Modulidan o’quv-metodik majmua



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

 Baholash turlari.
Baholash o‘tkazilish vaqtiga ko‘ra uch turga ajratiladi: 

Boshlang‘ich baholash 

Joriy, ya’ni shakllantiruvchi baholash 

YAkuniy, ya’ni umumlashtiruvchi baholash 
Boshlang‘ich baholash — ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchilarning 
dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Bunday 
baholash natijalari ta’lim jarayonining mazmuni, usullari va shakllarini tanlash 
imkonini beradi. 
Joriy (shakllantiruvchi) baholash muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. U 
ta’lim jarayonidagi yutuq va kamchiliklarni, ta’lim jarayoni samarasini tezkor 
aniqlab borish, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish va ta’lim beruvchi va ta’lim 
oluvchi o‘rtasidagi qaytar aloqani ta’minlash imkonini beradi. 
YAkuniy (umumlashtiruvchi) baholash - ta’lim oluvchining ta’lim 


137 
jarayonining ma’lum davridagi o‘zlashtirish natijalarini belgilangan mezon va 
standartlarga javob berishini aniqlaydi. YAkuniy baholash ta’lim jarayonining 
ma’lum bosqichi yakunida o‘tkaziladi. U joriy baholash natijalarini jamlaydi. 
Umumlashtiruvchi baholashni o‘tkazishda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
Ta’lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun o‘tkazilishi 
haqida ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Bu uni baholashga tayyorgarlik 
ko‘rishga olib keladi. 
Baholashni 
o‘tkazish 
shartlari 
unga 
jiddiy 
yondashishiga, 
diqqatni chalg‘itadigan yoki tasodifiy uzilishlardan o‘zini chetga olishga 
hamda 
ta’lim oluvchini o‘z qobiliyatini namoyish qilishiga imkon 
beradi. Baholash o‘tkazish sharoitida o‘quvchi o‘zini erkin tutishi va 
noxushlik his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak. Baholovchi va ta’lim oluvchi 
baholash 
nima 
berishi, 

qachon, 
kim 
tomonidan va qanday o‘tkazilishini bilishlari muhim ahamiyatga egadir. Qo‘yilgan 
baho 
o‘quv 
natijasini 
tushunish 
va 
uni 
mujassamlashtirish uchun ahamiyatlidir. Ta’lim oluvchi oldindan belgilangan 
natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin