O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

«Mifologiya»
(mif — afsona, logos- ta’limot 
degani) deb ataladigan bo’ladi. Ilohiy va ruhiy qarashlarning o’rni va ahamiyatini mutlaqlashtiradigan tafakkurning bir 
yo’nalishi
 «Teologiya»
(teo — xudo, logos — ta’limot degani) degan nom oldi. 
Shunday qilib, insonning bilish jarayoni takomillashib borgani sari mustaqil fanlar tizimi ham shakllanaverdi. 
Jamiyat rivojining muayyan bosqichlariga kelib, mifologik, diniy qarashlar olamni bilish talablariga javob bermay 
qoldi. Falsafadan fanlarning ajralib chiqishi, uning qashshoqlanishini emas, balki rivojlanish xususiyatini ko’rsatuvchi 
alomatga aylandi. 
Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar 
ham ajralib chiqdi. Keyinchalik madaniyat, qadriyatlar va huquq kabi sohalarni o’rganadigan alohida yo’nalishlar ham 
paydo bo’ldi. Ular olamni o’z predmeti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qonuniyatlarini o’rganishga yordam 
beradi. 
Falsafiy yo’nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko’ra, o’ziga xos bo’lib, asosiylari quyidagilardir: 
Ontologiya
— olam, inson va jamiyatning ob’ektiv-universal mohiyati to’g’risidagi falsafiy ta’limotdir. Boshqacha 
aytganda, u borliq to’g’risidagi, insonning olamga bo’lgan munosabati haqidagii falsafiy bilim sohasidir. 
Gnoseologiya
— bilish falsafasi bo’lib, olamni anglash, bilish nazariyasi, bilishning shakli, usullari va 
imkoniyatlari to’g’risidagi ta’limotdir. 
Aksiologiya
— qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot. 
Praksiologiya
— insonning predmetli-o’zgartiruvchan, amaliy faoliyati to’g’risidagi falsafiy ta’limot. 
Metodologiya
— bilish va o’zgaruvchan faoliyat usullari to’g’risidagi ta’limot. 


Logika — 
tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur 
qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o’rganuvchi ta’limot. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin