistseral 

tarmoqlarga bo'linadi.

3. Qo'l va oyoq bittadan asosiy arteriya: qo'l uchun o'mrov osti arteriyasi, 

oyoq uchun son arteriyasini oladi.

4. Tana arteriyalari segmentar tuzilishini saqlab qoladi (qovuig'alararo 

arteriya va bel arteriyasi).

5.  Arteriyalar  tomirlar  tizimining  boshqa  qismlari  (venalar  va  limfa 

tomirlari)  bilan birga yo'nalib,  umumiy tomirli dastani hosil qiladi.



6. 

Arteriyalar skeletga mos ravishda yo'naladi. Umurtqa pog'onasi bo'ylab 

aorta,  qovurg'alar  bo'ylab  qovurg'alararo  arteriyalar joylashadi.  Qo'l  va 

oyoqning  proksimal  bitta  suyak  bo'lgan  qismida  bittadan  (yelka  va  son 

arteriyalari),  o'rta  qismida juft  suyaklar bor  qismida ikkita  (bilak,  tirsak, 

oldingi va orqa katta boldir arteriyalari), distal suyaklar nur shaklida joylashgan 

qismida arteriyalar har bir barmoqqa qarab joylashadi.

Arteriyalarning asosiy o'zanlardan  a’zolarga borish qonuniyatlari

1. Arteriyalar asosiy o'zandan a’zolarga qisqa yo'l bilan boradi. Shuning 

uchun  har  bir  arteriyadan  yaqin joylashgan  a’zolarga  tarmoqlar  chiqadi. 

Aortadan  birinchi  bo'lib  yurakka  boruvchi  tojsimon  arteriyalar  chiqadi. 

Tarmoqlaming chiqish tartibi a’zolaming joylashishi va hosil bo'Iish tartibiga 

bog'liq. Qorin aortasidan awal me’daga, keyin ichakka tarmoq chiqadi. Bunda 

a’zoning hosil bo'lgan joyi  ham ahamiyatga ega.  Moyak arteriyasi moyak 

hosil bo'lgan joydan - qorin aortasidan boshlanadi. Yorg'oqqa esa qon tomirlar 

son arteriyasidan chiqadi.

2.  Arteriyalar  tananing  bukiluvchi  tomonlarida  joylashadi,  chunki 

yoziluvchi tomonida joylashsa bukilganda qon tomir cho'zilib,  devori bir- 

biriga yopishadi.  Umumiy uyqu  arteriyasi bo'yinning  old tomonida,  qo'l 

arteriyalari esa kaft tomonda joylashadi.

3. Arteriyalar mushaklar, fassiyalar va suyaklardan hosil bo'lgan tomirlami 

siqilishdan va jarohatdan saqlovchi egatlar, kanallarda yotadi.

4.  Arteriyalar a’zolami bukilgan yoki ichki  yuzasidan kiradi.  Shuning 

uchun barcha ichki a’zolaming darvozalari ichki yuzasida, aorta turgan orta 

chiziqqa qaragan.

5. Arteriyalar a’zolaming vazifasiga qarab moslamalar hosil qiladi.

a)  harakat  a’zolarida  qon  tomir  to'rlari,  ravoqlar  va  doiralar  hosil 

qiladi. Bulardan qon bo'g'im harakati vaqtida ham beto'xtov otadi. Harakatchan 

va hajmi o'zgaruvchi ichki a’zolarda (me’da. ichaklar) juda ko'p anastomozlar 

va ravoqlar hosil qiladi;

b)  arteriyalarning  o'lchamlari  a’zoning  katta-kichikligiga  emas,  balki 

uning faoliyatiga bog'liq. Buyrak arteriyasining kengligi, ichaklami qon bilan 

ta’minlovchi  yuqorigi  ichaktutqich  arteriyasi  kengligiga  teng,  chunki 

buyrakning siydik ajratish faoliyati ko'p qon kelishiga sabab bo'ladi;

d) ichki sekretsiya bezlarini ko'p sonli arteriyalar qon bilan ta’minlaydi, 

chunki ular qondagi oqsil moddalardan gormon ishlab chiqaradi.

A ’zo  ichi  arteriyalarining  tarmoqlanisb  qonuniyatlari

A’zo ichi arteriyalarining arxitektonikasi shu a’zo tuzilishi va faoliyatiga 

mos bo'ladi.

Uzun naysimon suyaklarda diafiz arteriyasi suyakni o'rta qismidan kirib 

proksimal va distal tarmoqlarga bo'linadi. Diafiz arteriyasi diafizni ichidan


qon bilan ta’minlaydi, tashqi zich qavati esa suyak parda arteriyasidan qon 

oladi. Eundan tashqari, arteriyalar metafiz, apofiz va epifizlarga kiradi.

G'ovak  suyaklarga  qon  tomirlar  har  tomondan  kirib,  suyak  nuqtasi 

hosil bo'lgan joyga yo'naladi.

Boylamlar arteriyasi biriktiruvchi to'qima dastalari bo'ylab yo'naladi va 

ular bilan birga harakat o'qiga perpendikular joylashadi.

Mushak  arteriyasi  mushak  tolalariga  parallel  yo'naladi  va  ularga 

perpendikular tolalar beradi.

Bo'laklardan  tuzilgan  parenximatoz  a’zolarga  arteriyalar,  a’zoning 

o'rtasidan kirib uning bolaklariga qarab bo'linadi.

Naysimon tuzilishga ega a’zolarda qon tomirlar quyidagicha joylashadi:

a) payning bo'ylama o'qiga parallel, bir tomonida arteriya yo'naladi va 

undan to'g'ri burchak hosil  qilib  chiqqan ko'ndalang  tolalar  nayni  halqa 

shaklida o'rab oladi (ichaklar);

b) tomirlar a’zo atrofida to'r hosil qiladi va undan markazga qarab radiar 

tarmoqlar devor ichiga yo'naladi. Orqa miyaning segmentar arteriyalari.



Venalar (vena, grekcha — 

phlebs) 

arteriyalaiga qarama-qarshi yo'nalib, 

qonni a’zolardan yurakka olib boruvchi qon tomirlar. Qon venalarda oqibgina 

qolmasdan, uning ayrim qismlarida (taloq venalari, darvoza vena oqimlari, 

oyoqning vena chigallarida) to'planadi. Venalar magistral va a’zo venalariga 

bo'linadi. Joylashishiga qarab yuza va chuqur venalar tafovut qilinadi.

Venalaming devori arteriyaga nisbatan yupqa bo'lib uch qavatdan iborat. 

Tuzilishiga qarab venalar ikki turga: devorida silliq mushak bo'lgan venalar 

va mushak bo'lmagan venalarga bo'linadi. Mushakli venalar, o'z navbatida 

mushak qavati kuchli rivojlangan venalarga (darvoza venasi ildizlari, tananing 

pastki qismi va oyoq venalari), ulaming o'rta qavatida silliq mushak tolalari 

ko'p bo'ladi.  Mushak qavati kam rivojlangan venalarga tananing yuqori qismi 

va qo'l venalari kiradi.

Mushaksiz venalarga bosh va orqa miyaning qattiq va yumshoq pardasi 

venalari, suyak, ko'zning to'r pardasi, taloq va yo'ldosh venalari kiradi. Bu 

venalar  ichki  tomondan  endoteliy  bilan  qoplangan  bo'lib,  uning  ostida 

endoteliy osti  membranasi  tashqi  tomonida yupqa yumshoq biriktiruvchi 

to'qima pardasi bo'ladi.

Venalaming  o'ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  ulaming  ko'p  qismida 

klapanlari (valvulae venosae) borligi. Klapanlar miya venalari, darvoza vena 

oqimlari, kovak venalar, bosh va bo'yin, o'pka va buyrak venalarida bo'lmaydi. 

Klapanlar  venalaming  ichki  qavatidan  hosil  bo'lgan  juft  yarimoysimon 

burmalar  shaklida  bo'ladi.  Ular  elastik,  kollagen  tolalar  va  biriktiruvchi 

to'qimadan  tuzilgan bo'lib,  ustidan  endoteliy  qoplagan.  Klapanlar  qonni 

orqaga oqishiga to'sqinlik qiladi.  Ular o'zining turtib chiqqan chekkasi bilan 

vena devoriga biriksa, botiq chekkasi qon yo'nalishi yurakka qaragan. Vena 

devori  bilan  klapan  o'rtasida  klapan  sinuslari  joylashgan.  Qon  oqish 

qiyinlashganda qon klapan sinusiga kirib, klapan cho'ziladi va qon yo'lini 

orqa  tomoni  bekiladi.  Klapanlar,  ko'pincha,  venalarga  kichik  irmoqlar 

quyiladigan joylarda hosil bo'ladi.

Venalaming arteriyalardan farqi

Vena  qon  tomirlari  arteriyalardan  m a’lum  bir  xususiyatlari  bilan 

farqlanadi:

1. 


Arteriyalar tekis silindr shaklida bo'lib, venalaming tashqi ko'rinishi 

tekis bo'lmaydi, ular goho kengayib, goho toraygan bo'ladi. Kesmada arteriya 

yumaloq, vena esa yassi ko'rinadi.


2. Venalaming soni arteriyadan ko‘p,  chunki o'rta va kichik o ‘lchamli 

arteriyalar ikkita yo'ldosh vena bilan birga yuradi.  Ko‘p sohalarda  (kichik 

chanoq bo'shlig'i, umurtqa kanali ichida) venalar yaxshi rivojlangan chigallar 

hosil qiladi.  Shuning uchun venalaming umumiy hajmi arteriyalardan ikki 

marta katta. Venalaming yo'nalishi arteriyalaiga o'xshab tekis bo'lmay egri- 

bugridir.

3. Arteriyalardan farqli qo'l va oyoq venalari ikki guruhga: chuqur va yuza 

venalarga bo'linadi.  Chuqur venalar arteriyalar bilan birga joylashsa, yuza 

venalar teri osti nervlari bilan birga joylashadi.

V enalarda  qon  oqishini  ta ’minlovchi  m oslam alar

Yurak va arteriyalar qisqarishida hosil bo'lgan kuch qonni kapillardan 

o'tkazish vaqtida kamayib  ketadi.  Shu sababli vena qon tomiriaridan qon 

oqishi ayrim yordamchi moslamalar ta’siri ostida bo'ladi. Bunday moslamalaiga 

yurak  bo'lmachalari  diastolasi  davrida  hosil  bo'lgan  manfiy bosim  ta’siri 

natijasida yirik venalarda (yuqori va pastki kovak, bo'yinturuq va o'mrov osti 

venalari)  ham  manfiy bosim  hosil bo'lib  qon oqishini ta’minlaydi.

Nafas olish jarayonida ko'krak qafasida hosil bo'lgan manfiy bosim, yirik 

venalarga qon oqishini ta’minlaydi.

Periferik venalar devoridagi silliq mushak tolalarining qisqarishi qonni 

siqib markazga qarab yo'naltiiadi. Bo'shashgan davrda esa vena devoriari kengayib 

qonni  mayda venalardan  so'radi.  Qo'l  va  oyoq bo'g'imlarining  bukilgan 

sohalarida fassiyalar venalarga birikkan bo'ladi.  Ular taranglashgan vaqtda 

venalami kengaytiradi,  bo'shashganda esa tomirlami  siqib qonni yurakka 

qarab yo'naltiradi.

V en alam in g  taraqqiyoti

Homilaning  tana  venalari  taraqqiyotning  4-haftasida  tananing  yon 

tomonlarida joylashgan juft poya shaklida bo'ladi. Tananing oldingi sohasi 

venalari prekardinal (oldingi kardinal), orqa sohasidagi esa postkardinal (orqa 

kardinal) venalar deb ataladi.  Har ikki tomondagi oldingi va orqa kardinal 

venalar  o'zaro  qo'shilib,  o'ng  va  chap  umumiy  kardinal  venani  (kyuver 

naylari) hosil qiladi. Ular esa, o'z navbatida, vena sinusiga quyiladi. Tananing 

asosiy venalari bo'lgan yuqori va pastki kovak venalar pre- va postkardinal 

venalaming o'zgarishi va yangi venalaming hosil bo'lishi bilan bog'liq ravishda 

taraqqiy etadi.  Bo'lmacha ikkiga bo'linganidan so'ng o'ng va chap umumiy 

kardinal venalar o'ng bo'lmachaga quyiladi. Oldingi kardinal venalar o'rtasida 

anastomoz hosil bo'lib. u orqali boshdan keluvchi qon o'ng umumiy kardinal 

venaga  quyiladi.  Chap  umumiy  kardinal  vena  yo'qolib  ketib  uning  faqat 

bo'lmacha qismi  — yurakning tojsimon sinusi qoladi.  Prekardinal venalar 

o'rtasidagi  anastomozdan  yelka-bosh  poyasi  hosil  bo'lib,  qonni  o'ng 

prekardinal venaga quyadi. Prekardinal venaning shu anastomozdan orqadagi 

qismi va o'ng umumiy kardinal vena yuqori kovak venaga aylanadi.


Pastki  kovak venaning  taraqqiyoti birlamchi  buyrak  (mezonefros)  va 

uning venalari (sub va suprakardinal), hamda ular o'rtasidagi va postkardinal 

venalar bilan bo'lgan anastomoz bilan bog'liq.  Bunda tananing orqa qismi 

o'ng  tomoni  venalari  sezilarli  kengayib,  chap  tomon  venalari  yo'qolib 

ketadi. Pastki kovak vena tananing orqa qismi o'ng tomonidagi venalaming 

turli  qismlaridan  hosil bo'ladi.  Uning jigar qismi  — jigami umumiy  olib 

ketuvchi  venasidan,  buyrak oldi  qismi o'ng  subkardinal venadan,  buyrak 

qismi o'ng sub- va suprakardinal venalar o'rtasidagi anastomozdan, buyrak 

orqa  qismi  o'ng  suprakardinal  venaning  bel  qismidan  rivojlanadi.  Pastki 

kovak venaga  quyiluvchi venalaming ko'p  qismlari sub-  va suprakardinal 

venalaming har xil qismlaridan rivojlanadi. Toq va yarim toq vena suprakardinal 

venaning qoldig'idan hosil bo'ladi.

Darvoza venasi tuxum sarig'i — ichaktutqich venasining o'zgarishidan 

hosil bo'ladi. Tuxum sarig'i - ichaktutqich venasining jigar darvozasi bilan 

unga ichaktutqich venalari quyiladigan joygacha bo'lgan qismi darvoza venasiga 

aylanadi.

Yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  vena  tizimi  arteriyaga  nisbatan  kamroq 

takomfflashgan bo'lib, vena tomirlari to'g'ri yo'nalishga ega, vena chigallari 

yaxshi  bilinmaydi.  16  yoshgacha  bo'lgan  davrda  tizimlararo  va  ichki 

anastomozlar  soni  ko'payadi.  Erta  bolalik  davrida  venaning  uzunligi  va 

ko'ndalang kesimi yangi tug'ilgan chaqaloqqa nisbatan 

2 marta, 8—12 yoshda 

esa 7—8 marta kattalashadi.

Kichik qon  aylanish  doirasi  venalari

Kichik  qon  aylanish  doirasi  venalari  yoki  o'pka  venalari 



(venae 

pnlmonales) 

qonni  o'pkadan  chap  bo'lmachaga  olib  keladi.  Ular  har 

o'pkada ikkitadan jami to'rtta bo'lib, uzunligi  1,2—1,5, ko'ndalang kesimi 

14-18  mm.  O'ng  o'pkaning  hajmi  katta  bo'lgani  uchun  uning  venalari 

yo'g'onroq bo'ladi.

Katta  qon  aylanish  doirasi  venalari

Katta  qon  aylanish  doirasi venalari  uchta  tizimni o'z  ichiga  oladi:  1) 

yurak venalari tizimi;  2)  yuqori  kovak vena  tizimi;  3)  pastki  kovak vena 

tizimi.


Yurak venalari tizimi juda kichik bo'lib,  qonni faqat yurak devoridan 

yig'adi va o'ng bo'lmachaga quyadi. Bu tizim venalari yurak bo'limida yoritHgan. 

Yuqori va pastki kovak venalar tizimi tananing yuqori va pastki sohalaridan 

qon  yig'adi  va  yurakning  o'ng  bo'lmachasiga  quyadi.  Qorin  bo'shlig'ida 

joylashgan toq a’zolar venalari o'zaro qo'shilib darvoza venasini hosil qiladi. 

U jigar ichiga kirib tarmoqlanadi va jigar venasi bo'lib chiqib, pastki kovak 

venaga quyiladi.


Yuqori  kovak vena tizimi

Yuqori kovak vena 



(vena cava superior) 

tizimi bosh, bo‘yin, ikkala qo'l, 

ko'krak qafasi va qisman qorin devoridan qon yig'adi.  Yuqori kovak vena 

uzunligi  5—8  sm,  kengligi  21—25  mm  bo'lgan  qisqa va yo'g'on vena.  U 

birinchi o'ng qovurg'ani to'sh suyagiga birikkan sohada o'ng va chap yelka- 

bosh venalarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Yuqori kovak vena pastga tomon 

yo'nalib.  I ll  o'ng qovurg'a tog'ayining to'sh  suyagiga birikkan joyda o'ng 

bo'lmachaga quyiladi. Yuqori kovak venaning old tomonida ayrisimon bez 

joylashgan. Unga o'ng tomondan mediastinal plevra tegib tursa, chap tomonida 

ko'tariluvchi aorta yotadi. Yuqori kovak vena orqa tomondan o'ng o'pka ildiziga 

tegib turadi. Yuqori kovak venaga o'ng tomonidan toq vena, chap tomonidan 

esa ko'ks oralig'i va perikardning mayda venalari quyiladi.

Yuqori kovak vena tizimi uch guruh venalardan: bosh va bo'yin, ikkala 

qo'l venalari, ko'krak qafasi va qisman qorin devori venalaridan hosil bo'ladi.

Yuqori kovak vena bolada yurak yuqori tuigani uchun qisqa bo'ladi. Yangi 

tug'ilgan chaqaloqda yuqori kovak venaning diametri  10—12 mm.  Uning 

hosil bo'lish sohasi yangi tug'ilgan chaqaloqda I qovurg'a oralig'ida bo'lsa, 

1—3 yoshda 2 qovurg'a, 4—10 yoshda 3 qovurg'a sohasida joylashadi.  Bola 

tug'ilishi  davrida  yuqori kovak venani  hosil  qiluvchi  venalaming birikish 

burchagi 83—97° bo'lib, keyinchalik kattalashadi. Yoshga qarab yuqori kovak 

venaning  diametri  va  uzunligi  kattalashadi.  Bu  o'sish  emizikli,  ikkinchi 

bolalik va o'smirlik davrlarida sezilarli bo'ladi.

Toq vena (v. azygos) katta bel mushagi orqasida yotdan o'ng ko'tariluvchi 

bel venasining 



(w . lumbalis acsendeiis dextra) 

davomidir. U o'z yo'nalishida 

pastki kovak venaga quyiluvchi o'ng bel venalari bilan anastomozlashadi.  Bu 

vena ko'krak qafasiga diafragmaning bel qismining o'ng oyoqchalari o'rtasidan 

o'tib kiradi va toq vena nomini oladi. Ko'krak qafasida toq vena orqa ko'ks 

oralig'ida yotadi. U umurtqa pog'onasining o'ng tomoni bo'ylab yuqoriga ko'tarilib, 

IV—V ko'krak umurtqalari sohasida vena o'ng o'pka ildizi orqasidan egilib 

o'tib, yuqori kovak venaga quyiladi.  Uning orqa va chap tomonida umurtqa 

pogo'nasi, ko'krak aortasi, ko'krak limfa yo'li va orqa qovuig'alararo arteriyalar 

joylashadi. Old tomonida qizilo'ngach yotadi. Yuqori kovak venaga quyilgunicha 

toq venaga o'ng yuqori qovuig'alararo vena 

(v.intercostalis superior dextra),— 

XI orqa qovurg'alararo venalar 



(v.intercostales posteriores), 

yarim toq vena 



(v.hemiazigos), 

shuningdek  ko'krak  qafasi  a’zolari:  qizilo'ngach  venalari 



(w .esophageales), 

bronx  venalari 



(w .  bronchiales), 

perikard  venalari 



(w.pericardiacae), 

ko'ks oralig'i venalari 



(w.mediastinales) 

quyiladi.

Yarim toq vena (v. 

hemiazygos) 

toq venadan ingichka, chap ko'tariluvchi 

bel venasining 

(v. lumbalis ascendens sinistra) 

davomidir. 



U  

ko'krak qafasiga 

diafragma bel qismining chap oyoqchalari o'rtasidan o'tib kiradi.  Ko'krak 

bo'shlig'ida 4—5 ta pastki orqa qovurg'alararo venalami qabul qiladi. VII—X 

ko'krak  umurtqalari  sohasida  toq  vena  o'ng  tomonga  burilib  umurtqa 

pog'onasining oldidan o'tadi va toq venaga quyiladi. Yarim toq venaga 6—7 ta



yuqorigi  orqa  qovurg'alararo  venalar,  qizilo'ngach  va  ko'ks  oralig'i 

venalaridan  hosil  bo'lgan  qo'shimcha  yarim  toq  vena  (v. 



hemiazygos 

accessoria) 

quyiladi. Toq va yarimtoq venalaming asosiy oqimlaridan biri 

orqa  qovurg'alararo  venalar 

(v.  intercostales  posteriores) 

shu  nomdagi 

arteriyalar bilan qovurg'alar oralig'ida joylashib, ko'krak qafasi va qisman 

qorin devorining oldingi qismidan qon yig'adi. Bu venalarga orqa mushaklari 

va terisidan qon yig'uvchi 

(r. dorsales) 

lar hamda ichki va tashqi umurtqa 

pog'onasi  chigallaridan  hosil  bo'lgan  um urtqalararo  venalar 

(v. 

intervertebralis) 

quyiladi.

Ichki umurtqa pog'onasi vena chigallari 

(plexus venosi vertebrates interni) 

umurtqa kanalining ichida suyak parda bilan orqa miyaning qattiq pardasi 

o'rtasida katta teshikdan dumg'aza suyagining uchigacha bo'lgan sohada joylashadi 

Ularga orqa miya venalari 



(v.v. spinalis) 

va umurtqalaming g'ovak moddasi 

venasi quyiladi.

Tashqi  umurtqa  pog'onasi  chigali 



(plexus  venosi  vertebralis  externi) 

umurtqalaming tashqi tomonida joylashadi.

Yelka-bosh  venasi  o'z  navbatida  o'mrov  osti  va  ichki  bo'yinturuq 

venalarining qo'shilishidan hosil bo'ladi.

Chap  yelka-bosh  venasi 

(v.  brachiocephalica  sinistra)ning 

uzunligi 

5—6  sm,  kengligi  14—20  mm.  U  chap  to'sh-o'mrov  bo'g'imi  sohasida 

chap o'mrov osti va ichki bo'yinturuq venasining qo'shilishidan hosil bo'ladi. 

Chap yelka-bosh venasi to'sh suyagi dastasini va ayrisimon bezning orqasidan 

pastga va o'ng tomonga yo'nalib o'ng I qovurg'a tog'ayi sohasida o'ng yelka- 

bosh  venasi  bilan  qo'shiladi.  O'ng  yelka-bosh  venasi 

(v.  brachiocephalica 

dextra) 

ning  uzunligi  2—3  sm,  kengligi  13—20  mm  bo'lib,  o'ng  to'sh- 

o'mrov bo'g'imi orqasida o'ng o'mrov osti va ichki bo'yinturuq venasining 

qo'shilishidan hosil bo'ladi. U pastga tomon vertikal tushadi. Yelka-bosh venasiga 

ichki  a’zolardan  kelayotgan  mayda:  timus,  perikard.  bronx,  qizilo'ngach, 

mediastinal venalar va yirik qalqonsimon bezning pastki, bo'yinning chuqur, 

ko'krak qafasining ichki venalari quyiladi. Qalqonsimon bezning pastki venalari 

(w . thyroideus inferiores) 

qalqonsimon bezning toq chigali 



(plexus thyroideus 

impar) 

va  pastki  hiqildoq  venasidan  ( 



v.  laryngea  inferior) 

hosil  bo'ladi. 

Umurtqa  venasi 

(v.  vertebralis) 

shu  nomdagi  arteriya  bilan  bo'yin 

umurtqalarining  ko'ndalang  teshiklaridan  o'tadi  va  umurtqa  pog'onasi 

chigallaridan qon yig'adi. Bo'yinning chuqur venasi (



v.cervicalis profunda) 

tashqi umurtqa pog'onasi chigallari, ensa sohasi mushaklaridan qon yig'adi.

Ko'krak  qafasining  ichki  venasi 

(v.  thoracica  internae) 

shu  nomdagi 

arteriya bilan yo'nalib, qorin usti venasi 

(v.epigastricae), 

mushak diafragma 

venasi 

(v .m u scu lo p h ren ica e ) 

va  oldingi  qovurg'alararo  venadan 



(v.intercostales  anterior) 

hosil  bo'ladi.

Eng yuqori qovuig'alararo vena 

(v.  intercostalis suprema) 

yuqori 


3—4 

qovuig'alararo venalaming qo'shilishidan hosil bo'ladi.

Bosh va bo'yin sohasidan qonni ichki va tashqi bo'yinturuq vena oqimlari 

yig'adi.


Ichki  bo'yinturuq  vena 

(v.  jugularis  interna) 

sigmasimon  sinusning 

bevosita davomi bo‘Iib, bo'yinturuq teshigi sohasidan boshlanadi. Boshlanish 

joyida ichki bo'yinturuq venaning yuqori kengaymasi 



(bulbus venae jugularis 

superior) 

bor. Ichki bo'yinturuq vena bo'yin sohasida uyqu arteriyasi va adashgan 

nerv  bilan  birgalikda  bo'yin  fassiyasidan  hosil  bo'lgan  qin  ichida  yotadi. 

Ichki  bo'yinturuq  vena  o'mrov  osti  venasi  bilan  qo'shiladigan  joyda 

bo'yinturuq venaning pastki  kengaymasi 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin