Ko‘rsatmalilik tamoyili - O‘qitishning ko‘rsatmaliligi shuni tasdiqlaydiki,
agar o‘quvchilarda o‘rganilayotgan jarayonlarni narsa va hodisalarni bevosita idrok
qilish bilan bog‘liq muayyaan hissiy amaliy tajriba bo‘lgan taqdirdagina ular
bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtiradilar hamda ularda ilmiy tasavvur va
tushunchalar hosil qilish mumkun. Bu tamoyil o‘qitish jarayonida turli sezgilardan:
ko‘rish, eshitish, badan bilan sezish va boshqalardan foydalanishni talab etadi.
O‘qitish prosessida o‘quvchilarda malaka va ko‘nikmalar hosil qilish uchun
mehnat priyom va operasiyalarini ko‘rsatish keng qo‘llaniladi. Ko‘rsatmalilik
o‘quvchilarni qiziqishini orttiradi va qiziqtiradi, o‘tilayotgan darsni yaxshi esda
saqlab qolishga yordamlashadi.(plakat,obrazes diafilm)
10-ilova
Izchillik tapmoiyl- bu tamoyil elementar didaktika qoidalariga amal kilishni talab
etadi:Oddiydan murakkabga,ma’lumdan no‘malumga. Mavzularni o‘tishda yoki
texnologik molarni echishda o‘qituvchi darsni shunday rejalashtirishi kerakki,
o‘quvchilarning hammalariga tushunarli bo‘lsin. Bunda xam o‘quvchilarni yosh va
individual xususiyatlari hisobga olinishi kerak.
11-ilova
Politexnik tamoyil -bu tamoyil ta’lim tarbiyani ishlab chiqarish asoslari
bilan bog‘lab, ya’ni tanishtirib olib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bu
tamoiyl orqali biz o‘quvchilarni xalq xo‘jaligiga kerak bo‘lgan kasblar bilan
tanishtiramiz.
12-ilova
Unumli mehnat asosida o‘qitish tamoyili -ayrim pedagogika nazariyotchi lari
o‘qitishni unumli mehnat bilan qo‘shib olib borib bo‘lmaydi degan fikrni ilgari
surgan edilar.Texnologiya fani darslarida bajariladigan ishlar mashq asosida olib
borilsa etarli bo‘ladi degan noto‘g‘ri fikrni ilgari surgan edilar. Lekin xayot shuni
ko‘rsatdiki bu fikr noto‘g‘ri ekanli gini ya’ni o‘quvchi o‘z mehnatining yakunini
ko‘rgandagina unda mehnatga qiziqish hamda mehnat kishisiga xurmat ortishi
isbotlangan.SHu ning uchun ham mehnat ta’lim darslari unumli mehnat asosida
olib borilmoqda.