49
M.L. ARIPOVA,
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi
dotsenti,
pedagogika fanlari nomzodi
XORIJIY TILNI O‘RGATISHDA
VATANPARVARLIK TARBIYASI
Ushbu maqolada vatanparvarlik tarbiyasi, xorijiy tilni o‘rgatishda uning o‘ziga xosligi, til
xususiyatlari hamda chet tilini o‘rgatish uslublarini qo‘llash haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Kalit so‘zlar.
Vatan, jamiyat, burch, vatanparvarlik, tarbiya, talaba, qadriyat, milliy o‘zlik,
til,
xususiyat, uslub, bilim, ko‘nikma, malaka, mas’uliyat.
В данной статье рассматриваются высказывания о патриотическом воспитании, его
уникальности в обучении иностранному языку, языковых особенностях, использовании
методик обучения иностранному языку.
Ключевые слова.
Cтрана, общество, долг, патриотизм, воспитание, студент, цен
-
ность, национальное самосознание, язык, особенность, стиль, знание, умение, навык,
ответственность.
This article discusses opinions expressing about patriotic education,
its uniqueness in
teaching a foreign language, language features, and the use of
foreign language teaching
methods.
Key words.
Country, society, duty, patriotism,
upbringing, student, value, national identity,
language, feature, style, knowledge, skill,
competence, responsibility.
T
il o‘rgatish jarayonlari, u qaysi fan yoki til bo‘lmasin,
uni puxta egallash
va o‘qitish uchun bugungi kun pedagoglarga ta’lim-tarbiya tamoyillarining
ma’no-mohiyatidan xabardor bo‘lish va ularni ta’lim jarayonlarida to‘g‘ri qo‘l
-
lay olish mahoratini egallash vazifasini yuklamoqda. Xorijiy tilni o‘qitish uchun bilim,
ko‘nikma, malaka hosil qilish muhim hisoblanadi. Ma’lumki, talaba o‘z ona tilining o‘zi
-
ga xos qonun-qoidalarini dastlab ijtimoiy muhitda, so‘ng ta’lim asosida o‘zlashtirgan
bo‘ladi. Shu tushunchalaridan kelib chiqib, boshqa chet (o‘rganayotgan) tilining o‘ziga
xos xususiyatlaridan ma’lum bir bilim, ko‘nikma, malakaga ega bo‘ladi. Psixologlarning
ta’kidlashicha, bularni talaba yangi o‘zlashtirayotgan chet tiliga ko‘chirishi mumkin. Bu
ko‘chirish salbiy va ijobiy xususiyatlarga ega bo‘lishi ehtimoldan holi bo‘lmaydi. Ijobiy
natijalarning yuqori bo‘lishi esa inson psixologiyasiga uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Til o‘rganish jarayoni bevosita mamlakatlarning iqtisodiy, siyosiy, etnik xususiyat
-
larini o‘zlashtirishga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, talaba qaysi mamlakat tilini o‘rgansa,
shu
mamlakatning madaniyati, milliy urf-odatlari kabilarni ham o‘rganib, o‘zlashtirib
boradi. Shu bilan birgalikda til o‘rganuvchi o‘z ona yurtining milliy urf-odatlarini taqqos
-
laydi va ma’lum fikr, xulosaga keladi. Har bir mamlakatning o‘ziga xos madaniyati,
etnik xususiyatlarini o‘rgatishda pedagogdan yuqori bilim va mas’uliyat talab etiladi.
Chunki talaba boshqa xalqlarning madaniyatini o‘zlashtirish bilan birga o‘z Vataniga
muhabbat ruhida ham tarbiyalanishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi globallashuv sha
-
roitida yoshlarimizda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish masalasi tobora muhim
ahamiyat kasb etib bormoqda. Yoshlarni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash mamla
-
kat taraqqiyotining asosiy negizi hisoblanadi. Chunki vatanparvarlik g‘oyasi jamiyat,
mamlakat barqarorligi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Vatanparvarlik g‘oyasini shak
-
llantirishning asosiy vazifalari – milliy o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarimizni tiklash,
Dostları ilə paylaş: