‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 7,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/146
tarix27.08.2023
ölçüsü7,18 Mb.
#140689
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146
Iqtisodiy tahlil

5.6. Istiqbolli tahlil
Istiqbolli tahlil kelajakni m o ijallab o‘tkaziladigan tahlil hisoblanadi 
va u korxonaning kelgusi bir-ikki va hokazo uzoq yillarga mo ljallangan 
ish faoliyatini qanday tashkil etishni belgilash maqsadida amalga oshi- 
riladi.
Istiqbolli tahlil joriy tahlilning natijalari va m aium otlariga asos- 
lanib, korxonaning kelgusidagi faoliyatini bashoratlash va m oijallash 
vazifasini bajarishga qaratilgan.
Bunga sabab globallashuv jarayonining kuchayishi, iqtisodiy inte- 
gratsiyaning chuqurlashuvi, modernizatsiyalash tadbirlarining eng 
muhim masala b o iib yuzaga chiqishi ishlab chiqarish subyektlarini iqti­
sodiy raqobatchilik muhitida yuqori foyda olish maqsadida rivojlanish- 
ning strategik yo ‘nalishlarini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bu esa 
iqtisodiy tahlilning xo‘jalik subyektlarini samarali boshqarishdagi rolini 
yanada oshirishni taqozo qiladi.
Ushbu sharoitda zamonaviy iqtisodiy tahlil vazifalari takomillashib 
asosiy e’tibor boshqaruv hamda investitsiya qarorlarini asoslash, istiq­
bolli kapital qo‘yilmalar yo‘nalishlarini aniqlash va ulaming maqsadga 
muvofiqligini baholashga o‘tishga qaratiladi.
Ayni pavtda, iqtisodiy tahlil vositalari pul m ablagiarining nominal 
qiymati, noaniqlik va risk, inflyatsiya ta’siri kabi omillami baholash 
imkonini beruvchi yangi usullar hisobiga takomillashmoqda.


Investitsiyalaming maqsadga muvofiqligini asoslash zarurati dis- 
kontlangan pul oqimlari tahlilini rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratdi. 
Inflyatsiya jarayonining mavjudligi mamlakatimiz uchun yangi hisob- 
langan yo'nalish - inflyatsiyaning pul oqimlari, moliyaviy natijalar, ak­
tivlar va m ajburiyatlargata’sirini baholash imkonini beruvchi inflyatsiya 
tahlilini rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Ishlab chiqarish xo‘jalik subyektlarida istiqbolli iqtisodiy tahlilni 
tashkil etish qo‘yilgan maqsadni optimal darajada amalga oshirish, tah­
lilning alohida turi sifatida uning boshqa turlari o‘rtasidagi o ‘zaro alo- 
qadorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Iqtisodiy tahlilning ushbu turi quyidagi asosiy bosqichlarga asos- 
lanadi:
- retrospektiv (j°n y) tahlil qilish;
- taxminlash asosida tahlil qilish;
- istiqbolni baholash;
- oqilona boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga imkon beruvchi 
m a’lumotlar bazasini shakllantirish;
- yangi taxminga asoslangan hisob-kitoblami amalga oshirish;
- xo‘jalik subyektlarini muhim iqtisodiy rivojlanish y o ‘nalishlarini 
belgilab berish va amaliyotga joriy etish borasida yetarlicha ilmiy asos­
langan amaliy takliflar berish.

Yüklə 7,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin