Distillyatsiya gazlarini retsirkulyatsiyasi (siklga qaytarish) turli usullar bilan amalga
oshiriladi: 1) gaz retsikli — distillyatsiya mahsulotlari gaz xolida qaytariladi;
2)
qisman yoki to’la suyuq xoldagi retsikl — siklga suyuq ammiak yoki ammoniy
karbonat tuzlarining eritmalari (suspenziyalari) qaytariladi.
Ammiak va karbonat angdridni to’g’ridan-to’g’ri siklga qaytarish ancha mushkuldir.
Chunki qattiq xolatdagi ammoniy karbamat hosil bo’lishini oldini olish maqsadida aralashma
yuqori xaroratda (reaktordagi ishchi bosimiga) siqilishi kerak. Buning natijasida kompressorlar
kuchli korroziyaga uchraydi. Shuning uchun gazlarni selektiv absorbentlar bilan ajratib olinadi.
Absorberda gazlarni karbamid nitrat eritmasi bilan yuvish natijasida ammiakni tutib qolinadi.
Gazlar aralashmasi tarkibida qolgan СО
2
siklga qaytariladi. Absorbatni desorberda regeneratsiya
qilinganda ammiak ajralib chiqadi va siklga qaytariladi. Absorbent sifatida monoetanolamin
NH
2
CH
2
CH
2
OH ishlatilganda esa, distillyatsiya gazi tarkibidagi СО
2
tutib qolinadi, ammiakni
esa suyuqlantirilib siklga qaytariladi. Absorberdan chiqayotgan absorbatni qizdirish natijasida
СО
2
ajratib olinadi va siklga qaytariladi. Regenerat esa yana absorberga qaytariladi.
Suyuqlik retsiklli jarayonlar amalda ko’proq tarqalgandir. Bunda distillyatsiya gazlari
suvga yuttirilib, hosil bo’lgan ammoniy karbonat tuzlarining konsentrlangan eritmasi karbamid
sinteziga qaytariladi.
Eng takomillashgan usulda suyuqlanma distillyatsiyasi, ya’ni ammoniy karbamatning
parchalanishi va ammiakni xaydash sintez bosimi NН
3
yoki СО
2
oqimi bosim ostida amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: