Mustahkam puxta o‘zlashtirish
-o‘quvchilar faqatgina o‘tilayotgan darsni
lashtirib qolmay oldingi o‘tilgan darslar yuzasidan malaka va ko‘nikmalarni
takomillashtiradilar, kerak bo‘lib qolganda esa esga tushurib amaliy ish mobaynida
qo‘llaydilar.
53
6-ilova
Sistemalilik va izchillik
tamoyili- o‘qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki,
bunda o‘quv fanlarini o‘qitish qat’iy mantiqiy tartibda olib boriladi. O‘quvchilar
bilim ko‘nikma va malakalarini izchillik bilan egallab boradilar va ayni paytda
amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o‘rganadilar.
Sistemalilik va izchillik tamoyili pedogogik jarayonning hamma bo‘g‘inlarida
amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda op aksini
topadi.O‘quv materialini to‘g‘ri taqsimlash ya’ni oddiydan murakkabga, oddiy
operasiyalardan qiyinroq operasiyalarni bajarishga o‘tishni talab qiladi.
7-ilova
Nazariya bilan amaliyot birligi.
Ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish
faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo‘lib, ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va
hayot bilan bog‘langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun ularni mazmunan
o‘zlashtirish va amalda qo‘llash lozim. O‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash
nazariy bilimlarni egallash jarayonidan boshlanadi. Keyinchalik u tajriba va amaliy
mashg‘ulotlarda davom ettiriladi. Bu mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘qituvchi
rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarini tekshiradilar, mustahkamlaydilar,
chuqurlashtiradilar. Ularni amalda qo‘llanish ko‘nikma va malakalarini hosil
qiladilar. Nazariya bilan amaliyot birligini bog‘lashning har xil shakllari
mavjuddir.
8-ilova
Ta’lim va tarbiyaning
birligi-maktabda o‘quvchi yolg‘iz bilim,ko‘nikma
va malakalarini egallabgina qolmaydi,balki har jihatdan mukammal tarbiyalanadi.
Aqliy va jismoniy mehnat jarayonida xarakter ususiyatlari va xatti harakat
Ko‘nikma va odatlarni tarbiyalanadi. Ta’lim jarayonida o‘tilayotgan mavzu va
mavzuchalarning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to‘g‘ri
belgilash xam uni ta’lim bilan birga bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash
juda muhim axamiyatga ega.
54
9-ilova
Dostları ilə paylaş: |