Baholash tizimlari. Oxirgi paytlarda Respublikamiz ta’lim muassasalarida quyidagi ikkita
baholash tizimi qo‘llanilib kelinmoqda.
1.
Baholashning besh ballik tizimi. Baholashning reyting tizimi.
Baholashning besh ballik tizimida baholashga quyidagi didaktik talablar
qo‘yiladi:
Tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo‘lishi shart. Bu
talabga
rioya
etilmasa,
o‘quvchilarning o‘qishga nisbatan munosabati
yomonlashadi, bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. Ta’lim oluvchilar darsga
har kuni tayyorlanib borishlari kerak. ta’lim beruvchining doimiy ravishda nazorat
qilib turishi shunga majbur etadi.
Bilimlarni baholash individual xarakterga egadir. Har bir o‘quuvchi
uning bilimlari, ko‘nikma va malaka baholanayotganini tushunishi kerak.
Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik. Ta’lim ouvchilarning bilimlari,
malaka va ko‘nikmalari davlat o‘quv dasturlarining bajarilishi nuqtai nazaridan
tekshiriladi va baholanadi.
5 – ilova Nima uchun baholash kerak?
O‘quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun;
keyingi bosqichga o‘tishdan oldin avvalgi o‘zlashtirish darajasini
aniqlash uchun;
natijaga erishganligini tasdiqlash uchun;
o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun;
yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;
o‘qituvchi o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;
yalpi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;
o‘quvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun;
tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va
ota-onalarga ma’lumot berish uchun.
Nimani baholash kerak?
Nazariy bilimlarni;
amaliy ko‘nikma va malakalarni;