28
1.5. Tayanch iboralar bank bank ishi predmeti bankrot Nobank kredit tashkilotlari xalqaro banklar tijorat banki xususiy bank mini bank yirik bank I pog‘onali bank tizimi II pog‘onali bank tizimi xolding bank-xolding sof xolding aralash xolding Charter Bank Assotsiatsiyasi 1.6. Test topshiriqlari va masalalar 1. «Bank ishi» fani: a) mustaqil fan; b) mustaqil predmetiga ega; c) mustaqil metodiga ega; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 2. «Bank ishi» fani: a) banklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish tartibini o‘rganadi; b) banklarning huquq va majburiyatlarini o‘rganadi; c) pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish qoidalarini o‘rganadi; d) noto‘g‘ri javob yo‘q. 3. Banklar vakolatiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: a) emissiya qiluvchi banklar; b) yirik banklar; c) tarmoqlar bo‘yicha banklar; d) davlat banklari. 4. Banklar operatsiyalarni bajarish xarakteriga qarab: a) tijorat banklariga bo‘linadi; b) investitsion banklarga bo‘linadi; c) universal banklarga bo‘linadi; d) tarmoqlar bo‘yicha banklarga bo‘linadi.