0 ‘z b e k is t 0n respublikasi oliy уа 0 ‘rta m axsus ta’lim vazirligi



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/63
tarix13.04.2017
ölçüsü4,47 Mb.
#13873
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63

(cartilago  cuneiformis) 

juft  kichkina  elastik  tog'ay 

bo'lib, cho'michsimon-hiqildoq usti burma ichida shoxsimon tog'aydan oldinda 

va yuqorida yotadi.

Hiqildoq  tog'aylari  o'zaro  va  til  osti  suyagi  bilan  bo'g'im lar  hamda 

boylamlar vositasida birikadi. Hiqildoq tog'aylari harakati ikki juft bo'g'imga 

mushaklaming ta’siri ostida bo'ladi.

U z u k sim o n -q a lq o n sim o n   b o 'g im  



(a r tic u la tio   cr ic o th y ro id ea ) 

qalqonsimon  tog'ayning  pastki  shoxsimon  o'sim tasi  bilan  uzuksimon 

tog'ayning oldingi yon yuzasidagi bo'g'im yuzasi o'rtasida hosil bo'ladi. O'ng 

va  chap  uzuksimon-qalqonsimon  bo'g'im lar  hamkor  bo'g'im   turkumiga 

kirib,  ularda harakat frontal o 'q  atrofida sodir bo'ladi.  Bunda qalqonsimon 

tog'ay oldinga hamda orqaga egUib cho'michsimon togayga nisbatan holatini



va  ovoz  boylamlari  tarangligini  o'zgartiradi.  Bo'g'im   kapsulasi 

(capsula 

articularis  cricothyroidea) 

nozik pastki shoxsimon o'simtadan uzuksimon 

tog'ay plastinkaning yon  chekkasiga tortilgan tolalardan  iborat.  Uning bir 

qismi juft  shoxsimon-uzuksimon  boylamni 



(lig.  ceratocricoideum) 

hosil 


qiladi. Bu bo'g'im uzuksimon tog'ay yoyining ustki chekkasi bilan qalqonsimon 

tog'ayning pastki chekkasi o'rtasida tortilgan o'rta uzuksimon-qalqonsimon 

boylam 

(lig. cricothyroideum medianum) 

vositasida mustahkamlanadi.

Uzuksimon-cho'michsimon bo'g'im 

(articulatio cricoarytenoidea) 

ham 


juft bo'lib, cho'michsimon tog'ay asosidagi bo'g'im  yuzasi bilan uzuksimon 

tog'ay  plastinkasidagi  bo'g'im   yuzasi  o'rtasida  hosil  bo'ladi.  Bu  bo'g'im  

kapsulasini 

(capsula  articularis  cricoarytenoidea 

orqa  to m o n d an  

y e lp ig 'ic h s im o n   o rq a   u z u k s im o n -c h o 'm ic h s im o n   b o y lam  

(lig . 

cricoarytenoideum posterior) 

mustahkamlab turadi. Bo'g'imda harakat vertikal 

o 'q  atrofida bo'lib, o'ng va chap cho'michsimon tog'aylar ichkariga burilganida 

ovoz boylamlari bir-biriga yaqinlashib, ovoz tirqishi torayadi.  Cho'michsimon 

tog'aylar tashqariga burilganida esa ovoz boylamlari bir-biridan uzoqlashib, 

ovoz tirqishi kengayadi.

Cho'michsimon tog'ayni uchi bilan shoxsimon tog'ay o'rtasida sinxondroz 

(synchondrosis  arycorniculata) 

hosil  bo'ladi.

Hiqildoq til  osti suyagi bilan qalqonsimon  tog'ayning yuqori  chekkasi 

til  osti  suyagi  o'rtasida  tortilgan  qalqonsimon-til  osti  pardasi 



(membrana 

thyrohyoidea) 

vositasida bog'langan.  Bu parda keng biriktiruvchi to'qimali 

qatlam bo'lib,  o'rta qismida qalinlashib, o'rta qalqonsimon til osti boylamini 

(lig.  thyrohyoideum  medianum), 

chekkalarida  lateral  qalqonsimon-til  osti 

boylamlarini 

(ligg.  thyrohyoidea  lateralia) 

hosil  qiladi.

Hiqildoq mushaklari ko'ndalang-targ'il mushaklar guruhiga kiradi.  Ular 

hiqildoq tog'aylarini harakatga keltirib,  hiqildoq bo'shlig'i va ovoz tirqishi 

kengligini o'zgartiradi.  Hiqildoq mushaklari faoliyatiga qarab uch guruhga: 

ovoz  tirqishini  kengaytiruvchi  (dilatatorlar),  siquvchi  (konstriktorlar)  va 

ovoz boylami tarangligini o'zgartiruvchi mushaklarga bo'linadi.

I.  Ovoz  tirq ish in i  kengaytiruvchi  m ushakka  orqa  uzuksim on- 

cho'm ichsim on  mushak 

(m.  cricoarytenoideus  posterior) 

kiradi.  Bu 

juft mushak  uzuksimon  tog'ay plastinkasining  orqa yuzasidan boshlanadi, 

lateral va yuqori tomonga yo'nalib cho'michsimon tog'ay mushak o'simtasiga 

birikadi.  Qisqarganida  mushak  o'simtasini  orqaga  tortib,  cho'michsimon 

tog'ayni lateral tomonga buradi, natijada ovoz o'simtasi lateral tomonga buriladi 

va ovoz tirqishi kengayadi.

II.  Ovoz  tirqishini  toraytiruvchi  mushaklar:  1.  Lateral  uzuk-simon 

cho'michsimon  mushak 

(m.  cricoarytenoideus  lateralis) 

juft,  uzuksimon 

tog'ay  yoyining  lateral  qismidan  boshlanib,  orqaga  va  yuqoriga  yo'nalib 

cho'michsimon tog'ayning mushak o'simtasiga birikadi. Qisqarganida mushak 

o'simtasi  oldinga yo'nalib,  cho'michsimon  tog'ay va  uning  ovoz  o'simtasi 

ichkariga buriladi. Buning natijasida ovoz boylamlari bir-biriga yaqinlashadi va 

ovoz tirqishining oldingi  qismi  torayadi.


2.  Qalqonsimon-cho‘michsimon  mushak 

(m.  thyroarytenoideus) 

juft, 


qalqonsimon tog‘ay plastinkasi ichki yuzasidan boshlanadi.  Uning tolalari 

orqaga biroz yuqoriga yo‘nalib cho'michsimon tog'ayning mushak o'simtasiga 

birikadi.  O'ng va chap mushaklar qisqarganida mushak o ‘simtasini oldinga 

tortadi va ovoz o'simtalari bir-biriga yaqinlashib,  ovoz tirqishining oldingi 

qismi torayadi.

3. Cho'michsimon tog'aylar orasidagi ko'ndalang mushak 



(m. arytenoideus 

transversus) 

toq, o'ng va chap cho'michsimon tog'aylaming orqa tomonida 

ko'ndalangiga tortilgan.  Qisqarganida cho'michsimon tog'aylami bir-biriga 

yaqinlashtiradi va ovoz tirqishining orqa qismi torayadi.

4.  Cho'michsimon tog'aylar orasidagi qiyshiq mushak 

(m.  arytenoideus 

obliquus) 

juft, bitta cho'michsimon tog'ayning mushak o'simtasidan medial 

va yuqoriga yo'nalib,  ko'ndalang cho'michsimon mushak orqasida qarama- 

qarshi  mushak tolalari bilan  kesishib,  ikkinchi tog'ayning lateral  chekkasiga 

birikadi. Bu mushakning bir qism tolalari hiqildoq usti tog'ayi lateral chekkasiga 

birikib  cho'michsimon-hiqildoq  usti  mushagini 



(m.  aryepiglotticus) 

hosil 


qiladi.  Cho'michsimon  tog'aylar  orasidagi  qiyshiq  mushak  qisqarganida 

cho'michsimon tog'aylami bir-biriga yaqinlashtiradi. Cho'michsimon-hiqildoq 

usti  mushagi  bilan  birgalikda  hiqildoqqa  kirish  teshigini  toraytiradi. 

Cho'michsimon-hiqildoq usti mushagi hiqildoq usti tog'ayini orqaga tortib, 

hiqildoqqa kirish teshigini yopadi.

III. Ovoz boylamining tarangligini o'zgartiruvchi mushaklar:

1. Uzuksimon-qalqonsimon mushak (m. cricothyroideus) juft, uzuksimon 

tog'ay  ravog'ining  old  yuzasidan  boshlanib,  yuqoriga  va  lateral  yo'nalib 

qalqonsimon tog'ayning pastki chekkasi va pastki shoxiga birikadi. Qisqarganida 

qalqonsimon  tog'ay  oldinga  engashadi.  Qalqonsimon  va  cho'michsimon 

tog'aylar orasidagi masofa uzayib ovoz boylamlari taranglashadi.

2.  Ovoz mushagi 



(m. vocalis) 

juft, ovoz burmasi ichida yotadi. Qalqonsimon 

tog'ay burchagi pastki qismining ichki yuzasidan boshlanib, orqaga yo'naladi 

va cho'michsimon tog'ay tovush o'simtasiga birikadi. Bu mushak ovoz boylamiga 

tegib turadi va uning tolalari ovoz boylamiga chatishib ketadi.  Qisqarganida 

ovoz boylami taranglashadi.

Hiqildoq  bo'shlig'i 

(cavitas  laryngis) 

shakl jihatidan  (75-rasm)  qum 

soatga o'xshab, o'rta qismi toraygan, yuqori va pastki qismi kengaygan bo'ladi. 

Unda uch: hiqildoq dahlizi, qorinchalararo qism va ovoz burmasi osti bo'shlig'i 

tafovut qilinadi.  Havo halqumdan hiqildoqqa kirish teshigi orqali hiqildoqqa 

kiradi.  Hiqildoqqa  kirish teshigi 



(aditus  laryngis) 

old  tom ondan  hiqildoq 

usti tog'ayi bilan,  orqadan  cho'michsimon  tog'ay uchlari,  yon  tom ondan 

esa  cho'michsimon-hiqildoq  usti  burmalari 



(plicae  aryepiglotticae) 

bilan 


chegaralangan.

Hiqildoq  bo'shlig'ining  yuqori  kengaygan  qismi  hiqildoq  dahlizi 



(vesdbulum laryngis)  deb ataladi.  U  hiqildoqqa kirishdan boshlanib,  dahliz 

burmasigacha davom etadi.  Dahliz burmasi (plicae vestibulares) hiqildoqning 

yon devorida joylashgan bo'lib, uning o'rtasida dahliz tirqishi (rima vestibuli)


75-rasm.  Hiqildoq  bo'shlig'ining  frontal  kesmasi.  1-epiglottis;  2-os  hyoideum;  3-m em- 

brana thyrohioidea; 4-plica aryepiglottica;  5-plica vestibularis;  6-ventriculus laryngis;  7-plica 

vocalis;  8-m.  thyroarytenoideus;  9-conus  elasticus;  10-cartilago  cricoidea;  11-m.  cricothy- 

roideus;  12-m.cricoarytenoideus  lateralis;  13-m.  vocalis;  14-rima  glottides;  15-m.  aryepig- 

lotticus;  16-tuberculum  epiglotticum.

joylashgan. Dahlizning old devorini shilliq parda 

bilan  qoplangan  hiqildoq  usti  tog'ayi,  orqa 

devorini cho'michsimon tog'aylar hosil qiladi.

Hiqildoqning o'rta toraygan qorinchalararo 

qismi  murakkab  tuzilgan.  Uni  yuqoridan  va 

pastdan hiqildoqning yon devorida joylashgan 

shilliq  pardadan  hosil  bo'lgan  juft  burmalar 

chegaralab  turadi.  Yuqori  burmalar  o'rtasida 

nisbatan  keng  dahliz  tirqishi,  pastki  ovoz 

burmasi 

(plica  vocales) 

kuchli  rivojlangan 

bo'lib, ichida ovoz mushagi va boylami bor. O'ng 

va chap ovoz burmalari o'rtasida hiqildoqning 

eng tor joyi  ovoz tirqishi 

(rima  glottidis  yoki 

rima vocalis) 

joylashgan. Unda ikki: oldingi ovoz 

boylamlari  o'rtasidagi katta pardalararo qismi 

(pars inteimbranacea) 

va cho'michsimon tog'ay 

asosi o'rtasidagi kichik tog'ayaro qismi 

(pars intercartOaginea) 

tafovut qilinadi. 

Ovoz tirqishining uzunligi erkaklarda 20—24 mm, ayollarda 16—19 mm. Uning 

pardaaro qismi erkaklarda 15 mm, ayollarda 12 mm. Ovoz tirqishining kengligi 

tinch nafas olganda 5 mm, tovush hosil bo'lganida 15 mm bo'ladi. Hiqildoqning 

yon devorida dahliz burmasi bilan ovoz burmasi o'rtasida botiqlik,  hiqildoq 

qorinchalari 

(ventriculus  laryngis) 

bor.


H iqildoqning  pastki  ovoz  tirqishi  osti  b o 'sh lig 'i  qism i 

(cavitas 

infraglottica) 

sekin-asta kengayib, kekirdakka o'tib ketadi.

H iqildoqning  shilliq  pardasi  ko'p  qatorli  silindrik  epiteliy  bilan 

qoplangan,  pushti  rangda  bo'lib,  dahliz  burmasi  va  qorinchalar  sohasida 

shilliq  bezlari  ko'p  bo'ladi.  Ulaming  suyuqligi  ovoz  burmalarini  namlab 

turadi.  Ovoz  burmasi  sohasidagi  shilliq  parda  oqish  kulrang  rangi  bilan 

ajralib  turadi.  Ovoz  burmasining  shilliq  pardasi  ovoz  boylami va  mushak 

bilan  pishiq  birikkan  bo'lib,  bezlari  yo'q.

Hiqildoqning shilliq pardasi ostida elastik parda bo'lib, yuqori qismida 

to'rtburchakli pardani, pastida esa elastik konusni hosil qiladi. T o'rt burchakli 

parda 

(membrana  quadrangularis) 

fibroz-elastik  qatlamdan  iborat  bo'lib, 

old tomondan qalqonsimon tog'ay, yuqoridan hiqildoq usti tog'ayi, orqadan 

cho'michsimon tog'ay o'rtasida tortilgan. Uning pastki chekkasi dahliz boylami 

asosini hosil qiladi. Hiqildoqning elastik konusi 

(conus elasticus) 

juft trapetsiya 

shaklidagi qatlam bo'lib,  old tomondan qalqonsimon, pastdan uzuksimon, 

orqadan cho'michsimon tog'aylarga birikadi. Uning qalqonsimon tog'ay bilan 

cho'michsim on tog'ayning tovush  o'simtasi  o'rtasida tortilib  qalinlashgan 

qismining  yuqori  chekkasi  ovoz boylamini hosil qiladi.



Rentgenoanatomiyasi. Hiqildoq faqat yon proyektsiyadagi rentgenogrammada 

ko'rinadi,  chunki  to'g'ri  proyektsiyada  unga  umurtqa  pog'onasining  soyasi 

qavatlanadi.  Hiqildoq  dahlizi  bilan  uning  bo'shlig'i  chegarasida  gorizontal 

joylashgan yoriqsimon yorug'lik—hiqildoq  qorinchalari joylashgan.  Hiqildoq 

tog'aylari ular ohaklanganidan so'ng  (15—18 yoshda)  ko'rinadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq hiqildog'i nisbatan katta bo'lib, quyg'ich shaklda, 

keng asosi yuqoriga qaragan bo'ladi. Qalqonsimon tog'ay plastinkalari o'tmas 

burchak hosil  qilgani  uchun frontal o'lchami  sagittal o'lchamidan  katta.  U 

nisbatan  yuqori  II—IV  bo'yin  umurtqalari  sohasida  joylashgan.  Hiqildoq 

tog'aylari yupqa, nozik va egiluvchan. Qalqonsimon tog'ayning ustki o'ymasi 

keng  va  yuza,  ustki  shoxsimon  osimtasi  qisqa  bo'ladi.  Uzuksimon  tog'ay 

plastinkasi  keng  va  past,  yoyi  tor  bo'ladi.  Cho'michsimon  tog'ay  yaxshi 

rivojlanmagan.  Hiqildoq usti tog'ayi yangi tug'ilgan chaqaloqda kalta va juda 

yuqori joylashgan bo'lib, til chekkasiga tegib turadi va 2 yoshgacha tamovsimon 

shaklga ega bo'ladi.  Hiqildoq va hiqildoq usti tog'ayining yuqori turishi bola 

emayotgan vaqtda bemalol nafas olishini ta’minlaydi.  Ovoz yorig'i uzunligi 

6,5 mm, tor bo'lib, ovoz boylamlari qisqa (kattalamiki uzunligini  1/3 qismini 

tashkil qiladi) va yassi bo'lgani uchun bolalarning ovozi baland bo'ladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda hiqildoq dahlizi qisqa,  ovoz boylami yuqori 

joylashgan, ovoz mushagi yaxshi rivojlanmagan bo'ladi. Shilliq pardasi nozik, 

qon  va  limfa  tomirlarga  boy,  harakatchan.  Shuning  uchun  hiqildoq  shilliq 

pardasi yallig'langan vaqtda yoki yot moddalar bilan qitiqlanganida u shishib, 

hiqildoq  bo'shlig'i  torayadi,  nafas  olish  qiyinlashadi.  Hiqildoqning  elastik 

konusi  tor va  qisqa,  uning balandligi yangi  tug'ilgan  chaqaloqda  9-10  mm 

bo'ladi.  Hiqildoq bola hayotining birinchi to 'rt yilida tez o'sadi.  Bu davrda 

hiqildoq tog'aylari asta-sekin qalinlashib o'zgarishga uchraydi.  10—12 yoshda 

qalqonsimon tog'ay burchagi o'g'il bolalarda tez kamayadi, qizlarda esa aytarli 

o'zgarmaydi.  Buning  natijasida o'g'il bolalar  qalqonsimon  tog'ayi burchagi 

oldinga turtib turadi. Hiqildoqning sagittal o'lchami kattalashib, ovoz boylamlari 

uzayadi. Buning natijasida ovoz pasayadi. Hiqildoq o'sgan sari u bilan til osti 

suyagi o'rtasidagi masofa va til osti-qalqonsimon parda ham uzayadi. 7 yoshda til 

osti-qalqonsimon pardaning tuzilishi butunlay tugallanib, uning markaziy va 

chekka  qismlarida  boylamlar  hosil  bo'ladi.  Bu  davrda  hiqildoqning yuqori 

chegarasi IV, pastki chegarasi esa VI bo'yin umurtqalari sohasida bo'ladi. Dahliz 

va ovoz boylamlari qalinlashadi.  Ular ichida mushak tolalari vujudga keladi. 

Ovoz mushagi kattalashib,  ovoz burmasi ichiga kiradi.  Hiqildoq mushaklari 

rivojlanib  bo'ladi.  7  yoshdan  keyin  hiqildoq  tez  o'sib,  o'smirlik  davrida 

kattalamikiga o'xshash holatni egallaydi.



Traxeya

Traxeya 


(trachea) 

havo o'tkazuvchi naysimon a’zo. U VI bo'yin umurtqasi 

sohasida boshlanib, V ko'krak umurtqasi sohasida traxeya ayrisini 

(bifurcatio 

tracheae) 

hosil qilib ikkita bosh bronxga bo'linadi. Traxeyaning uzunligi 9—



11  sm,  kengligi  15—18  mm  bo'lib,  oldindan  orqaga  qarab  biroz  siqilgan 

bo'lgani uchun,  ko'ndalang  o'lchami  oldingi  orqa  o'lchamidan  1—2  mm 

katta. Traxeyada bo'yin va ko'krak qismlari tafovut qilinadi.

Traxeyaning bo'yin qismi 



(pars cervicalis) 

VII bo'yin umurtqasi sohasida 

joylashib, uning old tomonida yuqori to'rtta tog'ay halqasi sohasida qalqonsimon 

bezning bo'yni turadi.  Traxeyaning old tomonida to'sh-qalqonsimon, to'sh- 

til osti mushaklari va ulami o'ragan bo'yin fassiyasi, orqa tomonida qizilo'ngach, 

yon tomonida esa bo'yinning tomirli — nervli dastasi yotadi.

Traxeyaning  ko'krak  qismi 

(pars  thoracica) 

orqasida  qizilo'ngach, 

oldida  aorta  ravog'i,  yelka-bosh poyasi,  chap yelka-bosh venasi  va timus, 

o'ng va chap tomonlarida mediastinal plevra joylashadi.

Traxeyaning  asosi  o'zaro  halqasimon  boylamlar 

(ligg.  anullaria) 

vositasida birikkan 16—20 ta yarim halqasimon gialin tog'aydan 



(cartilagines 

trachealis) 

iborat  bo'lib,  ular  traxeya  aylanasining  uchdan  ikki  qismini 

egallaydi.  Ulami orqa tomondan aylanma va bo'ylama yo'nalishdagi silliq 

mushak  tolalaridan  tashkil  topgan  parda  devor 



(paries  membranaceus) 

biriktirib turadi.

Traxeya devorini ichki tomondan kiprikli epiteliyli shilliq parda(tonica 

mucosa) 

qoplagan  bo'lib,  unda shilliq bezlari  va  limfoid  tugunchalar bor. 

Uning ostidagi shilliq osti asosda 

(tela submucosa) 

traxeya bezlari joylashgan. 

Traxeyani tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimali parda 

(tunica adventitia) 

o'rab turadi.

Rentgenogrammada traxeya aniq krinishga ega bo'ladi. U IV -V  ko'krak 

umurtqalari sohasida o'ng va chap bosh bronxga bo'linadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloq traxeyasi III—IV bo'yin umurtqalari sohasida 

boshlanib, II—III ko'krak umurtqalari sohasida bosh bronxlaiga bo'linadi. U 

quyg'ich  yoki  duk  shaklida  bo'lib,  uzunligi  3,2—4,5  sm,  kengligi  yuqori 

qismida  10  mm,  o'rta qismida  8  mm bo'ladi.  Uning parda qismi nisbatan 

keng, tog'aylari yupqa, yumshoq, bukiluvchan.  Shilliq pardasi yupqa, nozik, 

bez va  mushak  elementlari yaxshi  takomillashmagan,  qon tomirlarga boy 

bo'ladi. Traxeya bola hayotining birinchi 6 oyida va balog'at davrida tez o'sadi. 

Uning  yuqori  chegarasi  ikki  yoshda  IV—V,  5—6  yoshda  V-VI,  o'smirlik 

davrida esa VI bo'yin umurtqalari sohasida joylashadi.

Traxeyaning o'sishi halqasimon boylamlaming uzayishi hisobiga bo'ladi. 

Uning uzunligi  10—12 yoshda ikki marta uzayib 9 sm bo'lsa, 20—25 yoshlarda 

uch marta uzayadi.



Bosh bronx

Bosh bronxlar 



(brobchi principales) 

traxeyadan V ko'krak umurtqasining 

yuqori chekkasida boshlanib, o'pka darvozasiga tomon yo'naladi. O'ng bosh 

bronx qisqa va keng, vertikal yo'nalgan bo'lib, traxeyaning bevosita davomidir. 

Uning uzunligi 3 sm bo'lib, 6—8 yarimhalqasimon tog'aydan tuzilgan. Chap 

bosh  bronx  ingichka  va  uzunligi  4—5  sm  bo'lib,  9—12  yarimhalqasimon



tog'aydan iborat. Bosh bronxlaming orqasida parda devori bo'lib, ich tomondan 

shilliq, tashqarisidan adventitsial parda bilan qoplangan.

Yangi  tug'ilgan chaqaloqda o'ng bosh bronx 26°,  chap bosh bronx esa 

49° burchak hosil qilib chiqadi. O'ng bosh bronxning uzunligi o'rta hisobda 

1,17 sm, chapiniki  1,2 sm.  Bosh bronxlar bola hayotining birinchi yilida va 

balog'at davrida tez o ’sib,  ulaming uzunligi 2 marta oshadi.  20 yoshda ular 

3,5—4 marta kattalashadi.

O'pka darvozasida o'ng bosh bronx uchta, chapi esa ikki bo'lak bronxga 

bo'linadi.  O'ng o'pkaning yuqori bo'lak bronxi arteriyaning ustida yotadi va 

epiarterial bronx deb ataladi.  Uning boshqa bo'lak bronxlari va chap o'pka 

bo'lak bronxlari arteriyaning ostida yotadi.

Bo'lak bronxlari 



(bronchi lobares) 

o'pka darvozasiga kirib, o'z navbatida, 

segmentar bronxlarga 

(bronchi segmentates) 

bo'linadi.  O 'ng yuqori bo'lak 

bronxi 

(bronchus lobaris superior dexter) 

cho'qqi, orqa va oldingi segmentar 

bronxlarga, o'ng o'rta bo'lak bronxi 

(bronchus lobaris medius dexter) 

lateral 


va medial segmentar bronxlaiga bo'linadi. O'ng pastki bo'lak bronxi 

(bronchus 

lobaris inferior dexter) 

cho'qqi, medial bazal, oldingi bazal, lateral bazal va 

orqa bazal segmentar broxlaiga bo'linadi. Chap yuqori bo'lak bronxi 

(bronchus 

lobaris  superior  sinister) 

orqa-cho'qqi,  oldingi,  yuqorigi  tilcha  va  pastki 

tilcha  segmentar  bronxlarga,  chap  pastki  bo'lak bronxi 

(bronchus  lobaris 

inferior sinister) 

cho'qqi,  medial bazal,  oldingi bazal,  lateral bazal va orqa 

bazal  segmentar  bronxlarga  bo'linadi.  Segmentar  bronxlar 

(bronchus 

segmentales) 

o'z navbatida 9—10 martagacha dixotomik bo'linadi va diametri 

1  mm bo'lgan bo'lakcha bronxi 

(bronchus lobularis) 

hosil bo'ladi. Bu bronx 

bo'lakcha ichida  18—20 oxiigi bronxiolalarga 

(bronchioli tenninalis) 

bo'linadi. 

Ulaming  miqdori  ikkala  o'pkada  20.000  ga  yaqin  bo'lib,  devorida  tog'ay 

bo'lmaydi.  Har bir oxirgi bronxiola dixotomik bo'linib, nafas bronxiolasini 



(bronchioli  respiratorii) 

hosil  qiladi.  Ulardan  alveola  naylari 



(ductuli 

alveolaris) 

chiqib,  alveola  qopchalari 



(sacculi  alveolares) 

bo'lib  tugaydi. 

Alveola qopchalari o'pka alveolalaridan 

(alveoli 

pulmonis) 

iborat. Turli o'lchamdagi bronxlar 

havo  o'tkazuvchi  bronx  daraxtini 

(arbor 

bronchiais) 

hosil  qiladi.  Nafas  bronxiolasi 

alveola naylari, alveola qopchalari va alveolalar 

alveola  daraxtini  yoki 



atsinusni 

(76-rasm) 

hosil  qiladi.

O'pka bilan qon o'rtasida gaz almashinuvi 

ro'y beradigan 

atsinus 

o'pkaning vazifaviy- 

tarkibiy  birligi  hisoblanadi.  Bitta  o'pkada 

15000  atsinus  bo'lib,  alveolalar  soni  300—

500 mln ga yetadi. 

7 6 -ra sm .  A tsinus  ch izm a si.

R e n tg e n o a n a to m iy a s i. 

B ro n x la rn i 

l-broncWoia terminate; 2-bronchi- 

o'rganish uchun ulami kateter orqali kontrast  f  

m odda—yodlipol  bilan  to  latiladi.  U nda 

puimones.



bronxlaming bo'lak, segmentar va undan mayda shoxlaiga bo'linishini kuzatish 

mumkin. O'ng bosh bronx kekirdakning bevosita davomi bo'lib, qisqa (uzunligi 

2—2,5),  amm o  keng.U  20-25° burchak hosil  qilib boshlanadi.  Chap  bosh 

bronx-ning  uzunligi  4—5  sm  bo'lib,  kekirdakdan  20—54°  burchak  hosil 

qilib boshlanadi. Bronx daraxti yangi tug'ilgan chaqaloqda hosil bo'lgan bo'lib, 

bola hayotining birinchi yilida bo'lak bronxlari 2 marta kattalashadi.Yangi 

tug'ilgan va emizikli bolalarda bronx daraxtining segmentar va subsegmentar 

bronxlarga blinishi va ynalishi kattalamikiga o'xshaydi.

Bola hayotining dastlabki oylarida, ayniqsa, 3-4 yoshlarda tog'ayli bronxlar 

devori  shilliq  pardasida  elastik  tolalar va  shilliq  bezlar,  qon  hamda  limfa 

tomirlari,  nervlar  ko'payadi.  Balog'at  davrida  bronx  daraxtining  o'sishi 

tezlashib, ular 3,5-4 marta kattalashadi. O'smirlik davrida bronxlaming uzayishi 

bilan ular devoridagi tog'ay yupqalashadi, mushak va elastik to'qim a ko'pa­

yadi, tashqi adventitsial qavati qalinlashadi.



Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin