tarkibi, o ‘zgarishlarini ta’sir qiluvchi omillar hamda maxsus ко rsatkich- lar tizimi asosida tadqiq etish va o ‘rganishdir. Mazkur tahlil turining maqsadi korxonaning moliyaviy holatini turli tomonlariga, barqarorligiga, moliyaviy salohiyat va raqobatdoshligiga baho berishdir. Moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari korxonaning mulki va uning shakllanish manbalari, moliyaviy natijalar, asosiy vositalar, pul oqimlari, xususiy kapital va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ко rsatkichlarni о rganish- dir. Bunda korxonaning moliyaviy barqarorligi, holati, mol-mulk tarkibi, manbalaming joylashuvi, mablag‘lar harakatchanligi, to lov qobiliyati, foyda va zararlaming faoliyat turi hamda shakllanishi bo yicha, pul oqimlarining to‘g ‘ri tashkil etilgani va uning korxona amaliy faoliyatiga mos kelishi, xususiy kapitalning ko‘payishiga ta’sir etayotgan omillar shu kabilarga e ’tibor qaratiladi. Moliyaviy tahlilning axborot manbalarini moliyaviy hisobot shakl- lari va unga ilova qilingan rasmiy hujjatlar tashkil etadi. Mazkur turdagi hisobot shakliari ommaviy-axborot vositalarida ochiq e Ion qilinadi. 0 ‘zbekiston Respublikasming «Buxgalteriya hisobi to‘g ‘risida»gi qonunning 16-moddasi va 1-BHMSga hamda moliyaviy hisobot shakl- larini to‘ldirish buyicha qoidalarga asosan moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlaming umumiy shakllaridan iborat bo‘ladi: 1. Buxgalteriya balansi - 1-shakl. 2. M oliyaviy natijalar to‘g ‘risidagi hisobot - 2-shakl. 3. Asosiy vositalar harakati to‘g ‘risidagi hisobot - 3-shakl. 4. Pul oqimlari to‘g ‘risidagi hisobot - 4-shakl.
5. Xususiy kapital to‘g ‘risidagi hisobot - 5-shakl. Debitorlik va kreditorlik qarzi haqida ma’lumotnoma - 2 a-shakl.