O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Tayanch tushunchalar 
Dunyoqarash, mifologik va diniy dunyoqarash, falsafiy dunyoqarash, dunyoqarashning vazifalari. 
Takrorlash uchun savollar
 
1. Dunyoqarash nima? 
2. Falsafiy dunyoqarashning g’oyaviy ildizlari nimalarda namoyon bo’ladi? 
3. Dinning dunyoqarash tizimidagi o’rni va ahamiyati qanday? 
4. Falsafiy dunyoqarashning vazifalari nimalardan iborat? 
ADABIYoTLAR 
1. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. «Sharq», 1998. 
2. Islom Karimov. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». – «Fidokor», 2000 yil 8 iyun. 
3. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 1999. 
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston, 2000. - 352 b. 
5. «Falsafa» o’quv qo’llanmasi. — T.: «Sharq», 1999. 
6. «Osnovi filosofii». — T.: «O’zbekiston», 1998. 


3-mavzu. Falsafiy bilimlar tizimi, 
uning asosiy yo’nalishlari va vazifalari 
Reja: 
1. Fanlar tizimi, unda falsafaning o’rni va ahamiyati. 
2. Falsafiy bilimlar tizimi va uning xususiyatlari. 
3. Falsafiy g’oyalar, nazariyalarning asosiy yo’nalishlari va vazifalari. 
4. O’zbekistonda falsafiy fanlarni rivojlantirish muammolari. 
Falsafiy bilimlar tizimi. Dunyoda xilma-xil fanlar bor. Muayyan sohaga oid ilmiy bilimlar tizimi fan deb ataladi. 
Ular «Tabiiy fanlar», «Ijtimoiy fanlar», «Aniq fanlar», «Texnika fanlari» kabi sohalarga bo’linadi. Jamiyat va insonni 
o’rganuvchi, ular to’g’risidagi turli bilim sohalarini qamrab oladigan tarix, falsafa, adabiyotshunoslik, tilshunoslik 
kabi ijtimoiy fanlar yagona fan sohasi — ijtimoiy fanlar sohasiga kiradi. Fizika, ximiya, biologiya, matematika kabi 
fanlar esa tabiiy fanlar sohasiga mansub. («Fan falsafasi» bo’limida bu masalalarga atroflicha to’xtalamiz). 
Ushbu mavzuda esa, falsafiy fanlar tizimi nima, bu tizim qanday shakllangan degan masalalar xususida fikr 
yuritamiz. 
Ma’lumki, inson o’z qiziqishi va ehtiyojlarini qondirish maqsadida qadim zamonlardan boshlab dunyoni bilishga 
harakat qilgan. Jamiyat taraqqiyoti yuksalib borishi bilan kishilarning bilim doirasi kengayib, tafakkuri rivojlanib 
borgan. Boshqacha aytganda, bilimlar tizimi insoniyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi muharrikka (mexanizmga) 
aylangan. 
Qadimgi dunyo tarixidan xabardor bo’lgan kishilar miloddan oldingi VII — II asrlarda Yunoniston va Rimda fan 
va madaniyat taraqqiy etganini yaxshi biladi, albatta. O’sha davr boshlarida qariyb barcha bilimlar falsafa fani 
doirasida rivojlanib kelgan edi. Ammo ana shu davrning o’rtalariga kelib «Ritorika» (notiqlik san’ati) va «Politika» 
(siyosat) kabi fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Insoniyat tarixining keyingi bosqichlarida falsafa tarkibidan 
matematika, fizika kabi aniq fanlarning ajralish jarayoni boshlandi. Qolaversa, keyingi asrlarda ijtimoiy va aniq fanlar 
tizimi shakllandi, ba’zi qadimiy aniq fanlarning o’zi ham (matematika, fizika kabi) muayyan sohalarga (arifmetika, 
algebra va boshqalar) bo’linib ketdi. 
Insonning tashqi olamni bilishga bo’lgan intilishi muayyan davrga kelib, falsafiy-nazariy bilimni tarixiy zaruratga 
aylantirdi. Buning natijasida aqliy va jismoniy mehnat taqsimotining dastlabki shakli vujudga keldi va fanning nazariy 
jihatlarini o’rganuvchi kishilar toifasi paydo bo’ldi. 
Avvalgi mavzuda ta’kidlab o’tganimizdek, olam va odamning yaralishi, mavjudlik va rivojlanish qonuniyatlarini afsona 
va rivoyatlar asosida tushuntirishni maqsad qilib olgan dunyoqarash sohasi 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin