116
“XALQ TA’LIMI”
ilmiy-metodik jurnali. 2023. № 2. www.pubedu.uz
shunday o‘yinlarki, unda bolalar o‘zlari o‘yin maqsadini belgilaydi. Bular: uy qurish,
maktabga borish, tushlik qilish kabilar. O‘yin jarayoni
ushbu maqsadga erishishdan
iboratdir: bola reja tuzadi, amalga oshirish usullarini tanlaydi.
U minadigan poyezd
stullardan qurilgan bo‘lsin, uy yog’och chipslardan qurilsin,
lekin gap bunda emas,
bolaning tasavvurlari haqiqatni to‘ldiradi; bu yerda reja tuzish jarayonining o‘zi juda
muhimdir.
O‘yin faoliyatida bolaning kattalar hayotida ishtirok etish zarurati amalga oshiriladi.
Rivojlantiruvchi markazlarda bolalar bilan ishlashda va o‘yinlarni bolalarning yoshiga
mos tarzda tashkil qilish, pedagoglarning pedagogik mahoratlariga va ish uslublariga
bog‘liqdir. Pedagogik mahorat bugungi kunda barcha maktabgacha ta’lim tashkilotida
o‘z faoliyatini olib borayotgan pedagoglar va barcha xodimlar uchun juda ham zarur
-
dir. Aynan bugungi kun bolasi uchun, unga qiziq bo‘lgan barcha savollariga, bizning
jonkuyar tarbiyachilarimiz va ota-onalarimizning javoblari doimo bo‘lishi shart. Ba’zida
vaziyatdan chiqib ketishimizga ham to‘g‘ri keladi. Albatta, bu bizning mahoratmizga
bog‘liqdir. Rivojlantiruvchi o‘yin markazlarida bolalar erkin va mustaqil fikrlashga o‘r
-
ganadilar. Tasavvur va tafakkur qilish tez rivojlanadi. Rivojlantiruvchi markazlarni joy
-
lashuvi quydagicha bo‘lishi lozim. Tinch markazlarni shovqinli markazlardan xoli, ya’ni,
markazda bolalar ishlashlari va o‘ynashlari uchun to‘g’ri joylashtirishimiz maqsadga
muvofiqdir. Bolalarni markazlarga mustaqil tanlab, borib o‘ynashlarini va zerikib qol
-
maslaridan boshqa markazlarga yo‘naltirib turish kerak. Aks holda bolalar zerikib ana
shu markaz ular uchun qiziq emasdek, fikrlab qoladilar.
O‘yin faoliyati sabablari o‘ziga xosdir. O‘yin faoliyati asosan uning mahsulotiga
emas, balki jarayonning o‘ziga qaratilganligidadir. Ushbu faoliyatning amalga oshiri
-
lishi bolaga doimo mamnuniyat va zavq bag‘ishlaydi. Bu o‘yin faoliyatining o‘ziga xos
xususiyati bo‘lib, uni boshqa faoliyat turlaridan ajratib turadi.
O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning xulq-atvoriga
ham ijobiy ta’sir qo‘rsatadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘z xulqini boshqarish ko‘nik
-
malarini tarkib toptirishga bog‘liq psixologik muammoni o‘rgangan Z.V. Manuylekoning
fikricha, biror maqsadga yo‘naltirilgan mashg‘ulotga nisbatan, o‘yinda xulq ko‘knikma
-
larini oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil bog‘cha yoshi davrining
xususiyati sifatida o‘zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bola
-
larda o‘z xulqini o‘zi boshqarish ko‘nikmasi o‘yin faoliyatida ham, boshqa sharoitlarda
ham qariyb baravarlashadi. Ba’zida ular ayrim vaziyatlarda, masalan, musobaqa pay
-
tida o‘yindagiga qaraganda yuqoriroq ko‘rsatkichga ham erishishlari mumkin. Yuqori
-
dagi mulohazalar asosida, umuman aytganda, o‘yin va o‘yin faoliyati bolada o‘z xulqini
boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘yinda bola o‘zi boshqa sharoitlarda haligacha qila olmaydigan narsaga egadir.
Masalan, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, o‘z xulqini boshqarish qobiliyati o‘yinda to‘g‘ri
-
dan-to‘g‘ri topshiriq berishdan oldin paydo bo‘ladi; o‘yinda bolalar boshqa holatlarga
qaraganda ko‘proq so‘zlarni eslashadi; o‘yin motivatsiyasi bo‘lganda bolalar tomoni
-
dan oddiy mehnat operatsiyalarini bajarish boshqa motivatsiya turlarida o‘sha operat
-
siyalarni bajarishdan ko‘ra samaraliroq bo‘ladi.
Syujetli va rolli o‘yinlar jarayonida bolalar turli xil narsalardan foydalanadilar, ular
bilan harakat qiladilar, ularni taqqoslaydilar, qiyoslaydilar, ularning ba’zi xislatlaridan
chalg‘iydilar va fikrlaydilar, boshqalarini xayol bilan qurib bitkazadilar, ba’zi predmetlar
-
ni boshqalar sifatida ishlatadilar.
Bularning barchasi bolalarning sezgisini va his etishini yaxshilaydi, ularning tafak
-
117
kuri
rivojlanishiga yordam beradi, tasavvurlarini rivojlantiradi va chiniqtiradi.
O‘yinlar davomida bolalar rollarni o‘z zimmalariga oladilar (ya’ni ular o‘zlarini
bosh qa odam sifatida namoyon qiladilar), rolning mantig’iga binoan har xil harakatlarni
bajaradilar va olingan rolning tabiatiga zid bo‘lgan boshqa harakatlarni to‘xtatadilar.
Bu bolalarning xayolotini rivojlantirishga yordam beradi, ularning irodasini chiniqtiradi,
natijada bolalar ixtiyoriy xulq va birgalikdagi faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Syujetli va rolli o‘yinlar bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini aniqlashti
-
radi va chuqurlashtiradi, bilimlarini kengaytiradi. O‘yinda bolalarning amaliy kundalik
hayotida yuzaga kelmaydigan va ularning bilimlarini, nutqiy zaxirasini va so‘zlarning
ma’nosini kengaytirishing mumkin bo‘lgan holatlari yaratiladi. Ushbu o‘yinlar davomida
bola dunyoni o‘rganadi.
Syujetli va rolli o‘yinlar hayvonlarga, kitobga bo‘lgan qiziqishni va ishtiyoqni, o‘rga
-
nishga, ishning har xil turlariga qiziqishni, mehnat odamlariga hurmatni, mehnat qilish
qobiliyatini va istagini rivojlantiradi. Ushbu o‘yinlar davomida bolalar ijtimoiy xulq-atvor
qoidalarini o‘rganadilar, kundalik hayotda o‘zini tutish normalarini o‘zlashtiradilar.
Syujetli va rolli o‘yinlari jarayonidagi qo‘shma faoliyat bolalar o‘rtasida do‘stona,
o‘rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi. Bolaga o‘yinda o‘rtoqlar zarur
– unga kimnidir davolashi, yuvintirishi, o‘qitishi, dalahovliga olib borishi, kimdir uchun
kechki ovqatni tayyorlashi, mahsulotlarni sotishi kerak. O‘yin davomida bolalar birga
-
likda, kelishgan holda harakat qilishni, o‘yindagi boshqa ishtirokchilarning manfaatla
-
rini hisobga olishni, o‘z manfaatlarini umumiy manfaatga bo‘ysundirishni, yon berishni,
umumiy maqsad uchun harakat qilishni o‘rganadilar, ya’ni jamoaviy faoliyat, jamoada
o‘zini tutish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Xulosa qilib aytgada, o‘yinda mustaqil ravishda harakat qilish, u yoki bu harakat
-
larni amalga oshirish bilan birga bola o‘zining qiziqishlari, shaxsiy fazilatlari, his-tuyg‘u
-
larini ham namoyish etadi. Shuning uchun o‘yinda, boshqa hech qanday mashg‘ulotda
kuzatilmagan holda, bolaning samarali tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan uning xususiyat
-
lari va imkoniyatlarini bilib olish mumkin. O‘yinda va o‘yin orqali bolaning o‘zini, o‘ziga
bo‘lgan munosabatini, jamoadagi mavqeini, boshqa bolalarning unga bo‘lgan munosa
-
batini o‘zgartirgan holda yanayam muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: