MAY 2023 ISSN: 2181-3558 87
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH axloqiy tarbiya topishiga yordam berishi kerak, deb hisoblaydi. U bu o‘yinlar
orqali bolaga hayotni o‘rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya ham berish mumkin,
asosiysi bolani jismonan chiniqtirishdir deb biladi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Jismoniy tarbiyaning maqsadi - o‘quvchilarni sog`lom tarbiyalab, aqliy va
jismoniy mehnatga o`rgatish, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir.
Abdulla Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga ega
bo‘lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarurdir. Jismoniy tarbiyaning vazifalari: -
sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlantirish; - aqliy va
jismoniy layoqatlilikning oshishi; - tabiatan berilgan harakat sifatlarini
rivojlantirish va takomillashtirish; - harakatning yangi turlariga o‘rgatish; - asosiy
harakat sifatlarini rivojlantirish (kuchlilik, epchillik, ehaqqonlik v.h.k.); - sanitar-
gigiyena ko‘nikmalaiini shakllantirish; - axloqiy sifatlarni tarbiyalash (mardlik,
maqsadlilik, intizomlilik, javobgarlik, jamoada yashash); - jismoniy tarbiya va
sport bilan doimiy ravishda shug‘ullanish ehtiyojini shakllantirish; sog‘lom, tetik
bo‘lishga
intilishni
rivojlantirish
asosida
o‘ziga
va
atrofidagilarga
quvonchulashish. Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko‘rsatib, salomatligini
mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishga yordam beradi.
Sport - har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quwatni saqlab
turishning vositasi hisoblanadi.
O'quvchilar o'zlariga yaqin kishilaming xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-
atvorlar bolalarda yaxshi sifatlaming, ba’zan esa yomon sifatlaming ham tarkib
topishiga ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun o'qituvchi va ota-onalar har qanday
holatda ham o'zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo'lishmasin, atroflarida
bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi bilan yurish-turishi va xatti-
harakatlarida tafovut bo'lmasligi kerak. O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari.
O'quvchida o'z-o'zini tarbiyalashga, ya’ni, o'z ustida ongli, bartartib ishlashga
ehtiyoj paydo bo'lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin.
Tarbiya jarayonida o'z-o'zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali
hisoblanadi. O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-
harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlami boyitish yoki salbiy odatlami
bartaraf etishga qaratilgan faoliyat metodi. 0‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun
o‘quvchi o‘zining yurishturishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va
aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda
kundaligiga yozib boradi. O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati,
xulqatvorini tahlil qilish asosida o'z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat
metodi. 0 ‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga
yordamlashish zarur. 0 ‘z-o‘ziai baholash qiyin, lekin o‘quvchmi bunga yetarli
tayyorlash mumkin. Shu bois o'quvchi irodali bo'lishi, o'z burchini tusbunishi,
tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo'lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi,
o'zini o'rtoqlari, atrofdagilarnmg ko'zi bilan ko'rish va o'z-o'zini takomillashtirishga
intilishi lozim. [1, 168-bet.]
Tadqiqot metodologiyasi