Modulidan o’quv-metodik majmua



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/126
tarix13.08.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139296
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126
1 1 mehnat ta\'limini o\'qitish metodikasi lotin1

Tezkor savollar: 
1. O‘quv ustaxonasini jixozlashda nimalarga e’tibor beriladi. 
2. Sanitariya-gigiena, pedagogik metodik talablar nimalardan iborat. 
 
 
3 - ilova 
 
1. Asbob uskuna va moslamalar 
O‘quv ustaxonasidagi mehnat sharoiti sanitariya-gigiena va xavfsizlik 
texnikasining barcha talablariga to‘la javob berishi kerak. Dasturdagi barcha 
modellari emas, balki texnik ijodkorlikni ham o‘rganish uchun zarur sharoit bilan 
ta’minlanishi lozim.
1. Turli buyurtmalarni bajarishda pedagogning o‘rganuvchilar bilan olib 
boradigan umumiy guruhli hamda guruhchani va oqim ishlari uchun ham sharoit 
yaratilishi zarur. 
2. Har bir tinglovchiga kerakli asbob-uskunalar va moslamalar bilan 
ta’minlangan alohida ish o‘rni ajratilishi lozim.
3. Pedagog uchun tegishli jihozlar, asboblar, moslamalar bilan ta’minlangan 
va poldan 225-300 mm ko‘tarilgan namunali ish o‘rni tashkil etilishi lozim. 
4. Ustaxonalarda tinglovchilar eng qulay va xavfsiz mehnat qilishi uchun 
zarur sharoit bo‘lishi lozim. 


126 
5. O‘quv ustaxonalari hajmi va tekis ko‘rsatmali qo‘llanmalar, shuningdek, 
ta’limning texnik vositalari bilan jihozlanishi zarur. 
6. YOrdamchi binolar(asboblar ombori o‘quv ustaxonasiga yaqin bo‘lishi 
kerak. 
7. Tashqaridagi tovushlar tinglovchilarning e’tiborini ichidan alahsitadigan va 
mehnat jarayonini buzadigan shovqin –suronlar ustaxonaga kirmasligi lozim. 
O‘quv ustaxonasining maydoni 80-90 
mm 

bo‘lishi kerak. 
O‘quv ustaxonalari materiallar, yarim-fabrikatlar, tayyorlangan buyumlar 
saqlanadigan yordamchi xonalarga ega bo‘ladi. Bunday xonalar quruq, yog‘och 
poli, tabiiy va majburiy shamollatiladigan, mo‘tdil tabiiy va sun’iy (ish o‘rnida 
100-125 lyuks), yoritilgan, havosining temperaturasi qishda 14-16 

S bo‘lishi va 
yozda 20 S dan oshmasligi kerak. YOritgich sifatida kunduzgi lampadan 
foydalanish kerak. Ustaxona devorlari tekis ,yorqin rangga , shifti oq ranga 
bo‘yalishi kerak. Bu xonaning yorug‘ligini oshiradi. Ustaxona anjomlarining turli 
qismlari bilan ustaxonaning umumiy sathi o‘rtasida to‘g‘ri uyg‘unlik vujudga 
keltiradi. 
Ustaxonada tovush va vebrasiyani yutuvchi moslamalarni qo‘llash hamda 
mehnatning eng samarali usullaridan foydalanish orqali tebranish zichligini 
kamaytirib, tovush va titrashni pasaytirishga erishish kerak. 
O‘quvchilar olingan ma’lumotlar asosida detalga, qismga tegishli 
o‘zgartishlar kiritadilar, ularning pishiqligi va ishonchliligi uchun kerakli 
hisoblashlarni amalga oshiradilar, chizmalardagi o‘lchamlar va geometrik 
shakllarni to‘g‘irlaydilar, modelni o‘zgargan tuzilmasining kinematik (prinsipial) 
chizmasini tuzadilar. Detallar, uzellar va mexanizmlarning tuzilmlarini tanlashda 
standartlash va uni funksiyalash talablariga asoslanish lozim, ya’ni yangi 
nomukammal detallarni o‘ylab topmaslik, balki ko‘p marta amalda sinalgan 
tayyorlash va yig‘ish qulay standart detallardan ixchamlashtirilgan uzellar va 
mexanizmlardan foydalanish kerak. Modelda detallarni o‘zaro biriktirishning 
uzellarini mustahkamlashning eng rasional usullarini aniqlash amalga oshiriladi. 
Model tuzilmasining uning ishlov berish (tayyorlash) va (yig‘ish) uchun 
qulayligini tanqidiy analiz qilish ba’zan tinglovchilardan ilgarigi bichimlarni qayta 
ko‘rib chiqishni yangi detallarni loyihalashni, so‘ng ularni takomillashgan 
tuzilmani hisobga olib joylarga moslashtirishni, yig‘ish operasiyalarining 
xarakterini o‘zgartirishni va bunda zarur texnologik jihozlashni nazarda tutishni 
taqozo etadi. Model tuzilishiga qo‘yilgan talablar o‘zgarsa yoki ortsa unga 
boshqacha vazifa yuklansa bu tuzilishini modelining kinemattik chizmasida 
ko‘rinadigan tubdan takomillashtirish yangi uzellar va mexanizmlarni tuzilishi 
yoki tanlash ulardagi ayrim detallarni almashtirish zarurati tug‘iladi. Bu ish 
tinglovchilarda texnik tuzilish va modellashtirsh jarayonida jiddiy ijodiy kuch-


127 
g‘ayratni sarflashni talab qiladi. O‘quvchilar modellashtirishni o‘zlashtirishning 
birinchi bosќichida asosan vazifalarni bajarish uchun kerakli barcha muhim 
ma’lumotlarni oladilar. Lekin bundan ana shu bosqichda tinglovchilar o‘z 
ijodkorligini ko‘rsatishlari uchun sharoit yo‘q degan ma’no kelib chiqmaydi. 
CHunki hatto obektning chizmasi va texnik shartlari va texnologik xaritalar 
mavjud bo‘lsada, tinglovchilar muayyan darajada mustaqil ko‘rsatishlariga to‘g‘ri 
keladi. Ular avvalo texnik hujjatlarni yaxshi tushunishlari: chizmalarni o‘qiy 
olishlari,buyumni tayyorlash va yig‘ish texnologiyasini o‘rganib chiqishlari kerak. 
Xususan, chizmaga muvofiq materialni to‘g‘ri tanlash, kerakli asboblarni, 
detallarning birikish usullarini aniqlash masalalarini mustaqil hal qilishlari lozim 
bo‘ladi. 

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin