50
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
ularni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan boyitib borish, vatanimiz tarixi, madaniyatini
teran
bilib olish, muqaddas dinimizga sadoqatli bo‘lish kabilar bo‘lib, ularni amalga
oshirish natijasida talabalar ongida yangicha fikrlash, milliy tafakkur, milliy mafkura
-
viy qarashlar, ma’naviy-axloqiy xislatlar kamol topadi. Shuning uchun ham talabalarga
vatanparvarlik g‘oyasi haqida bilimlar berish, ularda ko‘nikma va malakalar hosil qilish
muhimdir. Vatanparvarlik g‘oyasini shakllantirish shaxs, jamiyat ma’naviyatini yuksak
darajaga ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lib, vatanparvarlik g‘oyasini o‘zida mujassam etgan
shaxs jamiyat talablariga javob beradi, uni mustahkamlaydi. Bunga albatta, kompleks
yondashish, ayniqsa, dars, sinfdan tashqari ishlar jarayonida talaba shaxsida vatan
-
parvarlik tuyg‘usini shakllantirish o‘z samarasini beradi.
Vatanparvarlik – vatan oldidagi mas’uliyat va burchni anglash tushunchasi. Vatan
-
parvarlik nihoyatda serqirra bo‘lib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayo
-
nida doimo takomillashib, rivojlanib boradi. Vatan manfaati, qadr-qimmatini, taqdirini,
istiqbolini qancha ko‘p anglashilsa, kishilarda vatan tuyg‘usi shuncha baland bo‘ladi.
Bu jarayon cheksizdir. Tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy taraqqiyotning turli bosqich
-
lari vatanning yangi-yangi qirralarini kashf etib boradi. Har bir barkamol inson vatan
kamoloti va istiqboli, el-yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun hamma narsani, hatto
shirin jonini ham ayamaydi. Bu haqda Mavlono Fuzuliyning “Mening bitta hayotim bor,
bordiyu mingta hayotga ega bo‘lgan taqdirimda ham hammasini vatan uchun sarflagan
bo‘lur edim”, deb aytgan so‘zlari har birimiz uchun bebaho o‘gitdir.
Ma’lumki, chet tillarini o‘rganishdagi asosiy qo‘llanadigan uslub: eshitish, so‘zlash,
o‘qish, yozishdan iborat bo‘ladi. Pedagog bu uslublardan unumli foydalanishi lozim.
O‘quvchi-talabalarni chet tilini o‘zlashtirish jarayonida vatanga muhabbat ruhida tarbi
-
yalashi tarbiya tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bunda pedagog maxsus mavzularni tan
-
lashi, ularga matnlarni tayyorlab borishi lozim. Masalan, “O‘zbekiston – jannatmakon
diyor”, “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, “Vatanga sodiqlik – muqaddas burch”,
“Shu aziz Vatan – barchamizniki”, “Millat ruhidagi bunyodkorlik” va hok. Bu mavzularni
dars jarayonida qo‘llashi uchun biror o‘quvchiga mavzuni berib, uni mustaqil izlanishga
undashi, o‘quvchining to‘plagan ma’lumotlarini hamkorlikda ishlab, to‘ldirishi ta’lim-tar
-
biyani samarali tashkillashtirishga imkon beradi. Pedagog tomonidan tayyorlanadigan
mavzular quyidagi mazmunda tuzilishi mumkin.
“Shu aziz Vatan – barchamizniki”.O‘qituvchi mavzuni yoritishda quyidagi masala
-
larga e’tiborni qaratadi:
– umumbashariy qadriyatlar asosida turli millat va elatlarning birgalikda istiqomat
qilishi, mintaqa va davlatlar milliy
taraqqiyotining rivojlanishi;
– bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va
elatlarga mansub kishilar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik;
– har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun
sharoit yaratilishi, vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar
sari safarbar etilishi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elatlarning qadri
-
yatlari, tili, madaniyati, diniy e’tiqodi, urf-odat va an’analari haqida fikr yuritiladi. Ko‘p
millatli mamlakatimiz fuqarolari orasida ularning milliy va diniy mansubligidan qat’iy
nazar, hamjihatlik va birodarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, “Shu aziz Vatan - barchamiz
-
niki” g‘oyasini amalga oshirish borasidagi bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
Yurtimizda qaror topgan millatlararo totuvlik va barqarorlikni saqlash, uni ko‘z qora-
chig‘iday asrash har birimizning muqaddas burchimiz ekanligi o‘quvchi-talabalarga
51
tushuntiriladi. Yurtimizda yashayotgan turli millat vakillarining urf-odatlari haqida hiko
-
ya qilinib, misollar keltiriladi.
“Vatanga sodiqlik – muqaddas burch”. Mavzu vatandoshlarimizning oila, jamiyat,
el-yurt oldidagi burch va mas’uliyati xususidagi fikrlar bilan boshlanadi. Yurtning tinch
-
ligi, davlatimizda harbiy, iqtisodiy, g‘oyaviy, ekologik, informasion tahdidlardan muho
-
faza etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot beriladi. Yosh avlodni ona
vatan
himoyasiga tayyorlash, ularda harbiy vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirish
Vatanga cheksiz muhabbat uyg‘otishga, uni ardoqlashga, muhofaza etishga, har qan
-
day bosqinchilardan himoya qilishga zamin tayyorlaydi. Shu o‘rinda, Surxondaryoning
tog‘li hududlarida vatan mudofaasi uchun qurbon bo‘lgan o‘g‘lonlarimizning qahramon
-
liklari haqida misollar keltiriladi. Ularning jasorati minglab o‘zbek o‘g‘lonlariga china
-
kam fidoiylik namunasi bo‘lib qolganligi izohlanadi. Shu bilan birga, talabalarga mam
-
lakatimiz tinchligi, osoyishtaligini samarali va ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan,
tezkor, jangovar qobiliyati yuksak, har jihatdan yaxshi ta’minlangan Qurolli kuchlarning
shakllanganligi, ularning zarur texnika hamda qurol-yarog‘lar
bilan yetarli miqdorda
ta’minlanganligi haqida ma’lumotlar beriladi. Milliy Armiyamizning kuch-qudratini,
mamlakatimizda ona-Vatan
va xalqni himoya qilish, tinchlik,
osoyishtalikni saqlash
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni misollar asosida izohlab o‘tish ta’lim-tarbiya
samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Talabalarda vatanni himoya qilish muqad
-
das burch ekanligi haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi.
Ta’lim jarayonida yuqorida keltirilgan matnlarga o‘xshash mazmundagi mavzular
-
dan foydalanish o‘quvchi-talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda asosiy vosita
bo‘lib hisoblanadi. Bunday materiallar xorijiy tillarni o‘zlashtirishda foydalaniladigan
eshitish, so‘zlash, o‘qish, yozish faoliyatida qo‘l keladi. Matnni chet tilida o‘qib eshitti
-
rish, ingliz tili mutaxassisi, ya’ni filolog tomonidan ifodali o‘qilgan matn yozib olingan
diktofonda eshittirish samarali usul hisoblanadi. Shuningdek, maxsus tayyorlab eshit
-
tirilgan matnning mazmunini so‘zlab berishga o‘rgatish o‘quvchilarning xotirasini mus
-
tahkamlaydi, nutqini rivojlantirishga yordam beradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, kishi qanchalik ko‘p tilni bilsa, jahondagi
millatlar, elatlar hayoti, madaniyati, turmush tarzi bilan yaqindan tanishadi, shuning
-
dek, o‘zbek millatining qadriyatlari, boy ma’naviy merosini, madaniyati va bugungi yu
-
tuqlarini ham dunyoga tarannum eta oladi. Shuningdek, dunyoning rivojlangan mam
-
lakatlari tajribalarini o‘rganish, ulardagi ijobiy jihatlardan unumli foydalanish, ayniqsa,
madaniyat, fan, ta’lim sohalaridagi yutuqlarini mamlakatimiz hayotiga tadbiq etish va
-
tanparvarlikni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: