Modulidan o’quv-metodik majmua


Baholash va uning ahamiyati



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

Baholash va uning ahamiyati.
Ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv 
materiallari o‘zlashtirilganligini, ko‘nikma va malakalar hosil bo‘lganligini 


135 
tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu 
faqat o‘qitish natijalarini nazorat qilish emas, balki o‘quv jarayonining turli 
bosqichlarida ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish hamdir. 
Baholash 
– ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga 
erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash, 
natijalarni aniqlash va tahlil qilishda iborat jarayondar. 
YUqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib, baholashning mohiyati haqida 
quyidagi xulosalarni aytish mumkin: 
Nima uchun baholash kerak? 

O‘quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun; 

keyingi bosqichga o‘tishdan oldin avvalgi o‘zlashtirish darajasini 
aniqlash uchun; 

natijaga erishganligini tasdiqlash uchun; 

o‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun; 

yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun; 

o‘qituvchi o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun; 

yalpi o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun; 

ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun; 

o‘quvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun; 

tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-
onalarga ma’lumot berish uchun. 
Nimani baholash kerak? 

Nazariy bilimlarni; 

amaliy ko‘nikma va malakalarni; 

xulq — atvor va shaxsiy fazilatlarni. 
Qachon baholash kerak? 

Ta’lim jarayoni boshida (boshlang‘ich baholash); 

Ta’lim jarayoni davomida (joriy baholash); 

Ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash). 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin