Modulidan o’quv-metodik majmua



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

 Baholash tamoyillari. 
Quyidagi beshta asosiy tamoyillar baholash tizimi samaradorligining 
poydevori hisoblanadi. 
O‘quv maqsadlariga asoslanganlik; Haqiqiylik; Ishonchlilik; Qulaylik 
1.
O‘quv maqsadlariga asoslanganlik. Samarali baholashning asosiy tamoyili 
o‘quv maqsadlariga asoslanganlik hisoblanadi. Baholashning sifati o‘quv 
maqsadlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. O‘quv maqsadlari baholash mazmunini 
aniqlab beradi. O‘quv maqsadlarining qo‘yilish darajasiga qarab, baholashning 
shakli va usullari tanlanadi. SHuningdek, o‘quv maqsadlariga erishish uchun 
bajarilgan faoliyat natijasi, baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga 
ega. 
2.
Haqiqiylik. O‘quv maqsadida ko‘zda tutilgan natijanigina baholashga 
qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi ozim bo‘lgan 
bilim va ko‘nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo‘lishi lozim. 
3.
Haqqoniylik (obektivlilik). Bir-biridan mustaqil ta’lim beruvchilar bir xil 
ta’lim oluvchilarga berilgan bir xil topshiriq va testlar bo‘yicha bir xil baho bergan 
holdagina mazkur topshiriq va test haqiqiy hisoblanadi. Bu haqqoniylik har xil 
vaqtlarda berilgan baholar uchun taalluqlidir. 
4.
Ishonchlilik. Natijalarni baholash mobaynida har xil usulardan 
foydalanish mumkin. Lekin bu usullarni tanlashga qo‘yiladigan asosiy shart 
ishonchlilik hisoblanadi. Uslub ishonchli bo‘lishi uchun baholash asosli va aniq 
ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi zarur. Bunda topshiriq yoki testning o‘rganish 


138 
maqsadlarini nazorat qilishga yo‘naltirilganligini qanchalik ishonchliekanliligi 
nazarda tutiladi. 
5.
Qulaylik. Baholash tizimi o‘quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda o‘quv 
va ishlab chiqarish standartlariga mosbo‘lishi, murakkab bo‘lmasligi, nazorat 
o‘tkazuvchi va ta’lim ouvchi uchun qulay bo‘lishi lozim. Baholashni o‘tkazishda 
imkon qadar kompyuterlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin