so ‘ngra biznes qarorlarini qabul qiladilar.
M oliyaviy holat nafaqat tashqi foydalanuvchilar, balki korxona
ning ichki ehtiyojlari uchun ham zarurdir. Mulkdorlar, boshqaruvchilar,
menejerlar, xodimlar doimo korxonaning moliyaviy jihatdan ahvoli
yaxshi bo‘lib borish tarafdoridirlar. Chunki, moliyaviy holatning yaxshi-
lanishi mulkdomi yanada boy qiladi, boshqaruvchilar, menejerlar hamda
xodimlaming maoshini hamda boshqa daromadlarini oshiradi, korxona
ning raqobatchilar orasida mulki hamda imijini oshiradi.
Korxona muayy an mamlakat yoki mamlakatlar hududida joylashgan
bo‘ladi. Demak, u mamlakat iqtisodiyoti uchun o ‘z ahamiyatiga ega.
Jamiyatdagi korxonalaming moliyaviy holatini takomillashib borishi tar-
moqlami, umuman milliy iqtisodiyotni yaxshi holatda rivojlanayotgani-
dan dalolat beradi. Korxonada muayyan mahsulotlar ishlab chiqariladi,
xizmatlar ko‘rsatiladi yoki ish bajariladi, u soliq to‘laydi hamda ajrat-
malami amalga oshiradi, xodimlar ish haqi oladi, turli tadbirlarga ho-
miylik qiladi. Demak, korxonalar milliy iqtisodiyotdagi, tarmoqdagi
yoki hududdagi ahamiyatiga ko‘ra ham tegishli vazirliklar yoki qo -
mi talar tomonidan o‘rganiladi. Bu bilan ularga zaruratga ко ra turli m o
liyaviy imtiyozlar (foizi past bo‘lgan kreditlar, soliq bo yicha, bojxona
y ig ‘imlari) yoki yordamlar (subsidiya, subvensiya, grantlar) beriladi.
Muxtasar qilib aytganda, moliyaviy natijalar va holat, ularga bog liq
bo‘lagan ko‘rsatkichlar tahlili davlat, tashqi hamkorlar va korxonaning
o ‘zi uchun ham zarur ekan.
Moliyaviy tahlil - korxonaning aktivlari, majburiyatlari, kapitali,
moliyaviy natijalari, asosiy vositalari, pul oqimlari va ulaming holati,
Dostları ilə paylaş: |