1-Ma’ruza: Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari
Reja:
1.
Sertifikatlashtirishning bosh tashkiliy va metodik tamoyillari.
2.
Sertifikatlashtirishning qonunchilik asoslari.
3.
Qonunchilikda xo’jalik yurituvchi subʼektlarning javobgarlik choralari.
4.
Xo’jalik yurituvchi subʼektlarga jarima sanktsiyalari majburiy talablar.
Sertifikatlashtirish lotin
tilidan tarjima qilinganda
≪
to’g’ri ishlangan
≫
maʼnosini anglatadi. Mahsulot
≪
to’g’ri ishlangan
≫
ligiga ishonch hosil qilish uchun u
qanday talablarga javob berishi va bu muvofiqlikning ) haqiqiy isbotlarini qanday Qilib
olish mumkinligini bilish lozim.
≪
Sertifikatlashtirish
≫
atamasining taʼrifi 0‘zDSt 5.5:1999,
≪
Milliy
sertifikatlashtirish tizimi, asosiy atamalar va taʼriflar
≫
da bunday berilgan:
≪
uchinchi
tomon mahsulot, jarayoi yoki xizmat berilgan talablarga muvofiqligini yozma ravishda
tasdikdaydigan muolajadir
≫
. Bunday tasdiqlashning tan olingan usuli bo’lib
muvofiqlik sertifikati xizmat qiladi.
Umumiy holda
≪
muvofiqlik
≫
atamasi
≪
mahsulotga (jarayonga, xizmatga) oid berilgan talablarga rioya qilinishi
≫
sifatida
taʼriflangan.
Muvofiqlikni sertifikatlash orkali tasdiqlash maʼlum muolaja qoidalari bo’yicha
uchinchi tomonning majburiy ishtirok etishini nazarda tutadi.
Uchinchi tomon, bu
yetkazib beruvchiga (birinchi tomon) xam, isteʼmolchiga (ikkinchi tomon) xam bog’liq
bo’lmagan shaxs yoki organdir.
Sertifikatlashtirish xalqaro savdoni rivojlantirishga ko’mak berishi lozim. Biroq
sertifikatlashtirish tizimi texnik to’siq bulishi xam mumkin. Savdodagi texnik
to’siqlarni bartaraf etishda sertifikatlashtirish bo’yicha ish natijalarini o’zaro tan olish
haqidagi bitimlar yordam beradi, ular boshka tomon faoliyati natijalarini tan oluvchi
mamlakatlar soniga bog’liq ravishda bir tomonlama, ikki tomonlama, Ko’p tomonlama
bo’ladi. Mohiyati bo’yicha, bu sertifikatlashtirish natijalarini o’zaro tan olishdir. Tan
olish bo’yicha bitimlar milliy, hududiy va xalqaro darajalarda to’ziladi.
Bir tomonlama bitim bir tomonning boshka tomon
ishining natijalarini qabul
etishidan iboratdir. Ikki tomonlama bitim — bu o’zaro tan olish bo’yicha bitim bo’lib,
u o’z ichiga har bir tomonning ikkinchi tomon ishini tan olishini o’z ichiga oladi.
Ko’p tomonlama bitim - bu ikkitadan ortik tomonlarning ish natijalarini o’zaro
tan olishdir. Bu kabi bitim jumlasiga MDX, mamlakatlarining 1993 yili
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akreditlash bo’yicha YevroOsiyo
davlatlararo kengashi doirasida qabul qilingan bitim taalluqlidir.
Sertifikatlashtirishning bosh tashkiliy va metodik
tamoyillari quyidagilardan
iborat:
- sertifikatlashtirish obʼekti x,akidagi axborotning haqqoniyligini taʼminlash;
- xolislik (obʼektivlik) ?samda tayyorlovchi va isteʼmolchiga bog’liqmaslik;
- xorijlik buyurtmachilarga nisbatan kamsitishni istisno etish;
- buyurtmachining sertifikatlashtirish bo’yicha organni va sinov laboratoriyasini
tanlash huquqi;
- sertifikatlashtirish ishtirokchilari va
ekspertlarning javobgarligi;
- sertifikatlashtirish natijalari haqidagi yoki sertifikatning, muvofiqlikning (muvofiqlik
nishonining) muddati tugaganligi (bekor qilinganligi) haqidagi axborotning ochiqligi;
- sinovlarning sertifikatlashtirish obʼektining, uni ishlab chikarish va isteʼmolchining
xususiyatlarini xisobga olgan holda metodlarning xilma-xilligi va professionalligi
(kasbiyligi);
- sertifikatlashtirish bo’yicha faoliyatda NSO/XEKda va boshka xalqaro hujjatlarning
tavsiyalari va qoidalaridan foydalanish;
- xorij sertifikatlashtirish organlari
va sinov laboratoriyalari, sertifikatlari va
muvofiqlik nishonlarining akkreditatsiyasini O’zbekiston
ishtirok etayotgan turli
bitimlar asosida tan olish;
- tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
- zarur bo’ladigan x,olatlarda isteʼmolchilar jamiyatlarini sertifikatlash bo’yicha jalb
etish.