kengashi raisi, prezident yoki ijro etuvchi direktor, katta
vitse-prezidentlar
Moliya va investitsiya
guruhi
Pul bozorlari byurosi va
portfellar boshqaruvi
Kapital bozori bo‘limi
Aktivlar, passivlarni
boshqarish
Rejalashtirish bo‘limi
Tijoriy kreditlar
bo‘limi
Qo‘zg‘almas mulk
bilan tijoriy operat-
siyalar bo‘limi
Korporatsiyalarga
xizmat qiluvchi
bo‘lim
Kredit kartoch-
kalari bo‘limi
Sho’ba banklari
guruhi
К
redit tahlili gu-
ruhi
“Yomon” kreditlar
guruhi
Xususiy banklarga xiz-
mat qiluvchi
bo‘lim
Trast
xizmatlar
Ijro hokimiyati or-
ganlariga xizmat qi-
luvchi bo‘lim
Uy-joy qurilishini
kreditlash bo‘limi
Oddiy istemolchi-
larga xizmat qiluvchi
bank bo‘limi
Depozitlarni
sug‘urtalash bo‘limi
Marketing bo‘limi
Avtomobil bo‘limi
Operatsion bo‘lim
Audit va nazorat bo‘limi
Mehnat resurslarini boshqarish bo‘limi
Kassa bo‘limi
Qimmatli qog‘ozlar bo‘limi
Bank nazorati organlari talablari-
ning
bajarilishini kuzatuvchi guruh
Hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi
buxgalteriya
Xalqaro bank faoliyati bo‘limi
Ko‘p millatli korporatsiya-
larni kreditlash bo‘limi
savdoni moliyalashtirish
bo‘limi
tashqi bank byurosi bo‘limi
22
Ushbu hujjatda O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi oldida turgan va
yaqin yillarga mo‘ljallangan vazifalar, ya’ni:
rivojlangan bank infratuzilmasini yaratish;
qulay investitsiya muhitini shakllantirish;
milliy bank tizimini jahon banklari hamjamiyatiga integratsiya-
lashtirish kabilar o‘z aksini topdi.
Respublika hukumatining ulkan g‘amxo‘rligi tufayli Kompleks das-
turni amalga oshirishning ishonchli mexanizmi yaratildi.
Chunonchi, respublikadagi barcha banklar 2 yil muddatga soliq-
lardan ozod etildi, undan bo‘shagan mablag‘lar esa Uyushma orqali das-
turni moliyalash va bevosita banklarning mustaqil oyoqqa turib olishi
uchun sarflandi. MDH hududidagi bironta ham davlatda, O‘zbekis-
tondagiday, bank tizimi rivoji uchun bu qadar qulay shart-sharoitlar
yaratilgan emas.
Bugungi kunda O‘zbekiston banklari Uyushmasi o‘z bag‘rida 24 ta
tijorat bankni birlashtirgan demokratik tuzilma bo‘lib, mavjud banklar
manfaatlarining o‘zaro mutanosibligini va davlat tomonidan olib bori-
layotgan iqtisodiy siyosatning ustuvorligini ta’minlash faoliyatining aso-
siy yo‘nalishidir.
O‘zbekiston banklari Uyushmasi o‘tgan davr mobaynida o‘z zim-
masiga qo‘yilgan vazifalarni bajara borib, mamlakatimizda birinchi mar-
ta moliyaviy xizmatning to‘la majmuyini ko‘rsatishga qodir va xalqaro
andozalarga mos keladigan quyidagi 12 ta kompaniyani tashkil etdi:
«Omonat-moliya» sug‘urta jamg‘armasi (1998-yil)
«Ishonch» sug‘urta kompaniyasi (1996-yil)
«Baraka» lizing kompaniyasi (1996-yil)
«Uzkeysagrolizing» qo‘shma korxonasi (1997-yil)
«Uzkeysservis» qo‘shma korxonasi (1997-yil)
«Invest-trast» kompaniyasi (1996-yil)
«Axbor-reyting» reyting kompaniyasi (1996-yil)
«Hamroh-loyiha-invest» injiniring – konsalting kompaniyasi
(1996-yil)
«Plastik-kart» innovatsiya kompaniyasi (1996-yil)
«Moliya-huquq-xizmat» huquqiy xizmat markazi (1996-yil)
O‘z Ustav jamg‘armasining hajmiga ko‘ra, bu kompaniyalar Mar-
kaziy Osiyodagi eng yirik nodavlat tuzilmalari hisoblanadi.
O‘zbekiston banklari Uyushmasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
23
xo‘jaliklarning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish dinamikasini
boshqarishga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi bank ishini rivojlantirishda, hokimiyat
organlari va boshqarmalar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan iqtisodiyotni, pul muomalasini barqarorlashtirishga qaratil-
gan tadbirlarda va pul-kredit siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
bank tizimiga xizmat qiluvchi infratuzilmani rivojlantirish;
chet el va mamlakat tajribasini o‘rganish asosida iqtisodiy islo-
hotlar sharoitida banklar ishini tashkil etishda yordam berish;
bank ishida xalqaro andozalarni joriy etish;
yirik dasturlarni bajarishda, banklar resursini ta’minlashda bank-
larga ko‘maklashish;
bank mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish;
o‘zaro ishonchni, banklar obro‘sini, ularning rahbarlari va muta-
xassislari bilan aloqasini, ishonchlilik va halollikni, o‘zaro va mijozlar
o‘rtasidagi munosabatlarni, amaliy sherikchilikni qo‘llab-quvvatlash;
banklarning xalqaro hamkorligini rag‘batlantirish, xalqaro moliya
institutlari, chet el banklari, ularning ittifoqi va birlashmalari bilan ama-
liy aloqalarni rivojlantirish;
hokimiyat, qonunchilik va ijroiya organlarida, Markaziy bankda,
huquqni muhofaza etish va moliya organlarida banklar tutgan yo‘lni
ifodalash va banklar amaliy manfaatini himoya qilish.
Yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarish uchun Uyushma:
qonunchilik va ijroiya organlari tomonidan bank tizimini rivoj-
lantirishga ko‘maklashuvchi, ularning ishonchliligi va mustaqilligini
mustahkamlovchi hujjatlar qabul qilinishi yuzasidan takliflar kiritadi,
banklarni ularning kundalik faoliyatini ma’muriyat va nazorat organ-
larining aralashuvidan saqlaydi;
o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi banklari bilan muvofiq-
lashtiradi;
hokimiyat organlari va boshqarmalar bilan aloqa o‘rnatadi;
pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha banklar va
boshqa kredit muassasalari faoliyati ustidan nazoratni takomillashtirishga,
pul muomalasini barqarorlashtirishga qaratilgan, kredit bozori va bank-
larga nisbatan oqilona soliq siyosatini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritadi;
iqtisodiyot, bank ishi, kredit va qimmatli qog‘ozlar bozorini ri-
vojlantirish yo‘lida faoliyat ko‘rsatadi;
banklarni tezkor, ilmiy-uslubiy axborotlar bilan ta’minlaydi;
24
turli konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar va ko‘rgazmalar
tashkil etadi;
xalqaro moliya institutlari, chet el banklari va ularning birlash-
malari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
tashqi iqtisodiy faoliyat olib boradi va boshqalar.
Tijorat banklari, qo‘shma, chet el, investitsion va boshqa bank mu-
assasalari, shuningdek, bank tizimiga xizmat qiluvchi korxona, muas-
sasa va tashkilotlar Uyushma a’zolari bo‘lishlari mumkin.
Uyushmaning yuqori boshqaruv organi – qatnashchilar qurultoyi
hisoblanadi. Qatnashchilar qurultoyi uch yilda bir marta chaqiriladi.
Kengashga uch yil muddatga saylanadigan rais boshchilik qiladi.
Uyushma faoliyati qatnashchilar qurultoyi qarori yoki O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha
to‘xtatiladi.
[14].
Banklar o‘zining tarkibiy tuzilishi xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda quyidagi lavozimlar bo‘yicha xodimlarga ega bo‘lishlari
mumkin:
kredit mutaxassisi;
kredit tahlili bo‘yicha mutaxassis;
kreditlarni to‘lash (uzish) rejasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis;
bankning operatsion faoliyatini boshqaruvchi;
bo‘lim boshlig‘i;
bank axborot texnologiyasi, ya’ni kompyuterlar tahlili bo‘yicha
mutaxassis;
audit va nazorat bo‘yicha mutaxassis;
moliyaviy tahlil mutaxassisi;
trast operatsiyalari mutaxassisi;
bankning xususiy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxas-
sislari;
xazinachilar;
qimmatli qog‘ozlar va ular savdosi tahlili bilan shug‘ullanuvchilar;
uzoq muddatli rejalashtirish bilan shug‘ullanuvchilar;
marketing bo‘yicha mutaxassis;
kadrlar boshqaruvchisi;
xalqaro moliya va biznes masalalari bo‘yicha mutaxassis;
xorijiy valuta savdosi bo‘yicha mutaxassis;
bank investitsiyalari bo‘yicha mutaxassis;
xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis;
|