O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni


Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funktsiyalari)



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funktsiyalari).
Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning 
vazifalarini belgilab beradi. Ya’ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, 
manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. 
Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, 
dastlab uning bahosi tarzida ko’zga tashlanadi. 
Bu — falsafiy dunyoqarashning 
baholash
vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o’z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib 
chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi 
mezonlarga ajratadi. 
Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli munosabatlari 
yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o’zi tayanadigan omillarga (ideallariga) 
moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yo’nalishlari belgilanadi. 
Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-
vositalar orqali 
boshqarish
vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning o’zicha nisbatan mustaqil bo’lgan 
har bir yo’nalishi o’ziga xos boshqarish usuliga ega bo’ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo’naltirish uchun axloq uning 
aql-zakovatiga; din — iymon-e’tiqodiga; huquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funktsiyalariga tayanadi 
va o’ziga xos ta’sir yo’nalishlariga ega bo’ladi. 
Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini 
nazorat qilish 
vazifasi ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik 
fikri tarzidagi ko’rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o’zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va ma’naviy hayot tarzida 
mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko’rsatgan. 
Darhaqiqat, o’zbek mahallalarida bag’rikenglik, o’zaro mehr-oqibat, hamdardlik kabi noyob fazilatlar kamol topadi. 
Shuning uchun ham Islom Karimov uni «O’zini o’zi boshqarish maktabi... demokratiya darsxonasi», deb ta’riflaydi
5

Falsafiy dunyoqarashning 
birlashtirish 
(kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yo’nalishlarini milliy va umuminsoniy 
g’oyalar atrofida uyg’unlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli manfaatlar bilan bog’liq bo’lgani bois dunyoqarashlar o’rtasida 
muayyan ziddiyatlar ro’y berishi tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi. 
Falsafiy dunyoqarash, o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini 
ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lganligi uchun ham xalqni muayyan g’oya atrofida birlashtiradi. 
Masalan, tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, muayyan davrlarda falsafiy dunyoqarash inson tub manfaatlari bilan 
bog’liq bo’lganligini, millat kelajagini belgilaydigan ozodlik g’oyasi atrofida kishilarni birlashtirganini ko’ramiz. Bu 
hol mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurash davrida yaqqol namoyon bo’lgan. Ushbu g’oya (ozodlik falsafasi) 
dunyoqarashning tarkibiy qismi sifatida millatning turli tabaqalarini, e’tiqodi, iqtisodiy ahvoli va siyosiy mavqeidan 
qat’i nazar, birlashtirgan va umumiy kurashga safarbar qilgan. 
5
Ислом
Каримов
. «
Донишманд
халқимизнинг
мустаҳкам
иродасига
ишонаман
» - «
Фидокор
», 2000 
йил
, 8 
июн



Har qanday dunyoqarash inson ehtiyojlaridan kelib chiqadi, uning manfaatlariga mos keladi. Shu bilan birga, bir 
tomondan, dunyoqarash o’z-o’zidan, ya’ni stixiyali ravishda shakllanib qolmaydi. Aksincha, u turli ta’lim-tarbiya 
vositalarining maqsadga muvofiq holdagi faoliyati natijasida vujudga keladi. Ikkinchi tomondan esa, falsafiy dunyoqarash
umuminsoniy tamaddun (tsivilizatsiya) ta’siri o’laroq shakllangan bo’lsa, muayyan inson, ijtimoiy guruh yoki millatni 
tarbiyalashning turli imkoniyatlari va vositalarining mushtaraklashgan shaklidir. 
Binobarin, falsafiy dunyoqarashning 
tarbiyaviy 
vazifasini yuqorida zikr etilgan boshqa vazifalarning asosi sifatida 
qarash kerak. Bu — kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag’rikenglik, murosa, har 
qanday ziddiyatlarni madaniy yo’l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin