(m. sphincter uretrae)
hosil qiladi.
Qovuqning mushak qavati qisqarganda a’zoni hajmi kichrayadi va suyuqlik
siydik chiqaruv nayi orqali tashqariga chiqariladi. Qovuqning mushak qavati
vazifasiga qarab, siydikni haydab chiqamvchi mushak
(m.detrusor vesicae)
deb ataladi. Seroz parda
(tunica serosa)
uni ust tomonidan qoplagan bo'lib,
qolgan sohalarda adventitsial qavat hosil bo'ladi.
Rentgenogrammada
qovuq kontrast modda bilan to'latilganida to'g'ri
proyeksiyada tekis chegarali disk shaklida ko'rinadi. Yon proyektsiyada esa
noto'gri uchburchak shakliga ega bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloq qovug'i duk shaklida bo'lib yuqori joylashgan.
Uning katta qismi qov ustida joylashgan. Uchi kindik bilan qov simfizi
o'rtasidagi sohaga to'g'ri keladi. Uning tubi takomillashmagan. Shilliq pardasi
nisbatan qalin, burmalari yaxshi bilinadi. Mushak qavati nisbatan yupqa
bo'lib, ko'ndalang qavati kam rivojlangan. Yangi tug'ilgan chaqaloq qovug'i
hajmi 50—80 sm3, 5 yoshda 180-200 sm3, balog'at yoshida 500-700 sm3
bo'ladi. Uning shakli 1,5—2 yoshda noksimon, 5 yoshda olxo'ri shaklida
bo'lsa, 10 yoshda tuxum, o'smirlarda esa kattalamikiga o'xshash shaisimon
shakl oladi. Qovuq shaklining bunday o'zgarishi uning mushak qavati turli
yosh davrlarida har xil o'sishiga bog'liq.
Erkaklaming siydik chiqaruv nayi
Erkaklaming siydik chiqaruv nayi
(uretra masculina)
uzunligi 16-18
sm, kengligi 0,5—0,7 sm bo'lgan S-simon bukilgan nay shaklida bo'ladi. U
qovuq devoridagi siydik chiqaruv nayining ichki teshigidan
(ostium urethrae
internum)
boshlanib, erlik olati boshchasida joylashgan siydik chiqaruv
nayining tashqi teshigi
(ostium urethrae externum)
bilan tugaydi. Erkaklaming
siydik chiqaruv nayi quyidagi qismlardan iborat:
1. Qovuq devori ichidagi qismi
(pars intramuralis yoki preprostatica)
prostata bezigacha davom etadi.
2. Prostata qismi
(pars prostatica)
nayning boshlang'ich qismi bo'lib,
qovuq ostida joylashadi. Bu qism prostata bezi ichidan o'tib, uzunligi 3 sm
bo'ladi. Uning orqa devorida urug' tepachasi
(coliculus seminalis)
joylashgan
bo'lib, unga urug' otuvchi naycha teshigi ochiladi. Urug' tepachasi atrofida esa
prostata bezi chiqaruv naylarining teshiklari joylashadi. Urug' tepachasining
ustida joylashgan ichki qisuvchi mushak
(m.sphincter uretrae internus)
qisqaiganida siydik bilan urug' suyuqligini qo'shilib ketishdan saqlab turadi.
3. Siydik chiqaruv nayining parda qismi
(pars membranacea)
prostata
bezi uchi bilan erlik olati so'g'oni o'rtasida joylashgan bo'lib, eng qisqa (1,5
sm) va tor qismi hisoblanadi. Siydik chiqaruv kanalining parda qismi siydik-
tanosil to'sig'idan o'tgan joyda siydik chiqaruv kanalining ixtiyoriy qisuvchi
mushagini
(m. sphincter uretrae externum)
hosil qiluvchi ko'ndalang-taig'il
mushak tolalari bilan o'ralgan.
4. Siydik chiqaruv nayining g'ovak tana qismi
(pars spongiosa)
uzunligi
12
sm ga yaqin bo'lib, erlik olatining g'ovak tanasi ichida joylashgan.
Erkaklaming siydik chiqaruv nayi erlik olati boshchasi qismida kengayib,
qayiqsim on ch u q u rch an i
(fo ssa navicularis u retrae)
hosil qiladi.
Erkaklaming siydik chiqaruv kanali S-simon bukilgan bo'lib uch joyda:
ichki teshik sohasida, siydik-tanosil to'siqdan o'tgan yerda va tashqi teshigi
sohasida toraygan bo'ladi. Siydik nayining ichki yuzasida shilliq qavat
(tunica
mucosa)
bo'lib, unda siydik chiqaruv nayi bezlari
(glandulae uretrales)
bor. Uning ostida bo'ylama mushak tolalaridan tashkil topgan mushak qavati
(tunica m uscularis)
joylashadi.
Erkaklaming siydik chiqaruv nayi rentgenogrammada siydik yo'liga
nisbatan keng va aniq soya shaklida ko'rinadi.
Yangi tug'ilgan o'g'il bolaning siydik chiqaruv nayi qovuq yuqori
turgani uchun nisbatan uzun bo'ladi (5—6 sm). Uning g'ovak tana qismini
uzunligi 4,5 sm. Yoshga qarab uning ayrim qismlari bir xil o'smaydi.
G'ovak tana qismi tez o'sib, bolalikning ikkinchi davrida 2 marta kattalashadi.
Siydik chiqaruv nayining mushak qavati va tashqi sfinkter 12—13 yoshlarda
paydo bo'ladi.
Ayollaming siydik chiqaruv nayi
(uretra feminina)
uzunligi 2,5—3,5
sm, kengligi 8—12 mm bo'lgan biroz bukilgan nay shaklida. U qovuq
devoridan ichki teshik bilan boshlanib qin teshigidan yuqoriroqda tashqi
teshik bilan ochiladi. Ayollar siydik chiqaruv kanali devori shilliq va mushak
qavatlardan iborat. Shilliq qavatda
(tunica mucosa)
bo'ylama burmalar va
bezlar bor. Mushak qavati
(tunica muscularis)
ichki bo'ylama va tashqi
halqasimon qavatdan iborat. Ayollar siydik chiqaruv kanali siydik-tanosil
to'sig'dan o'tgan joyda siydik chiqaruv kanalining ixtiyoriy sfinkterini hosil
qiluvchi mushak tolalari bilan o'ralgan bo'ladi.
Jin siy a ’zolar tizim i
Jinsiy a’zolar
(organa genitalia)
jinsni belgilovchi erkaklar va ayollaming
ichki va tashqi jinsiy a’zolaridan iborat.
Jinsiy a’zolarning taraqqiyoti
Pushtda dastlab farqsiz ichki va tashqi jinsiy a ’zolar paydo bo'lib,
keyinchalik ular erkaklar yoki ayollar jinsiy a ’zolariga aylanadi. Jinsiy bezlar
homilaning rivojlanish davrining 4-haftasida birlamchi buyrakning ichki
tomonida joylashgan pusht epiteliyidan paydo bo'ladi. 5-haftada birlamchi
buyraklar va mezonefral nay yonida paramezonefral nay hosil bo'lib, siydik
tanosil bo'shliqqa ochiladi. Homila taraqqiyotining 7-haftasida rivojlanayotgan
jinsiy bezlar moyakka yoki tuxumdonga aylana boshlaydi. Moyak hosil bo'lsa
mezonefral nay erkaklar jinsiy bezining chiqaruv naylariga aylanadi,
paramezonefral nay esa yo'qolib ketadi. Timimdon hosil bo'lsa, paramezonefral
naydan bachadon nayi, bachadon va qinning yuqori qismi hosil bo'ladi.
Mezonefral nay esa qoldiq a’zolaiga aylanadi.
Taraqqiyotning 7-oyida rivojlanayotgan erkaklar jinsiy bezini o'ragan
biriktiruvchi to'qim adan oqliq parda hosil bo'ladi. Moyak hosil bo'lganida
birlamchi buyrak nayidan moyakning olib ketuvchi naychalari, mezonefral
nayning yuqori uchidan moyak ortig'i nayi
(ductus epididymidis)
hosil
bo'ladi. Uning moyak ortig'idan pastki qismi atrofida mushak parda hosil
bo'lib urug' olib ketuvchi nayga
(ductus deferens)
aylanadi va erkaklaming
siydik chiqaruv kanaliga ochiladi. Paramezonefral nayning kaudal qo'shilgan
uchlaridan
utriculus prostatitis
hosil bo'ladi.
Prostata bezi hosil bo'layotgan uretra epiteliyidan 50 ga yaqin hujayra
tizimchasi shaklida paydo bo'lib, ulardan bez bo'lakchalari hosil bo'ladi.
Bulbouretal bezlar siydik chiqaruv nayi g'ovak qismining epiteliy
bo'rtmalaiidan rivojlanadi.
Tuxumdonda po'stloq va mag'iz moddalari paydo bo'lganidan keyin uning
ichiga qon tomirlar va nervlar o’sib kiradi. Paramezonefral naylaidan bachadon
naylari, uning distal qo'shilgan qismidan bachadon va qinning proksimal
qismi hosil bo'ladi. Qinning distal qismi va dahlizi siydik-tanosil bo'shlig'idan
rivojlanadi.
Taraqqiyot davrida ayollar ichki tanosil a’zolarining hosil bo'lishida
ayrim o'zgarishlar bo'lib, turli xil g'ayritabiiyliklar (anomaliyalar) vujudga
kelishi mumkin. Ba’zi hollarda tuxumdon bitta yoki qo'shimcha tuxumdon
paydo bo'lishi mumkin. Paramezonefral naylaming birikishida o'zgarish
ro'y bersa, bachadon va qin anomaliyalari vujudga keladi. Bachadon va qin
anomaliyalari har xil bo'lishi mumkin. Bular: to'siqli bachadon
(uterus
septus),
bitta bachadon bo'shlig'i to'siq bilan ikkiga ajralgan; ikki shoxli
bachadon
(uterus bicomus),
bachadonning tubi ikki shoxga ajralgan; mustaqil
ikkita bachadon
(uterus didelphis),
shuningdek, ikkita bachadon va ikkita qin
holatida uchiashi mumkin.
Tashqi jinsiy a’zolarning rivojlanishi
Homila 6 haftalik bo'lganida tananing pastki qismida, dum suyagi qaishisida
yoriqqa o'xshagan teshik paydo bo'ladi va kloakaga qo'shiladi. 8 haftalik homilada
bu teshik atrofida tashqi tanosil a’zolaming belgilari hosil bo'ladi: 1) yoriqning
ust tomonida jinsiy do'm boq hosil bo'ladi; 2) yoriqning ikki cheti teri
(jinsiy) burmasiga aylanadi; 3) shu jinsiy do'm boq bilan teri burmasi
atrofida jinsiy bolish paydo bo'ladi. Agar homila o'g'il bo'lsa, jinsiy do'mboq
uzunasiga tez o'sadi va uning ichida g'ovak tana paydo bo'ladi. Jinsiy do'mboq
o'sgan sari teshikning ikki chetidagi teri burmasi ham u bilan birga uzayib
chetlari bir-biri bilan birikadi va siydik chiqaruv nayini hosil qiladi. Ikki
yon tomondagi jinsiy bolishlar pastga tomon o'sib, o'zaro qo'shiladi va
yorg'oqni hosil qiladi.
Tashqi tanosil a’zolarining noto'g'ri rivojlanishi yoki yetarli darajada
rivojlanmasligi turli xil anomaliyalaiga olib kelishi mumkin. Erkaklarda erlik
olatining pastki tomonida jinsiy burmaning birikmasligi natijasida siydik
chiqarish nayi hosil bo'lmay, ochiq qolishi
(hypospadia)
yoki chiqarish
nayi olatning ustiga o'tib, bitmay qolishi
(epispadia)
kabi hollar ko'p
uchraydi. Ba’zan jinsiy burma va jinsiy bolishning birikmasligi natijasida,
siydik chiqaruv nayi va yorg'oqning pastki tomoni ham birikmay ochiq
qolishi mumkin. Bunday holda moyaklar o'smagan yorg'oq terisi ostida
qoladi. Tashqi tanosil a’zolari ayollaming tanosil a’zolarini eslatgani uchun
tashqi germafroditizm deb ataladi.
Ba’zan ancha yaxshi rivojlangan erlik olati, yorg'oq bilan bir qatorda,
ayollaiga mansub tashqi tanosil a’zolari ham rivojlanishi (ikki jinslik) mumkin.
Odatda, bu a’zolardan biri faoliyat jihatidan ustun turadi.
Agar homila qiz bo'lsa, jinsiy do‘mboq
juda sekin o'sadi va klitorga aylanadi. Teri
burmasi va jinsiy bolishlar esa tez o'sadi,
ammo ulaming erkin chekkalari bir-biri
bilan qo'shilm aydi. Teri burmalaridart
kichik jinsiy lablar, jinsiy bolishlardan esa
katta jinsiy lablar hosil bo'ladi.
Ba’zan ayollarda klitor kuchli taraqqiy
etib, erlik olatiga o'xshab qoladi va ikki jinslik
paydo bo'ladi. Ikki jinslilik ikki turda: soxta
va chin holatlarda uchraydi. Soxta ikki jinslilik,
o 'z n a v b a tid a , e rk a k lik va ayollar
germafroditizmi shakllarida uchraydi. Unda
bir jinsning jinsiy a’zolari ko'proq taraqqiy
etgan bo'ladi. Chin germafroditizm kam
uchraydi. Unda ikki jinsning jinsiy a’zolari
83-rasm . ErkaU am ing ichki tanosil
taraqqiy etgan bo'ladi. Ayollarda ba’zan kichik
a ’zolari. l-qovuq; 2-um g‘ olib ketu-
jinsiy lablar pastda siydik chiqaruv nayi
vchi паУ> 3-urug‘ pufakchasi; 4-urug‘
uchun kichik teshik qoldirib bitib ketadi.
°“b kh
etuvchi"ty ^ nga“
5' Г е‘
^
otuvchi nay; 6-buIbouretral bez; 7-siy-
dik chiqaruv nayi; 8-prostata bezi;
Erkaklaming jinsiy a’zolari
Erkaklaming jinsiy a’zolari ichki va
tashqi a ’zolarga bo'linadi. Ichki jinsiy
a’zolaiga (83-rasm) moyak, moyak ortig'i,
prostata bezi, urug' pufakchasi, urug* olib
ketuvchi nay, bulbouretral bezlar va urug'
tizimchasi kiradi. Tashqi tanosil a’zolariga
erlik olati va yorg'oq kiradi.
Moyak
Moyak
(testis,
grekcha -
orchis)
juft
jinsiy bez (84-rasm) bo'lib, u erkaklar jinsiy
hujayrasi spermatozoidlami hosil qilish bilan
biiga, qonga erkaklaming jinsiy gormoni
testosteronni ham chiqaradi. Shuning uchun
u aralash bezlar turkumiga kiradi.
M oyaklar yorg'oq ichida joylashib,
o'zaro to'siq bilan ajralib turadi. Chap
moyak biroz pastroqda joylashadi. Moyak
oval shaklda bo'lib ikki yon tomondan biroz
yassilashgan. Uning yassi medial yuzasini
(facies medialis)
bo'rtib chiqqan lateral
84-rasm . M oyak, moyak o rtig 'i та
urug* y o ila ri. 1-m o y a k o r t ig 'i;
2 -m o y a k ; 3 -m o y a k b o 'la k c h a s i;
4-m oyakning bu ralm a naychalari;
5-moyakning to‘g‘ri naychalari; 6-duc-
tus epididymidis; 7-ductus deferens;
8-ductus ejaculatorius; 9-ampulla duc
tus deferentis; 10-urug‘ pufakchasi.
yuzasidan
(facies lateralis)
oldingi va orqa qiiralari
(margo anterior et
posterior) ajratib turadi. Orqa qimsiga moyak ortig'i yopishgan bo'ladi. Moyakda
ikki: yuqori uchi
(extremitas superior)
va pastki uchi
(extremitas inferior)
tafovut qilinadi. Moyakning o'rtacha uzunligi 4 sm, kengligi 3 sm, qalinligi
2 sm, og'irligi 20—30 g. Moyakning ust tomondan oqliq parda
(tunica
albuginea)
qoplagan bo'lib, uning ostida moyak parenximasi
(parenchyma
testis)
joylashgan. M oyakning orqa qirrasi ichki tom onidan m oyak
parenximasiga biriktiruvchi to'qima o'simtalari kirib, moyak devori oralig'ini
(mediastinum testis)
hosil qiladi. Undan yelpig'ich kabi boshlangan yupqa
biriktiruvchi to'qimali moyak to'siqchalari
(septula testis)
oldinga qarab
yo'nalib , m oyak parenxim asini konus shaklidagi 250—300 m oyak
bo'lakchalariga
(lobuli testis)
ajratadi. Har bir bo'lakcha ichida spermatozoid
ishlab chiqaruvchi epiteliyi bo'lgan 2—3 buralma urug' naychalari
(tubuli
seminiferi contorti)
bo'ladi. Bu naychalaming uzunligi 70—80 sm, kengligi
150—300 mkm. Ular orqa tomonga yo'nalib, bir-biri bilan qo'shiladi va
to'g'ri urug' naychalarini
(tubuli seminiferi recti)
hosil qiladi. T o'g'ri urug'
naychalari
(mediastinum testis)
ga kirib, moyak to'rini
(rete testis)
hosil
qiladi. Moyak to'ridan 12—15 ta moyakni olib ketuvchi naychalari
(ductuli
efferentes testis)
chiqib, moyak ortig'i boshchasiga qarab yo'naladi.
Moyak ortig'i
Moyak ortig'i
(epididymis)
(84-rasm) moyakning orqa qirrasi bo'ylab
joylashib, unda kengaygan yuqori qismi - boshi
(caput epididymis),
o'rta
qismi - tanasi
(corpus epididymis)
va toraygan pastki qismi — dumi
(cauda
epididymis)
tafovut qilinadi. Moyakning olib ketuvchi naychalari buralib
moyak ortig'i boshchasida o'zaro yupqa to'siq bilan ajralgan konus shaklidagi
12-15 ta moyak ortig'i bo'laklarini
(lobuli-coni epididymidis)
hosil qiladi.
Bu naychalaming qo'shilishidan moyak ortig'i nayi
(ductus epididymidis)
hosil bo'ladi. Bu nay ko'p sonli bukilmalar hosil qilib, moyak ortig'i
dumiga qarab yo'naladi. Agar bu nay to'g'rilansa, uning uzunligi 6—8 m ga
yetadi. Moyak ortig'i nayi uning dumidan chiqqanidan so'ng urug' olib
ketuvchi nayga aylanadi. Erkaklaming jinsiy hujayralari (spermatozoidlar)
faqat moyakning buralma naychalarida ishlab chiqariladi. Moyak va moyak
ortig'ining boshqa naychalari urug' olib ketuvchi naychalar hisoblanadi.
Spermatozoidlaming suyuq qismi urug' pufakchalari va prostata bezi ishlab
chiqargan sperma tarkibiga kiradi. Moyak homilada qorin bo'shlig'ida bo'ladi.
U homilaning to'rtinchi bel umurtqasi qarshisidan sekin-asta pastga tom on
siljishi bilan bir vaqtda takomillasha boradi. Moyak V bel umurtqasi qarshisiga
kelganida, siydik tizimidan ajraladi va yorg'oq tomonga yo'naladi. Homila
uch oylik bo'lganida moyak chov kanalining ichki teshigi oldiga kelib to'xtaydi
va bu yerda uzoq vaqt turadi. Moyak ustini qoplab turgan qorinparda oldinga
tomon qavarib ko'tarilib chuqurcha hosil qiladi va moyak shu chuqurchaga
kiradi. Homila 7 oylik bo'lganida moyak chov kanalining ichiga kira boshlaydi.
Shu bilan birga, qorinparda hosil qilgan chuqurcha ham uzayib moyak bilan
birga yo'naladi. Qorinpardadan tashqari moyak bilan urug' olib ketuvchi
nay, qon tomirlar va nervlar ham chov kanali ichidan o'tishi natijasida
urug‘ tizimchasi hosil bo'ladi.
Bola tug'ilishidan oldin yoki tug'ilish davriga kelib moyak yorg'oq ichida
bo'ladi. Bu davrda moyakni o'ragan qorinparda ajraladi va moyakning qin
pardasiga aylanadi. Agar moyakning tushish jarayoni buzilsa, moyak yoig'oqqa
tushmay qorin bo'shlig'ida yoki chov kanalida ushlanib qolishi mumkin va
natijada tug'm a nuqson paydo bo'ladi. Agar moyak bir tomonda tushmasa
monarxizm, ikki tomonda tushmay qolsa, kriptorxizm deyiladi. Agar
qorinparda bo'shlig'i bekilmay qolsa, bolalarda tug'ma churra paydo bo'ladi.
Yangi tug'ilgan o'g'il bola moyagi yorg'oqda joylashgan bo'lib, o'rtacha
uzunligi 10 m m, kengligi 5,6 mm, qalinligi 4,6 mm, og'irligi 0,2 g
bo'ladi. Uning shakli yumaloq yoki loviyasimon bo'lib, oldingi qirrasi qavariq,
orqasi botiq. Chap moyak o'ngiga nisbatan pastroq turadi. Bo'laklararo to'siq
juda yupqa bo'lishiga qaramay moyak bo'laklardan iborat. Bo'laklari ichida
urug' naychalari joylashgan. Ular kam buralgan bo'lib, ingichka va teshigi
bo'lmaydi. Bola hayotining birinchi yilida moyak hajmi 1,5-2 marta, og'irligi
esa 3 marta kattalashadi. Keyingi o'sish balog'at davrida bo'lib, 18—20 yoshda
uning uzunligi 38—40 mm, og'irligi 20 g bo'ladi. Yoshga qarab uning ichki
tuzilishi ham o'zgaradi. Naychalar diametri o'smirlik davrida 2 marta, katta
odamlarda 3 marta kattalashadi. Yoshga qarab naychalaming soni va uzunligi
oshib boradi. 14 yoshda naychalar ichida jinsiy hujayralar paydo bo'lib,
jinsiy gormonlar ishlab chiqarish tezlashadi. Yoshga qarab moyakni o'ragan
parda va to'siqlar qalinlashib, ularda elastik tolalar paydo bo'ladi.
Moyak ortig'i yangi tug'ilgan chaqaloqda nisbatan katta bo'lib, uning uzunligi
20 mm, og'irligi 0,12 g bo'ladi. Moyak ortig'i nayining teshigi ochiq, devorida
silliq mushak yaxshi rivojlangan. Moyak ortig'i birinchi 10 yilda sekin, keyin
esa tez o'sadi. Balog'at yoshida naylar devorida silliq mushak tolalari qalinlashib
biriktiruvchi to'qima zichlashadi va elastik tolalar paydo bo'ladi.
Urug‘ olib ketuvchi nay
Urug' olib ketuvchi nay
(ductus deferens,
84-rasm) juft naysimon a ’zo
bo'lib, u moyak ortig'i nayining bevosita davomidir. Uning uzunligi 40—45
sm, kengligi 2,5—3 mm, nay bo'shlig'ining kengligi 0,5 mm. Urug' olib
ketuvchi nayda to'rt: yorg'oq, urug' tizimchasi, chov kanali va chanoq qismlari
tafovut qilinadi. Uning yorg'oq qismi
(pars scrotalis)
moyakni orqasida,
urug' tizimchasi qismi
(pars funicularis)
urug' tizimchasi tarkibida joylashgan.
Chov kanali qismi
(pars inguinales)
chov kanalining chuqur teshigidan
chiqqandan so'ng, kichik chanoq devori bo'ylab pastga tushadi va chanoq
qismini
(pars pelvina)
hosil qiladi. Chanoq qismi kichik chanoq bo'shlig'ida
kengayib, duksimon urug' olib ketuvchi nay kengaymasini
(ampulla ductus
defferentis)
hosil qilib tugaydi. Kengaymaning uzunligi 3—4 sm, kengligi 1
sm. Uning pastki uchi torayib, urug' pufakchasining chiqaruv nayi bilan
qo'shiladi. Urug' olib ketuvchi nayning devori qalin bo'lib, uch qavatdan
iborat. Ichki shilliq qavat
(tunica mucosa)
3—5 bo'ylama burmalar hosil
qiladi. O'rta mushak qavat
(tunica muscularis)
uch: ichki va tashqi bo'ylama,
o'rta halqasimon qavatdan iborat. Tashqi adventitsial parda
(tunica adventitia)
nayni o'ragan biriktiruvchi to'qimaga o'tib ketadi.
Yangi tug'ilgan o'g'il bolaning urug' olib ketuvchi nayi ingichka bo'lib,
diametri 0,62 mm. Nay bo'shlig'i yulduz shaklida, kengligi 0,15 mm. Uning
qavatlari yaxshi bilinsa-da, to'qimalari yaxshi takomillashmagan. Shilliq qavatida
elastik tolalar yo'q. Mushak qavati bo'ylama va halqasimon yo'nalishga ega
tolalardan iborat. Urug' olib ketuvchi nay balog'at davrigacha sekin o'sadi.
Balog'at davrida uning o'sishi tezlashib, 15 yoshda diametri 1,6 mm ga yetadi.
Urug' pufakchalari
(vesiculae seminalis)
juft, suyuqlik ishlab chiqaruvchi
a’zo. U kichik chanoq bo'shlig'ida urug' olib ketuvchi nay kengaymasining
tashqi tomonida, prostata bezining usti va qovuqning orqa tomonida joylashgan.
Unda qovuqqa qaragan oldingi va to'g'ri ichakka qaragan orqa yuzalari bor.
Urug' pufakchalarining uzunligi 5 sm, kengligi 2 sm va qalinligi 1 sm
bo'lib, yuzasi g'adir-budir. Agar uning ustini qoplagan pardani olib tashlab
to'g'rilansa, u uzunligi 10—12 sm, kengligi 0,6—0,7 sm li nay shaklini
oladi. Urug' pufakchalarining yuqorigi kengaygan qismi asosi, o'rta qismi
tanasi va pastki toraygan qismi suyuqlik chiqaruv nayi
Dostları ilə paylaş: |