0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63

(cavitas  uteri) 

chegaralab  turadi.  U chburchakning  asosi 

bachadon tubiga qaragan bo'ladi. Uning burchaklari torayib, bachadon nayining 

bachadon teshigi ochiladigan quyg'ichsimon botiqlik hosil qiladi. Bachadon 

bo'shlig'ining uchi esa pastga bachadon bo'yniga qaragan bachadon bo'yni 

kanaliga 



(canalis  cervicalis  uteri) 

o'tib  ketadi  va  qinga bachadon  teshigi 

bo'lib ochiladi.

Bachadon devori uch qavatdan iborat.

Tashqi  seroz  qavat 

(tunica  serosa) 

yoki  perimetriy 



(perimetrium) 

bachadon  bo'ynining  qin  qismidan  yuqorisini  qoplagan  qorinparda. 

Bachadonning qovuqqa qaragan yuzasidan qorinparda qovuqqa qovuq-bachadon 

chuquriigi 



(excavatio vesicouterina) 

hosil qilib o'tadi. Bachadonning to'g'ri 

ichakka qaragan yuzasidan to'g'ri ichakka to'g'ri ichak — bachadon chuquriigi 

(excavatio  rectouterine) 

hosil  qilib o'tadi.

Bachadonning chekkalarida uning oldingi va orqa yuzalarini qoplagan 

qorinparda o'zaro birikib, bachadonning keng boylamini 



(lig. latum uteri) 

hosil qiladi. Bachadonning keng boylami kichik chanoq yon devoriga yo'nalib, 

pariyetal qorinpardaga o'tib ketadi. Bu boylamning yuqori chekkasida bachadon 

nayi joylashgan bo'lib,  boylamning nayga tegib turgan qismi  nay tutqichi 



(mesosalpinx) 

deyiladi.  Bachadonning yumaloq boylami 



(lig.  teres  uteri) 

bachadonning yuqori burchagidan boshlanib,  yumaloq  tizimcha shaklida 

bachadonning keng boylami varaqlari ichida yotadi. U chov kanalidan o'tib, 

katta uyatli lablar sohasida tugaydi. Bachadonning bo'yin sohasida qorinparda 

ostida seroz osti asosni hosil qiluvchi bo'sh biriktiruvchi to'qim a - bachadon 

yon kletchatkasi 



(parametrium) 

joylashgan.

O 'rta mushak qavat 

(tunica muscularis) 

yoki miometriy 



(myometrium) 

eng qalin qavat hisoblanadi. U bir-biri bilan kesishib joylashgan silliq mushak 

to'qim asi va elastik tolalarga boy biriktiruvchi to'qim adan iborat.  Mushak 

dastalarining yo'nalishiga qarab unda uch: tashqi bo'ylama, o'rta halqasimon 

va ichki bo'ylama qavatlar tafovut qilinadi.  Uning o'rta qavati nisbatan qalin 

bo'lib,  qon  va  limfa tomirlariga boy.  Bu  qavat bachadon bo'yni  sohasida 

yaxshi rivojlangan.

Ichki shilliq qavat 



(tunica mucosa) 

yoki endometriyning 



(endometrium) 

qalinligi  3  m m   bo'lib,  uning  yuzasi  bachadon  bo'shlig'ida  silliq  bo'ladi. 

Bo'yin kanalida esa bitta bo'ylama burma va undan ikki tomonga o'tkir burchak 

ostida yo'nalgan palmasimon burmalar 



(plicae palmatae) 

bor. Bu burmalar 

bachadon bo'ynining oldingi va orqa devorida joylashib, bir-biriga tegib turadi. 

Bachadonning shilliq pardasi bir qavatli prizmatik epiteliy bilan qoplangan. 

Unda oddiy naysimon bachadon bezlari 

(glandulae uterinae) 

bor.


Bachadon kichik chanoq bo'shlig'ida erkin joylashib, oldinga qovuq ustiga 

engashib turadi.  Bu holatni 



antiversio uteri 

deyiladi.  Bu holatda bachadon 

tanasi bo'yni  bilan  oldinga  ochilgan burchak 

antiflexio  uteri 

hosil  qiladi. 

Goho bachadon orqaga qarab egilgan holatda 

(retroversio, retroflexio) 

bo'ladi.


Yangi tug'ilgan qiz bolaning bachadoni yuqori, qov ustida joylashgan 

va  oldinga  biroz  bukilgan  bo'lib,  uning  uzunligi  3-3,5  sm,  bo'yni  2/3 

qismini tashkil qiladi.  Og'irligi 3—5 g.  Shakli silindrsimon oldindan orqaga 

qarab yassilangan,  devori  ancha qalin (8—10 m m ), bo'shlig'i tor,  bo'yin 

kanali keng bo'lib, odatda shilimshiq qopqog'i bo'ladi.  Shilliq qavati tanasi 

va bo'ynida burmalar hosil qiladi. Mushak qavati kam rivojlangan bo'ladi. 

Ikki yoshdan boshlab halqasimon mushak qavati rivojlana boshlaydi. Yosh 

bolalarda bachadon sekin o'sadi.  Bolalikning ikkinchi davri oxirida uning 

o'sishi  tezlashib,  mushak qavati  takomiUashadi.  Bu  davrda  uning  tanasi 

o'sib,  tubi va bo'ynining qin  qismi hosil bo'ladi.  Shakli yumaloq bo'lib, 

uzunligi 5 sm ga, devori sezilarli qalinlashib  15—25 mm ga yetadi.  O'smirlik 

davrida tanasi kattalashib, devorining hamma qavatlari yaxshi takomillashadi. 

Bu  davrda  uning  og'irligi  6,5  g bo'lsa,  20  yoshlarda  20—25  g  ga yetadi. 

Yangi tug'ilgan va yosh qiz bola bachadonining keng va yumaloq boylamlari 

kam taraqqiy etgani va ulaming ichida yog'  to'qim asi bo'lm agani uchun 

bachadon  harakatchan  bo'ladi.  7  yoshdan  keyin  bachadon  atrofida  va 

boylamlari orasida yog'  va biriktiruvchi to'qim a to'planadi.  Chanoqning 

o'lcham lari  kattalashuvi  bilan  birga  bachadon  asta-sekin  pastga  tushib, 

o'zining  doimiy joyini egallaydi.

B achadon  nayi

Bachadon  nayi 



(tuba  uterina,  salpinx,  tuba  Fallopii) 

(86-rasm) 

tuxum  hujayrani  qorinparda  bo'shlig'idan  bachadonga  o'tkazib  beruvchi 

naysimon a’zo.  Bachadon nayi  kichik  chanoq bo'shlig'ida bachadonning 

keng boylamining yuqori chekkasida joylashgan.  Uning uzunligi  10-12 sm, 

bo'shlig'ining kengligi 2-4 mm.  Bachadon nayining bir uchi tor bachadon 

teshigi 

(ostium uterinum tubae) 

bilan bachadon bo'shlig'iga ochilsa, ikkinchisi 

qorin  teshigi 

(ostium  abdominalis  tubae  uterinae) 

bilan  qorin bo'shlig'iga 

ochiladi.  Unda to'rt qism tafovut qilinadi. Nayning bachadon devoridagi qismi 

(pars uterina) 

bachadon devori ichida joylashgan.

Nayning siqilgan bo'yin qismi 

(isthmus tubae uterina) 

enetor va devori 

qalin  qismi  bo'lib,  bachadonning  keng  boylami  ichida  yotadi.  Bachadon 

nayining  kengaygan  qismi 



(ampulla  tubae  uterina)eng 

uzun  qismi  bo'lib, 

diametri  asta  -  sekin  kengayib  borib  quyg'ichsimon  kengaygan  qismiga 

(infundibulum  tubae  uterina) 

o'tadi.  Uning  chekkalari  uzun  va  qisqa  nay 

shokilalari 

(fimbriae tubae uterina) 

bilan tugaydi. Shokilalaming bittasi nisbatan 

uzun bo'ladi.  U  tuxumdonga  yetib borib,  unga birikib  ketadi va  tuxumdon 

shokilasi 



(fimbria ovarica) 

deb ataladi. Bu shokilalar tuxum hujayrani bachadon 

nayi quyg'ichidagi nayning qorin teshigiga yo'naltirib beradi.


Bachadon  nayining  devori  to'rt  qavatdan  iborat:  l.Tashqi  seroz  qavat 

(tunica serosa). 

2.Seroz osti tana 



(tela subserosa). 

3.Mushak qavat 



(tunica 

muscularis) 

ikki: tashqi qavat bo'ylamasiga yo'nalgan silliq mushak tolalaridan 

iborat. Ichki qavat nisbatan qalin, halqasimon yo'nalgan mushak tolalaridan 

iborat. 4..Ichki shilliq qavat 



(tunica mucosa) 

bachadon nayining bor bo'yiga 

bo'ylama  burmalar 

(plicae  tubaria) 

hosil  qiladi.  Bu  burmalar  nayning 

quymichsimon  qismidako'proq bo'ladi.  Shilliq parda kiprikli  epiteliy bilan 

qoplangan bo'lib,  kiprikchalar  bachadonga qarab harakat qiladi.

Yangi tug'ilgan va yosh qiz bolalarda bachadonning keng boylami naydan 

qisqa bo'lgani uchun, uning ichida yotgan bachadon nayi bukilmalar hosil 

qiladi va tuxumdonga yetib bormaydi,  uning uzunligi  16—35  mm,  bo'yin 

qismi  tor,  ampulasi  keng,  shokilalari yaxshi  rivojlanmagan.  Shilliq parda 

burmalari yaxshi bilingan bolib,  mushak qavati kam  rivojlangan.  Balog'at 

davrida bachadon va uning keng boylami o'sishi munosabati bilan bachadon 

nayi bukilmalari yo'qoladi va pastga tushib tuxumdonga yaqinlashadi.  Bu 

davrda u tez o'sib, mushak qavati va shokilalari takomillashadi.



Qin

Qin 


(vagina) 

kichik chanoq bo'shlig'ida joylashib, bachadondan jinsiy 

yoriqqacha cho'zilgan naysimon toq a’zo. Uning uzunligi 8—10 sm, devorining 

qalinligi 3 mm.  Qin biroz orqaga bukilgan bo'lib ikki:  oldingi devor 



(paries 

anterior) 

va  orqa  devor 



(paries  posterior) 

tafovut  qilinadi.  Qin  oldingi 

devorining yuqori qismi qovuq tubiga tegib tursa, pastki qismi ayollar siydik 

chiqarish  kanali  devoriga  birikib  ketgan.  Orqa  devorining  yuqori  qismi 

qorinparda bilan qoplansa,  pastki qismi to'g'ri  ichakning oldingi devoriga 

tegib  turadi.  Qin  devorlari  odatda  bir-biriga tegib turadi.  Ular bachadon 

bo'ynining  qin  qismini  o'rab  olib,  uning  atrofida  tor  yoriq  qin  gumbazi 

(fornix vaginae) 

ni hosil qiladi.  Qinning orqa devori uzun bo'lgani uchun 

gumbazning orqa qismi 

(pars posterior) 

oldingi qismidan 



(pars  anterior) 

chuqurroq  bo'ladi.  Qinning  pastki  uchi  qin  dahliziga  qin  teshigi 



(ostium 

vaginae) 

bilan  ochiladi.  U  qizlik  pardasi 



(bymen) 

bilan  bekilgan.  Qizlik 

pardasi qin dahlizini, qin bo'shlig'idan ajratib turadi.  U yarimoysimon yoki 

ilma-teshik plastinka shaklida bo'ladi. Ba’zida qizlik pardasida teshik bo'lmasligi 



(hymen inperforantus) 

mumkin.  Qizlik pardasi yirtilganidan so'ng,  uning 

qoldiqlari — qizlik pardasining laxtaklari 

(caruncula hymenales) 

hosil bo'ladi. 

Qin  devori  uch:  tashqi  adventitsial  qavat 

(tunica  adventitia) 

yumshoq 


biriktiruvchi to'qima, elastik va silliq mushak tolalaridan iborat. O'rta mushak 

qavat 


(tunica muscularis) 

bo'ylama va ko'ndalang yo'nalishga ega mushak 

tutamlaridan iborat. Qinning yuqori qismida mushak qavat bachadon mushak 

qavatiga o'tib ketsa, pastki qismida mushak qavati nisbatan kuchli rivojlangan 

bo'lib,  oraliq  mushaklari  bilan  qo'shilib ketadi.  Qinning  pastki  uchini  va 

siydik chiqaruv kanalini o'ragan ko'ndalang-targ'il mushak tolalari  o'ziga 

xos  qisqichni  hosil  qiladi.  Ichki  shilliq  qavat 

(tunica  mucosa) 

shilliq osti



tana bo'lmagani uchun mushak qavatga birikib ketgan. U nisbatan qalin (2 

mm)  bo'lib,  ko'ndalang burmalar 



(rigae  vaginales) 

hosil  qiladi.  Qinning 

oldingi va orqa devorida o'rta chiziqqa yaqin burmalar balandlashib burmalar 

ustunini 



(columna rugarum) 

hosil qiladi. Qinning oldingi devorida joylashgan 

oldingi burmalar ustuni  orqa  devordagi  ustunga  nisbatan  yaxshi bilinadi. 

Yangi  tug'ilgan  qiz  bolaning  qini  qisqa  bo'lib,  bachadon  yuqori  turgani 

uchun ko'p qismi kichik chanoq bo'shlig'ida yotadi. U ravoq shaklida bukilgan, 

oldingi devorining uzunligi 25 mm, orqa devori esa 35 mm, kengligi gumbaz 

sohasida 15 mm bo'ladi. Qiz bola ikki yoshga to'lgunicha qinning orqa tomonida 

to'g'ri  ichak,  old tomonida siydik chiqaruv nayi joylashadi.  Ikki yoshdan 

so'ng qovuq pastga tushishi munosabati bilan u qinning old tomonida joylashadi. 

Qin  10 yoshgacha sekin o'sadi, balog'at yoshida  esa tez  o'sib, gumbazlari 

paydo bo'ladi.  Shilliq pardasida birinchi burmalar 7 yoshlarda paydo bo'lib, 

balog'at yoshida ulaming soni va shilliq parda qon tomirlari ko'payadi.



Ayollarning  tashqi  tanosil  a’zolari

Ayollaming tashqi tanosil a’zolariga ayollar jinsiy sohasi va klitor kiradi.

Ayollaming jinsiy sohasiga 

(pudendum feminina) 

qov do'mbog'i, katta 

va kichik jinsiy lablar hamda qin dahlizi kiradi.

Qov  do'mbog'i 



(mons  pubis) 

qorin  sohasidan  qov  egati,  sondan  esa 

chanoq-son egati bilan ajrab turadi.  U tuklar bilan  qoplangan va teri  osti 

yog' kletchatkasi yaxshi rivojlangan bo'ladi.

Yangi tug'ilgan qiz bolada qov do'mbog'i uchburchak shaklidagi do'ng 

bo'lib,  qorin osti sohasidan egat bilan ajragan bo'ladi.

Katta jinsiy  lablar 

(labium  majus  pudendi) 

juft  yumaloq  teri  burma 

shaklida  bo'lib,  uning  uzunligi  7—8  sm,  kengligi  2—3  sm  bo'ladi.  Ular 

jinsiy tirqishni 



(rima pudendi) 

yon tomondan chegaralab turadi. Katta jinsiy 

lablar  old  tomondan  lablaming  keng  oldingi  bitishmasini 

(commisura 

labiomm anterior), 

orqa tomondan orqa bitishmani 



(commisura labiorum 

posterior) 

hosil qilib birikadi.  Katta lablaming ichki yuzasi pushti  rangda 

bo'lib, bir-biriga qaragan. Katta jinsiy lablar terisining pigmenti ko'p bo'lib, 

ko'plab yog' va ter bezlari bo'ladi.

Yangi tug'ilgan qiz bolaning katta jinsiy lablarining  orqa qismi yaxshi 

rivojlangan bo'lib, kichik lablami butunlay berkitmaydi. Qiz bola hayotining 

birinchi yili oxirida katta jinsiy lablar kichigini ustidan berkitib turadi.  Ular 

tarang bolgani  uchun jinsiy yorig' yopiq bo'ladi.

Kichik jinsiy  lablar 

(labium  minus  pudendi) 

juft,  yupqa  bo'ylama  teri 

burma shaklida bo'lib, ular katta lablar ichida joylashib, qin dahlizini chegaralab 

turadi.  Kichik jinsiy lablar tarkibida elastik va mushak tolalari ko'p bo'lgan 

biriktiruvchi to'qimadan  tuzilgan.  Kichik jinsiy lablar terisida yog'  bezlari 

bo'lib, ulaming orqa uchlari o'zaro birikib, ko'ndalang burma — jinsiy lablar 

yuganchasini 

(frenulum  labiorum) 

hosil  qilib,  qin  dahlizi  chuqurchasini 



(fossa vestibuli vaginae) 

o'rab turadi. Kichik jinsiy lablaming yuqori uchlari



ikki burmaga (oyoqchaga) bo'linib, klitoiga qarab yo'naladi. Lateral oyoqchalar 

klitomi yon tomonidan aylanib o'tadi va uni ustida o'zaro birikib — 



preputum 

clitoridis 

ni  hosil  qiladi.  Medial  oyoqchalar  klitor  ostida  birikib,  klitor 

yuganchasini 

(frenulum clitoridis) 

hosil qiladi.

Yangi tug'ilgan qiz bolaning kichik jinsiy lablari jinsiy yorig'dan chiqib 

turadi. Bezlari kam va yaxshi takomillashmagan bo'ladi. Qiz bola hayotining 

3—4 yilida kichik jinsiy lablar rivojlana boshlaydi.

Qin dahlizi 



(vestibulum vaginae) 

qayiqsimon chuqurlik, yon tomondan 

kichik  jinsiy  lablar,  pastdan  qin  dahlizi  chuqurchasi,  yuqoridan  klitor 

bilan chegaralanadi.  Uning tubida qin teshigi, siydik chiqarish kanalining 

tashqi teshigi, katta va kichik dahliz bezlarining naychalari ochiladi.

Yangi tug'ilgan qiz bola qin dahlizining siydik chiqaruv kanali joylashgan 

oldingi qismi chuqur bo'ladi.  Uning oldingi 2/3  qismi kichik jinsiy lablar, 

orqa  1/3 qismi esa katta jinsiy lablar bilan chegaralanadi.

Dahlizning  katta  bezi  (Bartolin  bezi) 

(glandulae  vestibularis  major) 

juft,  ovalsimon bo'lib,  kattaligi no'xatdek  alveolar naysimon bez bo'ladi. 

Ular  kichik  jinsiy  lablar  asosida joylashib,  naychasi  kichik jinsiy  lablar 

asosiga ochiladi.  Bez qinning kirish qismini namlab turuvchi shilliq suyuqlik 

ishlab chiqaradi.

Dahlizning  kichik  bezlari 



(glandulae  vestibularis  m inores) 

qin


dahlizi devorida joylashib, naychalari shu yerga ochiladi.

Dahlizning katta va kichik bezlari qiz bola hayotining 3—4-yillda rivojlana 

boshlaydi.

Dahliz so'g'oni 



(bulbus vestibuli) 

biriktiruvchi to'qima va silliq mushak 

dastalari bilan o'ralgan vena chigallaridan iborat. U taqasimon shaklda klitor 

bilan siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi o'rtasida joylashgan. Tashqi 

tomondan uni so'g'on-g'ovak tana mushagi tolalari yopib turadi.

Klitor 


(clitoridis) 

erlik olati g'ovak tanasiga o'xshagan juft g'ovak tanadan 



(corpus cavernosum clitoridis) 

iborat. Uning silindrsimon oyoqchalari 



(crus 

clitoridis) 

qov suyagi pastki shoxi suyak pardasidan boshlanadi va simfizning 

pastki  qismi  ostida  o'zaro  birikib  klitor  tanasini 

(corpus  clitoridis) 

hosil 


qiladi.  Klitor tanasining uzunligi  2,5-3,5  sm  bo'ladi.  U  tashqi tomondan 

oqliq parda 



(tunica albuginea corporum cavernosorum) 

bilan o'ralib, klitor 

boshi 

(glans  clitoridis) 

bo'lib tugaydi.

G'ovakli  tanalar  o'zaro  to'siq 

(septum  corporum  cavernosum) 

bilan 


ajralgan. Klitoming g'ovakli tanasi xuddi erlik olati g'ovakli tanasiga o'xshash 

mayda  katakchalari  bo'lgan g'ovakli to'qimadan  iborat.  Klitor yuqoridan 

klitor  kertmagi 

(preputium  clitoridis) 

bilan  chegaralansa,  pastda  klitor 

yuganchasi 

(frenulum clitoridis) 

bo'ladi.  Klitoming boshidan tashqari qismi 

fassiya 

(facia  eclitoridis) 

bilan  o'ralib,  klitomi  osiltirib  turuvchi  boylam 



(lig.  suspensorium clitoridis) 

vositasida mustahkamlanib turadi.

Yangi  tug'ilgan  qiz  bolada  klitor  nisbatan  uzun,  uning  kertmagi  va 

yuganchasi  yaxshi  rivojlangan  bo'ladi.  Qizlaming  tashqi  tanosil  a’zolari 

balog'at davrida tez o'sadi.


Oraliq

Oraliq 


(perineum) 

kichik chanoqning chiqish teshigini qoplab turuvchi 

yumshoq  to‘qima  to'plami.  Oraliq  old  tomondan  qov  simfizining  pastki 

chekkasi,  orqadan dum suyagining uchi,  yon tomondan qov va o'tirg'ich 

suyaklarining pastki shoxlari va o'tirg'ich bo'rtig'i bilan chegaralangan.  U 

romb shaklida bo'lib, o'tirg'ich bo'rtiqlarini o'zaro biriktiruvchi chiziq uni 

ikki uchburchakka: oldingi-yuqori - siydik-tanosil to'sig'i, pastki-orqa qismi 

chanoq to'sig'iga ajratadi. Ikkala to'siq bir-biriga asosi bilan tegib tursa, uchlari 

qov simfiziga va dum suyagiga qaragan bo'ladi. Tor ma’noda oraliq deganda 

old tomondan tashqi tanosil a’zolari, orqadan orqa teshik o'rtasida joylashgan 

oraliqning pay markaziga to'g'ri kelgan soha tushuniladi. Ayollarda bu soha 

jinsiy yorig'ning orqa chekkasidan  orqa teshikning oldingi chekkasigacha 

davom etsa, erkaklarda yoig'oqning orqa chekkasidan orqa teshikning oldingi 

chekkasigacha davom etadi. Oraliq terisida oldindan orqaga qarab chok yo'nalgan 

bo'lib, erkaklarda yorg'oq chokiga davom etadi.

Siydik-tanosil to'siq 



(diaphragma urogenitalis) 

oraliqning old tomonini 

egallagan uchi qov simfiziga qaragan uchburchak shaklida bo'ladi. Uning yon 

tomonlarini qov va o'tirg'ich suyagi,  pastki shoxlari  asosini esa o'tirg'ich 

bo'rtiqlarini  biriktiruvchi  chiziq hosil  qiladi.  Siydik-tanosil  to'sig'i  orqali 

erkaklarda siydik chiqaruv nayi,  ayollarda esa siydik chiqaruv nayi va qin 

o'tadi. Siydik-tanosil to'sig'i mushaklari yuza va chuqur qavatlaiga bo'linadi. 

Yuza qavatda o'tirg'ich-g'ovak tana, so'g'on-g'ovak tana va oraliqning yuza 

ko'ndalang mushaklari joylashadi,

O'tiig'ich-g'ovak tana mushagi (m. ischiocavernosus) juft bo‘lib, o'tirg'ich 

suyagining pastki shoxidan boshlanib, erkaklarda olatningi ayollarda klitoming 

g'ovak tanasini o'ragan oqliq pardasiga birikadi. Ikkala mushak qisqarganida 

erlik olatini va klitomi ereksiya qiladi.

So'g'on-g'ovak tana mushagi 



(m. bulbospongiosus) 

erkaklarda erlik olati 

so'g'oni pastki yuzasidagi chokdan boshlanib, o'ng va chap tomondan erlik 

olati so'g'oni va 



corpora spongiosa 

ni o'rab, uning oqliq pardasiga birikadi. 

Qisqarganida  olat so'g'onini,  g'ovak tanasini,  olatning  dorsal venasini va 

bulbouretral bezlami siqib ereksiyada ishtirok etadi. Ayollarda bu mushak 

oraliqning pay  markazi  va  orqa  teshikning  tashqi  sfmkteridan  boshlanib, 

qinni teshigi sohasida o'rab qinni qisuvchi mushakni 



(m. constrictor cunni) 

hosil qiladi va klitoming dorsal yuzasiga birikadi. Qisqarganida qinning kirish 

teshigini  toraytirib,  dahlizning  katta  bezini,  dahliz  so'g'onini  va  undan 

chiqayotgan venalami siqadi.

Oraliqning ko'ndalang yuza mushagi 

(m. transversus perinei superficialis) 

juft bo'lib, o'tirg'ich suyagi pastki shoxidan boshlanib, pay markazida qarama- 

qarshi  tomondagi  mushak  bilan  birikadi.  Oraliqning  pay  markazini 

mustahkamlashda ishtirok etadi.

Siydik-tanosil  to'sig'ining  chuqur  mushaklariga  oraliqning  chuqur 

ko'ndalang mushagi va siydik chiqaruv kanalini qisuvchi mushak kiradi.



Oraliqning  ko'ndalang  chuqur  mushagi 

(m.  transversus  perinei 

profundus) 

juft  bo'lib,  o'tirg'ich  va  qov  suyaklari  shoxlaridan  boshlanib 

o'rta chiziqda qarama-qarshi tomondagi mushak bilan birikib,  oraliqning 

pay markazini hosil qilishda ishtirok etadi.

Siydik chiqaruv nayini qisuvchi mushak 

(m. sphincter uretrae) 

halqasimon 

tolalardan iborat bo'lib,  erkaklarda siydik chiqaruv nayining parda qismini 

o'rasa, ayollarda siydik chiqaruv nayini o'rab qin devoriga yopishadi. Bu mushak 

siydik chiqaruv nayining ixtiyoriy qisuvchisi hisoblanadi.

Chanoq  to'sig'i 



(diaphragma  pelvis) 

uchburchak  shaklida  oraliqning 

orqa qismini hosil qiladi. Uchburchakning uchi dum suyagiga qaragan bo'lib, 

undan to'g'ri ichakning oxirgi qismi o'tadi.  Chanoq diafragmasining yuza 

qavatida to'g'ri ichakning chiqish teshigini qisuvchi mushak 

(m.  sphincter 

ani) 

joylashadi.  Bu  mushakning  yuza  tutamlari  teri  osti  yog'  qatlamida 

tugaydi. Dum suyagi uchidan boshlanuvchi tutamlar esa orqa teshikni o'rab 

olib oraliqning pay markazida tugaydi.  Chuqur tutamlar esa to'g'ri ichakning 

pastki qismini o'rab olib orqa teshikning ko'taruvchi mushagiga yondoshadi. 

Uning barcha tutamlari qisqargan vaqtda orqa teshikni qisadi.

Chanoq diafragmasining chuqur mushaklariga orqa teshikni ko'taruvchi 

mushak va dum mushagi kiradi.

Orqa  teshikni  ko'taruvchi  mushak 


Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin