84
andozalarini tayyorlash va u
asosda buyumni bichish hamda
tikish asoslarini
o‘rganadilar; kiyimlar turlari, ahamiyati, turli oziq-ovqat mahsulotlariga birlamchi
ishlov berish jarayoni, taomlarni tayyorlash jarayoni;
oshpazlik va qandolatchilik
asoslari; tayyorlanadigan buyumlar chizmasini qurish va andozasini tayyorlash,
buyumga sarf bo‘ladigan gazlama miqdorini aniqlash, buyum turiga qarab
gazlamalarni to‘g‘ri tanlash va sifatiga qo‘yiladigan
talablar; kiyimlarni
tayyorlashda buyum andozalarini tejamkorlik bilan joylashtirish, buyumni bichish,
bichilgan detallar sifatini tekshirish, kiydirib ko‘rishga tayyorlash va o‘tkazish,
aniqlangan nuqsonlarni bartaraf qilish, buyumga texnologik tartibda ishlov berish,
namlik-issiqlik ishlovini berish uslublari;
7-ilova
Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi.
Texnologiya va dizayn yo‘nalishida:
O‘quvchilar xalq hunarmandchiligi
sohalari: ganch o‘ymakorligi,
naqqoshlik, yog‘och, tosh va suyak o‘ymakorligi,
kandakorlik, misgarlik, kulolchilik, sandiqsozlik, beshiksozlik,
pichoqchilik,
zargarlik, chilangarlik, sharq miniatyurasi, rextagarlik, savat to‘qish, o‘tov, milliy
o‘yinchoqlar, ot-ulov anjomlari tayyorlash, kosibchilik, imoratsozlik va boshqalar
to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘ladilar.
Ular mahalliy xomashyolar zahiralarining manbalari, turlari, tarqalishi,
hunarmandchilik markazlarining shakllanishiga va rivojlanishiga ta’siri;
hunarmandlar sulolalari; hunarmandchilik risolalari; xalq amaliy-bezak san’ati va
hunarmandchilikning o‘zaro bog‘liqligi va aloqasi;
turli xildagi materiallarni
tanlash va ularga ishlov berish; hunarmandchilik asboblari, moslamalari bilan
ishlash; hunarmandchilik
asarlarini asrash, ta’mirlash va ularning umrini
uzaytirish; hunarmandchilikda tadbirkorlik, ijodkorlik asoslarini egallaydilar.
Dostları ilə paylaş: