O‘quv ustaxonalarida xavfsizlik qoidalari Kasb-hunar ta’limining moddiy ta’minoti tubdan yaxshilash uchun barcha
shart-sharoitlarni inobatga olish zarur.
O‘quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko‘ra, 70-90 m
2
ni
tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo‘ladi. Ular ta’lim
muassasasida ortiqcha shovqin bo‘lmasligi uchun kollejning asosiy binosidan bir
oz nariroqda quriladi.
O‘quv ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor buyumlar,
shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga
ega bo‘ladi. Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va
sun’iy shamollatiladigan bo‘lishi me’yorda tabiiy va sun’iy yoritilgan ish o‘rni
bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-16
0
S, yoz davrida esa 20
0
S dan oshmasligi
kerak. YOritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik
lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin bo‘yoqlar bilan shipi oq
bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta’minlaydi.
Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak.
YOrqin, fiziologik jihatdan asoslangan bo‘yoqlar jihozlarning turli qismlari,
ishlanuvchi obektlar bilan ustaxonaning umumiy sathi o‘rtasida yaqqol farq
bo‘lishini ta’minlaydi.
Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va
tebranishni yo‘qotuvchi jihozlardan, eng to‘g‘ri kasb-hunar usullaridan foydalanish
yo‘li bilan erishilishi mumkin.
O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong‘inga
qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya
qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan to‘ldirilib yubormasligi kerak.
Tikuv mashinalar va ularning orasidagi o‘tish yo‘llari belgilangan me’yorlar
darajasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv mashinalarning oxirgi qatorlari bilan
ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak.
Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar saqlanishi uchun
sanitariya talablariga rioya qilgan holda shart-sharot yaratilgan bo‘lishi kerak.