Modulidan o’quv-metodik majmua


Baholashning asosiy xususiyatlari



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

Baholashning asosiy xususiyatlari: 

Ta’lim maqsadiga yo‘nalganlik; 

Muntazam o‘tkazib borish; 

Pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik; 

Umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik. 
YUqorida ta’kidlanganidek, nazariy bilimlar baholanayotganda kognitiv 
o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko‘nikma va 
malakalar baholanayotganida psixomotorik, xulq - atvor va shaxsiy fazilatlar 
baholanayotganida esa — effektiv o‘quv maqsadlariga erishganlik darajalari 
aniqlanadi. 
 


136 
4 - ilova 
 Baholashda e’tiborga olinadigan omillar. 
Baholash mezonlari.
Har qanday baholash natijalari o‘zaro taqqoslanishi, 
ya’ni o‘lchanishi lozim bo‘ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin yoki keyin 
ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari 
o‘quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko‘rsatkichdir. Bu 
ko‘rsatkichlar sonlar («besh», «to‘rt», «uch» va hokazo) so‘zlar («a’lo», «yaxshi», 
«qoniqarli» va hokazo) yordamida tavsiflanishi mumkin. Boshqacha qilib 
aytadigan bo‘lsak, baholash mezonlari ta’lim oluvchining qaysi o‘zlashtirish 
darajasini namoyish qilishiga qarab mos qo‘yiladigan baho ko‘rsatkichining 
tavsifidan iborat. 
 Baholash shakllari.
Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil 
shaklda o‘tkazilishi mumkin: 
1. Mezonga asoslangan baholash; 2. Me’yorga asoslangan baholash. 
Mezonga asoslangan baholash — baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga 
kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv 
maqsadlari asosida ishlab chiqilgan xamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga 
ko‘ra taqqoslash va o‘lchashdan iborat bo‘lgan baholash shaklidir. Bunday 
baholash mezonlarni aniq belgilab beruvchi o‘rganish maqsadlari bo‘yicha 
natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq 
farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi 
bosqichda baholanuvchining erishgan natijalarini aniqlanadi, ikkinchi bosqichda 
esa, natijalar mezonlarga taqqoslanadi va o‘lchanadi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin