Modulidan o’quv-metodik majmua



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

1. Ishlash aniqligi.
Aniqlik – har qanday mahsulotni, shu jumladan, 
tikuvchilik sanoati mahsulotlarini tayyorlashga qo‘yiladigan talabdir. 
2. Vaqt me’yori. 
Me’yorlash xususida mehnat topshirig‘ini bajarishni vaqt 
bo‘yicha chegaralash o‘quvchilar mehnat operasiyalarini bajarish usullarini 
egallab olganlaridan keyin amalga oshirilishi kerak. Bunda o‘quvchilar bir yo‘la 
ham ishning sifatli bajarilishini kuzatishni, ham uni ma’lum muddatda bajarishga 
intilishni uddalay olmasligi va ta’limning birinchi bosqichida vaqt me’yori 
kiritilsa, miqdor ko‘rsatkichlari sifat hisobiga ortishidan kelib chiqadi. 
3.
O‘quvchilarning bilimlari. 
O‘quvchilarning amaliy ishlari ularning 
bilimlariga asoslanib tashkil qilinadi. SHu sababli ularning faoliyatini baholashda 
o‘quvchilar dastur materialini qanday hamda va qanchalik chuqur 
o‘zlashtirganini hisobga olish kerak. 
4.
Mehnat usullarini to‘g‘ri bajarish. 
O‘quvchilar asbobni ushlash, ish 
holatida turish, asbobning ishlov berilayotgan sirtga nisbatan qanday holatga 
tutish haqidagi ko‘rsatmalarni qat’iy bajarishlari kerak. Mehnat usullarini to‘g‘ri 


133 
bajarish ko‘nikmalari o‘qituvchi tomonidan baholanadi. 
5. Ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qilish. 
Ishlab chiqarishda ish o‘rnini to‘g‘ri 
tashkil
 
mehnat unumdorligini oshiradi. O‘quvchilar mehnat madaniyatining 
saviyasi ko‘proq o‘z ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qila olishiga bog‘liqdir. 
6. Mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. 
Agar
 
ishning xavfsizligini 
ta’minlovchi qoidalar buzilsa, jarohatlanish xavfi tug‘iladi. Jihozlar va asboblarni 
ishlatishdagi mehnat usullari va hokazolarni bajarishdagi xavfsizlik qoidalarini 
buzgan o‘quvchilarning bahosini pasaytirish lozim bo‘ladi.
 
Bilimlarni tekshirish va baholashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, 
bunda o‘quv materialining o‘zlashtirilganligi haqida ta’lim beruvchi ham, ta’lim 
oluvchi ham muayyan ma’lumotga ega bo‘ladi. Baholash natijasida, ta’lim 
beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, 
qaysi material yaxshi o‘zlashtirilganu, qaysi biri hali, etarli darajada 
o‘zlashtirilmaganligi yoki umuman o‘zlashtirilmaganligi ma’lum bo‘ladi. Bu 
ta’lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo‘lib 
hisoblanadi. Ta’lim beruvchi o‘z ishining afzalliklariga va kamchiliklariga 
tanqidiy baho beradi. O‘z ish metodlariga tuzatishlar kiritadi. SHuningdek
baholash natijalari ta’lim beruvchining o‘quv dasturiga materilalarni ta’lim 
oluvchilarning bilish imkoniyatlari nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqishi va 
baholashi uchun ham juda muhimdir. 
Baholash natijasida tushuncha va qonun-qoidalarning qaysi birlari qiyin, 
qaysi birlari esa oson o‘zlashtirilishi aniq-ravshan bo‘ladi. Bu ta’lim oluvchining 
ijodiy tarzda darsga tayyorgarlik ko‘rishi va o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ta’lim oluvchiga ham ta’lim 
jarayonida qaysi o‘quv materialini yaxshi, qaysinisini qoniqarli va nimani yomon 
o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ladi. Bilimlarni tekshirmasdan ta’lim oluvchi o‘z 
bilimlarini chuqur, ham tomonlama va tqg‘ri baholashga qodir emas. Ba’zan 
unga go‘yo u o‘quv materialini yaxshi egallab olganday tuyuladi, tekshirish 
chog‘ida esa materialni yaxshi bilmasligi, yaxshi tushunmasligi ma’lum bo‘lib 
qoladi. Baholash natijasida, ta’lim oluvchilarning o‘rganilayotgan materiallarni 
bilish, tushunish, esda saqlab qolish, anglab olish, amalda qo‘llay olish, tahlil 
qilish va o‘z bilimlariga tanqidiy baho berish darajalari aniqlanadi. Ta’lim 
oluvchi o‘z bilimlarining ijobiy tavsifi, kasb-hunar kollejida va uydagi ishining 
uslubini takomillashtirish, bilimlari, malaka va ko‘nikmalaridagi ijobiy 
tomonlarni rivojlantirish, kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va baholashning 
tarbiyaviy ahamiyati shundaki, bunda ta’lim oluvchilarning o‘qishga, o‘z 
yutuqlari va muvaffaqiyatsizliklariga nisbatan munosabati shakllanadi, 
qiyinchiliklarni engish istagi tug‘iladi. Baholash hamisha ta’lim oluvchining 


134 
shaxs sifatida o‘ziga nisbatan muayyan bir munosabatini hosil qiladi. Ta’lim 
beruvchi ta’lim oluvchining o‘ziga nisbatan munosabatini, tuyg‘ularini, uning 
xarakteridagi irodalilik, hamkorlik, o‘zaro bir-biriga yordam berish kabi 
sifatlarini shakllantirishga qaratishi lozim bo‘ladi. 
Ba’zan baholash jarayonida ta’lim oluvchi qo‘shimcha bilim, ko‘nikma va 
malakalarga ham erishadi. Ta’lim jarayonida o‘zlashtirmagan tushunchalarning 
mohiyatiga tushunib etadi. SHu bois, baholashni ta’lim olish jarayonining 
davomi deb ham aytish mumkin. 
Ta’lim oluvchi o‘rtoqlarining, ota-onalarining unga, uning kollejdagi 
yutuqlariga va muvaffaqiyatsizliklariga munosabatiga xech qachon befarq bo‘lib 
qolmaydi. Uning bilimlariga berilgan baholar ushbu munosabatni belgilaydi. 
Mana shuning uchun xam maqtov, ma’qullash, tanbeh berish, yaxshi yoki yomon 
baho qo‘yish ta’lim oluvchi shaxsining fazilatlarini, uning tengdoshlari 
jamoasidagi va katta yoshdagilar orasidagi mavqeini shakllantiradi. Bu ayniqsa, 
o‘smirlar orasida katta ahamiyatga egadir. 
Bilimlarni nazorat qilish va baholash davlat ahamiyatiga egadir. Baholash 
natijalarini umumlashtirib, ta’lim muassasasi jamoasining ta’lim-tarbiya 
sohasidagi faoliyatiga, tinglovchilarning umumiy o‘zlashtirish darajasiga baho 
beriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Davlat ta’lim standartlarida davlat 
tomonidan qo‘yilgan talablar nechog‘lik bajaraliyotganligi aniqlanadi. 
Natijalarni baholash orqali bir paytning o‘zida butun ta’lim tizimi va uning 
komponentlari tekshirilib ko‘rilishi kerak. Bu bilan ta’lim tizimida kutilayotgan 
natijaga erishilayotganlik darajasi tekshirilib o‘lchanadi. Bilimlarni muntazam 
baholab borish ta’lim rejasi, uning katta kichik bo‘limlari asosida amalga 
oshiriladi. Ta’lim tizimi natijalari muayyan standart me’yori orqali ifodalanadi. 
Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki ta’lim beruvchining 
kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar xam 
aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga xam 
baho beriladi. 
Ta’lim dasturini qism bo‘laklari buyicha muntazam baxolab borish oxir-
oqibat aniq va adolatli baholanish shakllanishga olib keladi. Kichik bo‘limlar 
bo‘yicha baholash, jamlash va umumlashtirish yakuniy baholashning aniq 
bo‘lishiga yordam beradi. Ta’lim oluvchini muntazam ravishda o‘z natijalari 
to‘g‘risida xabardor qilib turish, uning maqsad sari intilishi va istaklarini 
ro‘yobga chiqarishga ijodiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ta’lim berish davomidagi nazorat natijalarini o‘lchab borish bilim, ko‘nikma 
va malakalarni baholash tinglovchining o‘zligini anglashi uchun bir imkoniyatdir. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin