Modulidan o’quv-metodik majmua


Nima uchun baholash kerak?



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

Nima uchun baholash kerak? 
-
O‘quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun; Keyingi bosqichga 
o‘tishdan oldin avvalgi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun; Natijaga 
erishilganligini tasdiqlash uchun; Tinglovchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun; 
YUtuq va kamchiliklarni aniqlash uchun; O‘qituvchi o‘z faoliyatiga tuzatishlar 
kiritishi uchun; YAlpi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun; Ta’lim jarayoni 
yutuqlarini aniqlash uchun; Tinglovchilarni yutuqlariga qiziqtiirish uchun; 
-
Tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-
onalarga ma’lumot berish uchun. 
Nimani baholash kerak? 
-
nazariy bilimlarni; amaliy ko‘nikma va malakalarni; xulq-atvor va shaxsiy 
fazilatlarni 
Qachon baholash kerak? 
-
Ta’lim jarayoni boshida (boshlang‘ich baholash); 
-
Ta’lim jarayoni davomida (joriy baholash); 
-
Ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash). 
Baholashning asosiy xususiyatlari: 
-
Ta’lim maqsadiga yo‘nalganlik; Muntazam o‘tkazib borish; Pedagogik, 
psixologik va xuquqiy tamoyillarga asoslanganlik; Umumiy qabul qilingan natija 
standartlariga asoslanganlik. 
YUqorida ta’kidlanganidek, nazariy bilimlar baholanayotganida kognitiv o‘quv 
maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko‘nikma va malakalar 
baholanayotganida 
psixomotorik, 
xulq-atvor 
va 
shaxsiy 
fazilatlar 


146 
baholanayotganida esa –affektiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari 
aniqlanadi.
4 - ilova 
Baholash mezonlari 
 
“Texnologiya fanini o`qitish metodikasi” fani bo‘yicha o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezon asosida baholanadi. 
a) 86-100 ball uchun tinglovchining bilim darajasi quyidagilarga javob berishi 
lozim: 
- texnologiya fani mazmunining ishlab-chiqarish bilan bog‘liqligini bilish shaxsiy 
xulosa va qarorlar qabul qilish, kasb ta’limida o‘qitish shakllari, metodlari va 
tamoyillarini yaxshi o‘zlashtirish va ularni amaliyotga tadbiq etishi, mehnat va 
ishlab chiqarish faoliyatida uzluksizlikni ta’minlash to‘g‘risida tasavvurga ega 
bo‘lishi, kasb ta’limida rejalashtiruvchi hujjatlarni o‘zlashtirishi va taxlil qila 
olishi, mehnat qurollarini qo‘llashi va uning mohiyatini tushuntirib berishi, texnika 
xavfsizlik qoidalarini bilishi va aytib berishi kasb ta’limida darslarni yangi 
pedagogik texnologiyalar asosida olib borishi va o‘quvchilarni to‘g‘ri baholashi, 
darslarni taxlil qilishi, darslarni tashkil qilish va o‘tkazish ko‘nikmalariga ega 
bo‘lishi lozim. 
b) 71-85 ball uchun tinglovchining bilim darajasi quyidagilarga javob berishi 
lozim: 
- texnologiya fani mazmunining ishlab-chiqarish bilan bog‘liqligini bilishi va 
mustaqil mushoxada yurita olishi, kasb ta’limida o‘qitish shakllari, metodlari va 
tamoyillarini yaxshi o‘zlashtirishi olgan bilimlarni amalda qo‘llay olishi, mehnat 
faoliyatida uzluksizlikni ta’minlash to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi, kasb 
ta’limida rejalashtiruvchi hujjatlarni o‘zlashtirishi va moxiyatini tushunishi, 
mehnat qurollarini qo‘llashi va uning mohiyatini tushuntirib berishi, texnika 
xavfsizlik qoidalarini bilishi va aytib berishi kasb ta’limida darslarni olib borishi va 
o‘quvchilarni to‘g‘ri baholashi, darslarni taxlil qilishi, darslarni tashkil qilish va 
o‘tkaza olishi. 
v) 56-71% ball uchun tinglovchining bilim darajasi quyidagilarga javob 
berishi lozim: 
- kasb ta’limi mazmunining ishlab-chiqarish bilan bog‘liqligining moxiyatini 
tushunishi, kasb ta’limida o‘qitish shakllari, metodlari va tamoyillarini bilishi va 
aytib bera olishi, mehnat faoliyatida uzluksizlikni ta’minlash to‘g‘risida tasavvurga 
ega bo‘lishi, kasb ta’limida rejalashtiruvchi hujjatlarni farqlay olishi va moxiyatini 
tushunishi, mehnat qurollarini qo‘llashini bilishi, texnika xavfsizlik qoidalariga 
rioya qilishi, darslarni taxlil qilishi, darslarni tashkil qilish va o‘tkaza olishi. 


147 
g) 0-55 ballgacha tinglovchining bilimi quyidagi hollarda baholanishi 
mumkin:
- texnologiya fani mazmuni haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmasligi, kasb ta’limida 
o‘qitish shakllari, metodlari va tamoyillarini bilmasligi, mehnat faoliyatida 
uzluksizlikni ta’minlash to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmasligi, kasb ta’limida 
rejalashtiruvchi hujjatlarni farqlay olmasligi, mehnat qurollarini qo‘llay olmasligi, 
texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasligi, darslarni tashkil qila olmasligi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin